Sarhisob
Kitob öqimadik sen bilan,
Teatrga kirmadik hatto.
Farzandlarga berib borimiz
Orzu qildik qator va qator.
Neça tunlar ötdi uyqusiz
Goh çöntakda bir çaqa yöqdir.
Kunlar ötdi: “yiğiştir uyni”,
“Bolalarni öynat, çömiltir!”
Bizda öylar hali bir talay,
Şodliklarmi… siğmas közimga!
Qara, seni qanday sevganman,
Bolalar ham xuddi özing-a!
Endi uyga şoşasan mudom,
Endi men ham turaman vaqtli.
Endi sen ham böydoq yigitmas,
Endi men ham onaman – Baxtli.
* * *
Menga xat yozibsan,
Ammo keçikding,
Keçikding,
Kutganda yoğmagan qorday.
Men yiğlab öqiyman satrlaringni,
Har harfida ulkan iztirob borday.
Ammo
Ortga yöl yöq,
Bari safsata!
Taqdir allaqaçon öqigan hukm.
Mening bisotimda zarra rahm yöq,
Sening keçikkan dil izhoring uçun.
Xayr,
Omon bölgin,
Yöling oq bölsin,
Keçikiş – iztirob,
Qiynoqdir yana.
Sönggi bor ilinj-la boqqan nigohing
Közlarim qariga kömib qöyaman.
Endi taqvimingda men kelar kun yöq,
Endi puşmonlaring tinçlik bermaydi.
Keçikkan visolning zarra qadri yöq,
Na dilga,
Na senga rahmim kelmaydi.
Xayr,
Omon bölgin,
Yöling oq bölsin…
Sizsiz yoğgan yomğir haqida
Tağin yomğir yoğdi siz yöq şaharda,
Sezdim maysalarning titroqlarini.
Va sizni öyladim kimni köproq sevasiz –
Menimi yoki yomğirni?
Tağin yomğir yoğdi siz yöq şaharda,
Har neki begona,
har kimsa taniş.
Nigohingiz qidiraman,
izlayman tovuşingizni,
Yurak topsa deyman bir dam osoyiş.
Tağin yomğir yoğdi siz yöq şaharda,
Tomçilar labimda uçdi sirpançiq.
Men sizdan uyaldim,
bu gunoh edi, axir,
Maşinalar termulib ötdi
közlarin har damdan kattaroq oçib.
Tağin yomğir yoğdi siz yöq şaharda,
Soğinçim yodimga soldi tomçilar.
Yiğladim!
Keçiring,
kulaman degandim faqat,
aytilmagan sirlar yoğdi tomçilab.
Tomçilab, tomçilab yoğdi yomğirlar,
Tomçilab, tomçilab yoğdi bor sirim.
Tağin yomğir yoğdi siz yöq şaharda,
Men sizdan yomğirpöş kutdim, heç kimim!
Tağin yomğir yoğdi siz yöq şaharda…
* * *
Şubhasiz,
Yaralar bitadi,
Ariydi dardlar,
Haq bersa – bağrimiz böladi butun.
Qişda derazadan qorga termulib,
Sinovli kunlarni eslaymiz bir kun…
Hammasi ötkinçi,
Hammasi tugal,
Işonma,
Közyoşlar meniki emas.
Barin yelkalaşib eslamoq uçun,
Jonim, qöllarimni qöyvormasang bas.
Sevgi edi u qizning ismi
Sevgi edi u qizning ismi,
Közlariga tun edi şaydo.
Siz iş tomon şoşardingiz, u
Qarşingizda bölardi paydo.
Ötardingiz yonidan sassiz,
Portfelni qattiqriq quçib.
Sevgi yölda etardi davom,
Şabbodada soçlari uçib…
Qadamlari tong musiqasi,
Silab yerni uyğotar edi,
Negaligin bilmadim özi,
Gul edi-yu, gul sotar edi.
Har kun işdan qaytişingizni
Kutar edi Sevgi intizor.
Şoşib uyga kirardingiz siz,
Gullarga heç bölmay xaridor.
Sevgi edi u qizning ismi,
Gul edi-yu, gul sotar edi…
Parizoda RÖZIBOYEVA
2001-yili Farğona viloyatida tuğilgan. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetini tamomlagan. “Tong taronasi”, “Qalbim sozi” nomli şeʼriy kitoblari çop etilgan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi.
2025/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida