Charli Chaplin hikmatlaridan
Komediya suratga oliş uçun menga park, politsiyaçi va bitta çiroyli qiz kifoya qiladi.
* * *
Men siyqasi çiqqan mavzudan qörqmayman. Hayotning özi tölasiça siyqalik. Axir, har birimiz yaşaymiz va ölamiz, bir kunda uç mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qöyamiz.
* * *
Hayot repetitsiya qilinmaydigan pyesadir. Şu bois parda tuşib, spektakl tugamaguniça heç qanday qarsakni kutmay kuylang, yiğlang, raqsga tuşing, kuling va qölingizdan kelganiça yaxşi yaşang.
* * *
Sevilmaganlargina nafratlanadilar.
* * *
Hayotdagi eng qayğuli hol – haşamatga örganib qolişdir.
* * *
Heç qaçon bola bölmaganlar katta ham bölmaydilar.
* * *
Hamişa yerga qarab yuradigan odam kamalakni körolmaydi.
* * *
Tabassumsiz kun – yöqotilgan kun.
* * *
Aql meni xavotirga solişi, hatto kasal qilib qöyişi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uyğunlaştira olsam,
öşa zahotiyoq mening bebaho ittifoqçimga aylanadi.
* * *
Hamma gap samimiyatda. Çol banan pöçoğiga sirpanib yiqilib tuşdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir bölsa, miriqib xoxolaymiz.
* * *
Men kambağallikda heç qanday joziba yoki ibrat körmayman. U menga heç narsani örgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvçi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi.
* * *
Mening oğriğim kimningdir kulgisiga sabab bölişi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir oğriğiga sabab bölmasligi kerak.
* * *
Fikrlaş qobiliyati skripka yoki royal çalişga öxşaydi.
U bilan har kuni şuğullanib turiş kerak.
* * *
Oyna – mening eng yaxşi döstim. Çunki yiğlagan paytim u heç qaçon kulmaydi.
Orif Tolib
tarjimasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


