6 daqiqada öqiladi

80 marta körilgan

Birgalaşib qöşiq aytamiz

Toşpölat Matkarimov

Onam uçun kuylayman

Bolaligimdan sanʼatga qiziqardim. Lekin ösmirlik paytlarimda “Kattarsang, kim bölasan?” deb söraşsa, “jurnalist” bölaman, deb javob berardim. Aynan şu jurnalist degan söz allatovur sehrli, jozibali tuyilardi. Öquvçilik yillarimda şeʼrlar ham maşq qilganman. Adabiyot öqituvçimiz maşqlarimni devoriy gazetaga çiqazib qöyardi. Keyin bildimki, katta enam ölançi bölgan ekan. U zamonlarda ölançilar köp bölgan. Momolarimiz, yoşi uluğ onaxonlarimiz ösmir qizlarni yiğib öyinlar aytişgan. Qolaversa, onam qöşiqlarni suyib eşitardi. Volidamning berilib qöşiq ting­laganini körib, onamni xursand qilaman, degan öyda qöşiq xirgoyi qilib berardim. Bu asta-asta bola qalbimni sanʼat yöliga olib kirgan bölsa, ajab emas.

“Quş tili” – qalb tili

Öquvçilik yillarimizda maktabimiz kutubxonasida kitob nihoyatda taqçil edi. Şu bois, qölga tuşganini öqişga intilganmiz. Qölimga birinçi bölib “Quş tili” degan kitob tuşgan. Öşa kitobni öqiganimdan söng mutolaaga bölgan qiziqişim ortgan. Mirkarim Osim, Şuhrat, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, Ölmas Ömarbekov, Said Ahmad, Ötkir Hoşimov, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov asarlarini tengdoşlarimiz bilan talaşib öqir edik.

Ayniqsa, Ötkir Hoşimovning “Bahor qayt­maydi” qissasini qayta-qayta öqiganman. Qissa qahramoni Alimardon Törayevning sanʼatkor bölganimi yoki boşqa bir sababmi, har safar mutolaa qilganimda hayajonga tuşardim. Şundan söng yozuvçining boşqa asarlarini ham katta qiziqiş, özgaça mehr bilan öqiganman va kitoblarni qölga olganimda hamon öşa zavq, iştiyoqni tuyaman.

Keyinçalik bildimki, “Quş tili” uluğ şoir Alişer Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonining maʼnolar bayoni ekan. Bu asarni öqigan odam borki, adabiyotning asiri bölib qolişi tabiiy.

Muxtasar aytganda, şundan buyon kitob­larning şaydosiman. Özim öqigan kitoblarni yaqinlarimga ulaşgim keladi. Mana şu qizi­qişim bilan taʼlim olgan maktabim kutubxonasiga kitob­larimning talay qismini sovğa qildim.


Döstga röbarö qilgan döst

Eng gullagan yoşlik çoğimizda “Yoşlik” çop etila boşlagan. Öşa yillari bizning qişloqqa ikki dona jurnal borardi. Tengdoşlarimiz bilan navbatma-navbat öqirdik. Men köpinça jurnalni qişloqdoşim Ravşanoy opadan olib öqirdim. Şunisi aniqki, mendan keyin boşqalar öqirdi. U paytlarda kitoblar ham xuddi şunday öqilardi. Bugun öşa damlarni eslasam, yoş şoirlarni, yozuvçilarni ularning asarlari orqali bilardim. Köplari bilan ğoyibona döst-qadr­don bölgan ekanmiz. Eng asosiysi, yangi paydo bölgan badiiy asarlar yoşlar örtasida özaro suhbatlarga mazmun bağişlardi.

1988-yilning qiş kunlari. Rossiyaning bir çekkasiga sayohatga çiqdim. Rost gap, öşa payt şerik topolmay, yolğiz özim borgandim. Sihatgohda keçga tomon hamma bir joyga yiğilar va u yerda turli xil köngiloçar tadbirlar ötkazilar edi. Men ham biror taniş çiqib qolar, degan öy bilan u yerga bordim. Bir çekkada tomoşa qilib tursam, qoraçadan kelgan, istarali, çamasi, özim tengi bir yigitga közim tuşdi. U menga qarab kela boşladi. “Assalomu alaykum, – deya körişib, – qayerdansiz?” – deb söradi. Men ham salomlaşib, Toşkentdan ekanimni aytdim. U ham özini toşkentlik deb taniştirdi.

– Odam özining tilini yaxşi köradi. Özbek tilida gaplaşadigan odam yöqmikan deb xavotirga tuşgandim. Xayriyat, siz bor ekansiz, – dedi u.

Şu-şu, keç tuşdi degunça körişib, gaplaşib turadigan böldik. Ön kunlar birga-birga mazmunli suhbatlar qildik. Keyin u ketadigan bölib qoldi. Men ham bir neça kun ötib qaytdim.

Oradan ança vaqt ötgaç, sihatgohdagi voqealar ham, suhbatdoş döstim ham unutilayozgan kunlarning birida qölimga “Yoşlik” jurnali tuşib qoldi. “Qora quyoş” dostoni. Qarasam, muallifi mening sanatoriyda tanişgan döstim. Rasm ham tangadekkina. Mening döstim katta şoir ekan-ku, deb uni izlab jurnalga keldim. Tahririyatdagilar uning naşriyotda işlaşini, işxonasi “Navoiy – 30”da joylaşganini aytişdi. Şoirni axtarib naşriyotga bordim. Mehri tuşib qolgan ekanmi, kaminani körişi bilan quvonib ketdi. Quçoq oçib körişdik. Men döstim deb yursam, u kişi mendan ança katta ekan. Men unga şoir ekansiz, bir oğiz ham aytmabsiz, deganimda, kulib, siz ham qöşiqçi ekaningizni aytmabsiz-u, degandi. Oradan bir neça kun ötib unga qöşiqlarim yozilgan albomni olib kelib berdim.

Bunday ğaroyib voqealar köp. Eng muhimi, “Yoşlik” Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf bilan döstlaşişimga sababçi bölgan.

Yöl yurgan – daryo

Özingizdan qolar gap yöq, kamina qişloq­ning çang köçalarida ösib, tuproq yöllari­da katta bölganman. Xudo menga şunday baxt berdiki, yurtimizning barça hududlarini borib kördim. Kimdir çet ellarga qilgan safar­lari bilan maqtanişi mumkin. Ammo menga taqdir şu xalqni, şu yurtni taniş neʼmatini berganiga doimo Allohga şukrona keltiraman. Yoş-u keksa yurtdoşlarimiz bilan suhbatdoş böldim. Ularga bölgan mehrim kundan kunga ösdi. Buning birinçi sababi töy-u tomoşalar bölsa, ikkinçisi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, kasb bayramlari. Bunday safarlarda nuroniy­lar duosini olgani, bemorlar holidan xabar olgani boriladi. Bu esa köproq ijod qilişga, xalqimizga manzur böladigan qöşiqlar aytişga undaydi. Qoraqalpoğistonga borganimda “Jengajane” (“Yangam-ay”) degan qöşiq aytdim. Qoraqal­poqlarning sevimli qöşiqlaridan ekan. Bu qöşiqning asl ijroçisi Dusboyev degan taniqli hofiz. Bu mening ularga bölgan mehrimni çandon oşirdi. Yaqinda qoraqalpoq döstlarimizdan biri “Laylim” degan qoraqalpoq­ça qöşiqni aytişimni taklif qi­lişdi. Hozir şu qöşiqni yozyapman. Ijodiy jara­yonda bildimki, qoraqal­poq yurtdoşlarimiz bilan qalban yaqin ekanmiz.

Yana deng, bir safar “Qaydasan, Jizzax” deya taniqli şoira Zulfiya Möminova bilan yölga çiqdik. Jizzaxga borgaç esa Zulfiya opa: “Ke­ling, yurtimizning hamma hududlarida qöşiq yarataylik”, deb içimdagi gapni aytib qoldilar. Şu tariqa Jizzaxda qöşiq yozdik. Qöşiq matniga Jizzaxning hamma tumanlari nomlarini qöşdik. Keyin Navoiyga bordik. Öz anʼanamizga sodiq qolib, navqiron Navoiy haqida qöşiq yozişga tuşib ketdik. Bu qöşiqlar videotasvirga olindi, viloyat telekanallarida tomoşabinlarga namoyiş etildi.

Mana yaqinda bölgan voqea. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining madaniyat maskanlari bor ekan. Şu yerda “Bahor” an­sambli faoliyat yuritar ekan. Navoiy şahridagi “Farhod” madaniyat saroyida kombinat madaniyat muassasalarining folkor-etnografik ansambllari örtasida “Qizilqum oltin merosi” folklor festivali ötkazildi. Meni şu festivalning hakamlar hayʼatiga taklif etişgan edi.  Buni qarangki, festivalning yopiliş marosimida ham öşa Navoiy haqidagi qöşiqlarimizdan biriga matn yozildi: “Şeʼriyatning piri Navoiy, Viloyatlar zöri Navoiy”…

Ana şunday yana bir voqea Tomdida böldi. Bilasizki, Tomdi Navoiy viloyatining eng çekka hududi. Sahro bağrida yastanib yotgan kenglik. Safardoşim şoir Humoyun Akbar edi. U mendan oldin borgan ekan. Körişganimizda: “Keça kelganingizda zör voqeaning guvohi bölardingiz”, deb gap boşladi. Aytişiça, Nurota toğ tizmasining Qizilqum sahrosiga singib borayotgan joyida “Uyqudagi qiz” degan manzara bor ekan. Tasvirni qarang: toğda qiz yotibdi, qizning soçi sollanayotir. Qizning soçidan kon – oltin çiqib yotibdi. Bundan taʼsirlanib Humoyun şeʼr yozibdi:

 

Oltin soçi tovlanadi,

Oftobda olovlanadi,

Qiz uyğonsa – sollanadi,

Tomdi, Tomdi, dilim yondi…

Şoirga şu şeʼrni menga bering, qöşiq qilaman, dedim. Xöp, dedi. Keçasi bilan qöşiq yozib çiqdim. Ertasi kuni tomdiliklarga qöşiqni aytib berdim. Qöşiqni eşitgan yurtdoşlarimiz juda xursand böldi. Çunki qöşiq ularniki edi. Ular haqida edi. Bu voqeadan keyin bir neça bor Tomdiga bordim. Endi, mana, birgalaşib qöşiq aytyapmiz.

Toşpölat MATKARIMOV,

Özbekistonda xizmat körsatgan artist

Bobomurod Saʼdullayev qoğozga tuşirdi.

2024/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)