“Ilmiy fantastika” atamasi qanday paydo bölgan?
Bu janrning atoqli vakili Jyul Vern (1828–1905) romanlarini “ilmiy”, boşqa bir maşhur yozuvçi Herbert Uells esa “fantastik” deb hisoblagan. Rus olimi, fan tarğibotçisi Yakov Perelman 1914-yili “Vaznsiz oşxonadagi nonuşta” nomli hikoya eʼlon qiladi va uning janrini “ilmiy fantastika” deb belgilaydi.
Perelmanga qadar şunga öxşaş atamani taniqli rus yozuvçisi Aleksandr Kuprin işlatgan. U “Rediard Kipling” (1908) nomli maqolasida Herbert Uells va boşqa mualliflarning asarlarini “ilmiy fantastik sayohatlar” deb atagan.
Aytganim ham masal
Maşhur rus masalçisi Ivan Krilov juda köngilçan bölganidan muallifi xafa bölmasin deb böşroq asarlarni ham maqtab qöyavergan. Bir safar isteʼdodsiz bir şoir kitobiga özi kirişsöz yozib, asariga Krilov yaxşi baho berganini qistirib ötadi.
– Kördingmi, Ivan Andreyeviç, sening bağrikengligingdan foydalanibdi, – deydi yozuvçiga bir dösti kuyunib. – Endi doim şu gapni aylantirib yuraveradi.
– Parvo qilma, – deb javob beradi Krilov. – Axir, mening yozganim ham, aytganim ham – masal. Buni hamma biladi!
Eng qisqa xat
Fikrni imkon qadar lönda ifodalaş yozuvçining mahoratini körsatadi. Atoqli fransuz yozuvçisi Viktor Hyugo eng qisqa xat muallifi sifatida ham eʼtirof etiladi. U “Xörlanganlar” romani sotuvi qanday ketayotganini biliş niyatida kitob dökoni egasiga xat yozadi. Maktub birgina belgidan iborat edi:
“?”
Sotuvçi hamma narsani anglaydi va xuddi şunday lönda javob yozadi:
“!”
Roman, haqiqatan ham, juda tez sotiladi va yozuvçiga 400 ming frank qalamhaqi olib keladi.
Qimmatbaho buyum
Maşhur ingliz dramaturgi, şoiri va yozuvçisi Oskar Uayld qoçirimlari, gapga ustaligi bilan ham nom qozongan. Bir kuni u Nyu Yorkka boradi. Çegaraçi yuksak martabali mehmonning yuklarini tekşiruvdan ötkaziş çoğida:
– Deklaratsiyaga kiritiş zarur bölgan qimmatbaho buyumlaringiz yoki sanʼat asarlaringiz bormi? – deb söraydi.
– Nodir iqtidorimdan boşqa qimmatbaho narsam yöq, – deb javob beradi yozuvçi.
Aqlning çegarasi bor
Qahvaxonada bir yigit Artur Shopenhauerga qandaydir bir savol beradi. Maşhur faylasuf esa şunçaki:
– Bilmayman, – deb qöya qoladi.
Bundan yigitning jahli çiqadi:
– Men sizni donişmand, hamma narsani biladigan odam deb öylagan ekanman!
– Bunday öylaş xato. Aqlning çegarasi bor. Faqat ahmoqlikning çegarasi yöq! – deydi Shopenhauer.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


