Şoir Muhammadali Ğafforovga maktub
Bir qaraşda gazeta-jurnallar şoir va yozuvçilar uçun minbar sifatidagi roli, burungi mavqeyini yöqotayotgandek tuyiladi. Sababi, bugun ijtimoiy tarmoqlar ijodkorlar uçun katta maydon oçdi, ammo bu maydonda sinçilik, “filtr” yöq – şunçaki yozilgan ijod namunalari ham, saviyasi baland asarlar ham birdek qabul qilinaveradi. Hatto örtamiyona ijodkorlar kökka kötariladi. Ammo bunga ortiqça kuyiniş kerak emas – zar qadrini zargar biladi.
Mana şunday zamonda, adabiy tanqidçilik jar yoqasiga kelgan bir davrda zamondoş şoir-yozuvçilarning bir-biriga aytajak samimiy fikrlari, xolis tahlil-u tanqidi uçun alohida ehtiyoj bor. Ijtimoiy tarmoqlar qançalik odamlar hayotiga kirib bormasin, bosma naşrlar, jurnal va gazetalarning çiğiriğidan ötib, öz sözini aytiş zavqi bölakça.
* * *
Döstim Muhammadali.
Avvalo, ilk hayratlar va hayajonlardan tuğilgan birinçi kitobingiz naşri bilan çin yurakdan tabriklayman. Kitobni qölga olarkanman, tanlangan nom şeʼrlaringiz ruhiyatiga yaqinligini özimça eʼtirof etdim. Kitobga nom tanlaş ham bir ijod quvvati va salohiyatini talab qiladigan jarayon. “Işq safari” esa töplamdagi ilk muhabbat iztiroblari, şirin örtanişlar va lirik qahramoningiz öy-xayollariga uyğun, nazarimda.
Kitobingizga Mansur Jumayevning sözboşi yozgani, bir tomondan, Mansur akaga ixlosingiz, hurmatingizni ifodalasa, ikkinçi tomondan, ijodiy hamohanglik, uyğunlik bilan özini oqlaydi.
Keling, endi şeʼrlarga ötsak. Yozganlaringizni öqir ekanman, asosiy mavzular sifatida samimiy sevgi, qişloq soğinçi, keng dalalar haybati, bolalik xotiralari va oğriqlari tasviri köz oldimdan ötdi. Siz xuddi özingiz yozganingiz kabi, hamma binoyidek kun körib, “tayinli” iş bilan band bölgan bir zamonda şeʼr yozib qöygan xayol kişisi, sodda şoir ölaroq, butun şeʼriyatingizning lirik qahramoniga aylanib ketasiz. Öylaringiz, orzularingiz va keçinmalaringiz şeʼrdan şeʼrga köçib, kattarib boradi.
Avvalboşda menga özgaça taassurot qoldirgan, öz ohangi, ifoda yösini bilan ajralib turadigan şeʼrlaringiz haqida biroz gapirsam. “Otam va şeʼr” aynan şulardan biri. Hammasi gözal boşlangan, hayot bir maromda davom etayotgan bir paytda jimlik buziladi: kimdir şeʼr yozib qöyadi. Şeʼr jimlikka, tinib qolgan borliqqa qarşi isyon.
Bu şeʼrni yozib bölganingizdan söng özingizdan eşitganim esimda. Biroq kitobda öqib yanada özgaça hislar tuydim. Özimning qismatimga yaqin çizgilarni idrok etganday böldim. Menimça, asl şeʼrning yutuği ham
uning yuqimliligida bölsa kerak. Şoir özi haqida yozadi, ammo yuzlab odamlar unda özini köradi.
“Bizda hasbi holçilik, yaʼni özi haqida yoziş, öz ahvolidan şikoyat qiliş, yozğiriş kuçayib ketgan, – degan edi bir şoir döstim. – Şoir faqat özi haqida yozişi kerak emas”. Men esa bunday fikrdan yiroqman. Şoir özini nima qiynasa, öşani yozişi kerak. Heç kimga öxşamay, ergaşmay, köçirmay yozgisi kelgan mavzuda, çiranişlarsiz ijod qilganga nima yetsin! Agar öquvçiga boşqaçaroq şeʼr kerak bölsa, öz şoirini topib oladi. Zotan, şoir hammaga yoqadigan şeʼr yozaman desa, umrini yöqotib qöygani qoladi, xolos. Muhimi – siyqalaşmaslik.
Şeʼrga qaytsak. Lirik qahramon hamma öz işi bilan band bölgan zamonda “Faqat men boşqaça çizdim olamni, // faqat men boşqaça titroqlar tuydim”, deydi. Aslida, şoirlik şu emasmi?! Ijodkorlik heç kim ilğamagan narsani ilğaş, hamma körib turgan hodisani özgaça tasvirlaş, tuyişdir.
“Bir qadah söz” esa alohida mavzu. Unda yaxşiliklarni, tökis baxtni, boringki, öz oromi evaziga kelgan xotirjamlikni insoniyatga tuhfa etişga tayyor çin şoir istaklari bayon etilgan. Şeʼrni bir piyola suvdek simirasiz. Lirik qahramon şu qadar samimiyki, u gözal kunlar kelişiga, odamlar hayotini birgina söz bilan özgartira olişiga işonadigan odam.
Bir qadah söz
keltirdim sizga,
Şudringlar sepilgan söz keltirdim,
– deydi u. Nega “şudringlar sepilgan söz?” Boisi, toza tilaklar, duolar tongdan boşlanadi…
Şeʼrda olamşumul taşbehlar, metaforalar deyarli yöq. Ammo yaşalgan hislar, çin tuyğular uning taʼsir kuçini oşirgan. Mana bu samimiy misra esa men uçun kulminatsiya: “Közlari yoşlangan oyni yupating!” Har birimizning hayotimizda közlari yoşlangan oy bor, unga hayot baxş etmoq, yupatmoq har kimning qölidan kelavermaydi.
Men nafsimga öt qöyib,
Ketmoqçiydim dunyoda,
Ölgunça bir yor suyib
Ötmoqçiydim dunyoda, –
misralari bilan boşlanadigan şeʼr özining ohangi bilan öquvçini maftun qiladi. Hajman kiçik bölmagan şeʼrni bir lahzada öqib qöyasiz. Odamlar dunyodan bir narsalar undiriş, mol-dunyo töplaş ilinjida yurganda şoir: “Bor budimni kepakka sotmoqçiydim dunyoda”, – deydi. Kepakka almaşiş ifodasi adabiyotda yangi hodisa emas. Bu eng arzon, heç vaqoga arzimas narsalar ramzi sifatida talqin etiladi. Şoir ham bu dunyoning heç narsaga arzimasligini, unga butun umr qoladiganday örnaşib olişdan naf yöqligini aytmoqçi böladi.
Ammo şeʼrda biroz böş misralar ham yöq emas. Masalan:
Kel, dilrabo könglingni
Xuşlab qöyay, sevgilim,
Soçlaringning iforin
Hidlab töyay, sevgilim,
Ayt-çi, seni sevmasam,
Kimni sevay, sevgilim?..
Uşbu bandda “dilrabo” sözi undalma bölib kelmagan (unday bölganda ikki tomonidan vergul qöyilgan bölardi). “Dilrabo” sözi fors-tojik tilidan dilni, köngilni maftun etuvçi demakdir. Dil, köngil bir tuşunça ölaroq “dilrabo köngil” birikmasidan “köngilni maftun etuvçi könglingni xuşlab qöyay” maʼnosi anglaşiladi. Bordi-yu, “dilrabo” sözi undalma holida kelganda ham bir gapda “dilrabo” va “sevgilim” tarzidagi ikki undalma noörin bölar edi…
Uşbu band davomidagi “Soçlaringning iforin hidlab töyay” ifodasida ham biroz ğalizlik bor: ifor va hid bir tuşunça. “Gulning iforini hidlayman”, deyişdan köra “Gulni hidlayman” deyiş şakl jihatdan ham, maʼno jihatdan ham töğriroq böladi. Bu yerda ohangni buzmaslik uçun şunday takrorga yöl qöyilgan bölişi mumkin.
“Javrab turar köçada soğinç” deb boşlanadigan şeʼringizdagi öziga xos topilmalar, taşbehlar orasida “Köçaga çiq, yomğirlaşaylik” satri yodda qoladi. Biz “şeʼrlaşiş”, “sirlaşiş” kabi jumlalarni köp eşitamiz, ammo-lekin “yomğirlaşaylik” ifodasi men uçun original topilma.
“Hisor çöqqisida ungan naʼmatak…” deb boşlanadigan şeʼrda esa qişloq manzaralari, ilk muhabbat hayajoni ufurib turadi. Unda oşiq yigit sevgan qiziga “soy böyiga eçkilaringni hayda, // şeʼrlar öqib beray…” deydi. Xayolan u bilan birga şirin suhbatlar quradi, erkalaydi va: “Yaproğing şamolga sovurmam, qörqma”, – deydi. Aslida, şeʼr şu yerda tugagan. Bundan çiroyli yakun beriş qiyin. Ammo şeʼr yana ikki bandga çözilgan, çiroyli sözlar aytilgan, bu esa şeʼrning şu qismdan keyingi darajasini oşirmagan, aksinça, bayonçilikka xizmat qilgandek taassurot qoldirdi menda.
Yaxşi şeʼrlar köp, birini aytsam, biri qolib ketadigandek. Masalan, “Husan telba haqida ballada” ham xalq dostonlariday öqiladi. Uslub, söz qöllaş, taşbehlar borasida maqtovga loyiq şeʼr.
Mening eʼtiborimni tortgan yana bir jihat: sizda qisqa, ammo aytar sözi bor şeʼrlar talaygina. Bir şeʼringizda şoir yigitning yozganlarini tahrirlab beradigan filolog qiz haqida gap boradi. Ikkinçi bandda esa oşiq-şoir endi umrim tahrirga muhtoj, deydi va mana bunday öziga xos yakun bilan qizga muhabbat izhor qiladi:
Tahrirlab ber hayotimni ham,
Köp joyida xato qilganman.
Yoki “Tortişiş kuçi”, “Darding bölsa, suvga ayt”, “Şeʼr kelsa yoz, baxt kelsa yaşa” kabi jumlalar bilan boşlanuvçi şeʼrlarda “toş bosadigan” tasvir va taşbehlar öquvçiga lahzalik kayfiyat berib, estetik zavqini oşirişga xizmat qiladi. Lekin baʼzi şunday qisqa şeʼrlaringizda bir çiroyli jumla, öxşatiş atrofida qurilgan maşqlar ham yöq emas.
“Meni yupat, nima qilsang qil” deb boşlanadigan şeʼrni olaylik. Butun şeʼrning maʼnosi ayni uşbu satrda jamlangan. Oşiqning boşiga devor oğir botgan, uni yupatiş uçun maʼşuqa nimadir qilişi kerak… “Şamollar şaştimni şoşirdi”, “Sevib qoliş mumkin kimnidir” deb boşlanadigan şeʼrlar ham şunday:
Şamollar şaştimni şoşirdi,
Entikib-entikib çopaman.
Sen keça lab bosgan ğunçani
Iymanib labimga bosaman…
Şeʼrlaringizdagi öziga xos ohangga mahliyo bölgan öquvçi kitob yarmiga kelib, “çopaman-bosaman”, “qoçganday-bosganday” juftliklaridagi qofiyalanişdan köngli tölmaydi.
Yoki “Farrux akamga” deya nomlangan şeʼringizni olaylik. Tört qatorli şeʼrda boşqa yozganlaringizdagi pişiq va jöyali yakun yetişmaydi. Kitobda bu şeʼrdan keyin kelgan “Soğinç momom soçidek oppoq” deb boşlanadigan şeʼr esa örtasidan boşlanib ketganday tuyiladi göyo. Şeʼr ruhi “Farrux akamga” nomli maşqingizga yaqin. Bularni bir kayfiyat oraliğida yozilgan ikki yakunsiz şeʼr degan bölardim.
Kezi kelganda yana bir fikrni aytişni lozim topdim: şeʼrlaringizni alohida-alohida tarmoqlarda, ijodiy sahifangizda öqiganda sezilmas, ammo kitobni töliq öqiganda “Boşim yöyay, yuragingni tut”, “Tizzangga boş qöyay”, “Yelkamda boşing…” tarzidagi yelkaga suyaniş va köksiga boş qöyiş tasvirlari köp örinda takrorlanadi. Buni ham inobatga olasiz, degan umiddaman.
Fikrlarim şaxsiy va nisbiy. Şeʼr – bu did, köngil işi. Uni hamma har xil tuşunadi, turfa his qiladi. Men körgan, ilğagan tasvirlar boşqalarga ham şunday tuyilmasligi tabiiy hol. Şundoq ekan, şeʼriyat ixlosmandlariga uşbu kitobni öqib çiqişni tavsiya qilaman.
Raşid Xöjamov
1997-yili Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan.
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti magistraturasini tamomlagan. “Birinçi kitobim” loyihasi doirasida “Alʼamon” nomli şeʼriy töplami naşrdan çiqqan.
2025/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


