6 daqiqada öqiladi

582 marta körilgan

“Daryo toşqin, suvlar tölqin, ötolmayman, yor-yor”

Xurşid Abduraşid

Maqsud Şayxzoda taʼbiri bilan aytganda, “oğirkarvon nasr”da ijod qiliş uçun isteʼdodning özi kamlik qiladi. Bu xuddi usta quruvçining işiga öxşaydi. Usta ğiştni bittalab terib, imorat tiklaganidek, yozuvçi ham eng pişiq va butun sözlar bilan badiiy asarini quradi. Yangi bir badiiy voqelik bino qiliş hazilakam iş emas. Bugun yoşlar nasrida jimjitlik hukm surayotgan bir paytda maydonga Furqat Alimardonning çiqişi ham bir jasorat.

“Piçirlangan sirlar” qissasi mintaqamizga tahlika solib turgan suv muammosiga bağişlangan. Asar qahramoni 2030-yilga borib, Özbekistonda 7 kub kilometr suv tan­qisligi kuzatilişi haqidagi xabarni öqib qoladi-yu, qalbiga ğulğula tuşadi. Qahramon suv muammosini yeçiş böyiça izlanadi. Umuman olganda, muallifning badiiy niyati, kitobxonga aytmoqçi bölgan asosiy fikri ezgu. Avvalo, yirikroq asar yozişga bel boğlabdi, jurʼat-u ğayrati eʼtiborga loyiq. U öquvçiga bu muammoga loqayd qarab turiş mumkin emasligini, hozir harakat qilmasak, suvni asramasak, ertaga keç bölişi mumkinligini eslatmoqçi böladi. Harqalay, hozirgi vaqtda bu kabi ijtimoiy muammo negiziga qurilgan asarlarga zarurat bor.

Muallif suv muammosining qanday yuzaga kelgani-yu uni qanday bartaraf etiş mumkinligiga oid materiallarni erinmay yiğgan, öqigan, uqqan. Suv haqida ne matn borki, muallifning köz qiridan çetda qolmagan, albatta. Öylagan mavzusini yaxşi örgangani – yozuvçining yutuği. Şu­ningdek, atrofda bölayotgan voqealarni obdan kuzatib, xulosalarini, öy-mulohazalarini badiiy matnga singdirişga harakat qilgan.

Asarni bir ötirişda öqib çiqdim. Tili yengil va sodda. Muallif öquvçiga suv muammosining qanday paydo bölgani-yu uni qanday yeçiş mumkinligiga qadar öz mulohazalarini qahramoni Orif vositasida ang­latişga urinadi. Dalillar va faktlar örtaga çiqadi. Suv muammosini örgangan olimlarning maqolalaridan iqtiboslar havola qilinadi. Orif barça maʼlumotlarni yiğuvçi, örganuvçi va uni öquvçi bilan baham köruvçi obraz ölaroq namoyon böladi. Bir jihati borki, qissada berilgan hujjatli matnlar öquvçini biroz zeriktirib qöyişi mumkin. Çunki bizda hujjatli-badiiy kitoblar hali urf bölgan emas. Bugun dunyoda badiiy asarlardan köra badiiy-hujjatli xarakterdagi “nonfikşin” (nonfiction) kitob­larning öquvçisi köproq. Özbek adabiyotida yozuvçi Nabijon Boqiyning asarlarini uşbu yönalişga misol qilib keltiriş mumkin.

Muallif hayotiy materiallarni yiğarkan, uni badiiy matnga aylantirişda asosiy eʼtiborini muammoni yetkaziş usuliga qaratgan.

Orifning suv muammosi böyiça materiallar yiğişi keksa hamkasbi bilan suhbatidan boşlanadi. Keksa hamkasb Xolxöja Sultonov bolalar uyida katta bölgani, boy hayotiy tajribaga ega ekani roviy tomonidan eslatma tarzida izohlab ötiladi. Orif kim bilan suhbatlaşmasin, ular zanjir kabi bir-biriga ulanib boraveradi. Bu zanjirlar yaxlitlaşib, suv muammosi degan asosiy ğoya atrofida birlaşadi. Xolxöja Sultonovdan keyin Orif Alişer ismli olimning daragini eşitadi. Bu orada esa Muxtor Böri taxallusli yoş yozuvçi bilan tanişib qoladi. Orifda suvga doir maʼlumotlarni yiğiş jarayonida “şimol daryolarini burib keliş” ğoyasi tuğiladi. Muxtor Böri uning şu ğoyasini asar qilib yozsa, köpçilikka yetib borişi mumkinligi haqidagi xomxayol Orifni u bilan suhbatlaşişga undaydi.

Muallif bu personajga “kuraşlar, orzular va öz hunariga bölgan çeksiz iştiyoq bilan yaşayotgan ijodkor” degan taʼrif beradi. Qaysidir maʼnoda bu yozuvçi­ning özi aks etgan obraz bölişi ham mumkin. “Boşqa ijodkorlar kabi u ham muvaffaqiyat va eʼtirofga intiladi. U ham öz hikoyalari va ğoyalarini dunyo bilan baham körişni istaydi, lekin köpinça turli tösiqlarga duç keladi. Gohida muvaffaqiyatsizliklar sabab özining qobiliyatiga şubha bilan qaray boşlaydi” qabilidagi personajlarning portretlari asar uçun ortiqçaday tuyilişi mumkin. Ammo asar yarim hujjatli xarakterda bölgani uçun muallifning bu usulini ham tabiiy qabul qiliş örinli böladi.

Muallif Orif uçraşadigan har bir personaj bilan tanişuvdan söng Orol dengizi böyida yaşab, dengizga – suvga zor qolgan Narinbet taqdiri tasvirlangan lavhalarni taqdim etadi. Xususan, keksa hamkasb bilan ta­niştirganidan söng “Muvoziy olamda qum tözonlari” nomli lavha, Orif­ga muammo haqida yanada yaqqolroq tasavvur bergan inson – Daniel Dovlatov (professor deyilgan) bilan tanişuvdan keyin “Quriyotgan dengiz qirğoği” nomli lavha örin olgan. Olimlar davrasidagi suhbatdan keyin “Soxta tasalli” nomli yana bir lavha berilgan.

Mutolaadan keyin menda baʼzi savollar ham tuğildi. Masalan, Orif nega öşa xabardan keyin birdan suv muammosi haqida öylab qoldi? Vaholanki, uning iş joyi suv bilan boğliq taşkilot edi. Yoki Barno asarda nega paydo böldi-yu, yana şu tariqa izsiz yöqoldi? Uning asardagi missiyasi nima edi? Asarga Baho çöntak obrazini kiritişdan biror maqsad közlanganmidi? Va hokazo savollar. Tabiiyki, asarni hamma har xil talqin qiladi. Agar asarda köpqatlamlilik bölib, turliça talqinlarga imkon bersa, bu ijobiy hodisa. Badiiy asar hayotiy material negiziga quriladi. Unda badiiy komponentlar qatnaşadi. Tili, fabulasi, ğoyasi, makon-zamoni, obrazlar tizimi, xarakterlar orqali badiiy asarning qadr-qiymatini baholaş mumkin. Agar aytiladigan fikr ezgu bölsa-yu, uni qöpol va baland ovozda yetkazilsa, köngilni xira qiladi. Xuddi şuningdek, badiiy asarda ham ğoya va mavzuning originalligi boşqa nuqsonlarni bekitib qöya olmaydi.

“Piçirlangan sirlar”da obrazlarning nutqi masalasida ham baʼzi jihatlar bor. Muallif asarda keltiradigan maqolalar, hujjatlar tili bilan qahramonlari tilida öxşaşliklar kuzatiladi. Oddiy dialoglar köçadagi yengil-yelpi muloqot tarzidan ayni köçirilganday, muallif bu borada biroz talabçan yondaşmoği maʼqulday körinadi. Menimça, yozuvçi xalqimizning jonli muloqot tilini saqlamoqçi bölgan. Ammo baʼzida asar personajlari juda kitobiy gapirib qöyişadi. Ayniqsa, öğri Baho çöntak obrazi professorlardan kam gapirmaydi. Uning nutqidagi “ijtimoiy ehtiyojlar”, “madaniy qadriyatlar” kabi jumlalar bunga dalil. Yoki feministkalar-u qöşxotinlik haqidagi gap-sözlar qahramonni köp çalğitgan. Suv muammosiday ulkan dardni öziga yuqtirgan insonga bu gap-sözlar ortiqçaday tuyiladi.

“Piçirlangan sirlar”ning kompozitsion qurilişi menga yoqdi. Biroq lavhalar, suvning insoniyatga maktubi va hokazo hujjatli parçalar badiiy asarning umumiy syujeti bilan uyğunlaştirilgan. Ular birgalikda yaxlitlik hosil etib, umumiy maqsadga – yozuvçining badiiy-estetik ğoyasini yuzaga çiqarişga xizmat qilgan. Bir qaraşda asarda hujjatli materiallar köpday tuyiladi. Yozuvçi muammoning kölamini teranroq anglaş, öquvçiga ham yaxşiroq tuşuntiriş uçun hujjatlardan foydalanadi.

 “Piçirlangan sirlar” asarining yakuni roviyning qisqaça bayoni bilan tugallanadi. Ehtimol, muallif asari uçun oson yeçim izlagandir. Orifning suv muammosiga aloqador insonlar bilan har galgi suhbati va uning bu muam­modan taşqaridagi hayoti parallel olib borilganda, balki asar intrigasi yanada kuçaygan bölardi. Syujetdagi voqealar zanjiri kulminatsiyaga qarab yönalarkan, roviy bir xil ritmdan oğişmay boradi. Natijada, asardagi “portlaş” öquvçi kutgançalik kuçli tuyilmaydi. Çunki muallif qahramonlari xususida yana eslatma-maʼlumot beradi. Balki hammasi öz holiça qolgani maʼqul edi­mi…

Eng muhim jihatlardan biri, muallif öz uslubini topişga harakat qilgan. Yozuvçining samimiyati seziladi. Narinbetning taqdiri asar syujetiga begonaday tuyulsa-da, qahramonlar ruhiyatidagi yaqinlikni öquvçi sezib turadi. Bu obraz juda yaxşi topilgan, ammo unumli foydalanilmaganday taassurot qoldiradi.

“Orif uxlab qolib, keç uyğondi. Işga keç qolayotgani bois odatiy yöli metroga tuşmasdan, taksiga çiqa qoldi. Yöllar tirband. Haydovçilar asabiy. Vaqt esa ziq. Maşina radiosidan bir odam intervyu bera boşladi: “Men iqlimşunos olimman, qurğoqçilikka qarşi kuraşiş böyiça ilmiy iş qilyapman. Odamlar, amaldorlar meni tuşunişma­yapti. Ular­ning fikriça, suvni isrof qilmasak, qurğoqçilikdan qutulib qolar ekanmiz. Yöq, bu safsata. Yaqin ön yilda bizda uvol qilinadigan suvning özi qolmaydi. Maqolalar yozaman il­miy işim mavzusi böyiça, saytlar ham, gazetalar ham qirqib, qisqartirib çop etiş­yapti…” Muallif roviyning bayon tarzida qisqa jumlalardan foydalanadi, gapni atay çözmaydi. Tilda yasamalik yöqligi ham muallifning yutuği.

Asarni öqirkanman, Orifning maq­sad-muddaosi, voqealar zanjiri… barça-barçasini kuzata turib, xalqimizning öşa maşhur qöşiği xayolimdan ketmadi: “Daryo toşqin, suvlar tölqin, ötolmayman, yor-yor, Otim oriq, manzilimga yetolmayman, yor-yor…” Orifning suv muammosi uçun jon kuydirişi, orzu-in­tilişlari qöşiq aytayotgan odamlarning manzarasini jonlantiradi. Bundagi noçorlik, umidsizlik va noilojlik kişi qalbini iztirobga soladi.

Xulosa şuki, aytilmoqçi bölgan fikr, kötarilgan mavzu dolzarb. Asosiysi, muallif şijoat körsatgan, jurʼat topgan. Özbek ada­biyoti kötargan mavzusi zalvarli, dolzarb ahamiyatli yangi bir asar bilan boyidi. Albatta, bular kamina­ning şaxsiy qaraşlari va fikrlari, xolos. Zotan, yozuvçi tajriba qilib körişdan heç qaçon çekinmasligi kerak. Muallifning keyingi ijodiga omad tilayman.

 

Xurşid Abduraşid

 1995-yilda tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida tahsil olgan. “Öşa men edim”, “Faqat u qoldi” nomli şeʼriy kitoblari naşr etilgan.

 

2024/1

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)