2 daqiqada öqiladi

176 marta körilgan

Xotiraning hayotbaxş kuçi

Inson ulkan quvvayi hofiza – xotiraga ega bölgani uçun keça, bugun va ertani boğlab, umrboqiy, barça davrlarda ham qiymatini yöqotmaydigan xulosalar çiqara oladi.
Xotira xuddi yölovçining ortidan tuşib turgan yoruğlikka öxşaydi: u közingni qamaştirmaydi, qoronğuda qiynalmay yurişingga yordam beradi.
Xotirasini yöqotgan odam ustunidan ayrilgan ayvonday qulaşga, yöq bölişga mahkum. Özining kimligini, maslagini, qilgan va qilişi lozim bölgan işlarini, yaqinlarini, döstu duşmanlarini unutgan odamning tirikligida ziğirça maʼno qolmaydi. U manqurtga aylanadi. Göyo boyoqiş “Man – qurtman, duç kelgan zörovon bosib ezğilaşi mumkin” deyayotganday böladi. Albatta, heç kim öz xohişi bilan xotirasidan voz keçmaydi. Kutilmagan fojea, nihoyasiz zulmu bosim, dahşatli qörquv tufayli inson xotirasini boy berib qöyişi mumkin.
Taassufki, dunyo tarixida yovuz kuçlar tomonidan butun millatlarni manqurtga aylantiriş, söng özlari istaganday boşqarişga uriniş köp bölgan. Alamlisi, bu fojeani xalqimiz ham yaqin tariximizda yaşab ötdi. Tili, dini, urf-odatlari, tarixini unutişga, özligidan yuz ögirişga, dunyoga maʼrifat tarqatgan ajdodlarini qoralab, öz boşiga kulfat kulini soçgan badkorlarni uluğlaşga majbur etildi. Bu bedodlikka qarşi çiqqan yovqur şaxslar ayovsiz qatağon qilindi. Millatning ruhini sindiriş, uni mute, xokisor olomonga aylantiriş uçun jamiki ilmu amal bölsa, barçasidan foydalanildi.
Haqiqat quyoşi porlagan çoğda har qanday sehru jodu öz kuçini, taʼsirini yöqotadi. Istiqlol ommaning mudroq ongini bexosdan uyğotib yubordi, şonli tariximizni, dunyo tarixida tutgan bemisl örnimizni idrok qila boşladik. Bu yölda muhtaram Yurtboşimizning “Tarixiy xotirasiz kelajak yöq!” degan sözlari barçamizga yorqin mayoq böldi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz. “Maʼnaviyatini tiklaşi, tuğilib ösgan yurtida özini boşqalardan kam sezmay, boşini baland kötarib yurişi uçun insonga, albatta, tarixiy xotira kerak”, degan edi Prezidentimiz. Bu sözlarning naqadar haqqoniy ekani ötgan qisqa davrda isbotlandi. Bugun yutdoşlarimiz erişayotgan yutuqlarda, ularning borliğini qamrab olgan işonç tuyğusining şakllanişida, şubhasiz, tarixiy xotiraning, şonli ötmişimizdan faxrlaniş hissining örni katta.
Albatta, ortimizga ögirilib, moziy közgusiga qararkanmiz, muhtaşam manzaralar bilan birgalikda bizga abadulabad saboq böluvçi xira holatlar ham nazarimizdan çetda qolmaydi. Biz ular haqda eslarkanmiz, erkin havolardan nafas olib ösayotgan, közimizning oqu qorasi bölgan aziz farzandlarimizni ogohlikka çaqiramiz, bugungi nurafşon kunlarning qadriga yetişga, ularni çalğitmoqçi bölgan nusxalarning çirkin ğoyalariga uçmaslikka undaymiz.
Köhna va yaqin tarixni örganib, qatʼiy xulosaga kelgan xalqimizning xohiş-irodasini Prezidentimiz lönda tarzda bayon qildi: “Özbek xalqi heç qaçon, heç kimga qaram bölmaydi!” Bu barçamizning – Haq yölida jon fido qilgan ajdodlarimizu tuğilajak nasllarning ham qalb amri, desak, mubolağa qilmagan bölamiz.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)