8 daqiqada öqiladi

95 marta körilgan

Özlikni anglaşga undovçi romanlar

Saʼdullo Quronov

“Mustaqillik davri özbek romanlarida inson konsepsiyasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yozar ekanman, menda milliy romançiligimizni yaxlit ijtimoiy-tarixiy, adabiiy-badiiy kontekstda örganiş va baholaş imkoni tuğildi. Romanlarimizni izçillikda örganiş jarayonida ularga xos bir xususiyat yaqqol ajralib tu­­rişini aniqladim. Yaʼni aksar milliy romanlarimiz markazida erkin inson ğoyasi turar ekan. Romannavislarni köproq insonning erki, qadr-qiymati va şaʼni qiziqtiradiki, bu ayni biz kabi postmustamlaka, posttotalitar jamiyat tafakkuriga xos tabiiy jarayondir. Uzoq yillar davomida erki böğilgan odam tabiiy ravişda ozodlikni, şu bilan birga, erkinlikni anglaşga urinadi.

Bir qaraşda, erkini anglaş masalasi jöngina jarayondek tu­­yilişi ham mumkin. Biroq u, aslida, juda ham çuqur ruhiy-ijtimoiy muammo bölib, ijodkor jamiyatning ijtimoiy ongida “qullik”, “mutelik” alomatlari saqlanib qolganini his qilgani uçun ham mazkur mavzuga qayta-qayta murojaat qiladi. Ayniqsa, bu xususiyat ötgan asrning boşlari, milliy romançiligimizning tamal toşi qöyilgan kezlarda hamda mustaqillik yillarida yaqqol körinadi.

Şu bois, kitobxonga erkni va özligini anglaşga undaydigan, mutelik alomatlaridan halos bölişga örgatadigan milliy romançiligimizdagi quyidagi asarlarni tavsiya qilib qolaman.

Abdulla Qodiriy. “Ötkan kunlar”

Bir qaraşda sevgi qissasiga öxşab ketadigan bu roman, aslida, ukan ijtimoiy dardni, mutamlakaga aylantirilgan Turkiston ölkasining fojiasini oçib bergan. Şu maʼnoda erk ğoyasi nafaqat roman qahramonlarida, balki voqelikka nisbatan muallif nuqtayi nazaridan ham akslanadi. “Xon qiziğa loyiq bir yigit” bobida Otabek suhbatdoşlariga çet ellarga qilgan safarlari haqida sözlab, “örisning idora tartibini dasturilamal etiş” zarurati haqida kuyinib gapiradi. Ayniqsa, Yusufbek hoji timsolida yozuv­çining mazkur ğoyasi yaqqon körinadi. Mazkur qahramon özligini, millat fojiasini anglagan, “öris istibdodi özining iflos oyoği” bilan Turkiston ostonasiga yetib kelganini his etgan ziyoli inson sifatida gavdalanadi. Şu bilan birga, Qodiriy Otabek va Yusufbek hojining ilğor qaraşlari, harakatlari davr uçun behuda ekanini, “yolğiz öz manfaati şaxsiyasi yölida bir-birini yeb, içgan mansabparast, dunyoparast va şuhratparast muttahamlar” jamiyatida bunday şaxslar ortiqça ekanini aytmoqçi böladi. Ayni vaqtda, adib ötgan kunlar haqida yozarkan, endi (yangi davrda) ortiq bunday yaşaş mumkin emasligini taʼkidlayotgandek böladi.


Ötkir Hoşimov. “Tuşda keçgan umrlar”

Istiqlolning dastlabki yillarida Ötkir Hoşimov birinçilardan bölib şöro tuzumi, özbek millatining 70 yillik azob-uqubati va fojiasi kölamini anglaşga urinadi. Ozod Şarafiddinov mazkur asarga “konkret insonlar taqdiri orqali farmonbardor maʼmuriy tizim deb atalgan tuzumning, hukmron kommunistik mafkuraning ğayriinsoniy mohiyatini foş qiluvçi romandir” , deya taʼrif beradi.

Ötkir Hoşimov roman markazida ikki qahramonning parallel qismatini tasvirlaydi. Ularning biri şörolarning yolğon siyosati, bosqinçilik manfaatlari, bemaʼni gegemoniyasi yölida qurbon bölgan 22 yoşli Rustam bölsa, ikkinçisi, soxta ğoyalarga öz umrini baxşida qilgan va manqurtga, tirik murdaga aylangan Soat Ğaniyev – Komissar obrazlaridir. Bu ikki qahramonning butun umri, körgan-keçirganlari fojia. Eng yomoni, ular yolğon mafkura asosiga qurilgan jamiyatda özligini anglolmaydilar.

Ötkir Hoşimov öz qahramonlari taqdirini tuşdagidek alğov-dalğov, bemaʼni voqealar zamirida tasvirlarkan, şörolar davrida yaxşi ham, yomon ham insondek yaşolmaganini, aniqroği, u yoki bu şaklda mafkuraga aldanganini aytmoqçi böladi. Şuning uçun ham roman “Tuşda keçgan umrlar” deb nomlanadi. Adibning inson konsepsiyasida ijtimoiy şart-şaroit imkon bermas ekan, kişi har qança urinmasin, özini anglaş va namoyon etiş baxtidan mahrum degan ğoya ustuvorlik qiladi.

Murod Muhammad Döst. “Lolazor”

Bu roman yolğonda yaşayotgan odamlar haqida. Uning boş qahramonlari esa bir umr yolğon siyosatning quli, yolğonning faol yaratuvçisi bölib kelgan siyosatçilar. Yaʼni adib yolğon tuzumning “yaratuvçilari” – hukmron elita, hokimiyatga xos tafakkurini anglaşni pirovard maqsad qilib oladi. Yaxşiboyev esa bu jarayonda muhim qurol, qahramonning öz taʼbiri bilan aytganda, Oşno uçun “ilova”, xolos.

Bu jamiyatda yolğon siyosiy madaniyatning ajralmas uzvi, aytiş mumkinki, davlatçilikning asosi. Yolğon ijtimoiy-siyosiy muhitda şu qadar keng quloç yozganki, kişilar uning mavjudligiga tabiiy holdek qaraşga örgangan. Matbuot, televideniye yoki radio “musaffo osmon”, “farovon hayot”, “yorqin kelajak” haqida bong urişi va bular­ning birortasi real ijtimoiy vaziyatga mos kelmasligi mumkin. Lekin iş berişi aniq. Zotan, propaganda şunday qurolki, u sekin-asta “farovon hayot” haqida illyuziya yaratişi va odamlarni osongina manipulyatsiya qilişi mumkin. Qiziği şundaki, bu yolğonga, avvalo, uning yaratuvçilari işonadi. Murod Muhammad Döst mazkur fenomenal hodisaga alohida eʼtibor qaratadi va uni anglaşga intiladi. Şu sababli Oşnoning hali beğubor, sofdil yigitlik çoğlaridan tortib, mansab zinalaridan birma-bir kötarilişi, unda siyosiy madaniyatning şakllanişi hamda ruhiyatidagi evrilişlarni muayyan tadrijiylikda tasvirlaydi.

Yozuvçi tobora “kolxoz”laşib borayotgan yurt kelajagidan qayğuradi. U xalqi boşiga kelgan qullik qismati, boğlari buzilib örniga paxta ekilişi, daryolarning böğilişi, dengizning qurişi, odamlarning ham maʼnan, ham jismonan mayib-majruh bölişi – bari-bariga yurtning kattalari, ularning iş tutumini belgilovçi siyosiy madaniyat sababçi demoqçidek böladi. Yurtda şakllangan siyosiy tafakkurga köra islohotlar xalq uçun, inson uçun emas, balki bir hovuç mansabdorning manfaati uçun, “oçko” uçun amalga oşirilişini röy-rost körsatişga urinadi.

Luqmon Börixon. “Jaziramadagi odamlar”

“Jaziramadagi odamlar” özligini yöqotgan qavm haqida roman. Aniqroği, mustabit tuzum bosimi bilan azaliy qadriyatlari, din-u diyonatidan ayrilgan odamlarning bemaʼni hayot tarzi, aççiq keçmişlari haqidagi asar. Roman markazida yolğon mafkura heç qaçon odamlarni baxtli qilolmaydi, degan ğoya turadi. Adib jazirama ölkada buyuk kelajak – kommunizm quriş orzusi bilan yaşayotgan “çölquvar” kişilar hayoti misolida, öz tiynati, azaliy qadriyatlariga yot bölgan ğoyalarga ergaşib yaşayotgan va hayot mazmunini yöqotgan jamiyatni tasvirlaydi.

Odil Yoqubov. “Adolat manzili”

Roman mohiyatan “Tuşda keçgan umrlar”dan jiddiy farq qilmaydi. Uning asosida “aldangan şaxs” fojiasi turadi. Roman qahramoni qariyb sakson yoşli Şerböta Norbötayev – Veteran butun umr yolğon tuzumga xizmat qilganini juda keç anglab yetadi. Asarda “paxta işi”, “özbek işi” kabi nomlar bilan tarixda qolgan alğov-dalğov zamon manzaralari tasvirlangan. Moskvadan yuborilgan tergovçilar­ning istalgan xizmatçining uyiga bostirib kirib tintuv qilişi, har turli böhtonlar bilan jinoyat işi oçib qamoqqa olişi, qançadan-qança oilalarning parokanda etilişi işonarli tarzda jonlantiriladi. Bu romanda ham nohaq qamalgan otasi uçun iztirob keçayotgan, özini har joyga urib bir misqol ham adolat topolmagan va joniga qasd qilişga uringan öğil qismati mavjud.


Toğay Murod. “Otamdan qolgan dalalar”

Toğay Murod insonni fojiaviy turmuşning mutlaq içidan turib, alam va iztirob bilan tasvirlaydi. U özbek millatining mustamlakaçilik siyosati ostida ötgan 130 yillik fojiaviy hayotini bor-boriça, ayrim örinlarda biroz börttirib, ramziy voqelikka mos ravişda hayot haqiqati va realistik tamoyillardan jinday çekinib tasvirlaydi. Asarda özining fojiaviy umrini anglaşga urinayotgan şaxs emas, butun hayoti fojiada ötgan inson tasviri pirovard maqsad bölgan.

Dehqonqulning bobosi asli farğonalik Jamoliddin ketmon diyonatli, jasur va tanti kişi bölgan. XIX asrning ikkinçi yarmida Çor Rossiyasi qöşiniga qarşi kötarilgan qözğolonlarda iştirok etib, taʼqibga tuşadi. Keyinçalik “Kofir yumalab yotar dalada fayz qoladimi?” deb Surxon taraflarga kelib qoldi. Dehqonqulning otasi ham bosqinçi örislarga qarşi kuraşgan jasur öğlonlardan. U Şörolarning “biz tönğiç, siz kenjasiz”, “biz sizlarning katta akalaringiz bölamiz”, “sizlar bizga böysunişlaringiz lozim”, degan gaplarini hazm qilolmay milliy ozodlik harakati iştirokçilari safiga kiradi, Aqrab qörboşi nomi bilan donği çiqadi. Sönggi nafasgaça böyin egmay, mardonavor halok böladi. Biroq Dehqonqulga kelganda ana şu mardlik silsilasiga putur yetadi. Endi qörqoq va mute avlod şakllana boşlaydi. Biroq bu avlod öz-özidan mute bölib qolmadi. Mustabid tuzum ularni dini, qadriyatlari, özligidan ayirib ana şunday ahvolga soldi.

Toğay Murod mute inson konsepsiyasi orqali odam­ning muayyan davr va şart-şaroitda şaxslik alomatlarini yöq qilişga uriniş qanday ayançli oqibatlarga olib kelişi mumkinligini oçib bergan. Adib mute dehqonning fojiaviy umrini körsatiş barobarida, özini va millatining qismatini anglaşga urinadi.

Erkin Aʼzam. “Şovqin”

Yozuvçi sobiq ittifoq davrida özbekning millat sifatidagi xos xususiyatlari yemirilgani va buning oqibatlari haqida yozadi. Mazkur muammo istiqlol yillaridagi köplab romanlarda eʼtiborga olingan bölsa-da, Erkin Aʼzam boşqalardan farqli ölaroq, millatning sifat masalasini ustuvor qöyadi. Yaʼni yozuvçi boşqa romannavislar urğulaganidek, inson fojiasini ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ekologik muammolar fonida emas, balki tanazzulga yuz burgan millat axloqi doirasida oçib be­­rişga urinadi.

Erkin Aʼzamni şöro davri şart-şaroi­tida özbekning putur yetgan ğururi, şaʼni, tili, tafakkur tarzi va ayniqsa, millat geni (genofondining tozaligi) köproq qiziqtiradi. Şu maʼnoda, “Şovqin” şöro siyosati va mafkura tarğiboti sabab “baynalmilallaşib”, “duragaylaşib”, ittifoq parçalangandan söng esa dunyoning turli burçaklariga soçilib ketgan butun va “çala özbek”lar qismati haqidagi romandir.

Ahmad Aʼzam. “Röyo yoxud Ğulistonga safar”

Bu romanda yozuvçi erksizligini anglab yetmagan, erk tuşunçasini tasavvur ham qilolmaydigan, tuğilişi bilan zanjirband etilib, şu qullikni öziga şaraf deb biladigan kişilar jamiyatini gavdalantirgan. Aytiş mumkinki, Ahmad Aʼzamni erk uçun kuraşuvçilar emas, erksizlikka könib yaşovçilar taqdiri, ularning ruhiy-maʼnaviy olami, keçmişlari köproq qiziqtiradi. Biroq Ahmad Aʼzamning badiiy konsepsiyasi yadrosida ham şaxs erkinligi masalasi turadi. “Röyo” romani ham totalitar tuzumning asl körinişi, ijtimoiy fojiasini oçib beriş nuqtayi nazaridan yuqorida körib çiqqan romanlarimiz bilan umumiylik kasb etadi.

Yuqorida sanab ötgan romanlari­mizning aksarida yaqin ötmişimiz badiiy idrok etilgan. Öylaymizki, kitobxon ularni mutolaa qiliş barobarida özi anglaşga urinadi. Millati, özligi va şaʼni haqida yana bir bor mulohaza yuritib, ajdodla­rimizning keçmişidan muhim xulosalar çiqaradi.

Saʼdullo QURONOV,

filologiya fanlari doktori.

 

1989-yili Andijon viloyati­­da tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. “Galaktikada bir kun”, “Koinot javohiri” nomli ilmiy-fantastik qissalari naşr etilgan.

 

“Yoşlik” / 2025 / 8

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)