68 marta körilgan

Tabiri teskari tuşlar uyğonsin…

Mahfuza Begaliyeva

* * *

Tun.

Kunduzlar nuradi tunning ustiga,

Quyoş yulduzlarga ketdi bölinib,

Qay zamon doğ tuşdi oyning husniga.

Muğanniy qölida soz qotib qolgan,

Azador holda ham yiğlolmadi tun,

Böğzida alamli söz qotib qolgan.

Oqizib ketadi domiga girdob,

Xayollar quyunday kelar bostirib,

Mum tişlagan köyi turar iztirob.

Tabiri teskari tuşlar uyğonsin,

Tirilsin tomoqqa tiqilgan sözlar,

Aksi böğzing bilan barobar yonsin!

Siniq nurlarini yiqqança mağrur,

Keçaning bağriga öt yoqar nogoh,

Kunduzni orqalab kelgan oppoq nur-tong.

* * *

Tutqiçlari tillo darvoza, keçir,

mening manzilim özga,

hali uzoq baxtni izlaram.

sendan ayro tuşsa matlabim,

heç yöq şu safarim oldidan,

menga oq yöl tilamaysanmi?!

* * *

Nega körinmaysiz,

Nega körmaysiz?

Yonib tugayapman xona burçida.

Intiq kutgan sari yolğon tuyilar

Kirib kelişingiz oyoq uçida.

Nega körinmaysiz?

Nega körmaysiz

Siz uçun yoqilgan umid şamini?

Alif qomatimni xarjlab siz uçun,

Miltillab yoritdim hijron şabini.

Nega körinmaysiz,

Nega körmaysiz?

Sim-siyoh tun aro yonyapman yolğiz.

Ğamangiz termulib tugatdim özim,

Oçiq közlarimni yopdi yalmoğiz.

Endi kelsangiz ham,

Kelmasangiz ham…

Meni topolmaysiz xona içidan.

Ğamangiz boqasiz tugagan şamga

Va çiqib ketasiz oyoq uçida.

Mahfuza Begaliyeva

1996-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillar universitetining Ingliz tili va adabiyoti yönalişini tamomlagan.

Yoş ijodkorlarning anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2019).

 

2025/3

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.