3 daqiqada öqiladi

204 marta körilgan

Ozodlik ehtiyoji

Ozodlik nima uçun kerak?
Bu savolga dafʼatan duç kelsa, eng çeçan notiqlar ham bir zum fikrini jamlab olib, keyin söz aytadi. Javobini bilmagani uçun emas, savolning köp qirraligi va javobning masʼuliyat talab etgani uçun. Bu göyo “Suv nima uçun kerak?” degan savolga öxşaydi. Suv – tiriklik manbai, vazifasi esa juda köp. Ozodlik ham şunday: har qanday millatning tarix sahnasida  ya ş a b  q o l i ş i  va özini bor böyi, qiyofasi bilan namoyon eta olişi uçun erkinlik, hurlik zarur. Şu bois mustaqillik haqida gap ketganida, “U bizga nima beradi?” deb avvalo moddiy ehtiyojlarni ilgari suriş  – kaltabinlik. Çunki xalqning çinakam maʼnoda tirik qolişi faqat qoringa emas, avvalo qadr-qimmatga eʼtibor qiliş orqali amalga oşadi. Töğri, öz hayot yölini erkin belgilagan, imkoniyatlaridan töğri foydalangan ozod mamlakat, alaloqibat, moddiy tökinlikka ham erişadi. Xuddi bundan 25 yil ilgari istiqlolga erişgan Özbekiston kabi! Xolis köz bilan qaraydigan bölsak, bu kunlarga yetib kelişimiz oson keçmadi. Poymol etilgan eʼtiqod, davlatga nisbatan işonçsizlik, xalqning siniq ruhi va Şöro saltanatidan qolgan boşqa asoratlar katta yölga çiqayotgan, ozodlik dovonida tetapoya qila boşlagan navqiron mamlakat oyoğidagi oğir tuşovlar edi. Ammo Yölboşçining saboti va uzoqni köra biluvçi nigohi, ildizi moziyning eng teran tomirlaridan suv içgan xalqning irodasi, ahilligi tufayli barça tösiqlar birma-bir yengib ötildi. Bundan çorak asr narida yurt ertasiga şubha nazari bilan qaragan badbin kimsalar ham bugun taslimiyat bayroğini kötarib, qoyil va qulluq, deya boş egib turibdi.
Dovruqli şoirimiz bir zamon, millatning qora kunlarini yodga olarkan, “Qaçon xalq bölasan, ey sen, olomon?” deya alamu hasrat bilan nido qilgan edi. Endi ayon bölyaptiki, xalq böliş uçun ham, avvalo, har qanday elatda ozodlik tuyğusi bölişi şart ekan. Bugun el-yurt şaʼniga daxldor katta-kiçik masalalar atrofida jips bölayotgan, Vatan taqdiri yölida bir jonu tan bölib birikayotgan yurtdoşlarimizni körib, xalq bölganimiz şu emasmi, deya ğurur tuyasan kişi. Demak, Istiqlol islohotlari nafaqat moliyaviy, ayni paytda maʼnaviy-ruhiy holatimizni ham keskin özgartiribdi-da! Şukr, ming bor şukr, deymiz.
Ötgan yigirma beş yil – buyuk kelajak yölidagi oltin ostonaga öxşaydi. Adabiy istiloh bilan aytganda, gözal va betakror asarning körkam deboçasi, desak böladi. Demak, endi davr bizdan bundan-da köproq fidoyilik, şijoat, kerak bölsa, jasoratni talab etadi. Biz endi şunçaki bir yurtning emas, dunyo maydonida öz sözi, örniga ega bölgan, qaddi va qadri baland mamlakatning fuqarosimiz. Aytayotgan gapimiz, qilayotgan amalimiz şunga mos bölişi zarur. Xuddi turli xalqaro musobaqayu tanlovlardan şoda-şoda medallar, rango-rang diplomlar bilan qaytayotgan sportçiyu sanʼatkorlarimiz kabi. Özimizni buyuk maqsadlarga çoğlasak ham, mayda-çuyda taşvişlarga öralaşsak ham – umr ötadi. Ammo sarhisob çoği hayot daraxtidan kim meva teradi, kim – xazon. Şubhasiz, şu muqaddas yurt ravnaqiga bor kuçini, salohiyatini bağişlaganlargina yoruğ yuz bilan ortiga qaray oladi. Mulohazalarimizni millatimizning yana bir şonli şoiri qalamiga mansub bölgan, heç qaçon eskirmaydigan misralar bilan yakunlaşni lozim topdik:
…Fursat ğanimatdir, şoh satrlar-la
Bezamoq çoğidir umr daftarin!

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)