264 marta körilgan

Oyni otga taqa qilgan tunlarim

Şodmonqul Salom

***

Ş. ga

Omonmisan, ey yarim köngil,

Özing, soyang, tovuşing bormi?

Köngil, köngil, jimgina köngil,

Yoningdaman, könglimning yarmi.

Ota ketsa çökar ekan toğ,

Onang ötsa qurir mangu boğ,

Oy – köksingga botib ketgan doğ,

Köngil, boşqa ilojing bormi?

Taqdir qölin qayirgan, ey gul,

Çamanidan ayrilgan bulbul,

Parişondir – soçlaring sumbul,

Oq qönmişmi yo qirov, qormi?

Buxorodan Toşkantgaça yöl,

Har qadamda yoğib ötgan döl,

Endi qanday çidarsan, ayt, böl,

Aytarsan-u… hojati bormi?

***

97*, umrim ötib ketdi senda,

97–hayotimni olgan kema.

Birga borib, birga qaytib kelayapman.

Sen töxtama, yöl, tugama… sezib qolma.

97, buzilma sen, özgarma yöl,

Ey, kattalar! Har kun iş deb hukm qiling.

Ey, tumovlar, ey taʼtillar, tasodiflar,

Yölovçining hayotiga rahm qiling!

97, qöşiq aytma, sekin yurgin,

Bilsang yöling – menga har kuni Puli Sirot.

Har bir odam bu olamga bir xabardir,

Borligimni unga aytma, qalbin uyğot.

Uyğot uning közlarining qorasini,

Ğijirlama, şivirlagin joning çiqqur.

Qiyomatgoh – qoşlarining orasini

Ötguningça cyenu mening jonim çiqur.

97, manov bekat bunça baxtli,

Böş bekatday hayotimni töldirasan.

Axir senda közlarining sözlari bor,

KIMni örtab NIMAlarni kuldirasan.

Nafasi bor, izlarining izlari bor,

97, bir kun meni öldirasan.

*97 – avtobus raqami

Dil keçasi

O. Toşboyevga

Oydan keldi yuragimga tovuşlar,

Böy qizlardek titrab ketdi qamişlar.

Bir keçada kul qoldirmay yondim men,

Könolmadim, heç bölmadi qonişlar.

Qaboğimdan sizgani yöq yoşlar-yey,

Boysuntoğdan yumaladi toşlar-yey.

Mağrur toğlar bu dam nedan xomuşlar,

Zerikkanday, toriqqanday turişlar.

Bolalikni qay gazaga kömgandik,

Eslasangiz, bir körsating, tanişlar.

Bir gardini surtay közu qoşlar-yey,

Boysuntoğdan yumaladi toşlar-yey.

Şom qavarib, tong bözargan pallalar

Kökibiyda çayqalardi dalalar.

Tuğdonaning şoxida bir belançak,

Soğinç meni uyqu bermay allalar.

Qaytmaydimi şoxdan uçgan quşlar-yey,

Boysuntoğdan yumaladi toşlar-yey.

Daralarda ozod, qulun kunlarim,

Oyni otga taqa qilgan tunlarim

Qani? Ayting, tuşuntiring, yupating,

Oğalarim, jöralar, inilarim.

Taqalangan otman – xomuş boşlar-yey,

Kökragimda gursillaydi toşlar-yey.

Alpning hidin olib bözlar Boyçibor,

Bir otçalik köngling yöqmi ey, şunqor?

Dunyosini bir kissamga joylayman,

Yuragimda mening şunday şavqim bor.

Qömsab turing dilni, dunyodoşlar-yey,

Boysuntoğdan yumaladi toşlar-yey.

 ***

Ketayapsiz, men ham ketyapman,

Örtamizdan ötolmas sabo.

Zulfingizni xayolday eşar

Martning köksin töldirgan havo.

Ketayapsiz, men ham ketyapman,

Jon boriça kökarar yaşil.

Daraxtlarning uçlari bilan

Şivirlaşib quvonar fasl.

Siz faslga kirasiz, fasl

Kirib kelar olamga yonib.

Qaldirğoçday vijirlar toşlar

Yöl çetiga quşlarday qönib.

“Ey, Gul, qaydan va qanday qilib

Bunça latif, bunça sirlisiz?”

Söralmasdan ölar savollar,

Ham quyoşli, ham yomğirlisiz.

Bunday ozod, ixtiyorlisiz,

Bunday titrab olasiz nafas.

Barmoğingiz bir qöşiq boşlar,

Barmoqlarim eslab qololmas.

Vujudimga çopar bir şovqin,

Tuyğu selday köpirar qonda.

Kökragimga Tangri osgan qulf,

Kalitlari sizda ekan-da.

Bunday boqmang, nigohlaringiz

Hayotimni besas qamçilar.

Yelkangizga qönmoqlik uçun

Kökdan tuşmay turar tomçilar.

Ketayapsiz, men ham ketyapman,

Şamol erka, közlar beqaror.

Köngil kabi tozargan yölda

Ikkalamiz. Muhabbat. Bahor.

Şodmonqul SALOM

1980-yili tuğilgan.

Termiz davlat universitetini tamomlagan. “Yurak iqlimi”, “Köngil kitobi”, “Borligini bilganlar” şeriy töplamlari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.