3 daqiqada öqiladi

346 marta körilgan

Onamga maktub

Otabek Rahim

(Badia)

“Men sizni yaxşi köraman…” Bu gapni juda köp aytadigan böldim. Baʼzida qönğiroq qilib, baʼzida esa yonma-yon yurib. Eng alamlisi, bu izhorni siz emas, bugun bor-u ertaga yöq tannoz qizlar eşit­yapti, xolos…

Bilasizmi, sizning yuragingizdek yurak yöq bu dunyoda. Har gal sizning öğlingiz ekanimdan faxrlanib ketaman. Yaxşiyamki, mening onamsiz. Yaxşiyamki, sizning öğlingizman!

“Men sizni yaxşi köraman…” Siz heç qaçon meni “Otabek” deb çaqirmagansiz, “bolam” ham demaysiz. Ismim va şu sözni bitta qilib aytib qöya qolasiz: “Otabek bolajonim”. Bilasizmi? Yöq, bilmaysiz! Afsus, bilmaysiz qanaqa kuç-qudratga egaligingizni…

“Men sizni yaxşi köraman…” Dadamning aytişiça, ozgina betob bölib qolibsiz. Sönggi kunlarda bekorga tuşlarimga kirmayotgan ekansiz-da. Şuni keça qönğiroqlaşganimizda bir oğiz aytmadingiz ham. Balki Toşkentda öqib yurgan bolam meni öylab siqilmasin, degandirsiz… Doimgidek faqat mening ahvolim bilan qiziqdingiz:

– Qorning töqmi, Otabek bolajonim?

– Ha, qornim töq, xavotir olmang, ona…

– Ijara pulingni tölaganmisan?

– Ha, töladim…

– Kontrakting esingdan çiqmasin-a?

– Esimda, ona, esimda!

– Şoir, yozyapsizmi?

– Ha, volidam, yozyapman.

– Ha, unda dadangizniyam bir joylarda yozib ötib keting, u zimdan sizni kuzatadi, lekin sezdirmaydi…

– Dadamning ötgan faromuş hayoti uçun roman yozsam arziydi… Agar kun kelib nasrda nimadir yozsam, albatta, dadam­ga atalgan böladi, onajon! Qanday qiyin kunlarni ötkazdig-u boşimizdan…

– Eslamaylik, bolam!

Ha, siz bu haqida gapirişimizni, eslaşimizni umuman xohlamaysiz. Oilamiz uçun nihoyatda oğir ötgan öşa kunlarni eslasam, Muhammad Yusufning bir misrasi yodimga kelaveradi:

Boşga kulfat tuşgan kunda şerigin

Taşlab ketmas ekan quzğunlar hatto!

Bilaman, onajon, bilaman… Öşa kunlarni tilga oliş, xotirlaş juda oğir, hammamiz uçun ham oğir. Balki menga öşa kunlarni yozişim uçun ham Xudo qölimga qalam bergandir, balki öşa qora kunlar meni şoir qilgandir…

“Men sizni yaxşi köraman…” Qönğiroqsoç singlim yaxşimi? Uy işlarida yordam beryaptimi?

Öylayman: u ham özimdek, ukamdek juda sodda! Ha, onajon, bizni juda sodda qilib tarbiyalagansiz, bunga poytaxtda yurib köp bora amin bölyapman. Singlimning yuriş-turişiga… iltimos… albatta, eʼtiborli böling.

“Men sizni yaxşi köraman…” Bu sözni qança qizga aytganimni bilmayman, ammo şuni aniq bilamanki, sizga aqalli bir marta yuzma-yuz turib aytmaganman. “Közlaring aytadi hammasini”, deyişingiz mumkin. Ha, közlar aldamaydi… Ayniqsa, şoirning közlari! Töğrisiyam-da, yuragimdan nima ötayotgani, barmoqlarim qanday qaltirab yozayotgani, közlarimga yoş ilingani, soğinç qalbimga qanday oğir toşni uloqtirayotgani bir özim, bir Xudoga ayon…

“Men sizni yaxşi köraman…” Şu gapni qayta-qayta xayo­lan aytyapman-u, yuragim battar orziqib ketyapti… Meni afv etişingizni xohlardim, keçiring meni, ona… Boşqa odamlarning bolalari kabi sizni baholi qudrat parvariş qilolmayotganim, faqat öqiş-örganiş, adabiyot, söz orqasidan yugurib yurganim, sizga vaqt ajratolmayotganim uçun keçiring…

“Men sizni yaxşi köraman…” Bu muhabbat heç qaçon zavol bilmaydi, sizdan olisda bölsam ham yuragimda gurkiraydi, ildiz otadi, battar teranlaşadi.

Baxtimga hamişa omon böling, deb sizni soğingan öğlingiz Otabek!

Otabek RAHIM

 

2001-yili Xorazm viloyatida tuğilgan.

Toşkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi.

Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari

iştirokçisi (2024).

 

2025/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)