65 marta körilgan

Qarşimizda oppoq tonglar bor…

Boboqand Mirzo

Bir köz oçib yumgunça hayot

Qay sözim bol, qay biri taxir,

Tanglayimdan tökilar bayot.

Mehringizni qizğanmang axir,

Bir köz oçib yumgunça hayot.

Ayo, soqiy, kötargin mayni,

Ağyorga ham el bölaman, el.

Xumoridan çiqib çal nayni,

Kel!!!

Siz şeʼr ayting,

Alyorlar ayting,

Men dönaman şunda oq quşga.

Dedim: Beun yiğlagan payting,

Onajoning kirarkan tuşga.

Qara, soçga tuşayapti qor,

Baxt izladim bozorga borib.

Mingta ğam-u, ming bitta dard bor,

Deding: Poklan mozorga borib.

Qismatim şu: şeʼr va baxşilik,

Men tuproqqa kömdim sabrimni.

Qölingizdan kelsa yaxşilik,

Tavof qilib qöying qabrimni.

Sevgilim

Sevgi sir-u sinoatmi,

Subhidamda sabodan sör.

Sasmi

 sabr

  saodatmi,

Sohibjamol, samodan sör.

Saratonda sohil sari –

Salqinlarda sollansang soz.

Sukunating soy singari,

Sarvinoz.

Sayyoralar sokin, sölim,

Sanam sarxuş sana soat.

Sönggi sözim: Sen sevgilim,

Sadafdek soç sof sadoqat.

Sönggi qadah

Istab-istamasam, tutayapsiz jom,

Öz tönimni özim biçaveraman.

Tong-sahar uyğondim – tuşayapti şom,

Tongdan to şomgaça içaveraman.

Balki zavqlanarsiz bunday ayyomdan,

Axir, men şoirman – kelmasin malol.

Ruboiylar ayting Umar Hayyomdan,

O, lafzim singari içganim halol.

Men yana içaman – suzavering may,

Jonim nim kosadan ketyapti toshib.

Hatto millatingiz, yoşingiz bilmay,

Men sizni sevaman haddimdan oşib.

Boğda xoniş qilgan bulbulday sayrab,

U şoxdan bu şoxga qönayapsizmi?!

Men sönggi qadahni içyapman yayrab,

Siz sönggi taqdirga könayapsizmi…

Olib ket, osmon

Meni oq bulutdek olib ket, osmon,

Oppoq bulutlarda gunoh bölmaydi.

Uç yuzi oltmiş kun yulduzga xosman,

Qolgan beş kunimga guvoh bölmaydi.

Meni oq bulutdek olib ket, osmon,

Kuz yomğiri bölib yoğaman yerga.

Momo yer, bir keça aytib ber doston,

Ertaga madhingni solaman şeʼrga.

Meni oq bulutdek olib ket, osmon,

Men ham bir bulbulman – “Lison ut-tayr”.

Qara, men moviyman, rangingga mosman,

Bu qanday möjiza, bu qanday sayr?

Meni oq bulutdek olib ket, osmon,

Yöqsa, şam misoli sönib, sölaman.

Koinot bağrida öliş ham oson,

Bir hovuç tuproğ-u duo bölaman.

Meni oq bulutdek olib ket, osmon…

Bu toğ juda baland, viqorli

Özbekiston xalq şoiri Usmon Azimga

Bu toğ juda baland, viqorli,

Nortuyada çiqmoqlik şaraf.

Eng çöqqisi yomğirli, qorli,

Qizğaldoqzor qara, tört taraf.

Salom, Boysun, assalom, Surxon,

Alpomişni allalagan yurt.

Dardingni ayt, qilgin dasturxon

Va şu toğni közlaringga surt.

Bu toğ juda mağrur, xokisor,

Saratonda soyasi aziz.

Havas qilar Tiyonşon, Hisor,

Yelka tutsang, qoyasi aziz.

Momo, çalib bergin çanqovuz,

Men na şohman va na bir gado.

Kökragingni kergin, çanqovuz,

Bu toğ sira bölmagay ado.

Bas, jim turing, hoooy bulbullar, bas,

Diydor şirin, diydor nazmdir.

Ertak yoki afsona emas,

Bu toğ öşal Usmon Azimdir.

Boboqand Mirzo

 1980-yili Xatirçi tumanida tuğilgan. Navoiy pedagogika institutini tamomlagan.

“Könglingiz topsam”, “Ikkimiz ikki olam” “Körgulik” kabi kitoblari çop etilgan.

2024/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.