Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli şoir Eşqobil Şukur bilan suhbat
– Çinakam şeʼrning yozilişi – öziga xos sirli, favqulodda hodisa. Törtta qofiyani juftlagan bilan şeʼr paydo bölmasligini salgina adabiy didi bor kişi, albatta, tuşunadi. Şu bois mutaxassislar şeʼr yozilmaydi, balki röy beradi, deyişadi. Xöş, şunday bölsa, u qanday röy beradi? Aytaylik, sizda…
– XX asr donişmandlaridan biri Asqad Muxtor: “Bir donişmand, men vaqtning nima ekanini tuşunaman, lekin “Vaqt nima deb sörasalar?” javob berolmayman, deganidek, men ham şeʼr nima ekanini bilaman, lekin uning qanday hodisa ekanini aniq tuşuntirib berolmayman”, degan.
Şeʼr, albatta, qalbga, ruhga xos hodisa. Demak, ruhingizda nimadir röy bermasa, şeʼr paydo bölmaydi. Avvalo ruhda nimadir röyobga çiqişi kerak.
Inson doimo öz qalbiga yöl izlaydi. Azaldan şunday bölgan. Bu göyo xudoni izlaş kabi uluğ hodisa. Öz qalbiga yöl topolgan odam xudoni ham topadi. Bu yöl turliça bölişi aniq. Aslida şeʼriyat ham insonning öz qalbiga yöl izlaşi, özini kaşf etişi bilan boğliq hodisa. Jahon mumtoz şeʼriyatini kuzatsangiz, bu jarayon turliça sodir bölganiga guvoh bölasiz.
Şarqda inson işq orqali öz qalbiga yöl izlagan. Işqi majoziy, işqi ilohiy degan tuşunçalar şundan paydo bölgan. Odam öz qalbi sari qançalik kirib boraversa, u şunçalik ulğayib boradi yoki, aksinça, qalbidan qança çekinib borsa, şunçalik maydalaşib qoladi. Şarq şeʼriyatining hamma sara gullari işq tuproğida ösgan.
Ğarbda köproq tafakkur orqali bu yölni izlaşgan. Lekin bu degani mazkur jarayonda tuyğuning iştirokini inkor etiş degani emas. Unda lider şox – tafakkurga tuyğu payvand qilingan va bu payvand jahon xazinasiga özining oltin mevalarini bergan.
Yapon şeʼriyatida bu yölni tabiat orqali izlaganlar. Ular inson qalbining tabiat bilan tutaşgan nuqtalariga urğu berganlar, ayni şu nuqtada mohiyatni körganlar. Inson öz qalbiga tabiat orqali boradi. Buni yapon mumtoz şoirlari özlarining ğaroyib haykularida isbotlaşgan.
Işq… Tafakkur… Tabiat… Bularning uçtasi ham muhim. Şu uç jihat birlaşganda jahon şeʼriyatining mumtoz timsoli köriniş beradi.
– Ijodda ilhom degan tuşunça bor. Şoirlarning aksariyati ilhom kelmasa, yozolmayman, deyişadi. Lekin “Ilhomni kutib ötiriş şart emas, kerak bölsa, uni avrab keltiriş lozim”, deydigan söz ustalari ham yöq emas. Siz qanday fikrdasiz?
– Kutib ötirsangiz, kelmaydi. Ilhom qalb mehnatini, iztirobni talab qiladi. Iztirobning iştirokisiz qilingan har qanday ijod soxtadir. Bunday ilhomning bolasi ölik tuğiladi. Ijodiy iztirob deganda zinhor kökrakni yerga berib, olti oylab dustaman tuşib yotişni tuşunmaslik kerak. Bu hol dunyoni idrok etiş, mohiyatni anglaşga bölgan intilişdir. Bu haqda avval ham yozgan edim. Buning zavqini fikrlayotgan odam yaxşi biladi. Lev Tolstoy gurunglaridan birida Çexovga aytadi-ku: “Şu damda qattiq iztirob çekkim kelayapti”, deb. Biz yuqorida qalbga yöl haqida gaplaşdik. Qayğu ham qalb eşiklarini oçadi. Lorkaning “Eng qayğuli şodlik” iborasi şunga işora bölsa kerak.
Ilhom ajoyib hodisa. Odamni balandlarga kötaradi. Mayda-çuydalardan ajratib oladi. Buni bobolarimiz hol deb ataşgan. Lekin bu holni almoyi-jalmoyi estrada şovqin-suroniga likonglayotgan kimsaning köpçigan “ilhom”i bilan soliştirib bölmaydi.
– Ijodingizga qaraydigan bölsak, çanqovuz, köpkari, ötov kabi xalqona obrazlardan unumli foydalanasiz. Bu siz tuğilib ösgan joy, muhit bilan boğliq bölsa kerak…
– Bundan uç yil muqaddam Janubiy Koreyada bölib ötgan xalqaro adabiyot simpoziumida qatnaşdim. Simpoziumda dunyoning 26 ta davlatidan borgan adiblarning hammasi “Men tuğilib ösgan qişloq” mavzusida maʼruza qilişlari kerak edi. Dastlab bu mavzu menga juda mayda, tor köringan edi. Keyin bilsam, ijodkorning bori şu ekan. Men Bobotoğ öngirlarida, Surxondaryo sohillarida katta bölganman. Bobotoğ, Oymomo desam, anjuman qatnaşçilari “Toğni bobo deyiş, oyni momo deyiş sizlarda qaçon paydo bölgan?” deyişdi va bu obrazli talqinlar adabiyotning ibtidosi ekanini aytişdi. Deylik, toğni bobo timsolida köriş yo daryoni ona timsolida, oyni momo timsolida köriş murğak yurakda şeʼriyatning ildiz otişi, Vatanni anglaşning boşlanişi emasmi? Goho meni, kun böyi kompyuterga osilib yotgan bolakay toğni bobo, oyni momo, daryoni ona sifatida qabul qila olarmikin, degan öy qiynaydi.
Men tuğilib ösgan qişloqning atrofida 60 kilometrlik kölamda qadimgi zurduştiylik, buddizm, islom bilan boğliq yodgorliklar köp. Keyinroq men bir narsani angladimki, bu tarixlar qaysidir maʼnoda mening ruhimda yaşab kelayapti ekan. Ajdod va avlod degani şunçaki gap emas, bu tuşunçada qondan qonga ötib kelayotgan tafakkur va tuyğu mujassam. Biz aziz insonlarning davomimiz.
Şuning uçun men ming yillar oldin Bolaliktepada yo Kuyovqörğonda kezganman desam, qaysidir maʼnoda bu ham rost.
Xalq qöşiqlari, afsonalar, rivoyatlar, matallar, iboralar qançalar qadrli. Çunki ularda bobolarimiz va momolarimizning ruhi va sözi bor. Şuning uçun oddiy ibora ham avliyo hassasining çetidan ungan kurtakday taassurot beradi.
– Ayrim şeʼrlaringiz ostidan baxşi bobolarning mastona ovozi kelayotganday tuyuladi. Ayniqsa, “Hoyyo-huyt, hoyyo huyt”, “Ahay-aha-hay, ahay-aha-hay…”, “Höööş-höööş… Hööş…”, “Soçala soçingiz, soçala”, “Çöjalari çölda qolgan boy bola…” singari xalqona aytimlar, ohanglar asosidagi şeʼrlaringizda folklor taʼsiri yaqqol seziladi…
– Xalq oğzaki ijodining kuçi nimada? Har qanday ğoya dastlab informatsiya şaklida aytilgan, lekin badiiy yöl bilan odamlarga singdirilgan. Biz ertaklar içida yaşaganmiz. Ertaklar, afsonalar, dostonlarda xalq özining ezgu ğoyalarini badiiy yöl bilan ifoda qilgan. Şunday qilinsa, singdiriş qulay böladi, degan. Aslida dinlarda ham şu. Osmon kitoblari – Qurʼon, Injil naqadar uluğ badiiyat bilan yöğrilgan. Xalq oğzaki ijodida biror bir obraz yo detalning majburlab tiqiştirilganini körmaysiz. Hammasi samimiy va tabiiy. Men özimni folklorimizning bilimdoni deb aytolmayman, men uning muxlisiman.
– Şeʼriyatda, ayniqsa, Şarq şeʼriyatida Oy obraziga murojaat qilmagan şoir yöq bölsa kerak. Sizning şeʼrlaringizda ham oy obraziga köp duç kelamiz. Eng qiziği, siz Oyning özi bilan çeklanmasdan, yangi iboralar ham yasaysiz. Masalan: Oyöçoğ, Oybulut, Oybotar, Oybodom va hakozo. Bu haqda özingiz ham öylab körganmisiz?
– Bundan ikki ming yil oldin ham odamlar Oyga qarab öyga tolganlar, Oyda öz qadrdoni timsolini körganlar. Bundan ikki ming yil keyin ham şunday böladi. Oy nafaqat Ona Yerimizning yöldoşi, u insonning ham mangu yöldoşidir. Oyga qarab öy surib ötirgan odamning könglida tuyğulari uyğonadi, u boşqaça bölib qoladi, muhimi, öziga yaqinlaşadi. Hatto böri ham oyga qarab uvlaydi. Nega şunday? Bunda bir sir bor. Quyoşga qaraganda bunday bölmaydi-ku. Xurşid Davron bir gurungimizda aytgandi: “Odamzot ajdodlari oldin Oyda yaşaganmikan, keyin bir sabab bilan Yerga köçib kelganmikan, deb öylab qolaman. Yöqsa, inson Oyni bunçalar yaxşi körmasdi”. Men ham bundan tört yil burun gazetaga bu haqda şunday yozgandim” Qaysidir zamonlarda Oyni kimdir birinçi bölib “Oymomo” deb aytgan. Ana şu odam haqiqiy şoir!”. Hamma gap şunda! Qanday yaxşi obraz bu! Şu obraz sabab odamlar Oyni tirik bir timsolda köradigan bölganlar va asrlar mobaynida unga sirlarini aytib kelganlar. Hatto tili çiqayotgan gödaklar köp sözlardan oldin “oymomo”ni aytadilar. Bu obrazning neça ming yillik yölni yurib kelayotganini tasavvvur qilib köring. Qarangki, şunda ham u qarib qolmagan.
– Har bitta şeʼr, avvalo, şoirning öziga, içki “men”iga qaratilgan xitobi, deyiş mumkin. Şu boismi, ismingiz qayd etilgan şeʼrlaringiz ham talaygina. “Ö, yana öşami… Öşa… Eşqobil”; “Quşdan ildiz oldim, qanotni guldan – Eşqobil emasman endi men…”; “Qaytingiz, qarğalgan gumroh ayollar – Eşqobil yerda yöq…”; “Bu keça bağrida yolğiz qolişgan – Muhabbati bilan Eşqobil Şukur”; “Çe Gevara qaytdi, Robin Gud qaytdi – Eşqobil qaytmadi hamon uruşdan…” – bular şeʼrlaringizdan keltirilgan ayrim misollar. Şoir özini, öz ismini yaxşi körgani uçungina şeʼrga kiritmaydi, albatta. Töğrimi?
– Maktabni bitirib, universitetda öqib yurgan kezlarimizda Dörmonda bölgan yoş ijodkorlar seminarida qatnaşganman. Öşanda 19 yoşda edim. Şunda baʼzi adabiyotşunoslar siz ismingizni özgartirib, taxallus bilan yozsangiz bölar ekan, ismingiz adabiy doiralarga mos emas, deyişgan. Lekin men ismimni özgartirmadim. Ota-onam şu ismni maʼqul körişgan ekan, otadan özib, enadan tözib nima qilaman, dedim. Siz keltirgan misralarga ismimni yaxşi körganimdan kiritgan emasman. Öz-özini taftiş qiliş, tahlil qiliş jarayonlarida şunday bölgan bölsa kerak. Ijodkor özi bilan özi köproq yolğiz qolişi kerak. U avvalo özini örganişi, özini taftiş qilib turişi şart. Rauf aka yozgan-ku: “Öyçan keça tun içra tanho, Rauf Parfi qoldik ikkovlon…”
– Adabiyotşunoslarning maqolalarida, tahlillarida köpinça sizning ismingiz Abduvali Qutbiddin, Aziz Said kabi şoirlarning ismi-şarifi bilan birga sanaladi. Bunga, çamamda, özlaringiz ham könikib ketgan bölsangiz kerak. Xöş, bu uç şoir ijodidagi umumiylik nimalarda körinadi-yu, har birining öziga xos qiyofasini qaysi jihatlar belgilaydi?
– Biz birga katta bölganmiz. Yoşligimiz birga ötgan. Talabalar şaharçasida hayqirib şeʼr öqib yurgan kezlarimizni hozir ham soğinib eslayman. Şeʼrdan boşqa gurungimiz ham, taşvişimiz ham yöq edi. Bu uç şoir ijodidagi umumiylik haqida gapirsam, biz bitta avlod vakillarimiz. Bizni ozodlik ğoyalari birlaştirgan. Ötgan asrning 80-yillarida Mirzo Kenjabek bizga bağişlab “Avlod” degan şeʼr yozgan edi. “Şukr, siz keldingiz, ğam yöq kamimdan”, deb boşlanadigan bu şeʼrda şunday satrlar bor:
Boqsam,
Sözingizda ruh öyinlari,
Iymon rang körguzar yangilik bilan.
Ölim-la dovlaşar qalb quyunlari,
Ajal öynaşadi mangulik bilan.
Kuraş bizdan bölsa,
Umid – xudoydan!
Kunçiqar yurtini köringiz ozod,
Ey, salaf ovozi yetmagan joydan
Vatan turkusini boşlagan avlod!
Öziga xos jihatlar haqida gapiradigan bölsam, Abduvali haqiqiy maʼnodagi original şoir, u tasavvuf şeʼriyati bilan zamonaviy şeʼriyatni sintez qilib, şeʼriyatimizga yangi yönaliş olib kirdi. Tasavvuf uning qonida bor. Aziz şeʼrlarida öziga xos obrazlar, ğaroyib metaforalar tölqini bilan kirib keldi. Uning şeʼrlari öquvçidan jiddiy intellektual tayyorgarlikni talab etadi. Men xalq oğzaki ijodini tayanç tutdim.
– Şeʼriyat tarixida simvolizim, futurizm, imajinizm, akmaizim va hakozo …izmlar özaro “taxt” talaşgani bizga maʼlum. Bugun, mana, modernizm, postmodernizm haqida gap bölyapti. Umuman, bunaqa “…izm”larga moyil va befarq bölgan ijodkorlar hamma davrda bölgan. Siz öz ijodingizga çetdan qararkansiz, yozganlaringiz köproq qaysi “…izm”ga xos deb öylaysiz?
– Men bu “izm”lar haqida öylab ham körmaganman. Men uçun muhimi – “Insonizm” degan oqim. Adabiyot inson tuyğularini örganadi va ularni tasvirlaydi. Bir narsa aniq, insonning tuyğulari bilan hazillaşib bölmaydi, çunki ular odamni xudo bilan boğlaydi. “Çin yurakdan” degan iborani “rost tuyğular bilan” desa ham böladi. Töğri, yuqorida siz sanab ötgan “izm”larga taalluqli bölgan zör şoirlar bor. Lekin men “izm”larni emas, şoir va şeʼrni körişni istayman. Tagor aytgan: “Men şunday möjizamanki, har kuni bu möjizaga qarab hayratlanaman”. Mana bu boşqa gap! Adabiyot bu möjizaning mohiyatini anglaşga xizmat qilib keladi.
– Şeʼr, undagi obraz köp qirrali olmosga öxşaydi. Har bir tovlanişida u yangi jilosini namoyon qiladi. Bitta şeʼrni önta odam ön xil tuşunişining sababi ham şunda. Şunday bölsa ham, baʼzi misralarni öqirkanmiz, muallifning izohini eşitgimiz keladi. Masalan, sizning “Qadimgi bitiktoşlarga yozuvlar” turkumingizdagi törtinçi şeʼr “Bitiktoşlar homilasi” deb ataladi va unda “Oğiroyoq toşlarning homilasi – şoirlar…” degan misra bor. Balki, bu misrani tuşuntirib bering, deyişimiz noörindir, lekin şunday bölsa ham, izoh bersangiz mamnun bölardik…
– Şeʼrni tuşuntiriş qiyin. Şuning uçun ham, şeʼrni tuşuntiriş uni öldiriş bilan barobar, degan gap bor. Şeʼr his etiladi. Şeʼr fikrdan ham avval tuyğu bilan anglanadi. Uning eng muhim siri ham şunda. Deylik, hozir bir atirgulga qarab turibsiz, uni qanday tuşuntiriş mumkin. Atirgulning gözalligi his etiladi. “Oğiroyoq toşlarning homilasi – şoirlar” misrasiga kelsak, şoirlar qaysidir maʼnoda mingyilliklar farzandi, ular öz ruhlarida mingyilliklar ruhini va ovozini jamlaydilar.
Şeʼrda obraz juda muhim. Töğri aytdingiz, obraz köp qirrali olmosga öxşaydi. Har kim har xil qirrasini köradi. Gyotening maşhur gapi bor: Ayolni birinçi marta gulga öxşatgan şoir haqiqiy şoirdir, ikkinçi marta gulga öxşatgani esa oddiy mahmadanadir.
– “Şeʼriyatda ijtimoiylik” degan masalada turli qaraşlar bor. Ayrimlar: “Şeʼr – köngil işi, unga ijtimoy masalalarni yuklaş notöğri”, desa, boşqa birovlar: “Şoir öz davrining farzandi, şunday ekan, uning ijodida ijtimoiy masalalar albatta badiiy talqin etilişi şart”, deyişadi. Bu haqda siz nima deysiz?
– Azalda Xudo bilan Şayton örtasida inson qalbi uçun qanday kuraş ketgan bölsa, hozirda inson qalbi uçun mafkuralar örtasida undan ham qattiqroq uruşlar ketayapti. Bir paytlar yangragan “Şarqni egalla” (“Vladivostok”), “Dunyoni egalla” (“Vladimir”) kabi çaqiriqlar endi “Insonni egalla” şaklida paydo böldi. Buning uçun dunyodagi ahli fitnalar nimalar qilişmayapti. Töğri, şeʼr “köngil işi”, lekin şoir har qanday ijtimoiy hodisaga köngil bilan yondaşadi, könglining işi deb qaraydi. Menimça, köngil ham ruhoniy, ham ijtimoiy hodisa. Insonga qarşi, vijdonga qarşi har qanday fitnaga şoir könglining javobi muqarrar bölişi kerak.
Har bir odamning içida xudoning vakili bor. Ana şu vakil odamni xavf-xatarlardan, fitnalardan ogoh etadi, saqlaydi ham. Haqiqiy adabiyot bizni ana şu vakil sari yaqinlaştiradi, u bilan suhbat va muloqotga örgatadi. Gap şundaki, har birimiz xudodan nimani xohlayotganimizni aytib, har kuni unga yuz martalab tavallo qilamiz, lekin Uning bizdan nimani xohlayotgani haqida öylab körmaymiz. Odam uçun eng zavqli maşğulot öz qalbini tozalab borişdir. Şuning uçun ham, “Sönggi puşaymon – özingga duşman” degan iborani nisbiy maʼnoda tuşuniş kerak. Masalaning ikkinçi jihati ham bor: puşaymonlik hissi qalbni davolaydi. Puşaymonlik – vijdondan belgidir.
– Sönggi yillarda sizning ona tilimiz sandiğidan olingan betakror iboralar, sözlarning ildizini aniqlaş, asl va köçma maʼnolarini qiyoslaş borasida qilayotgan işlaringizdan voqifmiz. Bu katta izlanişni talab etadigan, zahmatli iş. Izlanişlaringiz samarasi adabiy jamoatçilikka maʼlum. Lekin bizni boşqa narsa qiziqtiradi: til sohasidagi bu izlanişlar şoir Eşqobil Şukurga nima berdi?
– Yillarni yaşab ötganing sayin bir narsaga amin bölar ekansan. Ona Tilingning qançalar aziz va muqaddas ekanini anglab borar ekansan. Umr böyi u sen bilan birga, fikrlaringda, tuyğularingda, mehru muhabbatingda, xullas, seni odam sifatida tutib turgan hamma ustunlarga tayanç ekanini ilğar ekansan. Qölingdan kelsa, şu aziz ona uçun nimadir qilişing kerak.
Olamni hijjalab örgatgan sensan,
Dillarga tuyğular olib kirgan Sen.
Butun bir millatning manglayin silab,
Mangu Ona kabi kulib turgan Sen.
Osmonlar, olamlar, toşlar, giyohlar…
Neki bor azal va abad yölida.
Neki bor söylagan menga, muqarrar,
Sirlarini faqat özbek tilida…
Nodir Jonuzoq
suhbatlaşdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


