Jöramga
Biz edik –
bir quşning ikki qanoti.
Biz edik –
bir daryo yonma-yon qirğoq.
“Döstlik” deb atardik umrning otin,
Sadoqat, vafodan ketmasdik yiroq.
Tor edi ijara uyimiz, ammo
Heç qursa köngillar keng edi, jöra.
Yuraklar zil-zambil kötargan hammol,
Borimiz, yöğimiz eski gitara.
Parişon qolarding uzun keçalar,
Köksingda nimadir kurtak urardi.
Men esa tölğonib, faqir, beçora,
Könglim kulbasiga hijrat qilardim.
Bilmasdik sevgidan kuyib qoliş ne,
Sezmasdik ozurda balqigan baxtni.
U damlar şarobga öç emasdim men,
U damlar Hayyomga qilmasdim taqlid.
Ufqda barqutlar bölmasdi taloş,
Qamçilab turmasdi berahm taqdir.
Beş mahal sajdaga qöyar eding boş,
Labingdan tuşmasdi bir qutluğ takbir.
Meni ham suyardi, siylardi Xudo,
Gunohim bor edi garçi yelkamda.
Hamrohim emasdi sertutun sigor,
Jahannam yonmasdi mening öpkamda,
Tuşda ham körmasdik qay bir söqmoqda
Ayrilib ketişin bizning manzillar.
Keç kuzgi yaproqday uzoq-uzoqdan
Silkinib qolişin mustajob qöllar.
Bizlarni bu dunyo ayrolar etdi,
Va oxir ağyorim xun oldi sörab.
Şukrkim, sen Haqning yölidan ketding,
Men esa Şaytonga aldandim, jöra.
Kuzak
Kuzak – sen anqoning ikki qanoti,
Kuzak – sen köksimga in qurgan ğussa.
Kunlarni tasbehday ögirgan otin,
Tadosi yirtilgan bangi darveşsan.
Kuzak – sen dahrni kuydirgan olov,
Kuzak – sen isyonga çorlayotgan qur.
Poygakda pişqirib tepingan bedov,
Kuzak sen bir kosa obi antahur.
Kuzak – sen tuğilmoq yo mubham ölmoq?!
Kuzak – sen röylarning sarğarganlari.
Sen va men dunyoga begonamiz, oh!
Şeʼrimga inmagan maʼnisan… maʼni…
Farrux Amirov
2003-yili Jizzax viloyati Baxmal tumanida tuğilgan.
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Özbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi.
2025/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida