“Aşulaçi” jurnalida iş boşlaganimga bir hafta tölmay, boş muharrir çaqirtirdi. Xuşlamayroq qarşi olganidan kayfiyati çatoqligi körinib turardi.
– Siz muxbirlikka öqiganmisiz, yo çilangarlikkami?
Haligina ming istihola bilan birinçi maqolamni yozib topşirgandim. Rahbarimning bunaqa ğazabnok savolidan bildimki, qandaydir qovun tuşirganim aniq. Ğazabni sukut yengar qabilida indamadim. Boşliğimiz esa battar ödağayladi.
– Sizda kasb etikasi degan narsa bormi, özi? Yozgan maqolangizni qarang, böyalmagan joyi qolmadi! – u şunday deb şap etkazib oldimga ikki qoğoz qoralamani taşladi. – Boring, tahrirlarimni kiritib, boşqatdan köçirtiring.
Yelkamni qisib çiqib ketdim. Rahbarimizning “çumoli karvoni”dek mayda yozuvlarini qöşib, maqolani qayta öqib çiqqunimça közim teşilay dedi. Men-ku, mayli, buni hali qaytadan köçiradigan Lobarxonga qiyin. “Yozmay qölginang sinsin, aşula aytmay yergina yutsin”, demasmikin?
Körinişdan bib-binoyidek bölgan maqolam muharririmizga nega ötirişmaganiga hayronman. Loaqal biror jumlam qolmabdi-ya. Masalan, muqaddimada bunday yozgan edim:
“Yoşlar orasida özini qöl yetmas yulduz sanaydigan Töyçi Boyqul haqida lavha yozmoqçi bölib, maqsadimizni aytganimizda, prodyusserim bilan gaplaşing, deb, telefonni şart öçirdi…”
Rost, şunday böluvdi-da. Endi “katta”miz şu jumlani mana bunday töğirlabdi:
“Kamtarin sanʼatkor Töyçi Boyqul haqida lavha yozmoqçi bölib, maqsadimizni aytganimizda, u bajonidil rozi bölib, bizni şinamgina studiyasiga taklif qildi…”
Buyam mayli, mana bu jumlamga nima deysiz?
“… Sigaret va ayollar atri burqsib turgan ofisga kirib borganimizda, xonandamiz bir oyoğini naq monitorning peşonasiga niqtab, kompyuterda öyin öynab yotgan ekan. Ekranga qarab içimizdan ötgan gap şu böldi: “Bularning hammasi poyga jinnisi!”
Buyam töppa-töğri edi. Körganimni yozganman. Tahrirni qarang, tahrirni:
“Zamonaviy va milliy çolğular bilan bezalgan şinam va ozoda studiyaga kirib borganimizda, sanʼatkorimiz kitob mutolaasi bilan band ekan. Kitobning naqşinkor muqovasiga közimiz tuşib, Qodiriy bobomizning maşhur lutfi yodimizga keldi: “Fuzuliy – yaxşi kitob…”
Oçiği, xonanda bilan suhbatimiz unça qovuşmadi. Töğriroği, qölidagi uyali telefonning jingir-jingiri gapimizni bölaverdi. Odamlar goh hofizning öziga, goh yonidagi maʼmuriga tinmay qönğiroq qilib, töyga taklif etişar, mol bozorining dallollaridek “sari-giri” qilib savdolaşişardi. Qiziq detal, töğrimi? Şuni ham yozgandim:
“… xonanda bitta töyga birrovga boriş uçun muxlislardan deb, tap tortmay ming dollar sörar, “Sakkiz yuz beray” degan beçoralarning gapini eşitgisi ham kelmasdi. “Bitta töyga şunça pul olsa, buning tuvagi tilladan bölib ketgandir, deb öyladim. Töy qilayotgan şörliklarga ham açinib ketdim. Bir tomondan jahlim ham çiqdi. Sodda bölmay ketgurlar, qişin-yozin ketmon çopib, yemay-içmay yiqqanini bir kunlik töyda otarçiga qöşqöllab topşiradi-ya…”
Ustasi usta ekan-da. Muharririmizning qalamidan keyin jumla jonivor “sayravoribdi”:
“Suhbatimiz davomida xonandaga muxlislar ustma-ust qönğiroq qilib, töy-tantanalarga taklif qilişar, bunday samimiy eʼtibordan sanʼatkorimizning boşi osmonga yetar, vaqti bölsa-bölmasa, heç kimga rad javobini bermas, hammaning könglini olişga intilardi. U özini şunday olqişlab, eʼzozlab kelayotgan odamlarning yaxşi kuniga şerik bölişni katta baxt, ayni paytda, sanʼatkorlik burçi deb bilardi…”
Davom etamiz. Iya, bunisiga nima deysiz?! Qöligul “usta”miz barmoqlariga bamisoli eskişaharlik Mirvaqqos sartaroşning ustarasini tutib, suhbatdoşimizga bergan mana bu savolimizni ham, unga olgan javobimizni ham avvaliga obdon “qirtişlab”di. Epaqaga keltirolmagan şekilli, keyin butunlay “kesib” taşlay qolibdi.
Ming böyalgan bölmasin, olib taşlangan öşa jumlalarni öqiyman:
“Savol: Bir qöşiğingizda “Kamon nişonga tegmasdan, özim uylanib ketmasdan, yorim bölib qol”, deb kuylagansiz. Sal ğalatiroq-ku. Nişonga öq tegişi, paykon tegişi, boringki, nayza tegişi mumkindir, lekin heç zamonda kamon ham nişonga tegadimi?
Javob: Iya, xatomi hali bu? (quvonib ketadi va yonidagi maʼmuriga qaraydi). Şeʼr Dardiyornikimidi? Ha öşaniki! Ikki yuz “baks”ga olgandik. Mana, xatosi borakan. Tez telefon qilib, “kök”ni qaytib ol, pulini halollab topsin-de, töğrimi?..”
Hartugul, “Jonli ijroga munosabatingiz?..” degan savolimiz va unga berilgan javob joyida qolibdi. Qolişga qolibdi-yu, qirq kunda ikki kilo toş bosadigan Amriqo tovuğidek pati tözib, qaşqatayoği çiqibdi.
Aşulaçining javobi asliyatda mana bunday edi:
“Muxlislar “jonli ijro, jonli ijro”, deyişadi-yu, ammo sanʼat bilan fonogrammaning farqiga borişmaydi. Tuzukroq pul tölaydigan ayrim akaxonlarning töyida jonimizni jabborga berib, “jonli ijro” ham qilib kördik. Bilasizmi, qurğur “qistir-qistir”da farq sezmadik. Jonli aytsang ham, öşa pulni qistirişadi, fonogrammani ursang ham! Yana ğaşingni keltirib, töyda ovqat çaynab ötirişgani ortiqça. Şunday ekan, zaril keptimi, mast-alast davrada kekirdagimni çözib, “jivoy” aytiş…”
Xoh işoning, hoh işonmang, xonanda xuddi şunday degandi-da. Ammo keyingi satrlarni öqib, hafsalam pir böldi. Ana tahriru mana tahrir! Jumla deganingiz “pardoz-andoz”dan keyin “toşturma”lik ammamning kelinidek bezanib olganini qarang:
“Xalqimiz haqiqiy sanʼatni tuşunadi, qadrlaydi. Jonli ijroning zavqini, taʼsirini ham teran anglaydi. Şuni inobatga olib, konsertlarda, xalqimizning töy-haşamlarida jonli ijroda qöşiq kuylaşga intilayapmiz. Ammo, baʼzan yoşlik qilibmi, ijroda juzʼiy xatoliklarga yöl qöysak, noziktaʼb muxlislarimiz darrov payqaşadi. Çunki ustozimiz – şu xalq! Biz, sanʼatkorlar hamişa mana şu el xizmatidamiz!”
Darvoqe, muharririmiz sarlavhani ham yörğalatvoradiganlardan. Bizning sarlavha “Özim töqiyman, özim öqiyman” edi. Yuqoridagi tahrirdan keyin sarlavha deganlari ham öz “oyoği” bilan kelibdi: “Hamişa el xizmatidamiz”. Ammo mening ham qölim qiçidi. Göyoki bilmagan kişi bölib, “el”ni “pul” qilib özgartirvordim…
Şu joyga kelganda kotibamiz Suxsurxon qönğiroq qilib, boşliq bilan uladi. “Labbay” deganim hamono u yoqdan “ustoz”ning silliqqina ovozi eşitildi:
– Aytmoqçi, maqola çiqqaç, Töyçijonga bizdan salom, deysiz-da, uka. Kelasi oyning ön sakkizida kenjamiz Abdulazizning töyi-ya…
Ğayrat ŞERALIYEV
1984-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Hajviya va hikoyalari matbuotda çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


