12 daqiqada öqiladi

67 marta körilgan

Şaharsevar “anoyi”ning keçinmalari

Sanobar Tölaganova

Özbekiston xalq yozuvçisi Erkin Aʼzam ijodiga bir nazar

 
Xalq orasida söz ustasiga nisbatan “çeçan” sözi qöllaniladi. Voqea-hodisaga baho berişda, biror narsa haqida maʼlumot taqdim etişda çinakam çeçan sözni xuddi çevar quroq quraganday mahorat bilan qöllaydi. Çeçanning qisqa gapida köp qatlamli maʼnoni özida jamlagan oqim mavjud böladi. Birgina maʼlumotning özida xabar, baho, munosabat, saviya… yana bir qança maʼno bölişi tabiiy. Tinglovçiga esa bu şunçaki kundalik gapday oqib ötaveradi. Aslida, bu sözning fazoviy quvvatidan nişona. Xalqona usulni adabiyotga tatbiq etiş, bu holni sanʼat maqomiga olib çiqiş öta muşkul iş. Sevimli yozuvçimiz Erkin Aʼzam uslubidagi öziga xoslik ana şu xalqona usulni badiiyat hodisasiga aylantira olganida körinadi. Muallif qahramonlari tilining burroligi, keskirligi, hozirjavobligi, kesatiq-piçingga moyilligi yozuvçi ona tilining çuqur bilimdoni ekani bilan izohlanadi.

Muallif ijodi haqida yaxlit tasavvur hosil qiliş maqsadida dastlab yozilgan asarlariga diqqat qaratdik. Asarlarining umummaxrajida motiv alohida adabiy-estetik ahamiyat kasb etişiga guvoh böldik. Ilk bitiklarida ilgari surilgan ğoya keyinçalik yiriklaşib va takror uçraydigan adabiy hodisa – motivga aylangan. Motiv – syujetning kiçik bir bölagi sana­lib, obraz, epizod, timsol sifatida turli asarlarda qaytariq tarzda uçraydi.

Erkin Aʼzam ijodida badiiy niyat va maq­sad, asosiy motivning asar umumruhiga singib ketişi, qahramon tanlaş, tasviriy vositalar, voqelikni yagona ğoya atrofida birlaştiriş, kompozitsion qurilmadagi yaxlitlik öziga xos şaklda közga taşlanadi. Şu jumladan, motiv masalasida ham ijodiy individuallik sezilarli darajada akslanadi. Muallif asarlariga motiv nuqtayi nazaridan yondaşilsa, bir qança ğoyaviy yönalişlarni köriş mumkin. Muallif ijodida asosiy motivlarni quyidagiça tasnif­laş mumkin: 1. Soğinç motivi. 2. Köngil motivi. 3. Birodarlik motivi. 4. Ijara motivi. 5. Baxtsiz ayol motivi. 6. Qişloq motivi. 7. Şahar motivi.

Erkin Aʼzamning “qaşşang” bolasi

Yozuvçi dastlab 1974-yilda “Guliston” jurnalida eʼlon qilingan “Şahardan odam keldi” hikoyasi bilan tilga tuşadi. Hikoyaga “Oq kema”dagi Bolaga” deb epig­raf qöyilgan. Eʼtibor berilsa, “Bola” sözi katta harflar bilan yozilgan. Imlo qoidalari böyiça bunday yoziş töğri emasday, ammo maʼno urğusini muallif katta harf bilan ifodalaydi. Bu yerda “Bola” şunçaki yoşni bildiruvçi söz emas, dunyoni idrok etişga urinayotgan tuyğular sohibi sifatida gavdalanadi. Asar kiçik bolaning katta “dunyosi” haqida hikoya qiladi. Çingiz Aytmatov “Oq kema” asaridagi bolakay ruhiyatidagi holatlarni tasvirlaş orqali qadriyatlarning poymol etilişi maʼnaviy tannazulga olib boradi, degan ijtimoiy ğoyani yuklaydi. Asarning taʼsir kölamini orttiriş uçun bola könglidagi iztiroblarni çuqurroq oçadi, keçinmalarini sözga soladi.

Erkin Aʼzam esa hikoya qahramoniga bunday ğoyaviy vazifa yuklamaydi. Bolaning orzusini oçib beriş maqsadida tuyğulari­ga köproq örin beradi. Umid va orzularini markaz­ga çiqaradi. Teranroq nazar solinsa, yozuvçining dastlabki hikoyalarida köri­niş bergan inson köngli va tuğyonlari tasviri keyinroq yirikroq planda yaratilgan qissa va romanida takomillaşib, alohida motiv sifatida akslanadi. Toğ-toşlar orasida hayot keçirayotgan bolakay şaharga borişni orzu qiladi. Şahar – uning tasavvurida orzular amalga oşadigan ideal makon. Dunyoga umid bilan boqayotgan bola özini kattalarday jiddiy tutadi va boşqalarning munosabati şu hurmat doirasida keçişini xohlaydi. Şaharlik mehmonga: “Bulutlar nimaga öxşaydi? Kattasi… Hamroqul amakining samaniga, a? Anavinisi – tulki, töğrimi? Örtadagisi-çi, qani, toping! Bular meniki, men topganman!” – deydi. Bola tassavuridagi olam uning öziga tegişli, u bulutlarga rasm soladi. U mehmonga öz “olam”ini körsatişni, özgalardan yaşirgan tuyğulari­ni oşkor qilmoqni istaydi.

Hayotida yagona ovunçoği buloq bölgan bolakay “osmon tugagan joyda”gi şaharni orzu qiladi, hatto uydan qoçib ham ketmoqçi böladi. Şahardan mehmon bölib kelgan talaba Ziyodning kiyinişi, yuriş-turişi, hammasi qiziq unga. Mehmon kelişini eşitgan bolakay ohorli köylagi va yangi döppisini kiyib, hayotida qandaydir kutilmagan özgariş bölişidan umidvor kayfiyatda mehmonni kutadi. Göyoki mehmon u bilan şaxsan uçraşuvga kelayotganday tayyorgarlik köradi.

Hikoyada kattalarning eʼtiborsizligi oqibatida bolakay tuyğulariga ozor yetişi oçib beriladi. Bolakay orzusini anglamagan kattalarning bepisandligi oqibatida öz orzularidan voz keçadi. U mehmondan iltifot kutadi, mehmonning “jiyan kir munday” deyişini intiqib poylaydi. Mehmonning köziga köriniş uçun ataylab ötovning kirişida turib oladi. Muallif tomonidan ustalik bilan berilgan çizgilarda kiçik bolaning “katta” qalbi borligiga işora qilinadi. Qişloqdoşlari tomonidan bolaga nisbatan “köp qaşşang” deb baho berilişi ham uning öziga xos ğurur egasi ekanini körsatadi. Yozuvçining boşqa asarlarida qahramonga nisbatan “qaşşang” sözi uçraydi. Öjar, bir sözli qaşşang qahramonlarning köpligi ham bejiz bölmay, bu jihat yozuvçining özidan orttirilgan nisbat deyiş mumkin. Şevaga oid bu söz öjarlik bilan uyğunlaşgan mustaqillik­ni anglatadi.

Şaharparastlar qismati

Muallifning “Muzqaymoq” hikoyasi “Men azaldan şaharparast edim”, deb boşlanadi. Hikoyada şaharni çin dildan yaxşi körib qolgan bolakayning orzulari va real hayotiy voqelik orasidagi qarama-qarşiliklar tasvirlanadi. Orzu, odamzod öylagan öylar, xayollar-u tasavvurlar, aslida, şakl köp holatda aldoqçiligini yana bir yodga soladi. Qişloqdagi oğir turmuş tarzi va ularning xarakteri bilan şahar hayotidagi yengil tabiatli odamlarning qiyosi tufayli bolaning qaraşlari yangilanadi. Bola özi istagan şaharda turib, qişloğini tusaydi. Muallif mana şunday qadrli tuyğular tasviri orqali inson tabiatida mavjud Soğinç hissini yodga oladi. Inson ruhiyatidagi anglab bölmas jara­yon, tuyğular beqarorligini yoritib beradi.

Soğinç suratlari

“Soy böyi, çimzor” hikoyasida bolalik tuyğularini qömsab ötayotgan Jalil Norboyevning şirin xotiralari, öy-xayollari oçib beriladi. U doim qişloğidagi soylikka tutaş çimzorni esla­ganda, köngli bir nimalarnidir qömsab qoladi. “Siqilsam, doim negadir öşa joyga borgim keladi”. Bola xotirasiga mahkam örnaşib olgan manzaralar uni tinç qöymaydi: “…biror nimadan ezildimi, köz öngida bexos namoyon bölar, yuragiga taniş darddek kirib, tinçini olar edi. Nega esladim? Nima bu özi?” deya öy surar, harçand urinmasin, izhorini topolmas edi”. Jalil Norboyev har yili taʼtilda çimzorga borişni niyat qiladi, ammo imkon bölmaydi, bölganda esa “muqaddas narsasidan butunlay ajralib qoladiganday böladi-yu, niyatini keyinga suradi”. Borsa, izlaganini topolmasligi­ni bilgani uçun çimzorga borişni orqaga suradi. Qahramonni könglida keçayotgan adoqsiz ruhiy tebra­nişlar, tutqiç bermas hislar qiynaydi. Inson özi bilan yolğiz qolganda, eng aziz tuyğulari haqida öylaydi, yolğondan yiroqlaşadi. Baʼzan mana şu aziz lahzalarni yöqotib qöyişdan qörqadi. Şaharda yaşab, qişloğidagi çimzorni qömsab ötayotgan qahramon öspirinlik tuyğularini, keçinmalarini eslab içikadi. Içikiş – inson uçun aziz tuyğular yodi, iztirobi. Muallif hikoyada inson uçun qadrli lahzalarni yodga soladi, tuyğulari­ni yangilaydi.

Ijara uy va ijaradoşlar

Yozuvçi ijodida ijara uy mavzusi alohida tadqiqotga imkon beradigan darajada ahamiyatli. “Kök eşik”, “Bir daqiqa közingni yum”, “Çiroqlar öçmagan keça”, “Anoyining jaydari olmasi”, “Akmal paxanning jiyani” kabi hikoyalarda omonat uyda bir muddat yaşayotgan talabalarning jöşqin va orzularga boy hayoti jonli lavhalarda oçib beriladi. Ijara uy mavzusi, musofirlik hissi odamzodning ötkinçi dunyodagi kayfiyatiga çizgilarni esga soladi. Omonat dunyoda omonat yaşayotgan odamlarning kayfiyati, ular tabiatidagi nozik holatlar, keçinmalar orqali haqiqatni aytişga intiliş hikoyalar mağzini taşkil qiladi. Biz bu ijara uyda – dunyoda musofirmiz, mehmonmiz. Muallif muvaq­qat uyda yaşayotgan talabalar orqali jamiyat hayotiga nazar soladi. Qahramon vositasida voqelikka munosabatini ifodalaydi.

Muallif ijodida döst, birodarlik ham bir motiv şaklida böy körsatadi. Asarlarni kuzatsangiz, uç oğayni motivini esga soluv­çi qahramonlar borligiga guvoh bölasiz. Yozuvçining qissa va hikoyalarida qahramon yonida, albatta, kursdoş, qişloqdoş yoki xonadoşlardan biri böladi. Asarlarda sevgi liniyasi deyarli sezilmaydi, özga qavmga munosabat alohida izlanişni talab etadi. Tengqur, böyinsa yigitlar orasidagi munosabatlar samimiy çizgilarda aksini topadi. Özaro birodarlik tuyğusi, manfaatlar birligi va qaraşlar turfaligi bilan ajraladi. Har bir döst bir-biriga közgu sifatida taqdim etiladi. Turli vaziyatlarda nafsi bilan sinaladi.

“Anoyining jaydari olmasi” hikoyasidagi özining samimiy köngli, jaydari feʼli tufayli öquvçi qalbidan joy olgan Ramazon bilan “Şovqin” romanidagi Farhod Ramazonoviç örtasida boğliqlik yöq, deysizmi. Toş, Akram singari bezorilar ham asardan asarga köçib yuradi. “Kök eşik” hikoyasidagi Mabrura opoqi keyinçalik yozilgan “Akmal paxanning jiyani” asarida ham takror eslanadi. Muallif ijodida asosiy “xomaşyo” aynan mana şu ijara va döstlar bilan keçgan keçmişdan oziqlanadi. Muallifning quvvat manbayi xotirasidagi zaxiraga aylangan keçmişidagi voqealar deyiş mumkin. Muallif har qança ustamonlik bilan hasbi holini yozsin, “nov böyiga” olib borib matal söylasin, asarlaridagi “men”lar öz tarixidan hikoya qilaveradi. Birida ğamginlik, birida ezginlik, birida alam, birida xiyonat, birida armon bölib, har birida muallif şaxsidagi qabariq çizgilarni köriş mumkin. Kinoyalarga burkangan, istehzolarga örangan qiyofalar ortidan bir çöğ yiltillab köriniş beraveradi, özining borligini eslataveradi.

Erkin Aʼzamning “patriot”lari

Yozuvçining “Vatanparvar” hikoyasi boşqa asarlardan ruhi va kötarilgan mavzusi bilan farqlanib turadi. Muallif dunyoda keçayotgan kuraşlar, ziddiyatlarni kiçik bir nuqtaga jamlab, Najim patriot va Budir polvon orasidagi munosabatlar zimnida oçib berişga harakat qilgan. Inson şaxsi va erki hikoyada öziga xos tarzda talqin qilinadi. Amir polvon, Temir polvon, Toyir polvon, Xidir polvon timsolida özbek millatiga xos bölgan qadriyatlarning darz ketişi hayotiy lavhalarda tasvirlanadi. Keyinroq yozilgan “Sen uçun eng zör odam” hikoyasida ham Amir ismi takrorlanişiga guvoh bölamiz. Muallif ijodiy xaritasida qahramon nomlari asardan asarga köçib yurişi motivlarning paydo bölişiga zamin hozirlaydi.

Hikoyada insonning erki, ruhiy mustaqilligi masalasi Budir polvon qiyofasida oçib beriladi. Najim patriot qişloqqa şahardan kelgan har bir “mijoz”ini qöldan çiqarmaydi, ularni “Ramazonning şaşligi-yu kiyikötli çoyi” bilan mehmon qiladi. Najim – odamlarni oğziga qaratişni yaxşi körgan löttiboz, vaysaqi. Budir polvon jismonan kuçli bölişiga qaramay, özidan bir qariç past nimjon Najimga böysunadi, aytganini qiladi. Qişloqda maçit-magazinning oldida olomon töplanib tomoşagohga aylangan joy bor. “Maçit-magazin” sözi­ning birgalikda qöllanişi huşyorroq bölişga undaydi. Maçit insonni maʼnaviy-ruhiy jihatdan kamolga yetişida xizmat qiladigan maskan sanaladi. Magazin esa odamzod moddiyatini taʼminlaşga xizmat qiladigan oldi-sotdiga asoslangan manzil. Mazmunan bir-biriga unçalik yaqin bölmagan tuşunçalarning birgalikda qöllanişida ham bir hikmat borday… Aytilişiça, Amir Olimxon Afğonistonga ötib ketayotganda xufton namozini öqiş uçun töxtagan, oradan vaqt ötib dahriylar maçitni buzişga tuşadi. Maçitni buzişga qasd qilgan kommunist şol bölib qolgandan keyin bu işga heç kimning yuragi betlamaydi. Buziş boşlanganda muqaddas oyatlar öyib yozilgan katta ustun maçitdan ajratib olinib, maçit-magazinning oldiga yotqiğib qöyilgan edi. Eʼtibor beradigan jihat: odamlar maçitning yiqilgan ustuni ustiga çiqib ma­gazindan olingan “matah”dan içib, ezilib ötirişadi. Polvonlar esa kuçini mana şu ustunni kötarib otiş bilan sinaydi. Najimning buyruği bilan ustunni kötargan Budir birdaniga qahramonga aylanadi. Budir polvonning ğururi toptalgaç, nafsi xörlanib Najimga qarşi boradi, buyruğini bajarmaganda, vaziyat özgaradi. Najimning “propaganda”si tufayli olomon polvonni tez unutadi. Najimdan qaytgan Budur polvonning işi yurişmaydi, maçitning ustunini kötarolmay el oldida tomoşa böladi, ammo u orqaga qaytmaydi, yölidan çekinmaydi. Halol mehnat bilan kun körişni afzal biladi, köça tomoşalaridan uzoqlaşadi, ermak bölişni istamaydi. Polvon bir kuni maçitning ustunini heç kim yöğida joyini özgartirib qöyadi. Kuçi qaytadi, ammo u endi avvalgi odam emas. Endi u nafaqat jismonan, balki maʼnaviy jihatdan ham yetilgan edi.

Yozuvçining avvalgi hikoyalarida lirik-romantik kayfiyat ustunlik qilgan bölsa, mazkur asarda muallifning ijtimoiy ruhga alohida eʼtibor qaratganini köriş mumkin. Maçit-ma­gazin, muqaddas yozuvlar yozilgan ustun ustida içkilikka berilgan tomoşaga öç olomon kayfiyati bilan boğliq lavhalar bir nuqtaga yiğilsa, muallif maqsadi oydinlaşadi.

Najim qişloqqa kelgan mehmonga egalik qilib, mayda biznesini rivojlantiradi. Keluv­çilarni qişloqni aylantirib, bu joydan palon ötgan, pismadon ötgan, uluğ ziyoratgoh deb gapiga “beqasam” tön kiydirib tinmay bir xil gapni aylantiradi. Xalq Boğboloni maqtab kökka kötargan Najimni “patriot” deb ataydi. Hikoyada xalqimizga xos qiziq odatlar kinoya ostiga olinadi. Qolaversa, qizil hukumat soxta mafkurasini tarğib-taşviq qilişda ham şunday usuldan foydalangan. Yolğon tinmay xalq ongiga quyiladi, hamma joyda soxta maʼlumotlar aytilaverib, beçora xalq işontiriladi, töğriroği, şunga “köndiriladi”. Olomon kayfiyati, aslida, şunday şakllantiriladi. Şörolarning iş yuritiş mexanizmi şunday bölgan. Soxta va yolğonlar takrorlanaverib “çin”ga aylanadi, xalq beğam va beeʼtibor holga tuşiriladi. Muallif mana şu jarayonni hikoya mazmuniga joylagan.

Hikoyaning nomlanişi ham kinoyaviy ohang, istehzo bilan qöyilganiga guvoh böla­miz. Boğboloni maqtab tijoratini yölga qöygan Najim patirotni el Vatanparvar deb biladi. Muallif “patriot”ning ziddi ölaroq gavdalangan Budir polvon qiyofasida vatanparvarlikning öziga xos namunasini körsatadi.

Adibning adabiy dasturi

“Boğbololik Kökaldoş” asarida hikoyaçining xotirasida saqlanib qolgan juda taʼsirli voqeaga diqqat qaratiladi. Şu ruhdagi sahnalar muallif bolalik xotirasidagi “çandiq”lardan sözlaydi. Qahramonni qiynagan, örtagan alamli yaraning izlari roviyning nuqtayi nazarida oçib beriladi. Hikoyaçining “adabiyotni suv qilib içgan, qilni qirq yoradigan bilimdon döstlari” köp bölişiga qaramay, u yozganlarini “tönğiç öquvçisi” zavoddagi usta Najmiddinga öqib beradi. Şunday izoh beriladi: “…bilimdon döstlarim nima desa, deyaversin – işonmayman. Yozganimning biror joyi yoqib ketsa, u tizzasiga şapatilab, “töğri, töppa-töğri!”, deya qiyqirib yuboradi, hikoya maʼqul tuşmasa, ançayin “yaxşi”, deb qöya qoladi; könglim tölmaganini körib, gapini takrorlaydi: “yaxşi dedim-ku!” Bilingki, hikoya yoqmagan, bilingki, hikoya yomon yozilgan. Aytadigan fikri şu uning. Bilimdon döstlarim esa… bilimdon xolos”. Samimiyati va tuyğulari tirik Najmiddinning fikrlarini qadrlaydi. U ham muallif singari “şaharsevar”. Najmiddin özi naql qilgan Kökal haqida yozişni qayta qayta söraydi. “Yozmaysiz, çunki u paxtadan möl hosil yetiştirmagan, sevgisi ham kitoblardagiga öxşamaydi. Lekin baribir Kökal qiziq, Kökal ajoyib!”. Asar yozilgan kezlarda “ilğor” qatlamning qahramonliklari haqida yoziş, tarğib qiliş anʼanaga aylanib ulgurgan edi. Muallif aynan şu holatni qahramon tilidan bayon qiladi. Bayon qiliş bilan birga özining munosabatini bildiradi. Muallifga köra: “…mansabdor ham bölmasin, qahramonlik körsatişi ham şart emas, öşa maşina bir haftada bir boradigan xilvat qişloğida jimgina, öz kunini özi körib yuraversin – şuning özi kifoya emasmi odamzodga?” Ayni mana şuni muallif adabiy dasturini belgilaydigan fikrlar deb bemalol aytiş mumkin. Har bir odam – öz hayotida özi qahramon! Hayotini töğri yölga qöya olgan inson – Qahramon! Adabiyotning vazifasi – mana şu qahramonning hayot yölini körsatib beriş orqali öquv­çiga “oyna” tutiş.

Yozuvçi asarlarida şahar va qişloq özaro qarşilantirilgan holda qiyoslanadi. Faqat adabiy makon maʼnosida emas, balki yangila­nayotgan dunyo va milliy qadriyatlar oraliğidagi murakkablik, inson tafakkuridagi evrilişlar qahramon dunyoqaraşi bilan boğliq holda oçib beriladi. Muallif asarlarida soğinç tuyğusi şahar va qişloq odamlari orasida boğlovçi köprik vazifasini bajaradi. Soğinç turli şaklda ifoda etiladi:

  1. Şaharni ideal makon sifatida bilgan va hayotida buriliş yasaşni orzu qilgan “şaharsevar” qahramon öy-keçinmalari. Şahar adabiy makondan taşqari yangilaniş, buri­liş, umid maʼnosini özida jamlaydi.
  2. Şaharga kelib qişloq odamlari timsolida milliy qadriyatlarni qömsab ötayotgan köngil izhori.
  3. Şaharda yaşab, qişloqni soğinib yaşayotgan insonning keçinmalari.

Yozuvçi asarlarida ğoyaviy jihatdan yagona nuqtada öşa soğinç tuyğusi barqaror tarzda böy körsatadi. Aslida, odamzod tuğilgandan to qiyomatga qadar mana şu soğinçni anglab-anglamay, bilib-bilmay hayot yöllarini bosib ötadi. Soğinç – keng maʼnodagi tuşunça. Badiiy adabiyot esa mana şu soğinçni söz orqali ifodalaşga xizmat qiladi. Soğinçni soğinçlarga ulaydi.

Sanobar TÖLAGANOVA,

filologiya fanlari doktori, professor

 

“Yoşlik” / 2025 / 8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)