Ustoz Poyon Ravşanov xotirasiga
Ötgan asrning 80-yillari örtalari edi. Kunlarning birida qölimga “Qaşqadaryo haqiqati” gazetasining yangi soni tuşib qoldi va odatdagidek, darrov gazetaning sönggi sahifasini oçdim-u, “Qiztepa möjizasi” degan kattagina maqolaga közim tuşdi. Sarlavhadagi “Qiztepa” sözi menda özgaça bir qiziqiş uyğotgani bois maqolani öqişga tuşdim. Çunki bu tepalik Çimqörğon suv ombori qurilişi tufayli biydek daşt bölgan Jonbözsoyga köçirilgan bizning köhna qişloğimiz yonginasidagi ulkan va sirli makon edi-da…
Eh-he, Qiztepa haqida qişloğimizning keksa otaxon va onaxonlari ne-ne afsona va rivoyatlar töqişmagan, qadimiy qöşiqlar aytişmagan deysiz.
Rahmatli Bibisora ammam esa: “Qiztepada qirq malak yaşiringan. Yarim keçada tuynuk oçilib, qizlar taşqariga çiqadi. Gulxan yoqib, öyin-kulgi qilişadi, tong oqarişi bilan yana makonlariga berkinib olişadi, ularni körgan odam yo jinni, yo devona böladi”, derdi.
Qolaversa, şu tepalik atrofida qöy boqqan çöpon-çöliqlarning tunda tepalikdan ajabtovur tovuşlarni eşitgani va gulxan qoldiqlarini körganini gurunglarda aytib yurişganiga nima deysiz?
Eng hayratlanarlisi esa maqola muallifi Poyon Ravşanov Qiztepadan topilgan tarixiy aşyolar içida ayollarning ösma qöyadigan mitti idişlari va pardoz buyumlari, hatto dafn etilgan ayolning skeleti topilganini aytib ötgani böldi. Demak, tepalikni ajdodlarimiz bekorga Qiztepa deb ataşmagan ekan-da…
Men maqoladan olgan tassurotlarimni maktabimizning boşlanğiç sinf öqituvçisi Hasan muallimga aytganimda, u kişi öyçan ohangda: “Elliginçi yillarning oxiri edi. Maktabni tugatgandim. Çimqörğon suv ombori qurilişi sababli suv tagida qoladigan tepalikni örganiş uçun poytaxtdan qadimşunos olimlar kelib işga kirişdi. Qaziş işlarida men ham ikki yil işçi bölib işladim. Guruhimiz rahbari arxeolog Sergey Kabanov bilimdon, ajoyib inson edi. Tepaliklardan ötmişimizga daxldor bölgan yaşik-yaşik turli buyumlarni topib jönatganmiz. Sopoldan yasalgan har xil uy-rözğor buyumlari, loydan yasalgan turli hajmdagi haykallar, qadimgi tangalar, qurol-aslahalar topganmiz. Qiztepadan esa ajdodlarimiz yasagan qadimiy köza topib olganmiz, olimlarning aytişiça, unda “Bu bizning qadimiy uluğ makonimiz” degan bitik bor ekan”, – deb qoldi.
Şu maqola bois Poyon Ravşanov degan muallifni tanidim va imkonim darajasida u kişining qalamiga mansub asarlarni topib öqiydigan böldim. Ayniqsa, 1989-yilda “Yoşlik” jurnalida çop etilgan “Amir Temur muhri” maqolasi köpçilikning eʼtiborini tortgan bölsa, Salohiddin Toşkandiyning “Temurnoma”si va Hasan Ato Abuşiyning “Turkiy qavmlar tarixi” asarlarini arab imlosidan krill imlosiga ögirib çop ettirilişi muallifni butun respublikaga tanitdi (Darvoqe, “Temurnoma”ga marhum şoir Çori Avaz muharrirlik qilgandi).
Söngra Poyon Ravşanovning muboraklik adib Jumaqul Qurbonov bilan hammualliflikdagi “Amir Temur tuğilgan joy yoxud Zanjirsaroy qissasi” asari avval “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida, söngra kitob holida naşr etildi. Asar keng jamoatçilik orasida katta qiziqiş uyğotişi barobarida bir neçta mualliflar tomonidan eʼtirozlarga ham sabab bölgandi. Ammo şuni aytiş lozimki, ular bu asari orqali Zanjirsaroy degan tarixiy manzilni va Sohibqiron bobomizning suyukli zavjasi bölgan Saroymulkxonim tuğilgan makonni aniqlaşga erişgan edi.
Oradan bir neça yil ötib muallifning qariyib 800 sahifali “Qaşqadaryo tarixi” asari eʼlon qilindi. Bu kitob haqida Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripov şunday degandi: “Poyon Ravşanov “Qaşqadaryo tarixi”ni yaratib, insof yuzasidan aytiş joizki, öziga haykal tikladi. Bu xildagi kitoblarni yozmoq uçun bilimdan taşqari, katta qalb, yurtga buyuk muhabbat bölmoği lozim, albatta”.
* * *
Keling, Qiztepa mavzusiga qaytaylik.
Oqrabotlik ijodkor akamiz Qöçqor Köçimov bir gurungda aytdi:
– 1986-yil edi. Xöjalikda firqa kotibi bölib işlardim. Öşa yili köklam qurğoqçil kelib, lalmi yerlardagi ekinlar qovjirab qolgandi. May oyida Qarşidan Poyon Ravşanov kelib, birgalikda Qoratepaning Şakar qişloğida yaşovçi dösti Elmurod Qurbonovnikiga mehmon bölib bordik. Mezbon Elmurod aka ham garçi kasbi mol döxtiri bölsa-da, adabiyotning muxlisi bölgani bois suhbatimiz yanada qör oldi. Söngra oyoğimizning çigilini yoziş uçun avval Elmurod akaning hovlisini aylanib ötib, töğri pastga endik. Çimqörğon bandining suvi kamayib ketgani bois suv tagida qolgan qişloqlarning ajib manzarasi bizlarni öziga çorladi. Ayniqsa, Qiztepa, Böritepa, Jangaltepalar kabi tepaliklar hamon öşa-öşa mahobatini saqlagan holda qad rostlab turardi. Qiztepa atrofida esa sopoldan yasalgan turli buyumlarning parçalari soçilib yotardi. Bizlar xuddi ulkan xazina topgandek quvonib tomoşa qildik. Domla Poyon Ravşanov esa bu sirli tepalikka boqib çuqur öyga çömgandi:
* * *
Kunlarning birida şoir va adib akamiz rahmatli Yöldoşbek Kenja tölqinlanib şunday dedi:
– Ey, uka, senga bir gapni aytayin. Xohlaysanmi-yöqmi, bizlar ming yillardan beri turli balo-qazolardan asragan ajdodlarimizning hoki turobi qolgan makonidan ajralgan elmiz. Qaysiki el avlod-ajdodlari bilan boğlab turgan tarixiy riştasidan uzilarkan, u maşhur adib Çingiz Aytmatov tasvirlagan manqurtga aylanadi. Buning barisi paxta uçun, suv ombori qurilişi tufayli sodir böldi. Ke, senga özim körgan bir voqeani sözlab berayin.
Qöhna qişloqdagi uyimiz yaqinida bir gaza bölardi. Olti yoşlarda edim. Jöralarim bilan Tölğonoy momoning uyi yonidagi tepalikka öynagani çiqardik. Kunlarning birida tepalikni buzgani bahaybat buldozer olib kelişdi. Butun qişloq ahli tomoşaga çiqdi. Bobolarning, momolarning közlaridan yoş dumaladi. Buldozer esa tepalikka xuddi toşbaqadek örmalab çiqa boşladi. Keyin esa birdan buldozer körinmay qoldi. Odamlar tepalikka qarab çopişdi. Traktor tepalikdan oçilgan ulkan tuynuk oğzida muallaq turar, uning haydovçisi esa kabina içida huşsiz yotardi. Haydovçini bir amallab tortib olişib, şifoxonaga olib ketişdi. Buldozer esa tepalik oğzida uzoq muddatga “asir”likda qoldi.
Bir kuni tepalik ustida öynab yurib, bexosdan qandaydir çuqurga tuşib ketdim. Jöralarim otamga xabar bergani qişloqqa çopib ketişdi. Avvaliga qörqdim, söngra özimni özga bir dunyoga tuşib qolgandek his qildim. Men devorlari ajabtovur rasmlar bilan bezangan, tokçalarida turli buyumlar, haykalçalar, şamdonlar turgan saroy içida edim-da… Saroydan daryo tarafga ketadigan yölakka esa toş töşalgan.
Otam kelib, arqon taşlab, meni tortib oldi. Tepalik içida körganlarimni uydagilarga, döstlarimga sözlab berdim. Keyinçalik şu tepalikda tekşiriş işlari olib borgan S.Kabanov, Z.Usmonova, T.Aʼzamxöjayevaning asarlaridan men bolaligimda körgan saroy mahobatli Söğd imorati ekanini bildim. Demak, bolalikdagi tasavvurlarim meni aldamagan ekan. Ayniqsa, Qiztepadan topilgan gödaklarning mitti emiziklari diqqatga loyiq. Şu topilmaning öziyam ajdodlarimizning bolalar tarbiyasiga katta eʼtibor berişganini va bolajon xalq bölişganini körsatadi.
* * *
Pirmamat Çoriyev harbiy xizmatga ketmasdan oldin qişloqda öqituvçilik qilgan. Dastlab u Finlandiya uruşida qatnaşdi. Uyga qaytiş arafasida Ikkinçi jahon uruşi boşlanib qoldi. Duşman bilan bölgan oğir janglarda qatnaşdi. Janglarning birida oğir yarador bölib asirga aylandi. Mahbuslikda ne-ne azob-uqubatlarni boşidan ötkazmadi. Nihoyat, uruş tugadi. Asirlar turli mamlakatlarga tarqatildi. Öşa maşʼum uruşdan keyingi qatağon yillarida asirlikda bölganlar qattiq jazolanişi tayin edi. Pirmamat aka ham taqdir taqozosi bilan Turkiyadan qönim topdi. Rahmdil kişilar kömagida öziga yaraşa iş topdi, uylandi. Qizli, öğilli böldi. Baribir yurt soğinçi uni tinç qöymadi. U kindik qoni tomgan eliga maktub yozdi. Xatjildga esa “Özbekiston davlati, Qaşqadaryo viloyati, Çiroqçi tumani, Qoratepa ovuli, Sançiqul qişloği, Çori Berdi çöloq öğliga” deb yozilgandi. Xat egasini topgunça köp ovora böldi. Oxiri egasini topdi. Pirmamat akaning otasi allaqaçon olamdan ötgan, u kişining Nurman, Surman ismli öğillari, Xadiça, Röyob degan qizlari bor edi.
1975-yilning yozida Pirmamat Çoriyev qizi Yasamin bilan Özbekistonga keldi.
U 36 yildan söng ona zaminiga qadam bosdi. Butun qişloq ularni kutib olgani çiqdi. Ertasi kuni Pirmamat aka ukasi Surmandan uni eski qişloqqa olib borişini iltimos qildi. Çunki Çimqörğon suv ombori qurilişi tufayli qişloq Jonbözsoyga köçirilgan edi. Pirmamat aka bolaligi va yoşligi keçgan ota hovlisining örnini darrov topdi. Bağrini yerga bosib, yana bir bora ona zaminga sajda qildi. Ajdodlari, ota-onasining ruhiga duoyi fotiha öqidi. Söng Qiztepa bağridagi ajdodlari abadiy qönim topgan qabristonning tabarruk tuproğidan römolçasiga bir siqim oldi.
– Tuproqni Turkiyaga olib ketaman. Hidlab yuraman. Sizlarni soğinganimda, u menga taskin beradi, – dedi Pirmamat aka köz yoşini artarkan. – Öğlim Boburga tayinlayman, ölsam, qabrimga soçadi…
Bir siqim tuproq… U Pirmamat aka uçun har qanday dur-u gavhardan aziz edi. Pirmamat aka maʼlum vaqt öz jigargöşalarining bağrida bölgaç, yana Adanaga qaytib ketdi.
* * *
Keçqurun qöşnim Abdixoliq traktorçi çaqirib qoldi.
– Hamsoya, darrov biznikiga öting, köhna qişloqni ziyorat qilib keluvdik, bir gurunglaşaylik.
– Har yili bir jonliqni söyib, oilamiz va qarindoş-uruğlar bilan köhna qişloqdagi Qiztepaga borib kelmasam, negadir könglim alağda bölib yuradi, keçalari uyqum qoçib, bosinqirab çiqaman, – deydi u gurung asnosida. – Ziyoratga borib kelgaç, bari joyiga tuşadi, könglim ham tinçiydi, işlarim ham baroridan kelaveradi. Mana, siz domlasiz, unça-munça yozuv-çizuv qilasiz, ayting-çi, meni tunlari özi tomon çaqirgan ovozlar qayerdan keladi yoki bu ajdodlarimizning ruhimikin?
– Öşalar bölsa kerak, – deyman suhbatdoşimni tinçlantirib, – bunday holat bir sizda emas, barçada sodir bölib turadi, ammo köpçilik bunga eʼtibor qilmaydi. Şunçaki ötkinçi holat deb hisoblaydi…
Bu yoğini sörasangiz, Abdixoliq traktorçi özi aytayotgan “köhna qişloq”da emas, hozirgi Jonbözsoyda tuğilgan. Ammo otasi Yusuf bobo aytib bergan, bugungi kunda Çimqörğon suv ombori tagida qolgan eski makon haqidagi ğaroyib xotirotlar hamon uning yodida.
U otasi aytgan sirli “ertak”ni eslaydi:
– Ey, bolam, unday maskan bu örada yöq edi-yov, bir tomoni daryo, yana bir tarafi bepoyon daştlik, örtasida bizning qişloq, ötloqlar, jarliklar, tepaliklar, boğlar. çorboğlar, töqayzorlar… Daryo böyi keta-ketgunça qamişzor, ördag-u ğoz, tuvaloq, tustovuq, bedana, kaklik, turnalarning koni edi. Böri, tulki, şoqol, quyon, jayraning, jondor-u jonzotning makoni edi. Daşt tarafdan gala-gala kiyiklar suvlagani kelardi. Navröz kelar-kelmas bola-baqra, yoş-qari adirga çiqardik. Kenglikni esa öt-ölan, giyoh, maysa qoplagan. Qoqi, tuyatöppa, ismaloq, çiriygul har qadamda uçrar, yeganimiz buğdoy non, sarimoy, sut-qatiq, qatron edi.
Ot-yilqilarimiz, sigir-buzoqlarimiz qamov ne, tuşov nima bilmas, dayravotda tuğib, ertasiga bolasini ergaştirib kelaverardi. Qişloq bolalari yalanglikda çillak, zuvillatar, lov-lov taka, oşiq kabi öyinlar bilan kunni keç qilsa, qizlar happak, quvlaşmaçoq, qora quş öynaşardi. Köngillar orzularga töla edi, xastalik ne, şamollaş nima, bilmasdik. Yalangboş, yalangoyoq yurardik. Tuproq toza, suv zilol, havo musaffo edi-da. Ayting, şunday makonda ulğaygan öğlon Alpomiş, qiz Barçinoy bölmay, kim bölsin? Qişloqning qoq örtasida çoyxona, maçit bölib, oqşom tuşişi bilan odamlar töplanişib, rivoyat-u ğaroyibotlardan suhbat qurişar, Alpomiş, Göröğli, Avazxonni öqişar, baʼzida esa Ahmad maxsum, mulla Ibrohim, Asadulla maxsum galma-gal Yassaviy, Söfi Olloyor, Navoiy, Maşrab, Bedildan ğazallar öqirdi.
Kelinçaklar, qizlar kayvoni momolardan örmak töqişni, kaşta tikişni, urçuq yigirişni, çanqovuz çalişni örganişardi.
Hovlilar bir-biri bilan tutaşib ketgan, na devor, na tösiq, na darvoza bor edi. Eşiklar qulf nima bilmas, faqat Noroy kampirgina jarang-jurung etib oçiladigan buxoroça sandiğining kalitini soçboviga boylab, köz-köz qilib taqib yurardi.
Odamlar bir-birlari bilan oğa-ini, qadrdon edi. Garçi qişloq uç dahaga bölinsa-da, töyi, maʼrakasi bir edi.
Ey, töylarni aytmaysizmi, töylari kuraşsiz, köpkarisiz ötmas, har bir qişloq öz polvonlari, çavandozlari bilan maqtanar edi. Maydonda esa or, şaʼn, obrö örtaga tikilar, ğiybat, hasad, içiqoralik yöq edi. Halollik baridan ustun edi-da. Odamlar mol-dunyo, boylik, mansab degan inson bolasini xudbin, toşbağir qiladigan illatlardan xoli, bir bovur bölgan. Çunki bu makonni turli balo-qazolardan, ofatlardan asraguvçi buyuk qörğon, asriy sir-sinoatlarga boy Qiztepadek uluğ va mahobatli qörğoni bor edi.
* * *
Ha, elning xotirasi misoli toş kitob, uni na olov, na suv yöq qilolmaydi. Jonbözsoyliklar tilida “Vatan” deb nomlangan sirli makon haqida bolalariga, nabiralariga otalar, onalar, bobo-buvilar soğinç bilan ertak sözlaydi.
Kuni keça hamqişloqlarim Azamat taksiçining maşinasida qadim maskanlarini ziyorat qilgani jönab ketişdi.
Men esa Qiztepa haqida iliq va unutilmas taassurotlar baxşida etgan, 80 dan ortiq ilmiy-badiiy, tarixiy kitoblar çop ettirib, ulkan meros qoldirgan atoqli adabiyotşunos va tarixnavis olim marhum Poyon Ravşanovning nomini har doim mehr bilan tilga olaman, qalbimda saqlayman.
Örolboy QOBIL
1955-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning tarix fakultetini tamomlagan. “Keçikkan karvon qönğiroği”,
“Adir ortidagi qişloq”, “Jonbözsoyliklar”
kabi kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
2024/12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


