7 daqiqada öqiladi

0 marta körilgan

Mutolaa yuksak marralarga eltadi

Kitob – bebaho xazina, uluğ ne’matlardan biri. Inson qalbidagi eng gözal tuyğular, çin insoniy fazilatlar betakror badiiy asarlar, kitoblar mutolaasi orqali şakllanadi. Ezgu maqsadlar, yuksak marralarga ham kitobxonlik, ma’rifat orqali eri­şiladi.

Bugun hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan xalqimizni, ayniqsa, yoş avlodni kitobxon millatga aylanti­riş borasida keng kölamli sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda kitobxonlikni tarğib qiliş, mutolaa madaniyatini oşi­rişga katta e’tibor qaratilayotgani zamirida aholiga ziyo ulaşiş, jamiyatni yangi taraqqiyot bosqiçiga olib çiqişdek ulkan maqsadlar turibdi. Zotan, kitob mutolaasi xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyoti poydevori bölmoği lozim.

Şu nuqtayi nazardan, insonni fikrlaşga undaydigan, hayot yölida sobit yöl tanlaşda katta omil bölguvçi murodbaxş asarlardan hosil qilingan taassurotlarimizni siz jurnalxonlar bilan örtoqlaşmoqni lozim topdik.

Asqad Muxtor. “Çinor”

Taniqli adib Asqad Muxtor qalamiga mansub “Çinor” romani inson taqdiri va uning murakkabliklari, çigalliklari-yu saodati haqida hikoya qiladi. Asar markazida turgan Oçil bobo butun yurt böylab tarqab ketgan qarindoş-uruğlarini yöqlab yölga tuşadi. Voqealar bayoni şu taxlit davom etar ekan, öquvçi Oçil boboga qöşilib yölga otlanganini, asar qahramonlari taqdirining özi uçun favqulodda ahamiyatli bölib qolganini sezmay qoladi.

Asar syujetida Oçil bobo boşliq butun qarindoş-uruğlari taşkil etgan sulola azim çinorni esga soladi. Oçil bobo tomonidan “mört barg” deb atalgan Akbarali Ğoziyevning çigal taqdiri, uni qora tortib kelgan, umri mehnatda ötgan otasining frontda tutingan dösti Bektemirning ayançli taqdiri va konda yuz bergan baxtsiz hodisa öquvçi qalbini bir lahzaga bölsin örtaydi, öylaşga, xulosa qilişga majbur qiladi. Öylamay qilingan oniy qarorlar va ular tufayli yuz berajak hodisotlarning butun boşli alam-u quvonç­lari asar syujetiga, qahramonlar xarakteriga öziga xoslik bağişlaydi.

Mirkarim Osim. “Zulmat içra nur”

Maşhur yozuvçi Mirkarim Osimning “Zulmat içra nur”, “Ajdodlar qissasi”, “Jay­hun ustida bulutlar”, “Aljabrning tugilişi”, “Ibn Sino qissasi”, “Singan setor” kabi qissalari-yu hikoyalarini sevib mutolaa qilganman.

Şular orasidan maşhur mutafakkir bobomiz Alişer Navoiyning bolaligiga bağişlangan “Zulmat içra nur” tarixiy qissasi haqidagi kiçik mulohazalarimni örtoqlaşsam. “Zulmat içra nur” qissasida yoş Alişerning nihoyatda ötkir zehnli bölgani, öqiş va yozişni juda erta örga­nib olgani, eng muhimi – bolaligidan şe’riyatga, adabiyotga ğoyat qiziqqani haqida hikoya qilinadi, biz asar orqali buyuk zako sohibining tört yoşligidanoq yaqindan tanib boramiz.

Uşbu qissani töliq öqisangiz, Ali­şer Navoiy bobomizning naqadar teran aql, tajriba egasi bölganini, oddiy dehqon bilan ham, zamona podşohlari bilan ham bemalol til topişib, murakkab muammolarni oqilona hal etganini bilib olasiz.

Ölmas Umarbekov. “Odam böliş qiyin”

Atoqli adibimiz Ölmas Umarbekov qalamiga mansub uşbu roman qahramonlarining murakkab taqdiri, ular tabiatidagi xuş-u noxuş fazilatlar va bu fazilatlarning qahramonlar taqdiriga ta’siri kabi muhim jihatlar Abdulla, Gulçehra, Samad, Sayyora kabi endigina maktabni bitirib, katta hayot ostonasida turgan yoşlarning murod-u maqsadlari, öylari haqida hikoya qiladi.

Asar yozilganidan buyon, mana, yarim asrdan köproq vaqt ötibdiki, hamon öz ğoyaviy-badiiy qimmatini, qiymatini yöqotgani yöq. Öşa-öşa ahamiyatli. Olim bölaman degan odam tabiatida zarraça topilmasligi kerak bölgan şuhratparast­lik, johillik, manmanlik kabi illatlar Abdulla obrazi orqali oçib beriladi. Gulçehra – me’mor qizning şunça qobiliyati-yu zakovatiga qaramay taqdiri ayançli tugaşi öquvçi qalbini örtaydi. Şuurida savollar paydo qiladi. Sarsari orzulari-yu, manmanligi deb, yoşgina qizni juvonmarg qilgan, indallosi, olim bölaman deb, odamligini boy berib qöygan Abdulla obrazi barobarida, öşa illatlarga qarşi ma’naviy immunitet hosil qiladi.

Jonrid Abdullaxonov. “Töfon”

Sermahsul yozuvçi Jonrid Abdullaxo­nov “Töfon” romani qahramonlari – Qizilqum kanali quruvçilari bölmiş işçilar va muhandislardir. Ularning taqdirlari, orzu-intilişlari va qilgan amallari çölni suv bilan ta’minlaşga qaratilgan ulkan rejaning röyobga çiqişi bilan çambarças boğlangan. Roman qahramonlari – Mohidil, Nodir, Mannop singari personajlar şaxsida quruvçi-yu işçilarning mehnatga, jamoaga, burçga sadoqat, Vatan ravnaqi yölida jon kuydiriş, fidoiylik, jasorat, halollik va şular bilan bir qatorda, nafs, alam-u iztirob, aldamçilik, firibgarlig-u nomardlik kabi tuyğulari öz in’ikosini topgan.

Muallif romanda “inson va tabiat” kon­fliktidan ustalik bilan foydalanadi. Insonlar ruhiyatida sodir bölayotgan evrilişlar bilan tiyiqsiz tabiat hodisalari örtasida falsafiy boğliqliklar topadiki, bu romanning nafaqat badiiy qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyatini ham oşiradi. Asardagi boş qahramon – jozibali özbek muhandis qizi Mohidil Salimova obrazi kitobxon yodida muhrla­nib qoladi. Mohidilning axloqan yetukligi, ma’naviy pokligi, hamkasblariga bölgan hurmati bugungi kun öquvçisiga, albatta, örnak böla oladi.

Agata Kristi. “Şarqiy ekspressdagi qotillik”

Agata Kristi dunyoning eng maşhur detektiv yozuvçilaridan biri sifatida kitob­xonlarni haligaça hayratga solib keladi. Bejiz unga “detektivlar qiroliçasi” deya ta’rif berilmagan. Agata Kristining “Ular önta edi”, “Alifbo böyiça qotillik” kabi asarlari bilan bir qatorda, ayniqsa, “Şarqiy ekspressdagi qotillik” romani qayta-qayta öqiladigan detektiv asarlar sirasiga kiradi.

Asar markazida maşhur izquvar Erkyul Puaroning navbatdagi qoyilmaqom sarguzaştlari va topqirliklari turadi. Uşbu asarda Puaro tezyurar eksresslardan birida sayohat qilayotganda poyezdda sodir bölgan sirli qotillikka duç keladi. Poyezdda yuz bergan jinoyat romanda juda kuçli psixologik zöri­qiş hosil qiladi. Har bir personajning ötmişi, nuqtayi nazari, hatto oddiy xatti-harakati izquvar bilan birga öquvçida ham şubha uyğotadi.

Eng original va şubha-gumonlarga töla syujet burilişlaridan birini aynan şu romanda uçratiş mumkin. Asar yakuni öquv­çini şunçaki hayratga solib qöymaydi, balki adolat, jinoyat va jazo tuşunçalarini qaytadan öylab körişga majbur qiladi.

“Şarqiy ekspressdagi qotillik” kitobxonni fikrlaşga undaydigan detektiv asar hisoblanadi.

Çingiz Aytmatov. “Asrga tatigulik kun”

Atoqli adib, zukko tafakkur sohibi Çingiz Aytmatov öz asarlarida kişilarni atrofimizda bölib turgan voqea-hodisalar­ga tiyrak nigoh bilan boqişga çaqiradi. Ayniqsa, uning “Asrga tatigulik kun” romani göyo zulmatda çaqnagan yaşindek atrof­ni yoritadi, ba’zi holat va hodisalarni talqin etişga, xulosa çiqarişga, manqurtlikdan özimizni asraşga undaydi. Aytiş mumkinki, asarda Şöro davri ma’naviyatining butkul xaroblaşgani va tez kunda inqirozga uçraşi başorat qilingan. Romanda milliy an’analarga hurmat bilan qaraş, milliy tilning obrösi masalasi favqulodda dolzarb muammo sifatida örtaga taşlanadi.

Romanning asosiy qahramoni – kiçik temir yöl stansiyasida işlaydigan oddiy qozoq Edigey. Edigey va uning atrofidagi insonlar taqdiri, uruşdan avvalgi qatağonlar, Ikkinçi jahon uruşi, undan keyingi oğir mehnat fronti, odamlar yaşaydigan joy yaqinida qurilgan atom qurolini sinaş maydonlari mamlakat taqdiriga, zamin odamlariga boğliq holda ifoda etilgan.

Ayniqsa, romanning öziga xos “yuragi” Nayman ona rivoyati, bir vaqtlar mard, jasur jangçi bölgan va junjanglar qöliga tuşib, özidan, özligidan mahrum bölgan, alaloqibat, onasining qotiliga aylangan Jölomon haqida bitiklarni kişi ta’sirlanmay öqişi mumkin emas.

Gapning indallosini aytganda, uşbu asar milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaş va qadrlaşga undovçi romandir. Zero, milliy qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlarning uzviy qismi bölib, ular örtasiga sun’iy tösiq qöyib ajratib bölmaydi. Ona Vatanga muhabbat, el-yurt oldidagi farzandlik burçi tuyğusi, qon-qarindoşlik mas’uliyati va şu kabi yuksak xislatlar har bir millatga xos qadriyatlardir.

Teodor Drayzer. “Amerika fojiasi”

Atoqli amerikalik yozuvçi Teodor Drayzerning asarlari bugungi kunda ham dunyo kitobxonlari tomonidan suyib öqiladi. Ayniqsa, “Amerika fojiasi” nomli roman-dilogiyasi muallif ijodida alohida örin tutadi. Asarda jamiyatning iqtisodiy-ijtimoiy tuzumi, boylik va muvaffaqiyat ortidan quviş, şu yölda insonning ma’naviy tanazzuli keng kölamda yoritib berilgan. Roman asosiga XX asr boşlarida AQSHda sodir bölgan jinoiy hodisa olingan bölib, Drayzer bu voqeadan unumli foydalangan holda, Amerika orzusining ortidagi fojeiy va şafqatsiz jihatlarni oçib beradi.

Romanning markazidagi qahramon – Klayd Grifits kambağal oiladan çiqqan yigit. Asar mutolaasi davomida ma’lum böladiki, Klayd boylik va katta obrö-e’tiborga erişişni orzu qiladi, ammo bu orzu uni notöğri qarorlar çiqarişga olib boradi. Klaydning ikki qiz – sodda va kambağal Roberta Olden hamda yuqori tabaqaga mansub Sondra Finçli bilan munosabatlari asarning asosiy ixtiloflarini yuzaga keltiradi.

Klaydning içki kuraşi, ikkila­nişlari, ma’naviy parokandaligi muallif tomonidan öta psixologik tarzda yorqin böyoqlarda oçib berilgan. Drayzer Klayd obrazi orqali Amerikada muvaffaqiyat va boylikka erişiş orzusi qanday qilib insonni öz qadriyatlaridan voz keçişga olib borişini körsatadi.

Asarda Amerikadagi sinfiy tafovutlar, boylar hayoti bilan kambağallar hayoti örtasidagi keskin ziddiyatlar ta’sirli yoritilgan. Roberta bilan Sondra obrazlari orqali ijtimoiy tuzumning inson taqdiriga qanday ta’sir ötkazişi namoyon böladi.

Aslida, Klaydning fojiasi faqat taşqi şaroitlar natijasi emas, fojia ma’nan zaiflik, iroda kuçining yetişmasligi sabab yuz beradi. Muallif inson öz xatti-harakatlari uçun özi javobgar ekanini uqtiradi. “Amerika fojiasi” faqat bir qotillik haqidagi asar emas, u butun bir jamiyatning axloqiy-ruhiy manzarasini körsatib beruvçi keng qamrovli ijtimoiy roman hisoblanadi.

Аbdulla Xursanov,

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” АJ

boşqaruv raisi, senator.

 

“Yoşlik” / 2025 / 11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (196)