Milliy tilşunosligimizning otasi Mahmud Koşğariy özining qomusiy asari “Devonu luğotit turk”da “soğinç” sözining tub maʼnosini botiniy ğam, iztirob tarzida izohlaydi. Qadim turkiy tilda “soqinç” şaklida talaffuz qilingan, yozma ifodalangan mazkur söz bugunga kelib, öz maʼnoviy vazni va salmoğini bir qadar yöqotganga öxşaydi. Zamonaviy odam “soğinç” sözi ostida nisbatan yengilroq, çuçmalroq tuyğuni anglaydi, “soğinç” kalimasini teran iztirobsiz aytadi, çamamda. Biroq ayni maʼno torayiş hodisasi köproq jonli nutqqa tegişli. Badiiy ijodda, asl mohiyatiga yaqin şeʼriy asarlarda esa bu söz qadim mohiyatidan köpda uzoqlaşgani yöq. Axtamquli şeʼrlari jamlangan uşbu kitob mutolaasiga kirişgan onimdan mana şu satrlarni yozayotgan paytimga dovur tegramda faqat “soğinç” sözi aylandi. Aylana-aylana könglimdan joy oldi. Ixtiyorimdan taşqari bir hol va raviş bilan kitobga yozilayotgan öngsöz boşiga çiqib oldi.
Alhol, haqiqiy şeʼr optimizm, turmuş lazzatlari içra xursandlik, saodatbaxş lahzalaridan farahlaniş emas. Asl şeʼr – iztirob soğinçi. Çin şoir iztiroblar soğinçi içra örtanib ijod qiladi. Öquvçi ham aynan şuni sevadi, şundan lazzatlanadi.
Anʼanaviy şeʼriyatda bu kitob taşakkuliga asos bölgan janr işq iztiroblarining tilmoçi vazifasini bajargan. Mumtoz tafakkur maydonida ğazal va işq sözlari egiz maʼnoni bildirgan. Ğazalda Yaratgan jamoli va U zot ilk bor otamiz Odam alayhissalom, onamiz momo Havvolarga tuymoq şarafini ato etgan jannat soğinçidan tortib, Vatan, Ona, suyukli yor, iymon, vafo, sadoqat, adolat, insof, diyonat soğinçiga qadar uyğun aks etadi. Yana ğazal – kindik qoni tomgan tuproq, bu tuproqda ungan maysa, bepoyon hovli, hovli içra gullab yotgan rayhon-u atirgul, atirgul yaproqlari uzra iz qoldirgan bola nigohi, toğ şabadasi va bu şabada içra faroğat iztirobin tuyaroq yastangan qabriston soğinçidir.
Bugun “madaniy” millatlar maqtovlaşayotgan “yangi” anʼanalarga asir köngillar sahnasiga aylanmiş zamonaviy jamiyat yöqotayozgan, “Qizil kitob”ga kiritiş ehtiyoji paydo bölgan, öliş, unutiliş pallasida turgan tuyğu ham, taassufki, soğinçdan boşqa narsa emas. Yana taassufki, ayni damlarda soğinç nişonning teskari – körinmaydigan tomonida turibdi…
Xöş, unda bu ulkan nişon yuzini mayda va begona ohanglarga raqs tuşayotgan jamiyat kişilari tomon kim önglaydi? Nişonning söl tomoniga çaplab taşlangan “soğinç” sözini kim öqiy oladi, bu söz maʼnosini kim tuşuntirib beradi, kim uni toş qotgan köngillarga olib kiradi?
Albatta, şeʼriyat, albatta, çinakam şoir!
XX asr milliy şeʼriyatimizning faxri Abdulla Orif yozgan edi:
Dunyoda köp narsa unutiladi,
Qaşşoqlik, martaba, quvonç, qayğular.
Unutilib borar muhabbat dardi,
Unutilar yillar, yöllar, tuyğular…
Haqqirost, turmuş taşvişlari bilan apoq-çapoq bölib ketgan odamlar soğinçga oid hamma narsani, hatto Yaratganning soğinç daraxti ildiziga hayot baxş etgiç tengsiz neʼmati – uluğvor yiğini ham unutib qöyadilar. Ammo bu tuyğu şoir könglida yaşab qoladi, şoir könglidan öçmaydi. Negaki, şoir barça zamonlarda unutilgan soğinçlar xazinaboni, unutilgan soğinçlar hammoli bölib kelgan. Şu vazifasini unutgan, undan voz keçgan yoki orlanib yuz ögirgan barça şeʼr daʼvogarlari aslida ham daʼvogar maqomidan yuqori kötarila olmaydilar.
Payti kelganda çin şoir yuragida ortmoqlab yurgan xazinasini oçadi va bani başarga soğinç ulaşadi…
Kitobimni belab nurga
hisob dunyosiga bordim,
Hasaddan xoli bölgan
iztirob dunyosiga bordim…
degan sözlarni bitadi şoir Axtamquli bir ğazalida. Iztirob va soğinç zalvoridan mayişgan sözlar ğazal söqmoqlari aro odimlar ekan, bir-biridan qöl uzişga qörqadi. Oqibat qofiyalar qofiyalarga ulaşib ketadilar: “hisob dunyosiga bordim… iztirob dunyosiga bordim…” Ğazalnavislikka xos bu hodisani şeʼrşunoslar “qöşqofiya” deydi. Töğri, Axtamqulining uşbu baytida qöşqofiya usuli bor. Bu şoirning mahoratidan darak. Şeʼrşunoslar şu bilan gapni tugatadilar. Göyo şeʼr va şoir oldidagi qarzlaridan uzilgandek yengil tortadilar. Voqean, gap şu bilan tugaydigan bölsa, nega bu kabi iztirobli tuyğu ekilgan qoğozda qöşqofiya undi?..
Bizningça, vazn, rukn, qofiya kabi ilmiy istilohlar birgina şakl hodisasining ifodasi emas. Qofiya qofiyaga şunçaki qöşilmaydi. Ularning qöşlaşuviga iztirob bosimi sabab böladi. Zotan, qofiya yakka holida bu iztirobni kötara olmaydi. Çunki bu iztirob soğinç iztirobi – iztirob soğinçi. Şu bois şoir hasad va nafs ğavğosidan qoçib iztirob dunyosiga borganini alohida taʼkidlamoqda.
Yurakdan işq yoğilgan kun,
yugurdim tentirab dilxun,
Kelib köngil tilar majnun,
xarob dunyosiga bordim…
Keyingi baytida şoir qöşqofiyalar marjonini butun bayt böylab tizadi. “Kun”, “dilxun” sözlariga “majnun”ni qofiya qiladi. Şu tariqa moziyga evrilib, iztiroblar sultoni, soğinç diyorining erkasi Majnunni yodimizga soladi. Darhaqiqat, majnunlar saltanati zohiran xarobot, xarobot botinida esa soğinç xazinasi kömilgan. Bayt maʼnosini esa soğinç hissini unutmaganlargina tuşunadilar.
Boşqa bir ğazalida şoir ayni tuyğularini real voqelikka, öz şaxsiyati va zamonasiga köçiradi. Köçirganda ham şunçaki emas, obrazli usulda köçiradi:
Dard soçib turgay mening boşimda
toğ-u toşlarim,
Ketdilar taşlab hama dil boğlagan
dildoşlarim.
Tun quvonçim qamçilaydi,
qaltirar qoşimda şam,
Bir siqim tuproqni deb qon
yiğlagay qondoşlarim.
Öynaşar könglim bilan yölimga
köz tikkan laʼin,
Tentirab ketmoqdadir
dunyo tilab sirdoşlarim.
Nega uluğvor toğlar lirik qahramon boşi uzra “dard soçadi”? Nega tun uning quvonçlarini allalaş örniga “qamçilaydi”, nega iblisi laʼin köngli bilan öynaşadi? Javob yana öşa – soğinç. Zotan, köngilga yaqin döstlar, qon-qardoşlar, sir berib, sir olgan sirdoşlar uni taşlab ketişgan. Ular ketgan dunyoga soğinç otli ulovdan bölak heç bir ulov bilan boriş mumkin emas. Bu ulov suvoriysi lirik “men” esa dudama tiğli ayriliq jafosini çekişga mahkum.
Şoir tuğişgan ukasiga bağişlov ölaroq yozgan boşqa bir şeʼrida soğinç va iztiroblari suvratini yanada aniqroq çizadi.
Toğlarimni soğinib dil böldi qon,
otamga ayt,
Közlarimdan ketmagan bulbulzabon
otamga ayt.
Munkayib köz nuri-yu umrin
yöqotganlarga boq,
Ayrilib dunyosidan çopgay çunon,
otamga ayt.
Kömilib ketdi Karim merganni
köhna miltiği,
Ohular oh çekmagay bundan buyon,
otamga ayt.
Onamiz köz yoşini içgan
nihollar yaşnagay,
Izladim dargohidan bir burda non,
otamga ayt.
Har bayt söngida radif ölaroq kelgan “otamga ayt” iborasi lirik “men” soğinçining manguligiga dalolat qiladi. Çunki özim şaxsan tanigan, iymon-diyonatli, nuroniy, navoiyxon, maşrabxonligi bilan köngillarni rom etgan şoirning otasi ham, Şotöröd toğlarida çöponlik, ovçilik bilan şuğullanib bola-çaqa boqqan, özi ohular jonini olgan bölsa-da, sözga jon solgan şoirtabiat bobosi – Karim mergan ham, muşfiq onasi ham endi bu dunyoda yöq. Ulardan yolğiz soğinç va soğinç bergiç iztirob qolgan, xolos.
Şu bois şoir köhna dunyo sirlarini köraverib yuzlariga doğ tuşgan oymomo bilan dillaşadi. Soğinçlarini unga izhor etadi:
Savolingga javob topmay boşim qotdi söroqçi oy,
Yuragimning halovatin öğirlagan
öroqçi oy.
Tunim qaro, qalbim yaro, mast yuribman gulzor aro,
Boşim uzra soçib ziyo,
adaştirma çiroqçi oy.
Sözim olov, izim olov,
özimdirman özimga yov,
Holim sörab kelmas birov,
dilim kuydi buloqçi oy!
Somon yöli, somonimni,
soçdi foyda-ziyonimni,
Yulduz töla osmonimni olib
ketdi uloqçi oy.
Rostdan ham, dunyo gulzori içra mast odam xato va adaşuvlar xavfiga yaqin turadi. Öz-öziga “yovlik” jihatidan ham olamdagi biror maxluq odam bilan bellaşa olmaydi. Şoir barçamiz uçun xos bölgan uşbu tuyğuni tuyqus anglab qoladi. Anglaş asnosida kuz xazoni hidini tuyadi. Yana uni soğinç iztirobi örtay boşlaydi. Va u yana ötmiş kunlaridan taskin izlaşga tuşadi. Pokiza soğinç hissi uni dunyo haqida ajdodlarimiz sözlagan ming yillik haqiqatga, buyuk bir xulosaga olib keladi: “bu dunyo – yolğon dunyo”…
Otam otin quvlayapti,
soğinç dilim suvlayapti,
Hovlida kuz uvlayapti,
dunyo ekan aldoqçi, oy.
Quyidagi baytlarda esa şoir uşbu xulosalarini göyo dalillaydi:
Yuraklar orziqib kutgan zamonda,
Sevinçim andalib ovozi böldi.
Neçun, könglimni şudgor aylagay kuz?!
Qölimda ayriliq qoğozi böldi…
Yoki:
Yurak hijron tiğidan pora bölgay,
Quyoş qoraçiğimda qora bölgay.
Hilol xanjar qöyibdur gardanimga,
Neçun jallodi dun ovora bölgay…
Yoki:
Gulimdan gul tilab gulzora bordim,
Keyin dalloli yöq bozora bordim.
Dilimni sinçi bulbullar sinaşdi,
Yurak torim uzilgaç, dora bordim.
Yarar bir parça yer qolgan kunimga,
Neçun poyoni yöq şudgora bordim?
Ayni paytda, uşbu kitobdan Axtamqulining qator barmoqda yozilgan şeʼrlari, bir balladasi va tarjimalari ham örin olgan. Öquvçini iztirob lazzatidan bebahra qilmaslik maqsadida bularning hammasi xususida batafsil töxtalib ötirmaymiz. Bir-ikki barmoqdagi şeʼr tavsifi bilan sözimizni muxtasar qilamiz:
Axtamqulining aruzda yozilgan şeʼrlarida Navoiy, Fuzuliy, Maşrab, Huvaydo, Erkin Vohidov ğazaliyotiga xos muşk ohangi taralib tursa, barmoqqa oid şeʼrlaridan Abdulla Orif anʼanalariga havas va ehtirom seziladi. Bilamizki, Abdulla Orif “Qasamdara” şeʼrida “ov işqi”ga bandi bölib, Qasamdara tutquniga aylangan ovçi haqida yozgan edi. Axtamqulining “Nihondara” şeʼri xuddi “Qasamdara”ning davomi, Abdulla Orif öz öquvçisi uçun taşlagan lirik jumboqning yangi bir jilvasidek tasavvur beradi.
Nimani yaşirding, ayt, Nihondara?!
Bobomning kaftida muzladi tuproq.
Soçini halloslab yoygan şarşara,
Xarsanglar izmidan ketolmas yiroq.
Şeʼrxon könglida “nega” savolini uyğotgan şeʼrgina haqiqiy şeʼr böladi. Çunki öquvçi şu “nega” ortidan yurib, bepoyon poeziya saltanatiga kirib boradi. Bu saltanat sir-sinoatlarini anglaşga, his etişga kirişadi. Endi uning uçun orqaga yöl qolmaydi. Ğayriixtiyoriy tarzda şu saltanat fuqarosiga aylanadi. Hazrati Yassaviy, hazrati Lutfiy, hazrati Navoiy, hazrati Maşrab, hazrati Bobur, hazrati Ogahiy, hazrati Huvaydo singari uluğlarimiz qançadan-qança “arusi dahr” (“dunyo kelinçagi”. Navoiy) asir va asiralarini “poeziya saltanati” ulusiga aylantirişgan. Söqir köngillarini nurlantirib, töğri yöl – Olloh hidoyatiga boşlaşgan. Bu anʼana qattol tuzumlar zamonida ham butkul töxtab qolgani yöq. Zotan, “Oqqan daryo oqmay qolmas”. Mustaqillik davrida jöşib ijod qilayotgan Axtamquli şeʼriyati ham buning bir misoli: “Soçini halloslab yoygan şarşara, Xarsanglar izmidan ketolmas yiroq…” Nega?..
Şamol çayqatayotgan, qurbaqalar sayrayotgan köhna hovuz holatida kim falsafa, lirika nafasini his etadi? Kim bu kabi sodda, qalbi söniq odamga jöngina körinadigan tabiat hodisasida fasllar simfoniyasini köra oladi? Albatta, şoir!
Qurbaqalar kuylar, raqs etar hovuz,
Yozni kuzatişga oşiqar şamol.
Paxtazor oralab kelayapti kuz,
Söroqqa aylanib qoladi hilol…
Bu törtlikning butun kuçi, ijtimoiy ahamiyati “söroqqa aylangan hilol” taşbehida haddi aʼlosiga yetadi. Söroqqa aylangan hilol ortidan ergaşgan öquvçi zahmatkaş özbek xalqi köngil tubida saqlab kelayotgan ming yillik quvonç-u iztiroblar, qalbida maftun sir-sinoatlar, orzu-armonlar ohangini kaşf etadi.
Tunlari oy bilan dillaşgan,
Tuproqqa kuyinib sirlaşgan,
Bir umr öt bilan tillaşgan,
Onamni soğindim, onamni…
Umrimni qiymalab karvonlar,
Taşiydi zaʼfaron hijronlar,
Boşi xam gunohkor “polvon”lar,
Onamni soğindim, onamni…
Şoirning ona haqidagi bu şeʼrini munaqqidlar “sentimental şeʼr” deb ataydilar. Çunki unda örtaniş, iztirob, bolalik va ötmişni qaytara olmaslik kabi fojeiy holatlar tasviri çizilgan. Real turmuş qoidalari sentimental odamni yaratmaydi. Uni “yiğloqi” deydi. Öz maydoniga siğdirmaydi. Tag-tugi bilan supurib taşlaşga urinadi. Biroq yiğloqilik, qömsov, qömsaş asnosidagi iztirob va soğinç şoirga, şeʼrga yaraşadi. Şafqatsiz kundalik turmuş ğalvalari içra yaşayotgan odam köp hollarda öz soğinçi, iztirobi va yiğisini qalb tubida yaşirişga majbur. Çunki u taʼna-daşnomlarga qolişdan, “ijtimoiy odam”lik rutbasini yöqotişdan qörqadi. Faqat çin şoirgina bu rutbani boy berişdan çöçimaydi. Köngillarda madfun tuyğularni öz zarari, ijtimoiy mağlubiyati evaziga yuzaga çiqaradi. Yuzaga çiqarganda ham özi uçun emas, öşa “ijtimoiy odamlar”, öşa haydab soluvçilar, öşa “muzaffar-u ğoliblar” manfaati uçun aytadi. Öz ustidan qah-qah otib kuluvçilar könglini deb nafis tuyğularini qurbon qiladi. Çunki u öşa “ijtimoiy odamlar”, öşa muzaffarlar pana-panaga ötib, şeʼrlarini öqişini, soğingan onalarini eslab közyoş tökişini biladi. Şoir dardi şu tariqa umum dardi, milliy-ijtimoiy dard ifodasiga evrilib boradi…
Gapiraman desak gap köp. Illo, şeʼr haqida aytilgan har qanday gap uning ziddi tomon qöyilgan öxşovsiz qadamdir. Şeʼr özi haqida özi gapiradi. Özini özi şarhlaydi, tahlil etadi. Şunday ekan, muhtaram öquvçi, şeʼr haqida yozilgan sözlarni emas, şeʼrning özini öqing.
Uzoq JÖRAQULOV,
filologiya fanlari doktori.
1967-yili tuğilgan.
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti (oldingi ToşDU)ning Özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
“Fitratning tadqiqotçilik mahorati”, “Hududsiz jilva”, “Nazariy poetika masalalari: Mullif. Janr. Xronotop” kitoblari çop etilgan. Mixail Baxtinning “Romanda zamon va xronotop şakllari” nomli yirik tadqiqotini özbek tiliga ögirgan.
2024/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


