* * *
Kun qolmadi bilakka
(işonardim aksari),
yorib kirdi yurakka
muhabbatning laşkari.
Çorak asrlik şiddat
jöşib, yigit yoşida
taslim böldim oqibat
muhabbatning qoşida.
Faqat jismim meniki,
qolganlari soyirday,
qoldim bir xolga ikki
şahar bergan şoirday.
Endi sadqadir jonim,
sizga gar jonim kerak;
oling, bor xonumonim –
istilo bölgan yurak.
“Kemalar qabristoni”da
Taşlab ketdi bu yerni dengiz,
taşlab ketdi suv neʼmatlari,
şovqin solmas şamollar tinsiz
va töfonlar vajohatlari.
Olisladi mehmonlar bir-bir,
tölqin yodi dilni yalliğlar –
taşlab ketdi daryoi kabir,
zoğorayu tilla baliqlar.
Faqat qoldi bunda xotira
va çandiqli ötmiş ğamlari,
çiriyotgan kemalar ila
“qora uy”ning oq odamlari.
Yaşayverdi ular jimgina,
dil tubida nomus bilan or
va muazzam ona dengizning
gardlariga boqib umidvor…
Kuydirdi-yu böğzimni vijdon,
közga qalqdi tomçi yoş – taxir:
sevilmaydi Vatan hayqirib,
u jimgina sevilgay, axir.
Endi sözga yetmaydi bardoş,
qotdi közda qayğu jolasi.
Men qarşingda egajakman boş,
Qarekengning sodiq bolasi!
Qarçiğay
“Kaklikka tuzoq qöygandim, köp kuttirmay ilinibdi. Tuzoqni yiğib, öljani olgani borsam, ilingan kaklikni tutaman deb özini urgan yirtqiç quşning panjasiga tuzoq törlari ilaşib, u ham qulabdi. Qarasam, şu paytgaça tutolmaganim – qarçiğay ekan!..”
Hasan ovçining gurunglaridan
Mağrur-mağrur toğlarda
mağrur uçgan qarçiğay,
törga tuşgan kaklikni
tutmoq bölib qildi saʼy.
Tayyoriga ayyorlik
yaraşmadi nomiga:
ölja böldi özi ham
ovçilarning domiga…
Qarçiğayjon, qarçiğay,
bilmasmiding, quşim, hay,
tayyor ölja tuzoqdan
boşqasida bölmagay!
Nafs mayidan mastliklar,
aldov, hiyla, pastliklar
çöqqilardan qulatgay
kakirlagan kakliklar.
Baland-baland toğlarda
ozod uçgan qarçiğay,
birovga atalgani
birovga naf qilmagay.
Pastlamagin, sor quşim,
gar yuksaklik yor ekan.
Har maxluqqa Xudoning
atagani bor ekan.
Mansur JUMAYEV
1991-yili tuğilgan.Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.Şeʼrlari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan naşrga tayyorlangan “Biz Istiqlol farzandlarimiz” bayoziga kiritilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida