Albert Eynşteyndan hayotiy saboqlar
Albert Eynşteyn buyuk olim, olamşumul fizik qonuniyatlar kaşfiyotçisi, bir neçta ilmiy asarlar muallifi sifatida tarixda nom qoldirgan. Uning dono fikrlari, hikmati sözlari ham maşhur. Dunyo körgan donişmand olimning hayotiy tajribalari, tavsiyalari sizu bizga ham foyda berişi şubhasiz.
* * *
Barçamizda iqtidor bor. Lekin baliqni daraxtga tirmaşib çiqiş qobiliyati bor-yöqligi masalasida muhokama qilsangiz, u özini bir umr lapaşang his etib ötadi.
* * *
Men hamma bilan bir xil muomala qilaman. Xoh farroş bölsin, xoh universitet rektori.
* * *
Tasavvur bilimdan köra köproq ahamiyatga ega. Bilim biz hozir biladigan va tuşunadigan narsalargagina tayanadi. Tasavvur esa butun olamni va biz qaçonlardir tuşunadigan, bilib oladigan narsalarni ham qamraydi.
* * *
Bilimni özlaştiriş qobiliyatimdan köra fantaziya qobiliyatim men uçun qadrliroq.
* * *
Odam yoş bölgan paytda yolğizlik – azob, lekin kamolotga yeta borgani sari yolğizlikning ilhombaxş kuçi ortadi.
* * *
Agar bolalaringiz aqlli bölişini istasangiz, ularga ertaklar öqib bering. Agar yanada aqlliroq bölişlarini xohlasangiz, undan-da köproq ertak öqib bering.
* * *
Buyuk aqllar hamişa örtaça aqllarning şiddatli qarşiligiga duç keladi. Çunki örtaça aql egalari eskiça fikrlaşdan yiroq, öz salohiyatidan mardona va halol foydalanadigan kişilarni qabul qila olmaydi.
* * *
Muvaffaqiyatga erişiş uçun emas, hayoting maʼno kasb etişi uçun intil. Odamning hayoti boşqalar hayotini qay darajada gözal va mazmunli etganiga qarab ahamiyatlidir.
* * *
Buyuk şaxslar gözal nutqlar vositasida emas, öz mehnatlari va ularning natijalari orqali şakllanadi.
* * *
Agar baxtli hayotga erişmoqçi bölsangiz, odamlarga yoki narsalarga emas, maqsadlarga boğlangan bölişingiz kerak.
* * *
Bizni ezgu öy va amallarga yöllovçi yagona vosita – buyuk va maʼnaviy pokiza insonlar timsolidir. Odamga biror narsani örgatişning yagona oqilona yöli – misol keltirişdir.
* * *
Mantiq sizga A nuqtadan B nuqtaga borib olişingiz uçun yordam beradi. Tasavvur esa butun dunyoni kezişingiz uçun qanot bağişlaydi.
* * *
Şuhratim oşgani sari siyqalanib boryapman. Afsuski, bu – juda keng tarqalgan holat.
* * *
Heç qaçon xato qilmagan odam biror-bir yangi narsani heç qaçon sinab körmagan böladi.
* * *
Agar mavzuni oson tuşuntira olmasangiz, demak, uni yetarli darajada bilmaysiz.
Orif Tolib
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


