Yozuvçi Normurod Norqobilov “Daşt-u dalalarda”, “Qoraquyun” romanlari, “Bekatdagi oq uyça”, “Ovul oralagan böri”, “Çangalzor iti”, “Qoraböri” qatori yigirmaga yaqin qissalar muallifi. Şu bilan birga, adib “Kapalak”, “Oriyat”, “Judolik quvonçi”, “Keksa tut”, “Çetdagi odam” va boşqa yuzga yaqin hikoyalar yozgan bölib, biz adib hikoyalarining sarlavhasi masalasiga töxtalişni maʼqul topdik.
Badiiy asar sarlavhasi haqida söz borganda köp hollarda unga asarning mazmun-mohiyatini belgilovçi muhim kompozitsion unsur sifatida qaraladi. Keyingi yillar adabiyotşunoslikda badiiy asar sarlavhasini tadqiq etişga bağişlangan bir qator işlar yaratildi. Adabiyotşunos olimlar A.Rasulov, S.Meli, U.Jöraqulov, A.Qurbonovlar bilan birga U.Rasulova qissa janrida, K.Hamrayev esa hikoya janrida sarlavhaning poetik matnda tutgan örnini tadqiq qilişdi. Adabiyotşunos A.Rasulov sarlavha haqida “badiiy asarning nomi – semiotik kalit. Kalit esa mohiyati, borliğini belgilovçi konsepsiyaning aniq, lönda ifodasi[1]”, – deb yozgan edi.
Hikoya janri tabiatidan kelib çiqadigan bölsak, sarlavhaning semantik-struktur jihatdan janr poetikasida ahamiyati ortib bormoqda. Adabiyotşunos K.Hamrayev “Hikoya kompozitsiyasi” monografiyasida sarlavhaning tiplari va strukturasiga alohida töxtaladi. Sarlavhani badiiy asarning muhim elementlaridan biri sifatida sanaydi, “hikoyaga xos sarlavha stilistikasi janr imkoniyatlarining ösişi, yozuvçi tafakkuridagi badiiy mantiq individualizmi bilan boğiq. Hozirgi özbek hikoyalarida sarlavha poetikasining öziga xosligi quyidagilarda körinadi:
birinçidan, ijodkor uslubi, dunyoqaraşi, badiiy niyati va söz qöllaş mahoratida;
ikkinçidan, ijtimoiy hayot muammolarini tasvirlaşda;
uçinçidan, hikoya janrining ruhiy-psixologik imkoniyatlarining oşişida;
törtinçidan, hikoya janrining tasvir tarzi, hajm-meʼyori, syujet kompozitsiyasi jihatdan muttasil özgarib turişida öz ifodasini topadi[2]”.
Adabiyotşunos sarlavhaning turlari haqida “Bugungi özbek hikoyalarida qöllangan sarlavhalarni, şartli ravişda, quyidagiça tasniflaş mumkin: 1. Hikoya tarkibidan ösib çiquvçi sarlavhalar: a) detal-sarlavha (Ş.Xolmirzayev, “Oqtoş”); b) obraz-sarlavha (Çölpon, “Novvoy qiz”); v) syujet-sarlavha (A.Qodiriy, “Uloqda”). 2. Majoziy sarlavha: a) kinoya-sarlavha (A.Qahhor, “Mayiz yemagan xotin”);
b) tazod-sarlavha (Ş.Xolmirzayev, “Bodom qişda gulladi”); v) falsafiy sarlavha (N.Eşonqul, “Şamolni tutib bölmaydi”). 3. Ruhiy-emotsional sarlavha (A.Qahhor, “Dahşat”). 4. Xronotop-sarlavha (S.Tursun, “Muzaffar tong”, Murod Muhammad Döst, “Daşt-u dalalarda”) va hokazolar[3]”, – deb yozadi.
Biz, K.Hamrayev tasnifiga qöşilgan holda, özbek adabiyotida sarlavhaning boşqa bir körinişi haqida söz yuritmoqçimiz, uni şartli istiloh sifatida intermatnli sarlavhalar deb olamiz. “Adabiyotşunoslik luğati”da intermatn yoki intertekstuallik haqida “har qanday matn avval mavjud bölgan matnlarni transformatsiya qilgan holda öziga singdirgan sitatalar majmuidir[4]”, – deb yozilgan. Intertekstuallik bu – matn içida matn hodisasidir. Bunday sarlavhalar, bizningça, diniy manbalar, maqol, iboralardan, şuningdek, bevosita xalqning marosim, urf-odatlaridan yo ularning nomlaridan, maşhur asarlar va xalq oğzaki ijodi namunalarining qahramonlari yoki personajlarining ismlaridan, tarixiy şaxslarning hayotiga işora qilgan holda ularning ismlaridan olinişi mumkin. Masalan, nasrda O.Yoqubovning “Er boşiga iş tuşsa…”, Omon Muxtorning “Tört tomon qibla” romanlarining sarlavhalari maqol va iboradan olingan. N.Fozilovning “Şum bolaning nabiralari” asari, N.Eşonqulning “Göröğli” (muallifning “Taqiq meva” romani sarlavhasi ham intermatnli sarlavhadir) romani sarlavhalari özidan avvalgi badiiy matnga işora qiladi, E.Vohidovning “Şum bola”, M.Yusufning “Kumuş nolasi”, “Zaynab qöşiği” şeʼrlari, dramaturgiyada H.Nazirning “Çiranma ğoz – hunaring oz” (maqol), Qöçqor Norqobil “Suv körmay, etik yeçma” (sakkiz sahnali hangoma) pyesalarini kiritiş mumkin. Özbek hikoyaçiligida esa intermatnli sarlavhalarga misol qilib quyidagilarni sanaş mumkin. A) Maqollardan olingan sarlavhalar. Ş.Xolmirzayev “Bir körgan taniş, ikki körgan biliş” maqolini ikki qismga ajratgan holda ikki hikoyasiga (“Bir körgan taniş”, “Ikki körgan biliş”) qöyadi. B) Ibora sarlavha sifatida badiiy matn tepasiga çiqqan hikoyalar qatorida A.Qahhorning “Kör közning oçilişi”, Nabi Jaloliddinning “Tört tomon qibla” hikoyalarini oliş mumkin. D) Xalq marosim va urf-odatlaridan yoki ularning nomidan olingan sarlavhalarga A.Qahhorning “Töyda aza”, Ş.Xolmirzayevning “Quloqçözma”, “Töpöyin”, N.Norqobilovning “Qiz öğirlaş” hikoyalarini oldik. E) Bevosita biron-bir maşhur asarning nomidan yoki uning qahramonlariga işora qiladigan sarlavhalarga N.Fozilovning “Robinzonlar” hikoyasini kiritamiz. F) Lirik asarlardan olingan misra yoki muayyan misraning parçasi asar nomiga aylanadi. Ş.Xolmirzayevning Ğafur Ğulom şeʼridan olingan hikoyasining nomi “Quyoş-ku falakda kezib yuribdi” deb nomlansa, A.Yöldoşov Navoiyning maşhur misrasidan bir parçani olib, sarlavhaga aylantirgan hikoyasi “Parim bölsa…” deb nomlaydi. G) Xaql oğzaki ijodi namunalariga doston, afsona, rivoyatlarining nomlari yoki ularning qahramoni, personajlari ismlaridan olingan sarlavhalarga N.Eşonqulning “Qultoy”, “Bahovuddinning iti” hikoyalarini sanaş mumkin. H) Tarixiy şaxslarning ismlaridan kelib çiqqan hikoya sarlavhasiga Ş.Xolmirzayevning “Horun ar-Raşid” va A.Yöldoşning “Puankare” hikoyasini misol qiliş mumkin.
Yuqorida keltirilgan hikoyalarning sarlavhalari intermatn sifatida asar syujetida baʼzan kinoyaviy, baʼzan majoziy tarzda akslanadi. Deylik, A.Qahhorning “Kör közning oçilişi”, Ş.Xolmirzayevning “Horun ar-Raşid” hikoyalarida kinoyaviy, “Quyoş-ku falakda kezib yuribdi” hikoyasida esa ramziy maʼnoga ega böladi.
Biz yuqorida intermatnli sarlavhalar qatorida sanagan N.Eşonqulning “Qultoy” hikoyasining nomi “Alpomiş” dostonidagi Qultoy obrazi nomidan olingan. Dostonda Qultoy Alpomişning piri, maʼnaviy yölboşçisi hisoblanadi. Ammo N.Eşonqul hikoyasida sarlavha intermatnga aylansa-da, nom sifatida hikoyada töla maʼnoda öz mazmun-mohiyatini ifoda qilmagan. Taşqi tomondan qaraganda, yaqin kelgandek körinadi (dostonda Qultoy otboqar, hikoyada Uljon podaçi), biroq dostondagi Qultoy obrazining asl mohiyatini ifoda qila olmaydi. Hikoya sarlavhasi semantik-struktur jihatdan özini oqlamaydi. Umuman, N.Eşonqul nasrida intermatnlik xususiyatlari köp örinlarda uçraydi. Hikoyani “Nazar Eşonqul realizmi haqida ayrim mulohazalar” maqolasida tahlilga tortgan adabiyotşunos D.Quronov şunday yozadi: “Aslida, N.Eşonqul ijodi milliy adabiy-madaniy anʼanaga juda çuqur ildiz otgan. Faqat bu narsa bir qaraşdayoq közga taşlanadigan, masalan, stilizatsiya darajasidagi muştaraklikdan ança çuqurroqda yotadi. Deylik, Uljon sizga doston-u ertaklardagi pahlavonlarni eslatmaydimi? Qaysiki, halol kuraşda aslo yengib bölmaydigan, lekin bir siri borki, öşani bilib olgan odamga muqarrar yengiladigan pahlavonlarni. Şunday, faqat doston-u ertaklardan farqli jihati – Uljonning “nozik joyi” realistik talqin qilingan: “çap oyoğini qirning ustida böri ğajib, quvvatsiz bölib qolgan”. Öşa sirni xotinining “gullab qöyişi”ni oling. Bu ham xalq ijodida keng ommalaşgan syujet motivi emasmi?! Şunga öxşaş, xalq oğzaki ijodida özini tanitmasdan, şahzoda öğliga xizmatkor bölib yurgan ona motivi ham turli variantlarda talqin qilingan. Xullas, adib ijodining bu tomonlari hali maxsus tadqiq etilişi kerak, zero, busiz unga obyektiv ilmiy baho beriş muşkul[5]”.
Bizningça, sarlavha ijodkor öz asarini yoziş jarayonida uning ongida asarni jamlab, butlab turgan yagona bir çiziq, yöl, deylik, bu asar ğoyasi bölsin, mavjud böladiki, sarlavha ana şu ğoyaning yoki aytaylik, asar mazmunining muxtasar nomi. Uşbu jumlalar sarlavhaning butun mohiyatini özida ifoda etmagan bölsa-da, har holda, asarning barça qism va bölaklarini özida mazmunan ifoda etgan lönda bir söz yoki jumla köz oldimizda sarlavhani gavdalantiradi. Sarlavha tanlaş, tabiiyki, muallifning mahorati bilan bevosita boğliq, baʼzi asarlarning nomlari ijod jarayonida dunyoga kelsa, ayrim asarlar yakuniga yetgaç, muallif unga sarlavha qöyadi. Hatto baʼzida muallif asar nomini özgartirib, boşqa sarlavha qöyadi. Bunday holatlar adabiy jarayonda köpda kuzatilmaydigan hol hisoblanadi. Masalan, mohir hikoyanavis Şukur Xolmirzayev “Havas” (1972) nomini özgartirib “Özbekning soddasi” sarlavhasini qöyadi. Şuningdek, yozuvçi Töxtamurod Rustam öz romanini “Kapalaklar öyini” deb nomlagan bölsa, keyingi naşrda “Dengiz körmagan odamlar”, Nazar Eşonqul “Evolyusiya”ning örniga “Istilo” sarlavhasini qöygan.
Normurod Norqobilovning hikoyaga sarlavha tanlaşi boşqa adiblarnikidan farq qiladi. Şuni taʼkidlaş joizki, adib ijodining kompozitsion öziga xosligi aynan sarlavhada közga taşlanadi. Masalan, adib bir hikoyaga ikki xil nom qöyadi yoki bir nomda ikki xil hikoya yaratganki, biz adib ijodidagi bu jihatga alohida eʼtibor qilişimizga zarurat tuğiladi. Ularni quyidagiça şartli uç guruhga ajratib oldik.
- Sarlavha özgarsa ham, maʼnosini qisman saqlab, asarning ğoyaviy mazmuni (deyarli) özgarişga uçramagan hikoyalar: “Yakson bölgan qitʼa”, “Loyxandaqdagi beş qitʼa” (“Çetdagi odam”, 2016) yoki “Xandaqdagi beş qitʼa” (“Tanlangan asarlar”, 2022), “Yuk” hikoyasi (“Yoşlik” jurnali, 1984-yil, 2-son), “Tovatoş” nomi bilan (“Zangori köl”, 1987) “Ayriliq quvonçi” (2010) yoki “Judolik quvonçi” (“Çetdagi odam”, 2016-yil, “Tanlangan asarlar”, 2022-yil), “Qöşiq” (2000) yoki “Mung” (Çetdagi odam”, 2016-yil, “Tanlangan asarlar”, 2022-yil) va “Böron qöpgan kun” (2005) yoki “Quyun” (“Çetdagi odam”, 2016) hikoyalari.
- Sarlavha özgarişi bilan asarning ğoyaviy mazmuni mutlaq özgargan, biroq ayni syujet saqlangan. “Oriyat” (“Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, 2014-yil, 13-son) hikoyasining sarlavhasi keyingi naşrda “Çetdagi odam” nomi ostida çop etiladi (şu nomdagi hikoyalar töplami 2016-yilda eʼlon qilingan, 2022-yilda “Tanlangan asarlar”iga ham şu nom bilan kiritilgan).
- Bir nom turli xil syujetdagi asarlarga qöyilişi. Adib “Öğri” sarlavhasi ostida uç xil syujetdagi hikoya yozgan (“Unutilgan qöşiq”, hikoyalar 1990, hikoya qahramoni Sattor; “Paxmoq”, qissa va hikoyalar, 1997, asar qahramoni Vohid, 2016-yilda hikoya qahramoni Mirhaydar). “Kuraş” sarlavhasi 2013-yilda (qahramoni Hamida momo) eʼlon qilingan va 2018-yilda eʼlon qilingan qissalarga (qahramoni Xurram qotma) qöyilgan. 2000-yilda naşr qilingan “Bekatdagi oq uyça” töplamidan “Oriyat” nomli hikoya joy olgan bölib, uning yuqoridagi – 2014-yilda yozilgan hikoyadan syujeti mutlaq farq qiladi. Uşbu asar qahramoni Husan polvon.
Söz adib asarlari sarlavhasi haqida borar ekan, yana bir hikoya xususida töxtalmoq kerakka öxşaydi. Bu hikoya “Hamiyat” deb nomlangan bölib, unda ham or-nomus masalasi tasvirlanadi. Uşbu hikoya syujeti va undan anglaşiladigan ğoyaviy mazmunga tayanib aytişimiz mumkinki, hikoyaga qöyilgan sarlavha köp ham özini oqlamaydi. Çunki “hamiyat” sözi maʼno kölami jihatidan hikoyaning ğoyaviy mazmunini özida ifoda ettirolmaydi.
Yuqorida sarlavha özgarsa ham, maʼnosini qisman saqlab qolgan hikoyalar qatorida “Ayriliq quvonçi” yoki “Judolik quvonçi” hikoyasini sanagan edik. Uşbu hikoyaga “Ayriliq quvonçi” nomini qöygan adib keyingi naşrlarda sarlavhani qayta özgartiradi. Çunki sarlavha uçun tanlangan “ayriliq” sözi asarning mohiyatini töla ifoda etmaydi. Asar qahramoni bola bobosi Norboy çoldan ayrilmadi, balki butunlay judo böldi. Bizningça ham, asarning “Judolik quvonçi” deb nomlanişi töla maʼnoda özini oqlaydi.
Hikoyaning ilk jumlasi xabar bilan “Bola döngda bobosi Norboy çolni kun qaytganidan beri kutadi[6]” deya boşlanadi. Bizningça, mana şu ilk jumlaning özida asarda röy beradigan voqelikka işora bor. Yaʼni kun qaytişi, quyoşning yaqin orada botişi, kun yakunidan obrazli qilib aytganda, “umr şomi”dan darak beradi.
Hikoyada his-tuyğular, detallar, obrazlar qarama-qarşi qöyilganini köramiz. Yiği va quvonçning bir-biriga qarşi qöyilişi, yiği bilan quvonçning kontrast ifodasi çin maʼnoda muallif mahoratini körsatadi. Zero, çinakam badiiy asargina qayğuda quvonç, quvonçda qayğuni ifoda etadi.
Asarda bola va Muso obrazlarining xarakteri Yomonqul, Bozor, çolning qizi feʼl-atvoriga qarşi qöyiladi. Adib ismlarni ham asar personajlarining xarakter xususiyatlaridan kelib çiqib tanlaydiki, Bozor, Yomonqul obrazlari nafs kişilari sifatida gavdalanadi. Yozuvçi “Çetdagi odam” hikoyasida ham Muso ismini qöllagan, ikkala hikoyada ham Muso ismi ramziylik kasb etib, insoniylik timsoliga aylanadi.
Asarda detallar maʼlum maʼnoda ramziylikka ega. Hikoya dönglik detalidan boşlangan bölsa, yakunida qotgan nonni çumolilar iniga taşib ketişi bilan tugaydi. Dönglik detali hayotni, çumolilar ini esa qabrni ifodalaydi. “Sarlavhada maʼnaviy zidlov kuçli matematik hisobda 2×2=4 bölganidek, hayot mantiğiga köra ham “judolik” sözi “qayğu”, “iztirob” sözlari bilan muvofiq keladi. Judolik odam bolasini quvontiradi deyişi 2×2=5 degandek gap. Biroq asl adabiyot mana şu paradoksal haqiqatni isbotlay oladi.
N.Norqobilov ham mana şu ikki zidni bir hikoyada jamlab, badiiy asoslab berişga erişgan. Hikoya qahramoni – bola döngga çiqib olib, kemşik oğzida qotgan non şimayotgan, munkayibgina şahardagi öğlini kutayotgan bobosini yaxşi köradi. Ayni paytda uning tezroq ölişini istaydi. Hikoya mana şu istakni asoslaşga, badiiy-mantiqiy yeçimini topişga qaratilgan[7]”.
“Mung” (“Qöşiq”), “Böron qöpgan kun” (“Quyun”) hikoyalarining sarlavhasi haqida aytib ötiş kerakki, adib “Tanlangan asarlar” (2022) töplamida yana qaytadan mazkur hikoyalarni “Mung” va “Böron qöpgan kun” sarlavhalari bilan eʼlon qildi. Hikoyalarning syujetidan kelib çiqib aytadigan bölsak, uşbu sarlavhalar har ikkala hikoyaga munosib nom. “Böron qöpgan kun” hikoyasida qahramon asar boşidan psixologik jihatdan tayyorlab kelinadi. Sanam xolaning içdan asta-sekinlik bilan yetilib kelayotgan, or-nomusni unutgan guzardagi kimsalarga bölgan alam va nafrati, kun kelib, kutilmaganda böron kabi özini körsatişi aniq edi. “U qassobni nigohi bilan “nimtalab”, nari ötadi. Yemakxonaga yetib-yetmay töxtaydi. Közlari Eşqul somsapazni gangitib, stol tevaragida ötirganlarda qönim topadi. Neçundir faqat tuk bosgan ensalar-u yağir yoqalarnigina köradi. Ötirganlar qiyofasini ilğamaydi, töğriroği, ilğay olmaydi. Şunda olam kir, tiriklik çirkin tuyiladi. Najot istab, ufqqa köz taşlaydi. Ufq tuproq rangida, osmon ham şu tusda. Qaynoq garmsel borliqni tözonga burkamoqçidek, öqtin-öqtin quturadi. Oqibat, kişilik qiyofasi çangga belangan-u, ularda mana şu tuk bosgan ensalar-u yağir yoqalargina qolgandek, göyo. Bundan uning yuragi battar siqiladi va beixtiyor tiliga şu gaplar köçadi: “Xudoyimi-iy, bularni yaratib nima qilarding, a?![8]” Keltirilgan parçada adib har bir detal va peyzajdan mohirona foydalanadi. Peyzaj qahramon ruhiyatiga mos tasvirlanadi. Ayniqsa, garmselning, göyoki, borliqni tözonga burkamoqçidek tasvirlanişi asarda sodir bölajak “böron”dan darak, işora berib turibdi. Asar yakunida Sanam xola qölida bolta uşlagança şiddat bilan otilib, guzardagilar qarşi çiqişi ular uçun tösatdan paydo bölgan böron kabi dahşatli böldi.
Agar yozuvçi sarlavhaga “Quyun”ni çiqarganda, ikki jihatdan asarga mos kelmagan bölar edi. Birinçidan, “quyun” sözi böronga nisbatan muallif yuklamoqçi bölgan maʼno bilan birga asar syujetini özida ifoda etolmaydi. Ikkinçidan, asarda qahramon içidagi ğazabning paydo bölişi, uning sekinlik bilan, kun sayin kuçayib, oşib borişi va kuni kelib özini körsatişi tasvirlangan. Şu tomondan qaralsa, asar voqeligini, u sodir böladigan kunga berilgan işorani “Böron qöpgan kun” sarlavhasi ifodalay oladi.
“Mung” hikoyasida ham “Böron qöpgan kun” hikoyasi singari ruhiy-emotsional tasvir xususiyati ustunlik qilişini kuzatamiz. Asarda qahramonning voqelikka munosabati sentimentallik kasb etib, çolning içki iztiroblari, emotsional holati tasvirlanadi. “Mujjalari yumiq – bunaqa payt heç narsani körmaydi, eşitmaydi. Közyoşlari ajin tilimlagan közlarini yumib, moşguruç soqolida marvarid donalariday qotarkan, botayotgan quyoşning qizğiş nurida bamisoli yoqutday tovlanadi. Kuylayotganida çol bu olamning odami bölmay qoladi. Ovozi ötmişning teran çohlaridan silqib çiqayotgandek, kişida ğalati bir hisni tuğdiradi – etni junjiktiradi ham xayolga toldiradi. Dunyo köhna, u esa dunyodan ham qadim körinadi[9]”. Keltirilgan parçada qahramon ruhiy olamining iç-içiga kirib, uning yuragi tubidagi alam va iztirobning mohirona çizilgan tasvirini köramiz. Qaçonlardir sevikli ayolidan ajralgan, yolğiz çolning mungli, ezgin qiyofasining gavdalanişi, bu alam va dard hikoya söngiga qadar qahramonni tark etmasligi asarga “Qöşiq” sarlavhasi tanlanişi mos kelmasligini körsatadi. “Qöşiq” sözi maʼlum maʼnoda ijobiy böyoqdorlikka ega, u tuşkunlikni emas, jöşqin va kötarinki kayfiyatni bildiradi. Qahramonning ruhiy holati va asar mazmuni jihatidan qaraganda “mung” sözi hazinlik, maʼyuslik maʼnolarini anglatişi sababli sarlavha darajasiga çiqa oladi. Şuning uçun muallif “Qöşiq” sarlavhasi örniga “Mung”ni qayta qöyişi özini oqlaydi.
“Çetdagi odam” yoki “Oriyat” hikoyalari. Biz ikki nom bilan ataladigan yagona syujetdan iborat uşbu hikoyalarga keyingi örinlarda “Çetdagi odam” va “Oriyat” sarlavhalari bilan ataladigan ikki mustaqil hikoya sifatida qaraymiz. Hikoya voqealari markazida turgan, uning syujetini siljitib, rivojlantiradigan, asar ğoyasini özida taşiydigan Muso ferma obrazi “Çetdagi odam” hikoyasining boş qahramoni sanaladi. Uşbu hikoyaning nomi asardagi obraz nomidan kelib çiqqan sarlavha hisoblanadi.
“Oriyat” hikoyasida detal sifatida or-nomus tuyğusi asar qismlari, epizodlarini jamlab turadi. Badiiy detalning bir turi bölgan ruhiyat detali sarlavha darajasiga kötariladi. Uşbu hikoya qahramoni – Bola.
Normurod Norqobilov hikoyalariga qisqa-lönda sarlavha tanlaydi. Adib obrazlilikka, ramziylikka, polisemantik maʼnoga ega sözlarni doim ham sarlavhaga olib çiqmaydi. Ş.Xolmirzayev (“Bodom qişda gulladi”, “Kuzda bahor havosi”, “Bulut tösgan oy”, “Olamning tortişiş qonuni”, “Yaşil niva”) yoki Nazar Eşonqul (“Şamolni tutib bölmaydi”, “Maymun yetaklagan odam”, “Qultoy”, “Bahouddinning iti”) kabi obrazli sarlavhalar Normurod Norqobilov hikoyalarida deyarli uçramaydi. Adib nisbatan anʼanaviy yöldan boradi. Uning sarlavhalari Abdulla Qahhorning ayrim hikoyalarining nomlarini yodga soladi (“Asror bobo”, “Adabiyot muallimi”, “Tomoşoboğ”, “Bemor”). Yozuvçi hikoyalarining sarlavhasini quyidagiça tasnif qiliş mumkin. Bular detal, makon, zamon, ramziy, emotsional, obraz nomidan olingan şartli tasnifga kiruvçi sarlavhalar. Şartli deyişimizga sabab esa emotsional sarlavha ramziylikka ega bölişi yoki vaqt va zamon tasnifidagi sarlavha boşqa tasnifga ham aloqadorlikka ega bölişi mumkin.
Detal sarlavha “Römolça”, “Tovatoş”, “Kitob”, “Quduq”, “Qabrtoş”, “Enatoş” va boşqa sarlavhalardir. Adib hikoyalarining katta qismini detal sarlavhalar taşkil etadi. Detal sarlavhalar haqida gapirganda aytib ötiş kerakki, hikoya syujetida badiiy detal muhim ahamiyatga ega böliş bilan birga, qahramonlar taqdirida ham katta rol bajargani uçun asar sarlavhasi darajasiga çiqadi. Masalan, yozuvçining “Römolça” hikoyasini oladigan bölsak, u “…xarakterli bir detal – oddiygina römolça bilan boğliq hodisalar asosiga qurilgan. Hikoyada oşiq-maʼşuqlarga daxldor, tasodifan bola qöliga tuşib qolgan, boş hoşiyasiga qizil ipak bilan tör töqilgan, bir çetiga esa oşiq-maʼşuqlar ismining boş harfi çatilgan oddiy sariq römolça bir neça personajlar bisotini oçib beruvçi sehrli kalit vazifasini ötaydi. Asarni öqiganda şu narsa maʼlum böladiki, yigitga taqdim etilgan römolça – qizning butun qalb qöri, orzu-umidlari ramzi; yigit römolçani tuşirib qoldirgan ekan, bu şunçaki tasodif emas, balki qizning aziz tuyğulariga nopisandlik, befarqlik oqibati, hikoya pirovardida ayon bölgan xiyonatning ibtidosi; tasodifan bola qöliga tuşib qolgan bu römolça uning xayolini alğov-dalğov qilib yuboradi, şu römolça tufayli u qizning aziz tuyğulari, qalb saxovati va çeksiz iztiroblariga şerik tutadi, soxta oşiqning qallobligi, xiyonati va jinoyatidan ogoh böladi; bu alamlarga doş berolmay huşdan ketadi; pirovardida yana öşa taniş sehrli detal – sariq römolçaga duç kelamiz. Yöq, bu qiz yigitga taqdim etgan, yigit taşlab ketgan römolça emas, bola topib bergan aziz bisot örniga, uning söroviga köra qiz taqdim etgan boşqa bir sariq römolça; yigit xiyonati, qiz halokatidan keyin bola uçun nihoyatda ardoqli bu römolçani u huşdan ketganda buzoq yamlab taşlagan holda köramiz… Şu tariqa hikoyada oddiy detal jiddiy maʼnodorlik kasb etib, muayyan badiiy maqsadga xizmat qiladi[10]”.
Makon bilan boğliq sarlavhalarga “Çorraha”, “Pivoxonada”, “Yölda”, “Yölak”, “Ziyoratgoh”, “Daştda”, “Qorovultepa”, “Yakkasuv”, “Tepalik”, “Enatepa” hikoyalari misol böladi. Uşbu sarlavhalar hikoya syujeti konkret makon doirasida keçişi yoki muayyan makon detalining badiiy obraz darajasiga çiqişi bilan xarakterlanadi. Bu xil hikoyalar asosiy planda qahramonning içki olami bilan parallel ravişda maʼnaviy qiyofasi, eʼtiqodini tasvirlanişi jihatidan ajralib turadi. Şuningdek, asar voqeligi röy beradigan makon qahramon taqdirida yoki ruhiyatida keskin buriliş yasaydi.
Badiiy asar syujetida vaqtni, zamonni ifodalovçi sarlavhalarga adibning “Yomğirli oqşom”, “Töy keçasi”, “Yozning birinçi kuni”, “Tungi mehmon” va boşqa hikoyalari kiradi. Uşbu hikoyalar syujeti makon va zamon çegarasida, bir xronotop doirasida keçadi. Masalan, “Tungi mehmon” hikoyasida badiiy voqelik Çamanoyning hovlisi va asosan, tun bilan çegaralansa, “Yozning birinçi kuni”da voqealar daryo sohilida, quyoş çiqişidan to botgungaça röy beradi.
Qahramoning emotsional holati bilan boğliq sarlavhali hikoyalarga “Mung”, “Quvonçli kun”, “Böron qöpgan kun”, “Alam”, “Tugatilmagan surat” kabilar kiradi. Mazkur hikoyalarda qahramonning botiniy his-tuyğularini tasvirlaş yetakçilik qiladi. Bunga “Mung” hikoyasida içki dard va iztirobning keng tasvirlanişi aniq misol böladi. Bu xil sarlavhali hikoyalarda taşqi yoki içki taʼsir natijasida qahramon muayyan ruhiy holatni boşdan keçiradi.
Obraz nomidan yoki ismidan olingan sarlavhalarga “Buloq”, “Döngkalla”, “Qizça”, “Qaşqa”, “Sut sotuvçi bola”, “Çol va bola”, “Çetdagi odam” hikoyalari kiradi. Uşbu sarlavhalar bevosita hikoyaning boş obraz nomidan olinib, sarlavha ölaroq, asar tepasidan joy olgan. “Asar nomlarida qahramonlarga urğu beriladi, syujet yönalişi şu obrazlar bilan boğliq ekanligiga işora qilinadi[11]”.
Ramziy sarlavhaga ega bölgan hikoyalarga “Kapalak”, “Quyoşi botmaydigan yurt”, “Quyoş tutilgan kun”, “Unutilgan qöşiq”, “Zangori köl” va boşqalar kiradi. Uşbu sarlavhalar öziga xos şartli ramziylikka ega. “Quyoş tutilgan kun” hikoyasi syujetida quyoşning tutilişi oxirgi zamonga, qiyomatga işora qiladi. “Unutilgan qöşiq” hikoyasida esa yoşlik davriga işora qilinadi.
Xullas, sarlavha asarning mazmunini belgilovçi kompozitsiya unsuri sifatida közga taşlanadi. Adib öz ijodiy niyatiga köra asarlariga nom qöyadi. Asarning muhim tarkibiy qismi sanalgan sarlavha orqali öquvçi asar olamiga kirib boradi. Normurod Norqobilovning sarlavha qöllaşdagi mahorati adib hikoyalari konsepsiyasining yaxlitligini taʼminlaşiga xizmat qiladi.
Azamat XAYRULLAYEV
1988-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining Özbek filologiya fakultetini tamomlagan. Zamonoviy özbek hikoyalarida uslubiy izlanişlar haqida tadqiqot olib boryapti. Hozirda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat Özbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat yuritadi.
2025/2
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

