51 marta körilgan

Közlari çölpon…

Alişer Sabriy

* * *

Hamon soy bor-u sayhon bor, faqat biz yöq, faqat biz kam,

Hamon oy, tol-u rayhon bor, faqat biz yöq, faqat biz kam.

Öşal qasr-u öşal ayvon… gözal Zuhro[1], ösal Kayvon[2],

Tugal, beköst kayhon[3] bor, faqat biz yöq, faqat biz kam.

Hamon minglab yurak ğujğon, hamon sayyod ming mujgon,

Hamon obod-u payhon bor, faqat biz yöq, faqat biz kam.

Kular, ğamga çökar közlar, tölar, yoğmur tökar közlar,

Sanoqsiz boşda paykon bor, faqat biz yöq, faqat biz kam.

Turar yaltillagan armon – omonsiz dardi bedarmon,

Siniqqan ahd-u paymon bor, faqat biz yöq, faqat biz kam.

Hamon bordir karomatlar, ajab möjaz alomatlar –

Sabo[4], taxti Sulaymon bor, faqat biz yöq, faqat biz kam.

Hamon Sabriy yaşar, ul ham… Hamon mil-mil yonar kul ham

Va bir mujmal puşaymon bor: faqat biz yöq, faqat biz kam.

* * *

Har qayon borsam, izimdan toş oturlar ahli kin,

Qovjirar mehr-u muruvvat, gurkiraydur naxli[5] kin.

But yurakda son-sanoqsiz tirqiş oçgay kirgali –

Son-sanoqsiz darz solgay dilga behad raxli kin.

Yor ila siğmas aromizga agarçi tola qil,

Qandayin ozğin balo bu, bölgay ahyon daxli kin?!

Gohi bilmas holatingni qoş-u közday ulfating,

Kelgay ammo lahzada qoşingga ming farsaxli kin.

Sabriyo, kin-u kadar qaydiga tuşma, mahv etar,

“Hasrato”, “evoh”, “vovaylo”, “esiz”, “ovax”li kin.

* * *

Qasdimga iki qoraçiğing babr[6] bölibdir,

Oqi qora boşim öragan abr bölibdir.

Ne tongki, qaboğim qabarib toş kabi töngsa,

Ğam xayli kömilgan boyaqiş qabr bölibdir.

Beboş yuragim uçrasa, ming darra uribsan,

Qamçingga açindim, anga sal jabr bölibdir.

Köyingda köribdi neçalar xasta tanimni,

Aytişdi, u oxir damida gabr[7] bölibdir.

Hajr-u sitaming bir sari, bir yonda soğinçing –

Bilmam ne qadar, fan manga “Al-jabr” bölibdir.

Bu teskari dunyoda yöq oqil kabi beaql,

Aqlini yiğiştirgan, ajab, habr[8] bölibdir.

Har kimga taxallusi safar oziği böldi,

Sabriyga nasib olam aro sabr bölibdir.

Siteza

Söyla, falak,

            adovating boisi bir kadarmidi?

Böylamidi adolating,

            bölgani şul qadarmidi?

Bir qoraközda jon-u

            tan istadi aylamak vatan,

Yetgani tarki manzil-u,

            ketgani yöl badarmidi?

Közlari çölponim dedim,

            men tölay ölponim dedim,

Şamsga badr doğini

            heç zamon qadarmidi?!

Ravnaqini kör aqlining davlat-u

            savlat ahlining,

Til anga dardisarmidi,

            dil anga darbadarmidi?!

Oqma oqimda, mayliga,

            boqma zamona zayliga,

Dorulamon ano sanga,

            dori zamon padarmidi?!

Navhang uzatma, Sabriyo,

            bergani kammi sabri yo?

Jon çekasan, olişgani

            tanlaganing qadarmidi?!

Alişer Sabriy

1995-yili Samarqand viloyatiida tuğilgan.

Samarqand davlat universitetida tahsil olgan.

“Uç nuqta” nomli şeʼriy töplami naşr etilgan.

Özbekiston Yozuv­çilar uyuşmasi aʼzosi.

Oliy taʼlimni rivojlantiriş tadqiqotlari markazi tayanç-doktoranti.

 

2024/11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.