Ruhlaniş
Sen quyoşni kutmagin ilhaq,
Soatingga qarayverma, bas.
Uyğonişning payti ayni vaqt,
Yostiğingdan şafaq körinmas.
Sen quyoşni kutmasdan ilhaq,
Maqsad bilan kötar boşingni.
Axir dunyo turibdi kutib
Quyoşni sen kötarişingni!
Söngsöz
Rad etding otaşin izhorimni ham,
Yana juda oğir raddiya aytib:
“Şoirlar sirayam yoqmaydi menga,
Ismimni yozmagin şeʼringda qaytib!”
Bular tuşgaç yodga, özimginamas,
Hatto ilhomlarim böğilaverar.
Axir yozmagunça sening ismingni,
Şeʼrlarim nogiron tuğilaverar.
Özimga
Şeʼr yozsam, titrasa Tangritoğ,
Şeʼr yozsam, gullasa sahrolar.
Şeʼr yozsam, toşlardan çiqsa çöğ,
Şeʼr yozsam, kengaysa samolar.
Gazeta çop qilsa ularni,
Öqisa bevafo malaklar.
Eslasa, yiğlasa tunlari,
Olovga aylansa yuraklar!
Kitobga jam bölib keyinroq,
Onamlar öqisa yoş bilan.
Singlim jim tinglasa uni, oh,
Garçi naq ming marta eşitgan.
Şeʼr yozsam, oşiqlar yod olsa,
Işqsizlar şaydoga aylanib.
Satrlar musiqa kuy bölsa,
Kuylasa, kuylasa andalib.
Tinglasa, tinglasa, o, dunyo,
Yonma-yon turgança tun-u tong.
Kelişni unutib intiho,
Şeʼr yozsang, abadiy şeʼr yozsang!
Jasurbek Nabijonov
2002-yili Farğona viloyati, Bağdod tumanida tuğilgan. Toşkent davlat yuridik universiteti talabasi.
“Yoşlik” / 2024 / 6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida