Otlaniş
(Ustoz şoir, marhum – Abduvali Qutbiddinga)
Yurib borayapman voh, oyoqyalang
Manzilim topolmay sendan söradim.
Ortga qaray desam tözonlar… Arang
Ortga qaradim.
Qaradim. Şamollar etadi şitob
(Baxtimga haliyam hassa solganing).
Lekin alam qilar şu onda betob –
Bölib qolganing.
Balki yozayapsan qoğoz ğijimlab
Azoblar sinaydi… Ötib ketadi.
Menga esa faqat duoda eslab
Tursang yetadi.
Tağin uzoq yaşaş keladi malol,
Yana qança yaşay bölib betamiz?..
Axir kam bölsa-da yaşadik halol
Endi ketamiz…
* * *
Menga bilinmaydi bor yo yöqliging,
Lekin sensiz kunim asrga öxşaş.
Göyoki har bitta qilgan şöxliging –
Qalbimga kiriş-çun ijozat söraş.
Menga soğinmoqlik berilgan jazo,
Şu dardni yuz bora ötadim bir-bir.
Borsam…
Sevgimiz bölmasin xazon –
Deya kuz ötişin kutayotgandir.
Yoki kelmaslikka qilingan mahkum,
Balki istamaydi meni körişni.
Töğri-da, sevgi bu qölidan mahkam
Tutib, sevişini aytib yurişmi?!
Xazonga aylanib könglim bayoni
Kömilib ketgandir… Ortingga qara.
Şunisi aniqki, umrim poyoni
Seni soğinişga bölar çegara…
* * *
Ö…ga
Boşlanadi yana sukunat
Kengayadi soğinçning safi.
Menga işqiy maktublar jönat –
Tegmayapti surating nafi.
Ahvolingiz yaxşimi deysan,
Söng uyalib, gapingdan tonma.
Senga doim “yaxşiman” deyman
Bu gapimga sira işonma.
Darddoş deya atayin kimni?
Seni jon-u dilimdan suysam.
Meni keçir “yomon”ligimni
Közlarimdan bildirib qöysam…
Islombek MIRZAQULOV
2003-yili tuğilgan.
“Yana senga” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida