Mustaqil taraqqiyot yöliga kirganimizga endigina yigirma beş yil töldi. Ehtimol, bu köhna tarix oldida u qadar katta bir fursat emasdir. Lekin har bir lahzani ğanimat bilgan, har bir soniyani kamolotga erişmoq uçun berilgan bebaho imkon deb qaragan mutafakkir bobolarimiz nazari bilan qaralsa, bu muddat kiçik ham sanalmas. Hazrat Alişer Navoiy insonning har bir nafasida ikki neʼmat borligini taʼkidlar ekan, mana bunday yozadi:
Bu iki neʼmatki namudordur,
Har biriga şukr yeri bordur.
Ikki neʼmat: 1) birgina nafasning olinişi; 2) öşa nafasning qaytib çiqişi. Biror sabab bilan ulardan biri töxtasa, inson hayoti intiho topadi. Şu bois buyuk mutafakkir fikriça, har bir nafas uçun ikki bora şukr vojibdir. Şukr esa bu lafzni takrorlaşdangina iborat emas. Neʼmatning ahamiyatini anglaş – şukr. Uni qadrlaş – şukr. Haqini ado qiliş – şukr. Nafasning şukri uni ğanimat biliş, behuda ötkazmaslikdir. Buning eng muhim şarti har bir nafasdan ogohlikdir. Hazrat Navoiyning mana bu ögitlari şu haqda:
Jon bila sen to nafas imkoni bor,
Qadrini bilgilki, nafasça ne bor.
Har nafasing holidin ogoh böl,
Balki anga huş ila hamroh böl.
Ana şunday ögitlarga amal qilganimiz uçun ham biz bor-yöği çorak asrda bir neça yuzyillikka tatiydigan işlarni amalga oşira bildik. Özbekiston degan mamlakat dunyo sahniga çiqdi, jahon hamjamiyati eʼtiboriga tuşdi, xalqaro miqyosda eʼtibor qozondi. Uşbu maqolada birgina yoşlar taʼlimi va tarbiyasida erişgan yutuqlarimizga bir qur nazar solişga harakat qilamiz. Holbuki, bu mavzuni bir maqola doirasida tölaqonli yoritiş mahol.
“Har millatning saodati, davlatlarning tinçi va rohati yoşlarning yaxşi tarbiyasiga boğliqdur”. Uluğ maʼrifatparvar Abdulla Avloniyning bu sözlari ötgan yuzyillik avvalida qançalik ahamiyatli sanalgan bölsa, bugun – yangi asrning ön oltinçi yilida ham şunçalik ahamiyatlidir. Aholisining aksar qismini yoşlar taşkil etadigan Özbekiston uçun avlod tarbiyasi, ayniqsa, muhimdir. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu masalaga alohida diqqat qaratilgani sababi şunda. Mustaqillik eʼlon qilingandan keyin juda qisqa muddatda – 1991-yil 20 noyabrdayoq “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatining asoslari töğrisida”gi qonun qabul qilingani bejiz emas. Bu qonun yoşlarning iqtidorini tölaqonli namoyon etişi, ularning jamiyat hayotidagi faol iştiroki uçun mustahkam huquqiy zamin yaratdi.
Köp ötmay, Oila kodeksi, Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi, “Taʼlim töğrisida”gi, “Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida”gi, “Aholini iş bilan taʼminlaş töğrisida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport töğrisida”gi qonunlar qabul qilindiki, ular yoşlar taʼlimi va tarbiyasi masalalarining barça jabhalarini qamrab olgani, navqiron avlod uçun katta imkoniyatlar eşigini oçgani bilan alohida ahamiyatga ega.
Mamlakatimizning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning 2014-yil 6 fevraldagi “Özbekiston Respublikasida yoşlarga oid davlat siyosatini amalga oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bu boradagi ulkan işlarning mantiqiy davomi böldi. Eng muhimi, bu qonunlar qoğozda qolib ketgani yöq. Ular jamiyat hayotiga izçil tatbiq etib kelinmoqda. Intellektual-ijodiy, tadbirkorlik va taşkilotçilik faoliyatlarida yoşlarimizga qanot bağişlayotir.
Yillarning nomlanişida ham yoşlar davlat rahbarining eʼtibori markazida bölgani, ayniqsa, diqqatga sazovordir. “Yoşlar yili”, “Ona va bola yili”, “Soğlom avlod yili”, “Soğlom ona va bola yili”… Har yili öşa yil nomi bilan boğliq davlat dasturlarining qabul qilingani, ularni amalga oşiriş uçun katta miqdorda mablağ ajratilib, maqsadli sarflangani erişilgan natijalar kölamini yaqqol tasavvur etiş imkonini beradi.
Bu boradagi olamşumul işlar Birinçi Prezidentimizning izdoşlari tomonidan yangi miqyos va kölamda davom ettirilayotgani, ayniqsa, quvonarlidir. Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 14 sentyabrda imzolangan “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonun buning yorqin isbotidir.
Bugungi kunda fikri oçiq, internet orqali, ommaviy axborot vositalari orqali dunyoda bölayotgan voqealardan oz-moz xabardor, ularni tahlil qiliş, muayyan bir xulosalar çiqariş imkoniyatiga ega har qanday odam tan oladi: jahonning biror bir mamlakati faqatgina yoşlar hayoti, faoliyatini tölaqonli qamrovçi bunday qonunga ega emas. Biroq yoşlarimiz bu bilan faxrlanibgina qolmasligi kerak. Qonunni çuqur örganişlari, hayotda unga tölaqonli amal qilişlari, özlariga berilgan huquq va imtiyozlardan samarali foydalanişlari barobarida, zimmalaridagi masʼuliyatni ham unutib qöymasliklari zarur. Qonundan közlangan maqsadga ana şundagina erişilmoği mumkin.
Murakkab va ziddiyatli bir davrda yaşayapmiz. Dunyoda turli guruhlar, sektalar tomonidan odamlar, ayniqsa, yoşlar ongi va ruhini egallaş, mafkura va qaraşlarini ular şuuriga singdiriş orqali kişilarni öz ğoyalari ortidan ergaştiriş uçun kuraş ketayotir. Agar ogoh bölinmasa, yoşlarimizda mafkuraviy immunitetni kuçaytirişga alohida eʼtibor qaratilmasa, ular jahon miqyosida tobora kuçayib borayotgan axborot xuruji taʼsiriga tuşib qolişlari ehtimoli katta. Bu qonun yoşlarimizda yuksak intellektual-ijodiy salohiyatni tarbiyalaşga, ular qalbidagi Vatanga muhabbat tuyğusini yanada kuçaytirişga, ular salohiyatini Vatan obodligi, yurt ravnaqi va xalq farovonligi yöliga safarbar etişga xizmat qilişi jihatidan ham ahamiyatlidir.
Bundan taşqari, uşbu qonunda “Yoş oila”, “Yoş mutaxassis”, “Yoşlar tadbirkorligi” singari tuşunçalar kiritilib, navqiron avlodga katta imkoniyatlar yaratilişi belgilangani bu borada yangi yuksaliş bosqiçini boşlab berişi şubhasiz.
Mamlakatimizda muntazam ravişda tadbirkor yoşlar, yoş oilalar uçun imtiyozli kredit mablağlari ajratilayotgani, har yili alohida muvaffaqiyatlarga erişgan yuzlab yoş oilalar uçun “Kamolot” uylari qurilib, foydalanişga topşirilayotgani jamiyat hayotida faol iştirok etişlarida ularga qanot bağişlamoqda.
Ijodkor yoşlarga körsatilayotgan eʼtibor, ayniqsa, diqqatga sazovor. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi har yili yoş şoiru adiblar, navqiron adabiyotşunoslaru tarjimonlar uçun turli ijodiy körik-tanlovlar uyuştirib, ğoliblarni munosib rağbatlantirayotgani ulardagi ijodga bölgan intilişni kuçaytirmoqda. “Ijod” fondi mablağlari hisobidan yoş isteʼdodlarning kitoblari katta adadda naşr qilinib, mamlakatimiz taʼlim muassasalari kutubxonalariga tarqatilayotgani ular qobiliyatining munosib qadrlanayotganidan darak beradi.
Taʼkidlaş joizki, yoşlarimiz özlariga körsatilayotgan ğamxörlik va eʼtiborga munosib javob berişga intilib kelayotir. Ötgan yillar davomida ular ilm-fanda, sportda, sanʼatda va yana juda köp jabhalarda jahonning biror mamlakatidagi tengdoşlaridan kam emasligini, aksinça, ulardan afzalroq ekanini isbotlay oldi. Kimyo fani böyiça Mendeleyev xalqaro olimpiadasida har yili önlab yoşlarimiz oltin, kumuş va bronza medallarni qölga kiritib keladi. Ötgan yili yozida Bolgariyaning Vlagoyevgrad şahrida matematika böyiça xalqaro olimpiada ötkazildi. Özbekiston Milliy universitetining olimpiada ğolibi bölgan ikki talabasi – Hakimboy Egamberdiyev oltin, Behzod Qurbonboyev kumuş medal bilan taqdirlandi. Özbek yoşlarining intellektual darajasi neçoğlik baland ekanini dunyo yoşlariga isbotlab kelişdi.
Mamlakatimizda muntazam ötkazib kelinayotgan uç bosqiçli – “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” hamda Universiada sport musobaqalari yoşlarimizning jismonan soğlom, maʼnan yetuk bölib ösişida alohida örin tutayotir. Natijada yoşlarimiz xalqaro olimpiadalarda ona Özbekistonimiz şaʼnini munosib himoya qilib, Vatanimiz bayroğini baland kötarib kelayotirlar. Rio-2016 olimpiada musobaqalarida sportçilarimiz 4 oltin, 2 kumuş va 7 bronza medalini qölga kiritgani, ön beşinçi Paralimpia öyinlarida 8 oltin, 6 kumuş va 17 bronza medalini olib, mamlakatimiz sportining dovruğini olamga yoygani buning yorqin isbotidir.
Hazrat Alişer Navoiy mana bu fikrni aynan bugungi yoşlar uçun yozib qoldirgandek:
Moziyu mustaqbal ahvolin takallum ayla kam,
Ne uçunkim, dam bu damdir, dam bu damdir, dam bu dam.
Yaʼni ötmiş va kelajak haqida xomxayollarga berilma, yaxşisi, ayni yaşayotgan damingni qadrla, uni behuda ötkazma. Ana şundagina maqsadingga yetasan, deyaptilar buyuk mutafakkir.
Agar yoşlarimiz ana şu uluğlarimiz ögitlariga oğişmay amal qilişsa, özlariga istiqlol yaratgan imkoniyatlardan unumli foydalanişsa, ötayotgan har bir damni ğanimat bilişsa, şubhasiz, har jihatdan barkamol bölib voyaga yetadilar. Şundagina ular Vatan va millat ravnaqiga munosib xizmat qila oladilar.
Nurboy Jabborov,
filologiya fanlari doktori, professor
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


