Asqad Muxtor şeʼriyatida umr va inson mohiyati
Özbekiston xalq yozuvçisi Asqad Muxtor salmoqli qissayu romanlar, badiiy tarjimalar, köplab ötkir publitsistik maqolalar barobarida şeʼriyatda ham yetuk asarlar yaratdi. Ayniqsa, özbek falsafiy-intellektual lirikasi taraqqiyotida uning hissasi katta böldi.
Asqad Muxtor çinakam adib darajasiga yetguniça murakkab ijodiy yölni bosib ötdi. Birinçi şeʼri 1935-yili – 15 yoşida çop etilganiga qaramay, ilk kitobgaça bölgan davr çözilib ketdi. Buni “men uzoq vaqt kitobxon bilan topişa olmaganimdan köraman”, deya izohlaydi uning özi. Şoir “Özim va şeʼr haqida” maqolasida poeziyani tuşunişdagi beqarorligi ança vaqtgaça davom etganini taʼkidlab ötadi. Garçi ijodining ilk pallalarida bitgan şeʼrlari adabiy jamoatçilikda ijobiy baholangan esa-da, uning öz qiyofasini belgilab beruvçi şeʼrlari xiyla keçroq yaratildi. Ayniqsa, ötgan asrning 60–70-yillari Asqad Muxtor şoir sifatida yuksak ijodiy çöqqiga kötarildi. “99 miniatyura” (1962), “Şeʼrlar” (1966), “Quyoş belançagi” (1971), “Sizga aytar sözim” (1978) kabi birin-ketin çop etilgan kitoblari falsafiy-intellektual lirikaning ajoyib namunalarini öz içiga olgan. Mazkur töplamlarga kiritilgan şeʼrlar öşa davr şeʼriyati uçun yangilik edi. Şoirning “vazn va qofiya qonun-qoidalarini buzib yuborgan” şeʼrlari favqulodda fikrning gözal poetik ifodasi, falsafiy, öz navbatida, hayotiyligi bilan köngillarga yöl topdi. Bunday originallik turli mavzu-mundarijada Asqad Muxtorning keyingi kitoblarida, xususan, “Yillarim” (1990) töplamida davom etdi.
Asqad Muxtor şeʼrlarining öziga xos xususiyatlaridan biri (umuman, bu uning butun ijodiga xos xususiyat) falsafiy mulohazalarga boy, oddiy voqealardan ham katta fikr, salmoqli xulosalar çiqarilganidadir. “Şeʼr – inja tuyğularning nozik ifodasi, şeʼr – köngil rozi, qalb keçinmalari” kabi tuşunçalar Asqad Muxtor şeʼriyatida özgaçaroq mohiyat kasb etadi. Şoir lirikasi misolida aytadigan bölsak, şeʼr – hissiy tafakkur, köngil falsafasi, şeʼr – fikrning tuyğularga öralgan gözal suvrati.
Şoirning özi iqror bölganidek, yillar davomida şeʼr, uning ifoda şakllari, vositalari, usullari, ruhi haqidagi fikrlari juda köp özgardi. Asqad Muxtor ijodiy takomilida uning uşbu taʼriflariga mos köplab şeʼrlar yaratildi. Ammo ularning barçasida – syujetli‑voqeaband şeʼrlarida ham, musiqiy-ohangdor, va albatta, ratsionalistik şeʼrlarida ham FIKR yuzaga qalqib çiqaveradi. Bundan Asqad Muxtor şeʼrlari faqat fikr nazmga solingan namunalardan iborat, degan xulosaga kelmaslik kerak. Şoir taʼkidlaganidek, fikrsiz poeziya yöq. Taʼbir joiz bölsa, har qanday şeʼr bağrida fikr yulduzi yaşaydi; bir şeʼrda bu yulduz porlab turadi, qay biridadir miltillaydi, boşqasida elas-elas közga taşlanadi.
Fikr va tuyğu uyğunligi lirikaning barqaror qonunlaridan. Quruq fikrning özi şeʼr böla olmaganidek, faqat his-hayajon ifodasini ham nazm deya olmaymiz. “Badiiy asarda maʼnaviylik bilan hissiylik uyğunlaşmoği kerak”, deydi nemis faylasufi Fridrix Hegel. Eng asosiysi, şeʼrda bu ikki muhim unsur orasidagi muvozanat yöqolmasligi lozim. Şunday deymiz-u, ammo falsafiy-intellektual şeʼrlarda tarozi posangisi köproq fikrga yon berişini ham inkor eta olmaymiz.
Badiiy asarda, inçunin, şeʼrda fikr va hissiyot hamişa bir-birini töldiradi: baʼzan aql tuyğularni yölga boşlaydi, gohida hissiyot ong ilğab yetmagan hodisotni anglaşga kömaklaşadi. Çunki “tuyğular, hislar şunday xotiraga hamda donolikka egaki, köpinça ayni şu xotira va donolik aql-idrokimizga yetişmay qoladi” (Irving Stoun).
Asqad Muxtorning eng yaxşi şeʼrlarida fikr va tuyğu sintezi zuhur topadi. Şoirning ikki banddangina iborat mana bu şeʼrida oniy kayfiyatdan ilhom olgan lirik qahramon lahzalik holat-manzara (sarğayib, siyraklaşib qolgan yaproqlar aro tanga-tanga bölib tuşayotgan nur) misolida inson umri haqida tasavvur beradi (darvoqe, şeʼrning özi ham “Umr” deb ataladi):
Kuni keça şu sörida yotganimda,
Oy şuʼlasi tuşmas edi yuzlarimga:
Yaproqlarning titroq, yaşil şarpalari
Orom olib kelar edi közlarimga.
Bugun bölsa tanga-tanga nur tuşipti.
Mijjam horğin, uyqu bermas yoruğ yulduz.
Birdaniga yuragim şuv etib ketdi:
Kuz kelipti, kuz…
Şeʼrdagi içki maʼnolar silsilasi şundayki, birov uni öqib, umr bebaqo, inson hayoti omonat ekani haqida yana bir qur mulohaza qiladi; boşqa öquvçi uni yoşlik zavqi va keksalik oğirkarvonligi orasidagi ziddiyatga boğlaydi; ziyrakroq şeʼrxon hayot (umr) – keça töp-töp bölib, hatto oy şuʼlasini tösib turgan, bugun esa zaiflaşib, novdalarga vido sözlarini aytib bandidan çirt-çirt uzilayotgan yaproqlar singari ğanimat ekani haqida öyga toladi, şu bois umrni köproq ezgu amal, ezgu söz bilan ötkaziş kerakligini takror his qiladi. Ayniqsa, şeʼr söngida lirik qahramonning yuragi şuv etib ketişi holati şoir nazarda tutayotgan fikr taʼsirçanligini oşiradi. Asqad Muxtorning şu kabi satrlarida şeʼr – uning özi bergan taʼriflardan biri böyiça aytsak – “yarq etgan oniy tuyğu”, “şavq tuğyoni” ekani anglaşiladi.
Ötayotgan lahzalar, keçayotgan umr soatlarini yoruğ yuz bilan yaşaş, kelajakka yorqin iz qoldiriş inson uçun uluğ hayotiy maqsadga aylanişi lozim. Bu fikr şoir şeʼrlarida turli poetik usulda ifodalanadi. Uning “Vaqt” şeʼrida fursat va inson munosabati, ziddiyati original badiiy tajassum topadi:
“Vaqt” – öz-öziça heç narsa emas,
“Davr” desak – ismli, jismli.
Vaqt qaritadi-çuritadi, xolos,
Davr – inson kabi, dardli, husnli.
Vaqt söndiradi ehtiroslarni,
Yoşlikni yulqilab qoçar omonsiz.
Çangdek uçar, inson iz solmasa;
Inson nom bermasa – ötadi nomsiz.
Vaqtning öz-öziga qöyib berilsa bormi, şoir aytmoqçi, şafqatsiz keçadi, hayallamaydi: “Özi tiklolmaydi öz qomatini, Özi kelajakni tayyorlamaydi”. Şunday ekan, Vaqtga şakl va mazmun berişga, uni ziynatlantirişga, lahzalarni mangulikka muhrlaşga intiliş kerak.
Uşbu şeʼr yozilişidan roppa-rosa yigirma yil oldin (1945) alloma şoir Ğafur Ğulom vaqt haqidagi şoh satrlarini bitgan edi. Şeʼrda bir lahza mazmunini bir butun bahorga jamlagan Ğafur Ğulom inson qudratini vaqt bilan ölçasa, Asqad Muxtor vaqtni inson izmiga topşiradi: vaqt insonsiz heç narsa!
Asqad Muxtorning köplab şeʼrlarida lirik qahramon – şoirning özi – donişmand, hayotning aççiq-çuçugini tatib körgan, mulohazakor şaxs. Uning öz hayot falsafasi bor. Ezgulik va haqiqat uçun kuraş, azizu mukarram xilqat hisoblangan inson nomiga munosib iş tutiş, şaxs maʼnaviyatini yuksaltiriş yölida betinim harakat şeʼrlardagi qahramon eʼtiqodi negizini taşkil etadi. Umuman, umr mohiyati, hayot maʼnosini, insonning makon va zamondagi örnini anglaş, idrok etişga uriniş, bu boradagi fikrlarni badiiy-falsafiy talqin qiliş falsafiy-intellektual lirikaning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Asqad Muxtor şeʼrlarida esa bu jihat börtib körinadi.
Daqiqa va abadiylik, kun va tun, yoruğlik va zulmat, hayot va ölim tazod-juftligi Asqad Muxtor lirikasida alohida mazmun-mohiyatga ega. Ötgan, ötayotgan kunni sarhisob qiliş, öz-özini muntazam taftiş etiş uning qahramoniga xos xislatlardan.
Orifu fozillar inson kun parçalaridan iboratligi, har kuni uning vujudidan bir parça ketişi, har lahza hisobli ekani haqida aytib ötadilar. Asqad Muxtor şeʼrlari inson umrining lahzalarga soçilib yotgan mohiyati haqida bahs etadi. Bu “Yillarim”, “Sirli nido”, “Qaytaman keçirgan kunim…” kabi şeʼrlarida, ayniqsa, ravşanroq körinadi.
Yoş ötgani sayin inson feʼli noziklaşib, tuyğulari ingiçkalaşib boradi. Çunki ortda qolgan umri haqida öyga tolgan kişi uçun “yil kuzatiş – ğam”. “Yangi yil sarhadini buzib ötgan nafis qor uçquni” esa uni battar xavotirga soladi. Axir, umr ötmoqda. Bu holatni şoir, mana, qanday obrazli ifodalaydi: “Qilt etib uzilgan bitta yaproq ham Naq qalbimga tegib ötadi…” (“Qalbim noziklaşdi”). Şoirning bu turkumdagi şeʼrlarida ijtimoiy-falsafiy zalvorga ega jiddiy fikr tuyğular ipini tortib turadi.
“Yarim tundan keyin örnimga yotsam…” deb boşlanuvçi şeʼrida real voqelik bilan şoirning tasavvur olami, öy-iztiroblari taroziga qöyiladi. Lirik qahramon “Yarim tundan keyin örniga yotsa, Qonining urişi bermaydi uyqu”. Eʼtibor qiling-a, özi, şoir yarim tundan keyin uxlamoqçi böldi. Bungaça ne-ne öy-xayollar, bezovta fikrlar band etgan ekan uni. Kun böyi turli taşvişlar, yaxşi-yomon hislar oğuşida yurgan qahramonning öylari markazida umr va vaqt, davr va zamon haqidagi mulohazalar, ötmiş va kelajak xayoli bölganini seziş qiyin emas. Xöş, unga qon urişi nega tinçlik bermay qoldi? Nima ekan şoirni bu qadar tuğyonga solayotgan?
Şeʼrni öqişda davom etamiz:
Uzoq ajdodimning ovozidir bu.
Uşbu daʼvatkor ovoz şoirni orom çoği ham tinç qöymaydi:
Gapir,
gapir,
gapir,
hayotsan!
Mana uning bizga berayotgan savollari:
– Bormi haqiqatga hamon taşnalar?
– Odam yulduzini kökdan uzdimi?
– Boğlar kökmi?
– Tiniqmi çaşmalar?
– Qizlarning ibosi ezgumi?
Savollarning salmoği oğir. Şu örinda Mayakovskiyça zinapoyali şeʼr şakli özini oqlaydi. Taʼkidni kuçaytiriş bilan birga bu savollarning har biri öz holiça ulkan va javobi oğir ekanini anglatadi.
Ammo sönggi savolga yana bir eʼtibor qilaylik. Bilamizki, iboning özi ezgu fazilat. U “ezgu”siz ham kerakli maʼnoni bera oladi. Unda nega şoir bu söz yoniga yana “ezgu” sözini qöşib tilga olayapti? Bu bilan nima demoqçi bölgan ekan? “Qizlarning ibosi beğarazmi?”, soddaroq qilib aytganda, “Gözallik soxtalaşib ketmayaptimi?” deganday tuyulmayaptimi? Şeʼrdagi original qofiyalar (uzdimi – ezgumi) fikrning taʼsir kuçini oşirişga xizmat qilgan. Şeʼr bağridagi ohangdor fikr, fikr qalbidagi tuyğu-çi? Şoirning fikr va tuyğu uyğunligidagi şu kabi nazmiy namunalari uning falsafiy-intellektual lirikasi darajasini belgilab turibdi.
Asqad Muxtor insonni “kaşfiyot yolqini”, “asriy zulmatlarda bir yoruğ nuqta” deb ataydi (“Inson”). Şoir tasavvuridagi inson maʼnaviy-intellektual jihatdan yetuk böliş bilan birga, zamon va davr dardu taşvişlari bilan yaşaşi, ijtimoiy faol bölişi şart. Ammo buning uçun uşoqday jonga metinday bardoş, katta matonat kerak. Bular yillarni yillarga ulab topiladigan neʼmatlar. Şu bois közni kattaroq oçiş, yon-atrofga, dunyoga idrok nazari bilan boqiş darkor. Asqad Muxtor şeʼrlaridagi inson “damlarni misqol tarozida ölçayotgan”, kun, oyu yillarning puçu sarasini hisoblayotgan, “Rozilari bormi yillar orasida?” deya tinimsiz özini savolga tutayotgan bedor öyli odam; “ruhiy dolğalardan bezillab qolgan”, ustiga-ustak, “yangi dözaxlar” barpo etilayotganidan sarosimaga tuşgan, “qöl çözib iltijo qilayotgan kelajak”ni saqlab qolişga butun başariyatni daʼvat etayotgan zamin kişisi; davr dardlaridan majruh bölgan qalb egasi; dardim sukunatni çöçitmasin deb sokin boğlarni aylanib ötadigan, şirin tuşlarni hurkitmasin, jonlar oromini buzmasin, tunni uyğotmasin deya dardini içiga yutib, olamning beğubor tongini kutayotgan nuroniy; tun böyi beşik uzra boş egib, uyquning bahridan keçib gödagi kamoli uçun jon kuydirayotgan muştipar ona; hamma möjizalar örnini bosadigan ayol; ortidan qoladigan gulu niholi istiqbolini öylab, qalbini oğir öy burdalayotgan bobo… Şoir şu yönalişdagi şeʼrlarida inson kamoloti, başariyat saodati, kurrayi zamin tinçligi, elatlar birligi uçun qayğuradi va bu pafos öyçan, donişmandona, şu bilan birga, içki tuğyonli satrlarida zuhurlanadi.
Asqad Muxtor şeʼrlarida nekbinlik – optimistik ruh kuçli. Hayotsevarlik – şoir lirik qahramonining asosiy fazilatlaridan. U hayotning bezavol ekaniga işonç bilan şunday deydi: borliqdagi barça chiroyni “hayot qalbi”ga qaytib çiqmas qilib kiritiş kerak. Şoir köplab şeʼrlarida hayotning yoruğ tomonlarini körsatişga, umrning bebaho inʼom ekanini badiiy-falsafiy aks ettirişga erişadi. Yorqin, xarakterli detallar topadi.
Qor tagidan dadil boş suzar.
Umri qisqaligin yaxşi biladi.
Ammo közi tiniq, çunki dili sezar:
Bahorga söqmoqlar oçib öladi.
“Boyçeçak” deb atalgan uşbu şeʼrdagi ramz hayotning neçoğlik benazir möjiza ekanini anglatib turibdi. Boyçeçak – köklamning umri bir tutam çeçagi. Qor ostidan dadil boş çiqarib, Quyoşga yuz tutiş faqat şu gulning unça-munça kişi ilğamaydigan jasorati. Ammo maqsad faqat kun ötkaziş emas. Yaşaş kerak! Umrning qisqa yoki uzunligi – Yaratganning taqdiri. “Bahorga söqmoqlar oçib” – ezguliklarga yöl oçib hayot keçiriş lozim. Şoir tanlagan ramz ostidagi yaşirin maʼno şularga işora qilayotir.
“Asqad Muxtor ijodiyoti közgusida avliyo Zardöştiy, Konfutsiy, Dao, Muhammad alayhissalom, Iso alayhissalom, Bahovuddin Naqşband taʼlimotlarining badiiy savlati yuz körsatadi, – deb yozadi şoir Rauf Parfi. – Bu inʼikos u yoki bu darajada bölişidan qatʼi nazar, Inson va insoniylik, Inson baxti uçun kuraş ğoyasi bilan suğorilgandir”. “Adabiyot fan-texnika inqilobi davrida ham inson bilan iş körişi kerak, – deydi Asqad Muxtorning özi. – Ekzyuperi maqtagan samolyotlar hozir heç narsaga yaramay qoldi. Lekin Mitti Şahzodasi hali uzoq yaşaydi”.
Asqad Muxtor qahramoni avlodlar, vorislar, ularning kelajagi haqida köp öyga toladi. Avlodlar taqdiriga masʼullik va jindek xavotir şoir şeʼrlariga öziga xos tarzda köçib ötadi:
Qörqsak, biz begunoh norasidalar,
Uruş körmaganlar uçun qörqamiz.
Aççiq yoş tommagan közi osudalar
Ölik kömmaganlar uçun qörqamiz.
Şoir baʼzan dahşatli yillar suronidan ança olisda yaşayotgan avlodlar orasida ekanini his qilib, ulardan beozor uzr sörab ham qöyadi:
Keçiring, tund bölib qolsam bir zumga,
Bu menga na odat, na hunar.
Şunçaki sarğayib qalqar yuzimga
Öşa yillardagi uyqusiz tunlar…
Bu misralar şoir umrining sönggi damlarida “Tundaliklar”ida yozgan “Şunday yillarni kördikki, baxtli böliş uyat edi” degan sözlariga uyğundir.
Asqad Muxtorning şeʼrlari ança sokin, şoirning özi kabi oğir-vazmin. Ammo mana şu bosiqlik zamiridagi tuğyon, nohaqlik, adolatsizlik, loqaydlikka isyon pörtanasi yuraklarni tölqinlantiradi. Uning şeʼrlarida şavq (ekstaz) holati his-tuyğularda emas, köproq ongu şuurda röy beradi. Uşbu falsafiy-intellektual şeʼrlar maʼnaviy bedor şaxsning ongu şuuri, zehnu idrokidagi tuğyonlar hosilasidir. Şu örinda Mirtemirning şoir ijodi haqidagi mana bu fikrlarini keltirib ötiş joiz: “Asqad şeʼrlari tinç va limmo-lim, lekin tagi tuğyonli köklam soylaridek tabiiy, purhikmat, kuçli va jozibali. Asqad şeʼrlarida obrazlar siyqalik illatidan xoli, Asqad tili çinakam poeziya tili… Çertib-çertib, çinniday jarang bergan sözlardan silliq va har qaysisi öz örnida zarur ğişt qöya oladi”.
Bilgir şoirning original qofiyalari (eşikdan – eşitgan, xuddi – ötdi, önğay – kungay, hamon men – yomonmi, xislating – eslatding, sohilga – soğingan) şeʼrlariga özgaça ohor beradi. Hatto poeziya tiliga köp ham uyqaş kelavermaydigan sözlarni uçratamiz: materialist, planeta, sputnik, neandertal, orbita, radar, ozon… Ammo şoir ularni misralarga şunday singdirib yuboradiki, natijada şeʼrdan bu termin-sözlarni “uzib” olib bölmaydi. Yoki “köngil radarlari” degan çiroyli ibora topadi. Şu tarzda Asqad Muxtorning falsafiy-intellektual şeʼrlarida olim, yozuvçi, şoir, sanʼatkor, umuman, ziyoli şaxsning nigohi sintezi aks etadi.
Şeʼrda muallif-şoirning xarakteri, botiniy-zohiriy dunyosi akslanişi bor gap. Asqad Muxtor aytmoqçi, haqiqiy şeʼrlarga şoir şaxsining muhri bosilgan böladi. Şu boisdan ham uning şeʼriyatiga xos falsafiy-intellektuallik, donişmandlik sifatlarini, davr va obyektiv sabablarni inkor etmagan holda, köproq şoir şaxsiyati bilan boğliq holda tuşuniş mumkin.
Davrdagi özgarişlar, zamonasining muammolari Asqad Muxtor ijodini ham çetlab ötmadi. Agar siyosiy-ğoyaviy jihatdan tahlil etiladigan bölsa, şoirning köp şeʼrlari “ğalvirdan tuşib qolişi” aniq. Şoir ijodiga köçib ötgan “umummanfaatlar, ijtimoiy motivlar, zamon çaqiriqlari, millionlar ongini band etgan porloq ğoyalar” uzoq umr körmadi. Yillarning özi uning bunday asarlari haqida hukm çiqarib böldi. Biroq adabiyotda boş mezon asar badiiyati, tili va uslubi ekanini inobatga oladigan bölsak, uning hali uzoq yaşaydigan şeʼrlari oz emas. Xususan, bir paytlar şoirning özi pisand qilmagandek bölgan “şaxsiy ruhiy holatlarni kavlaştiraveradigan intim munglar”, “qantarilgan köngil sozlari”dan taralgan satrlar hamon umrguzaronlik qilmoqda.
Behzod FAZLIDDIN
1983-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Muqaddas zamin”, “Boğlaringdan ketmasin bahor”, “Onamning köngliga ketamiz”, “Sen qaçon gullaysan”, “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” nomli şeʼriy töplamlari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


