Çoyga taklif
Graf Şaxovskiy va Gyote uçraşuvi haqidagi hikoya adabiyot ixlosmandlari orasida ança maşhur. 1802-yili Myunxendagi mehmonxonalardan birida maşhur şoir grafni çoyga taklif qiladi. Şaxovskiy dasturxonda çoydan boşqa narsa yöqligini körgaç, tortinib ötirmay, buterbrod va yoğliroq yegulik buyurtma beradi. Olmon va rus adabiyoti haqidagi gurunglar juda maroqli keçadi. Ertasiga knyaz Şaxovskiy bir holdan hayron qoladi: keçagi yeguliklar uçun uning nomiga hisob qoğozi keltirişadi. Çunki “ziyofat”dan söng Gyote ortiqça pul tölaşni rad etadi. Axir, u knyazni faqatgina çoyga taklif qilgan edi-da!
Kamyob hodisa
Maşhur olmon şoiri Heynrix Heyne Venaga borganida taniqli hajvçi va şoir Moris Safirni uçratib qoladi. Hajvçi:
– Keça baron Rotshild bir latifa aytib berdi. Qoyilmaqom, içakuzdi hangoma ekan. Tölqinlanib ketganimdan unga 500 krona berib yubordim. Axir, baron Rotshildning hazil-huzul qilişi juda kamyob hodisa! – deydi hayajon bilan.
Bu gapni eşitgan Heyne tabassum qiladi va deydi:
– Menimça, bundanam köra Safirning 500 kronasi borligi noyobroq hodisa!
Birorta asaringizni öqimaganman
Köp tomoşabinlar “Şouşenkdan qoçiş” filmi va unga asos bölgan qissa örtasidagi farqlarni körib hayron böladi. Aslida, bu adabiyot va sanʼatda uçrab turadigan hol. Uşbu asar mavzusi va uslubiga köra ham Stiven King asarlari orasida ajralib turadi. Çunki yozuvçi “qörqinçlar qiroli” sifatida maşhur. Yozganlarining aksariyatida dahşatli voqealar tasvirlangan. Adib bir kuni bir ziyoli kampir bilan suhbatlaşib qoladi. U Kingning birorta asarini öqimaganini aytadi va “Şouşenkdan qoçiş” singari jiddiy kitoblarni maʼqul körişini taʼkidlaydi. Yozuvçi har qança urinmasin, uşbu asar uning qalamiga mansub ekaniga qariyani işontira olmaydi.
Nima uçun yoziladi?
Moris Safir bir yozuvçi bilan tortişib qoladi. Suhbatdoşi qizişib ketadi va ğazabi qözib:
– Siz, qadrdonim Safir, faqat pul uçun yozasiz, men esa faqat vijdon uçun yozaman, – deydi.
– Döstim, – deb javob qaytaradi Safir, – ikkovimiz ham özimizda yöq narsa uçun yozamiz-da!
Ilk uçraşuv
Atoqli rus şoiri Vladimir Mayakovskiy politexnika institutiga uçraşuvga boradi. U yerda nutq sözlayotib:
– Men ruslar orasida özimni rus deb his qilaman, gruzinlar orasida esa gruzin… – deydi. Şu payt:
– Ahmoqlar orasida-çi? – deb baqiradi kimdir zaldan.
– Ahmoqlar orasida birinçi bor bölişim, – deb javob beradi şoir öşa zahotiyoq.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


