14 daqiqada öqiladi

122 marta körilgan

Ölmas akaning asarlari ölmasdir

Mamatqul Hazratqulov

Nimagadir keyingi paytda ösmirlik, yoşlik yillarida öqigan kitob­larimni yana öqiş istagi paydo bölmoqda. Bu öşa beğubor, buloq suvidek tiniq, gard-ğubor qönmagan, biroz havoyi, ammo zavqli orzu-umidlarga töla ösmirlik yillarini, sevgi desa, butun vujudimiz titrab ketadigan, muhabbat haqidagi şeʼrlarni köçirib, qizlarga xat bitib, orziqib javobini kutadigan yoşlik davrlarni qömsaşmikin?! Bilmadim… Eh, yoşlik, yoşlik… Bu davrda insonga ğayrat, şijoat, kuç-quvvat möl qilib berilar ekan-u, sabr-qanoat, aql-idrokdan biroz qisarkanmi, deyman-da. Yoşlikning jöşqinligi, hayrat va hayajonning bisyorligi aql-idrokni bosib ketarmikan, ularning oldida sabr-qanoat ojiz qolarmikan… Har qalay, yoşi bir joyga borgan inson borki, loaqal bir marta bölsa-da, hozirgi aql-idrokim yoşligimda bölsa edi, degan xayolga borişi aniq. Keksalik ostonasidan hatlagan insonning aql-farosati, tafakkur va idroki maromiga yetganiga uzoq yillik tajriba, beşafqat hayotning aççiq-çuçugini tortib çiqargan xulosalari mujassam ekanini köp-da öylab körmaymiz…

Inson zoti şunday yaralgan: umrning har bir davrida öziga xos zavq-u şavq, orzu-havaslar, şirin-nordon voqealar bölar ekan. Balki, şunisi bilan qiziqdir hayot…

Xullas, bundan ellik-oltmiş yillar oldin öqigan kitoblarimni qölga olyapman. Işonasizmi, ulardan qay birini varaqlamay, beixtiyor berilib öqib ketayotirman va muayyan kitobni qaçon, qay holatda öqiganim, asar qanday taʼsir qilgani, öşa damdagi holatim aniq-tiniq yodimga tuşmoqda. Kitobning sehrimi, qud­ratimi bu?

Şunday! Kitobday sehrli, kitobday qudratli narsa bölmasa kerak bu olamda. Kitob bizni ötmişga, neça-neça asrlar oldin röy bergan voqealar olamiga olib kiradi, kelajakda böladigan hodisalar bilan taniştiradi. Kitob – Olloh tomonidan odam bolasiga berilgan buyuk va noyob neʼmat – tafakkur mahsuli.

Robindranat Tagor asarlarini xuş köraman. 1962-yilda özbek tilida uning sakkiz jildlik asarlar töplami naşr etilgan. Men uşbu kitoblarni 1967-yilda sotib olgan ekanman. Yaqinda törtinçi jilddan joy olgan hikoyalar­ning (unda öttiz uçta hikoya bor) ayrimlarini öqidim. Jumladan, “Yozuvçi”, “Taşna toşlar” hikoyalarini yutoqib mutolaa qildim, desam işonavering. “Taşna toşlar”ni biroz hadik bilan öqiganimni yaşirmayman. Sababi, uni ilk bor öqigan paytimdagi holatim hamon yodimda.

1967-yil edi. Şoir Sulaymon Rahmon (Olloh rahmat qilsin) bilan Kökçada ijarada turardik. Uyning egasi boşqa hovlida yaşar, kattagina hovlida Sulaymon ikkimiz turardik. Sulaymon uyiga – Navoiy viloyatining Karmana tumaniga ketgan, uyda yolğiz özim edim. Talaba, yolğiz özi tunda nima qiladi? Kitob öqiydi-da. Tagor hikoyalarini, jumladan, “Taşna toşlar”ni öqidim. Tasavvur qilyapsizmi, katta hovli, daraxtlar şovullab turipti, kiçkina ariq ötgan hovlidan, biz yaşaydigan ikki xonali uydan taşqari yana bir uy bor. U uy qulflangan. Uy egasi onda-sonda kelib, supurib-sidirib ketadi, boşqa payt oçilmaydi. Kuz, oktyabrning oxirlari. Erta qoronği tuşadi. Bular “Taşna toşlar”da tasvirlangan joylarga öxşaydi. Farqi hikoyada qasr, keng, haşamatli xonalar tasvirlanadi, biz turgan uy oddiy, heç qanday haşam-u bezak yöq. Bu yanada xunuk va sovuq körinadi.

Hikoyani öqib halovatimni yöqotdim. Xuddi hikoyadagi singari hovlida kimdir yurganday, oyoq şarpalari eşitilganday, kuz zahridan tökilayotgan barglarning şitir-şitiri, ariqdagi suvning şildiraşi ham qandaydir sirli-sehrli tuyular edi. Uxlay deb közimni yumsam, hikoyadagi voqealar – parilarning suhbatlari, oyoq tovuşlari eşitilganday, ular göyo Haydarobodning Bariç qörğonidagi ikki yuz ellik yillar (bu Tagor davriga nisbatan, biz uçun uç yuz ellik yil desa böladi) avval şoh Mahmud ikkinçi kayf-u safo suriş uçun uşbu kimsasiz joyda qurdirgan saroyda emas, biz yaşayotgan Kökça dahasidagi oddiy özbek xonadonida keçayotganday tuyulardi. Sim karavotga özimni taşlab, körpaga burkanib olaman. Xona yana ham sovib ketganday edi. Yarim tun. Sukunat, oğir sukunat, şu qadar oğirki, quloqni yorvoray deydi. Ha, şunday! Ahamiyat berganmisiz, haddan oşiq jimlik quloqni zinğillatib yuboradi. Özimça, sukunat bölgani yaxşi, deyman. Qayoqda, kuz emasmi, yengil şabada bölsa ham daraxtlar bargi şovullab tökiladi. Bu Mahmud ikkinçining huvillagan qasridagi voqealarni köz öngimda namoyon qiladi. Na közimni yumişni bilaman, na oçişni. Har ikki holatda ham halovat yöq. Vahima! Hayajon va qörquv. Dam-badam soatga qarayman. Qaniki, uning millari tezroq yursa, yöq, ular ham qörqqanidan yurişdan töxtab qolganday göyo… Tezroq tong yorişa qolsaydi… Bunday paytda bir daqiqa bir soatday, balki undan-da köproqday tuyuladi…

Şundan keyin ança vaqt keçasi kitob öqimaydigan böldim.

“Taşna toşlar”ni öqib yigirma yoşlik – talabalik davrimga qaytganday sezdim özimni. Qanday davrlar edi-ya… Na sovuq, na issiq taʼsir qiladi. Qahraton qişda boşyalang, oddiy tuflida qor keçib yurganlarim yodimga tuşdi… Çuqur xörsindim…

Ölmas Umarbekovning “Sevgim, sevgilim” qissasini öqib, undan ham oldinroq yillar – öquv­çilik davrimni “boşimdan keçirdim”. Ğafur Ğulom nomidagi naşriyot-matbaa ijod uyi yaqinda Ölmas Umarbekovning “Tanlangan asarlar”ini naşr etibdi. Unga adibning “Odam böliş qiyin”, “Fotima va Zuhra” romanlari, “Sevgim, sevgilim”, “Yoz yomğiri” qissalari va ön ikkita hikoyasi kiritilgan. Bu asarlarning hammasini öqiganman, ayrimlarini bir neça marta. Şunga qaramay, kitobni varaqla­dim-u, “Sevgim, sevgilim” qissasiga kelganimda boş kötarmay mutolaaga şönğidim. Bu qissa birinçi marta eʼlon qilinganida men töqqizinçi sinfda öqir edim. Juda taʼsirlanganman. Uning ustiga, voqea Samarqand viloyatining toğli qişloqlaridan birida keçadi. Unda tasvirlangan joylar men tuğilib-ösgan qişloqqa juda öxşaydi. Qissa qahramonlarining gapirişi, yuriş-turişi, feʼl-atvori, turmuş tarzi ham qişloqdoşlarimizning xuddi özi. Şular sababmi yoki Oypopukning taqdiriga açinganimdanmi, bilmadim, işqilib, öşa paytda yozuvçi Ölmas Umarbekovga xat yozganman. Nimalarni yozganman, xat adibga yetib borganmi-yöqmi, bilmayman. Ke­yinçalik taqdir taqozosi bilan Ölmas Umarbekov bilan tanişdim, ança yaqin bölib qoldik, turli safarlarda birga böldik. “Quyoş men tomonda” degan kitobimni taqdim etganimda Ölmas aka Yozuvçilar uyuşmasining raisi edi. Yaxşi nom qöyibsiz kitobga, de­gani esimda. Birmunça fursat adabiyot, ijod haqida suhbatlaşdik. Şunda öşa voqeani – öquvçilik paytimda “Sevgim, sevgilim”ni öqib, xat yozganimni aytdim. Ölmas aka kulib qöydi-da, rahmat, dedi. Tabiiyki, esida yöq. U paytlarda yozuvçilarga köplab xatlar kelardi, Ölmas aka yuzlab xatlar olganiga şubha yöq.

“Sevgim, sevgilim” juda maşhur bölgan edi. Maktabimizda “Şarq yulduzi”ning şu qissa bosilgan soni qölma-qöl bölib ketgan edi. Yigit-qizlar örtasida şu qadar maşhur bölgandiki, oşiq-maʼşuqlar bir-biriga xat yozganda qizlar özining ismi örniga Oypopuk, yigitlar Öktam deb yozardi.

Qissani öqiyapman-u, xayolan maktab davrida yuribman. Tamakizor-u makkajöxorizorlarda yurganlarimiz köz oldimdan öta boşladi. Tamakining aççiq hidi dumoğimga urilganday, makkajöxorining şabadada şitirlaşlari eşitilganday tuyildi. Bizning tumanimizda – Urgutda paxta ekilmas, ammo öquv yili boşlanişi bilan, bir hafta ötib-ötmay, Iştixon tumaniga paxta terişga ketar edik, şu bilan no­yabr, gohida dekabrning örtalarigaça qolib ketardik. Yoşlik ekan-da, na yotiş-turiş, na yuviniş uçun tuzukroq şaroit bor, lekin nolimasdik, özimizça nimalardandir zavqlanar edik. Romantika degani şumikan? Balki… Öşa kezlarda “Sevgim, sevgilim” qissasi, uning qahramonlari, ayniqsa, Oypopuk va Öktam biz­ning yöldoşimiz edi. Özimizça asar haqida bahslaşardik, kimdir Öktamni oqlaydi, kimdir uni qotil, deydi. Boşqa birimiz Oypopuk notöğri qilgan desa, yana birov, xususan, qizlar nima qilişi kerak edi, hayot şunga majbur qildi-ku, ayniqsa, eng işongan odami Öktam “ayblari bölmasa qamaşmasdi” degani Oypopukning sabr kosasiga sönggi tomçi böldi-ku, deb, uning yonini olardi.

Bugun qissani öqiyapman-u, quloğim ostida öşa bahs-munozaralar jaranglayapti, munozara iştirokçilari – yigit-qizlar röparamda ötirganday sezyapman. Qizlarning fikriga qöşilgim keladi. Oypopuk hammadan kutsa ham Öktamdan, yaʼni, sevganidan kutmagan edi bu gapni. Şu bois, u bu gapga çiday olmaydi. Zero, Öktamning özi ham keyinçalik anglab yetadi, ammo keç bölgan, judayam keç bölgan, qaytarilmas, tuzatib bölmas fojia röy berib bölgan edi. U Oypopukning işonçini poymol qildi, öylamay aytgan bir oğiz gapi bilan sevgilisining, eng aziz odamining umriga zomin böldi.

Asar işonç haqida, işonçsiz heç narsa bölmasligi töğrisida. Qissa şunday yakunlanadi: “Odamlar! Sevgi işonçsiz bölmaydi. Bir-biringizga işoning. Dunyoda bundan katta baxt yöq!”

… Ölmas Umarbekov bilan “tanişuvimiz” ana şu qissa orqali boşlangan. Yuqorida aytganimdek, keyinçalik u kişi bilan ança yaqinlaşib ketdik. Nihoyatda madaniyatli, kamtar, halol inson edi Ölmas aka. Bevosita tanişganimizda Ölmas aka radioda adabiy-dramatik eşittirişlar tahririyatining boş muharriri edi. Keyin u kişi “Özbekfilm” kinostudiyasi direktori, Yozuvçilar uyuşmasining raisi, madaniyat vaziri, Özbekiston Boş vazirining örinbosari kabi masʼul lavozimlarda işladi. Men angla­ganim şuki, Ölmas Umarbekov hayotining sönggi damlarigaça sira özgarmadi, oddiyli­gini, samimiyatini, kamtarligini yöqotmadi, hoyu-havaslarga berilmadi, manmanlik, kibr-u havo köçasiga umuman yaqinlaşmadi. Yana bir xislati – qaysi lavozimda işlamasin, ijoddan uzoqlaşmadi, bir neça romanlar, qissa­lar, pye­salar, hikoyalar, kinossenariylar yozdi. “Odam böliş qiyin” romani, “Sevgim, sevgilim”, “Yoz yomğiri”, “Damir Usmonovning ikki bahori” qissalari öquvçilarning sevimli asarlariga aylandi. “Qiyomat qarz”, “Şoşma, quyoş”, “Komissiya”, “Kuzning birinçi kuni”, “Oqar suv­lar”, “Kurort”, “Arizasiga köra”, “Yer yonmoqda” pyesalari Milliy teatrimizda va boşqa köplab teatrlarda sahnaga qöyildi, tomoşabinlar, sanʼatşunoslar eʼtirofiga sazovor böldi.

Adib asarlarining aksariyatida inson qadri, odamlarning bir-biriga işonçi, millatimizga xos ezgulik, halollik, poklik, rostgöylik, birovning haqidan qörqiş, haromdan hazar kabi fazilatlar, yoşlarning pok muhabbati uluğlanadi. Umarbekov asarlarini öqigan kitobxon beixtiyor özining xulq-atvoriga, qilayotgan işlariga bir nazar soladi, faoliyatini bir qur tahlil qiladi. Asar qahramonlariga özini taqqoslab köradi, ularning yaxşi işlaridan andoza oliş­ga, qilgan xatolari, noörin harakatlaridan tegişli xulosa çiqarişga çoğlanadi. “Sevgim, sevgilim”, “Odam böliş qiyin”, “Kuzning birinçi kuni”, “Qiyomat qarz”, “Yoz yomğiri”, “Şoşma, quyoş” asarlari qahramonlari va personajlarini bir eslab köring-a. Yozuvçining yuqorida eslaganimiz – “Tanlangan asarlar”iga yozilgan qisqaça annotatsiyada şunday satrlar bor: “Ölmas Umarbekov asarlari orqali özbek xarakteridagi, milliy mentalitetidagi butun jahon ahli ibrat olsa arzigulik qirralarni ğoyat mohirlik bilan oçib bera olgan adib sifatida adabiyotimizda öz örniga ega. Yozuvçi maʼnaviy merosining yana bir öziga xos ahamiyati şundaki, garçi qisqa umri şörolar kommunistik mafkurasi davrida keçgan bölsa-da, inson umrining bahor fasliga mengzalguvçi maʼsum orzularga omuxta yoşlik, undagi beğubor sevgi, mehr-oqibatni tarannum etiş orqali öşa tuzum, öşa mafkura iskanjasidan qo­çişga harakat qilgan. Öquv­çilarini ham öşa pokiza tuyğular olami sari ergaştira olgan. Natija şuki, oradan qança yillar ötib, davr tufayli mafkuralar özgarsa-da, Ölmas Umarbekov asarlari ismiga monand ölmas, eskirmas bölib qolgan”.

Darhaqiqat, Umarbekovning aksariyat asarlari zamon sinovlaridan eson­-omon ötib kelmoqda. Ular bugun ham kitobxonlarning sevimli asarlari qatorida turibdi. Bu yozuvçining baxti, asarlarining baxti! Ölmas Umarbekov baxtli asarlar yaratgan baxtli adib. Umuman, yillar, zamonlar, siyosat-u mafkuralar taʼsir qila olmaydigan, hamma davrda öquvçilar sevib mutolaa qiladigan kitoblar baxtli kitoblardir.

Ölmas Umarbekov suhbati şirin, öta madaniyatli inson edi. Yuqori lavozimlarda işlagan paytlari ham hamma bilan, jumladan, yoş ijodkorlar bilan oçiq, samimiy suhbat qilardi. Madaniyat vaziri bölgan yillari yoş dramaturglarni yiğib, gurung qilgani, ularning taklif-mulohazalarini erinmay eşitgani esimda. Öşa vaqtlarda men “Özbekiston madaniyati” gazetasida adabiy xodim bölib işlardim. U paytda vazirlik ham, gazeta tahririyati ham maşhur “Navoiy-30”da joylaşgan edi. Bir kuni binodan çiqayotsam, Ölmas aka ham çiqib qoldi. Salom-alik qildik. U kişi maşinasi eşigini oçdi, bir oyoğini maşinaga qöydi-yu, yana qaytib tuşdi va men tomonga yurdi. Men ham u kişi tomon odimladim. Oçiq çehra bilan, öziga juda yaraşgan tabassum bilan, iltimos ohangida dedi: “Madaniyat sohasiga ham gazetada eʼtibor berib tu­ringlar”. Oçiği, öşanda juda hayron bölganman. Men kimman? Tahririyatda oddiy xodimman, xolos. U kişi vazir! Yana deng, men işlaydigan gazeta Madaniyat vazirligining organi. Bemalol topşiriq berişi mumkin. Hamma jihatdan haqi ham, huquqi ham bor! Menga emas, gazeta boş muharririga ham topşiriq berişga haqli, lavozimi şuni taqozo etadi.

Umarbekov unday qilmadi, unday qilmas edi. Çunki u tom maʼnodagi ziyoli, haqiqiy madaniyatli vazir edi!

Odamning kimligi, feʼl-atvori safarda köproq ayon böladi. Ölmas aka bilan bir neça safarlarda birga bölganmiz. Esimda, 80-yillar edi. Samarqandda adabiyot böyiça qandaydir nufuzli tadbir böldi. Unda sobiq ittifoqning deyarli barça respublikalaridan şoirlar, yozuvçilar, adabiyotşunoslar iştirok etdi. Ölmas Umarbekov Yozuvçilar uyuşmasining raisi edi. Anjuman uç kun davom etdi. Söngra konferensiya qatnaşçilari Qoraqalpoğiston Respublikasiga bordi. Adaşmasam, uçta vertolyotga çiqib, Orol dengizini aylanib kördik. Yuqoridan qarasa, dengizning qurigan joylari aniq körinar ekan. Orolimizning ahvolini körib odamning yuragi uvuşib ketadi. Jon talvasasida yotgan insonga öxşaydi. Moskvadan, turli respublikalardan kelgan adiblar Orolning ahvolini öz közlari bilan körgaç, vaziyat çindan ham jiddiy va oğir ekaniga amin bölişdi. Taniqli qoraqal­poq yozuvçisi Tölapbergen Qayipbergenov mehmonlarga Orolning tarixi, bu ahvolga kelib qolişining sabablari haqida gapirib berdi.

Öşa kuni oqşom Qayipbergenov mehmonlardan bir guruhini uyiga taklif qildi.
Uning bir gapi esimda qolgan. Kattagina hovlisiga işora qilib, dedi: “Köryapsizlarmi, hovlida heç narsa yöq: na gullar, na daraxt. Sababi – heç narsa ösmaydi. Har yil bahorda turli köçatlar ekamiz. Qurib qolaveradi. Oroldan kötarilayotgan tuz yerlarni qotirib, şörlatib taşlagan. Ekin ekib bölmaydi. Foydasi yöq… Şu ahvol davom etaversa, yana ön beş-yigirma yildan keyin nima böladi… Xudo biladi…”

Nima bölgani bugun barçamizga ayon…

Oş-ovqatdan söng hamma guruh-guruh bölib özaro gurungga berilib ketdi. Kimdir hovliga çiqib, sigaret tutatgan, yana kimdir xilvatroq joyni olib, xayolga çömgan.

Ölmas aka anjumanga borgan uç-tört yoş şoir va yozuvçilarni bir xonaga çaqirdi. Juda oçiq, samimiy suhbatlaşdi, kimning qanday muammosi bor – kimningdir kitobi naşriyotda navbat kutib yotipti, kimnidir uy-joy masalasi qiynayapti… Xullas, har bir yoş ijodkorning öziga yaraşa dard-u hasrati bor. Uyuşma raisi şunday muhit yaratdiki, heç kim tortinmadi, uyalmadi, bor gapni, öz muam­mosini batafsil aytdi. Ölmas aka hammani erinmay eşitdi, baʼzi masalalarga aniqlik kiritib oldi. Eng asosiysi, barçaning masalasini yon daftariga yozib oldi. Suhbat uyuşma raisi bilan yoş şoir va yozuvçilarning emas, tengdoşlarning özaro gurungi kabi keçdi. Hatto sigaretini stolga qöydi-da, kim çekadi, marhamat, tortinmay çekaveringlar, dedi.

Şunaqa eʼtiborli, yoşlarga mehribon rahbar edi Umarbekov.

Ölmas aka bilan boğliq yana bir safarni esga olgim keldi. Bu 1989-yil aprel oyida bölgan edi. Öşanda Qirğiziston poytaxti Frunze (hozirgi Bişkek) şahrida Örta Osiyo respublikalari va Qozoğiston (u vaqtda şunday atalardi) teatrlarining “Navröz-89” festivali böldi. Unda Farğona viloyati teatri Şarof Boşbekov asari asosida rejissyor Olimjon Salimov qöygan “Temir xotin” spektakli bilan iştirok etdi va boş sovrinni qölga kiritdi. Festival yakunlanişidan ikki-uç kun oldin Özbekiston madaniyat vaziri Ölmas Umarbekov bordi. Özbekistondan festivalga kelgan sanʼatkorlar, teatrşunoslar, rejissyorlar, muxbirlar bilan suhbatlaşdi, ahvol qandayligi bilan qiziqdi. Festival tugagunça hammadan hol-ahvol sörab turdi. “Temir xotin” ğolib bölgani eʼlon qilingaç, Şarof Boşbekovni, Olimjon Salimovni, spektaklda qatnaşgan barça ijodiy va texnik xodimlarni tabrikladi. Bu yutuqdan hammadan köproq quvondi, nazarimda…

Olloh Ölmas akaga har tomonlama bergan edi, desam, xato bölmaydi. Kelişgan böy-basti, oçiq çehrasi, kulib turadigan közlari… Hammaning havasini keltirardi. Mayin, yoqimli ovozda şoşilmay, sözlarni dona-dona qilib, çaynamay, ğijimlamay gapirar edi. Bu jihatdan ham haqiqiy arbob edi-da.

Şunday odam umrining oxirgi yillarida oğir dardga çalindi. Bu dunyoda köz degan narsa ham bor. Ölmas akaga köz tegmadimikin, deb öylab qolaman. Uzoq davolandi Toşkentda, Moskvada. Irodali odam edi, sir boy bermadi, bildirmaslikka harakat qildi. Ammo buning iloji yöq edi, çunki ovozi çiqmay qoldi, gapirolmay qiynalar, fikrini qoğozga yozib berar edi. Oçiği, uning holatini körib, har qanday odamning yuragi ezilardi. Şunday holga tuşgan ikki odamni kördim. Biri Ölmas aka bölsa, ikkinçisi – akademik Şavkat Ahadoviç Vohidov. Qanday buyuk olim edi Vohidov, kosmos sohasi böyiça yirik mutaxassis edi. Uzoq yillar nomi sir tutilgan, kitoblari turli taxalluslar bilan naşr etilgan. Mustaqillikka erişganimizdan keyin asta-sekin maxfiylik olib taşlandi nomidan. 1992-yilda Özbekistonda aerokosmik maktabga asos soldi va uzoq yillar özi rahbarlik qildi… Mayli, bu alohida mavzu…

1993-yil edi, adaşmasam. Men Prezident devonida boş konsultant bölib işlardim. Bir kuni xonaga Ölmas aka kirib keldi. Odatdagiday, çiroyli, ozoda kiyingan, soçlari silliq taralgan, yuzlari sal sölğinligini hisobga olmasa öşa-öşa körkam Umarbekov. Tomoğini mayin oq mato bilan öragan edi, şarf emas, albatta. Oçiği, bu taşrifdan nihoyatda xursand böldim. Çunki betobligidan xabarim bor edi. Şu tufayli ançadan beri körmagan edim. Salom-alik qildik. Bir-ikki sözni qiynalib gapirdi. Har zamonda tomoğini öşa öralgan mato ustidan sekin bosib qöyar edi. Prezidentning yordamçisi Georgiy Alekseyeviç Kraynov bilan uçraşmoqçi ekanini, u joyidami-yöqmi, bilib berişimni, örnida bölsa, özini qabul qilişini söraşimni aytdi (qoğozga yozib berdi). Men Georgiy Alekseyeviçga içki telefondan qönğiroq qildim. Joyida ekan, darhol göşakni kötardi. Maq­sadni aytdim. Kraynov heç ikkilanmasdan kelaversin, dedi. Bu gapdan Ölmas aka mamnun böldi. Öşa öziga yaraşgan tabassum bilan jilmaydi, menga minnatdorlik bildirdi. Georgiy Alekseyeviçning xonasiga kuzatib qöydim.

U kişini oxirgi körganim şu böldi.

Ölmas Umarbekov hayotdan erta ketdi, juda erta ketdi. Oltmiş yoş-a! (1934–1994). Şu qisqa umri davomida tinmay işladi, ijodda ham, ijtimoiy hayotda ham. Şunga qaramay, juda oddiy, kamtarona yaşadi, danğillama uylar qurmadi, xorij maşinalaridan olmadi. Rosmana özbekona hovlida umrguzaronlik qildi. Mol-u dunyoga ruju qöymadi. Ammo boy maʼnaviy xazina qoldirdi. Hikoyalari, qissalari, romanlari, dramalari, kinosseraniylari xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylandi. Yillar ötgan sari bu mulkning qadri oşib boraveradi. Şular orqali Özbekiston xalq yozuvçisi, dilbar inson Ölmas Umarbekov ham xalqimiz xotirasida mangu yaşaydi.

Mamatqul HAZRATQULOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist

 

2024/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…