Xarita
Çizib oldim bugun köksimga
Özbekiston xaritasini.
Va yurtimga topşirdim, sözsiz,
Hayotimning suğurtasini.
Kezib çiqdim qadamma-qadam
Andijon-u to Qoraqalpoq.
Soğinganda bağrimga bosdim
Vatanimga oçgança quçoq.
Zamin bölsa barçamizniki,
Seviş kerak yonib, qizğonib.
Yaxşi körib bölmas uyquda,
Seviş mumkin faqat uyğonib.
Meni şoir qilgansan, şukur,
Kelmasa bas, deyman malolim.
Xaritangga boş qöysagina
Tinç uxlaydi jufti halolim.
Davlat tili
Uç daryodan suv içgan dengiz,
Dunyo sathi böyida bir iz,
Öxşaşi yöq benazir, tengsiz,
Sözlaşamiz özbekçada, kel,
Öz tiliga ega bölgan el.
Dehqoning ham şoirdir hassos,
Ketmon – qalam, şudgoring – qoğoz,
Çöponlaring birday tilşunos,
Sözin tinglab sel bölasan, sel,
Öz tiliga ega bölgan el.
“Yaral”, dedi birinçi kalom,
Ming zabonda aytildi salom,
Quş tilida bayt bitmiş bobom,
Endi mahkam boğlagaysan bel,
Öz tiliga ega bölgan el.
Tarixing boy, kelajak yorqin,
Bolalaring – Navoiy xalqim,
Özbekiston, oyoqqa qalqqin,
Kam emas-ku axir şunça yil,
Öz tiliga ega bölgan el!
Yaşaydi
Muz töla şimol-u janubim,
Yer osti, yer usti bir daydi.
Dunyoda eng gözal muhabbat
Andijon tomonda yaşaydi.
Köp yaqin, köp uzoq ğam, şodlik,
Köp közlar yoşiga yuz çaydi.
Olamda eng yomon ayriliq
Andijon tomonda yaşaydi.
Bu qadim, bu nadim bir jumboq,
Yeçilmas tugunga öxşaydi.
Javobi bölmagan çöng söroq
Andijon tomonda yaşaydi.
Men esa poytaxtda darbadar,
Birgina qalbi bor, bor aybi.
Qalbimda tuğilgan muhabbat
Andijon tomonda yaşaydi.
Haykallar
Istiqlolga belandi ölka,
Öpkalarni töldirdi şuur.
Mustaqillik maydoni tomon
Ot ustida kelmoqda Temur.
Qum dengizi ustida Urganç,
Miq etmaydi töfon kelsa-da.
Yelkanlarni kötarib olgan
Jaloliddin boşli kemada.
Kelajakka yetgulik yalla,
Yurt qayğusi ölmagan ölan.
Şeʼriyatga asosin tutib,
Bobom kelar uyuşma bilan.
Tiklolmaymiz tarixni qaytib,
Qani edi aqlimiz yetsa.
Ne bölarkin, qörqaman doim,
Bu haykallar tirilib ketsa?
Xohiş
Istasang – kelmoq bor, istasang – ketmoq,
Mening istaklarim mavhum tuşunça.
Senda sevgi bordir, senda yurak bor,
Mening tuyğularim bölsa qöşimça.
Orziqib kutaman barça kaloming,
Çurq etgan tovuşing bölar inobat.
Izhorim, iqrorim jöngina bir söz,
Sening nigohing ham buyuk ibodat.
Lekin yuragimga qarşi boraman,
Sevmagan köngilga suykalmoq işmi?
Seni sevaman, ha, seni sevaman!
Taşlab qöyolmayman beçora işqni.
Içim isyonlarni bostirolmas, bas,
Istasang – kelmoq bor, istasang – ketmoq.
Endi yölim boşqa, qarorim qatʼiy,
Istasam sevaman, istamasam yöq!
Işonçim komil
Muhabbat yuz burdi, bunda ğalayon,
Köziga çöktirdi hijronning komi.
Qança asr kutdim, kezdim çalajon,
Sen deb kelganimga işonçim komil.
Özgardi bu zamin işqdan, nafratdan,
Özgardi neça bor tuyğular nomi.
Qolmaganman sira, jonim, ğaflatda,
Sen deb kelganimga işonçim komil.
Iymonim mustahkam, şaştim mustahkam,
Köksim – muhabbatning limmo-lim jomi.
Sevasanmi, deya söraşsalar: Ha!
Sen deb kelganimga işonçim komil.
Qaytib ketolmayman izingda soyam,
Ketkaza olmaydi heç qanday omil.
Men deb kelganingga aminman-u va
Sen deb kelganimga işonçim komil.
Navoiylik ALIŞER
1993-yili Navoiy viloyati Xatirçi tumanida tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetida tahsil olgan. Respublika yoş ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari iştirokçisi (2017). “Soyabon” nomli şeʼriy töplami çop etilgan.
“Yoşlik” / 2025 / 10
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida