125 marta körilgan

Rahimjon Ali. Sözlar oqa boşlaydi rangin

* * *

Adaşdim…

Haqiqiy manzilim – Xudo,

Örtandi yurakda berkingan saslar,

Jaranglar olamni buzguday sado:

“Şoirlar bu Yerlik emaslar!”

* * *

Tabiatning rangin közidan,

Gul bahorning suvrati öçar.

Otaşlangan yoz nigohiga,

Har giyohlar asira bölar.

Xayol esa – kabutar misol,

Zar patiga gullar qadaşib.

Uçişarlar olislarga va

yulduzlarda qolar adaşib…

SIRLI LAHZA

Sözlar oqa boşlaydi rangin,

Tölqinida kamalak tuyğu.

Jilolangan sarhadlar aro

Bedorlikka çorlaydi uyqu.

Feruzarang jilvalar makkor,

Qafasiga urilar yurak.

Saçrab ketar köngildan dardlar,

Endi qanday yaşamoq kerak?!

* * *

Tuman kabi tarqaladi ğam,

Oçiladi yöllar özidan.

Oçiladi atirgullarday,

Yuragimning uyğoq közida.

Rahimjon ALI – 1993-yilda Öş viloyati Qorasuv tumanida tavallud topgan. Öş davlat Ijtimoiy Universitetining Jahon tillari fakulteti talabasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.