Imdod
Ketdi degin, ketganlar qaytmas bölib ketarmi,
Yoki yurak dardini aytmas bölib ketarmi,
Qanotsiz parvoz etib, sarmast bölib ketarmi,
Ketar odam ketarda sarbast bölib ketarmi,
Azobim jondan ötdi, oğu bergin, Xudojon,
Mangulik kuy yaratar çolğu bergin, Xudojon!
Bir xayoli şerda-yu, ham ohuda dunyosi,
Bilmam, qanday yaşaydi jim, osuda dunyosi.
Unutgani yöq hali bu olifta dunyosi,
Omadning kelmay gali zab oşufta dunyosi,
Sevgidan-da uluğroq tuyğu bergin, Xudojon,
Mangulik kuy yaratar çolğu bergin, Xudojon!
Közyoşning quyqasiga jonim quyilganmidi,
Navrasta kapalakka qonim quyilganmidi?
Borki inson atalmiş sobit tuyilganmidi,
Döstlar, bizim ismimiz toşga öyilganmidi?!
Toşlarga ham jon berar burğu bergin, Xudojon,
Mangulik kuy yaratar çolğu bergin, Xudojon!
Bahor ham topib keldi, turnalar uçib keldi,
Şamol közi oçilmagan gullarni quçib keldi,
Döstlar gap orasida “vaqt yöq” deb qöşib keldi,
Öttiz yilki, yuragim şu ğamdan çöçib keldi,
Bersang, şeʼrga munosib qayğu bergin, Xudojon,
Mangulik kuy yaratar çolğu bergin, Xudojon!
Egildim faqat sözga, qilganim sözga taʼzim,
Içimda şeʼr ayqirar, buzay deyman qafasim,
Ördadami, Xadrada kezib yurar nafasim,
Öylayman, janublarda öçib ketmasmi sasim,
Mangulik kuy yaratar çolğu bergin, Xudojon,
Mangulik kuy yaratar çolğu bergin, Xudojon!
* * *
Dunyo seni mendan ayro tutarmidi,
Laylivaşlik yo joningdan ötarmidi,
Ikkimizning sohilimiz ikki taraf,
Kemamizni ğam dengizi yutarmidi?
Ön sakkizning osmonida tölgan oyim,
Mehribonim, soddagina gulşanoyim!
Közlaringni közyoş bilan eslab doim
Yaşamoqlik qismatimga bitarmidi?!
Toş köchaning bir çetidan ötar eding,
Jilmayarding, nim tabassum tutar eding.
Öylardimki, sevar eding, kutar eding,
Yuragingdan ahd-u vafo ketarmidi?!
Qölingda gul kular edi bahorlarda,
Baxting endi taqdir otliğ bozorlarda,
Men ruhimni çiniqtirsam ozorlarda,
Ruhi-joning bir tasalli kutarmidi?
Sensiz qoliş menga juda yomon böldi,
Bilmay qoldim, visol öyi hijron böldi,
Işqqa töla qalbimda işq gumon böldi,
Endi bu dard qiyomati qadarmidi?!
Alp oğamning aytimlari
Ustoz şoir, xalqimizning ardoqli farzandi Usmon Azimga bağişlayman.
O, vafodor döstim, o, xaloskorim,
Kişnasang yuragim kuçga tölgaydir.
Tomirimga siğmay oqadi orim,
Ruhim bir manguli öçga tölgaydir.
Pirlarim madadi ruhimga çora,
Bismilloh! Tangrim bor, bölmasman ado.
Seni huzurimga çorlasa, zora,
Çeti kuyib ketgan bir parça mato.
Qonim olov mening, menkim Alpomiş,
Öşa baxşilarning topib aytgani.
O, döstim Boyçibor, sodda, boyaqiş,
Mening yorim qani, Oybarçin qani?!
Yetti yil bir enlik çohda yotdim men,
Buloqdek könglimga lab bosdi hijron.
Alplik ğurur dedim, or-u şaʼn dedim,
Oşiqlik köngilga metin bir qörğon!
Çohdaman, tun-u kun yulduz sanadim,
Yetti qat falakka ohlarim yetdi.
Çanqovuz böğzidan uçgan sanʼatim
Qança parilarning boşiga yetdi.
Yetti yil yaşadim bir enlik çohda,
Umrimni, könglimni, işqni asrab men.
Qöşiqlar kuyladim tunlari mohga,
Kuyladim Barçinga bergani taskin.
Har lahza yuragim aylandi quşga,
Yorimga yetkaz deb xatlar yölladim.
Umrimni topşirib qöymadim tuşga,
Men faqat bir suluv vaslin öyladim.
Behuda sinmasin dedim qanoting,
Oqquşdan yubordim bir parça visol:
“Oybarçin, maktubni olgan zahoting,
Alpomiş tirik deb dunyoga jar sol.
Anglasin közini şira bosganlar,
Oy ham behudaga tölmasligini.
Anglasin, tarixni buzayozganlar,
Bu dunyoda mardlar ölmasligini”.
…Oldinda visol bor, bir dam narida
Boysun bor, dunyo bor, unda Barçin bor.
Işongin, yuragim sarhadlarida
Depsinib turibdi hozir Boyçibor.
Bahodir BAHROM
1990-yili Qaşqadaryo viloyati, Kitob tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Eng suluv armon”, “Öttizinçi fevral” nomli şeʼriy kitoblari çop etilgan
2024/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida