Suvni kesib, nurni parçalab bölmaganidek, asl şeʼrlarni ham satrma-satr tahlilga tortiş ğoyat muşkul. Şeʼr bus-butun, dastalangan tarzda sanʼatkor ijodining takomil bosqiçlari, estetik prinsiplarining şakllaniş asnolari töğrisida yaxlit taassurot qoldiradi. Erkin Vohidov ön olti yoşida yozgan “Manzara” şeʼridayoq öz şaxsiyatini, ijodiy “men”ini namoyon eta olgandi. Şundan söng salkam yetmiş yil oq qoğozga könglini tökib, şeʼrlari, dostonlari, sahna asarlari, maqolalari, tarjimalari bilan olam va odam töğrisidagi öz bilmişlarini bizga ravo körib keldi. Ongu şuurimizni yangi tasavvur va tuşunçalar, falsafiy öy-mulohazalar bilan boyitdi. Köngillarga tuyğu-keçinmalarning yangi-yangi talqinlarini olib kirdi. Badiiy psixologizmning yangi tölqinlarini, epkinlarini vujudga keltirdi.
Har bir şeʼrida kutilmagan tarzda, özgaça bir qiyofada közga taşlaniş şoirni öquvçilarning doimiy ixlos-eʼtiboriga noil etadi. Mehr-muhabbatini oşiradi. Bu, albatta, şoir ijodiy tajribasining ortişi, hayotni, voqea-hodisalarni, inson sir-sinoatlarini körişda, kuzatişda, aks ettirişda poetik nigohining ötkirlaşişi natijasidir. Maʼnaviy-intellektual saviyasining yuksalişi, badiiy mahoratining takomillaşib borişi evaziga yuz körsatadigan hosiladir. Erkin Vohidovning ilk “Tong nafasi” majmuasidan jild-jild saylanmalarigaça asarlari originalligi, kutilmagan obrazlar asosiga qurilganligi bilan öquvçilar hayratiga, tahsiniga sazovor bölib kelgan. Bular şoirning ijodiy baloğat bosqiçlari, ösiş-yuksaliş pillapoyalari töğrisida tiniq tasavvur beradi.
Taʼkidlaş joizki, şoirning poetik obrazlar tizimida tuşunça va holatlarni, kayfiyat va keçinmalarni, voqea-hodisalar mağzi-mohiyatini quyuq obrazlar vositasida ifodalaş – metaforalilik yetakçilik qiladi. Zero, bu jihat şoir lirik qahramonining köp qirrali tuyğulari va keçinmalar dunyosini, şoir şeʼriyatidagi hissiyotga boy falsafiy muşohadakorlikni, teran fikrlarning hissiy tiniqligini, böyoqdorligini asoslaydi.
Hislar va tuyğular – çuqur lirizm bilan yöğrilgan metaforalar ortidan psixologik holat va kayfiyat manzaralari (“Manzara”, “Daryo oqşomi”, “Yelkan”), ehtirosli monologlar (“Iltijo”, “Vafo”, “Özbekiston”), sevgi-muhabbat iztiroblari, quvonçlari, dardlari (“Ayriliş”, “Kimni etmas bu köngil şaydo”, “Ön sakkizga kirmagan kim bor”, “Firoq haqida”), insoniy gözallik, maʼnaviy barkamollik (“Gözallik”, “Olimlarning rafiqalariga”, “Vafo”), ötgan kunlardan şunçaki şukronalik emas, yaxşilikda, ezgulikda keçgan samarali umr naşidasi (“Kun ötganda”, “Inson va fursat”, “Boş tebratar soat kafgiri”, “Fursat – oltin…”) böy tortadi. Şoir bunday kezlarda qalbiga olamni joylagisi, jo-bajo etgisi keladi. “Bolalarni şaytonlardan qörqitmangiz” deya nomlangan falsafiy didaktika bilan suğorilgan sheʼridan tortib, tezkor asrimiz şiddatida “fazoda çarx urgan Yerning surʼatin”i ilğaşga, uning mazmunini satrlar bağriga joylaşga, “yuraklarga bergan yuki”ni darj etişga intiladi. Bunday kezlarda şoir “öz qalbiga şafqat bilmaydi”. Moddiylaşgan insoniy dard, taşviş, quvonç bilan yöğrilgan lirik-falsafiy şeʼrlar tajassum topmagunça, yuragini anor singari ezadi.
Şeʼriyat faqat hislarimizni jöştirib, tuyğularimizni boyitib, ötkirlaştirib, olmos qirralari misoli jilolantiribgina qolmay, fikr-tafakkurimizga kuç, quvvat bağişlaydi; yaʼni badiiy-estetik jihatdan tarbiyalaydi, ong-saviyamizni yuksaltiradi. Dunyoqaraşimizni kengaytiradi, estetik didimizni östiradi. Şu maʼnoda şeʼriyat – didlar, dunyoqaraşlar va maslaklar dunyosidir, deging keladi.
Erkin Vohidov şeʼriyati öquvçida gözallikni his etiş tuyğusini çarxlaydi; xunuklikning turiş-turmuşimizdagi qusurlarini, qora böyoqlarini inkor etişda gözallik badiiy pafos darajasiga kötariladi.
…Borliq şunçalar gözal,
Yaşaş şunçalar şirin.
Bu çamandan heç ketmay
Mangu qolgim keladi.
Çeçaklar taʼzim qilsa,
Qölga olib har birin
Töyib-töyib boqqim-u,
Kuyga solgim keladi.
Köz oçib nur qöynida
Kördim yoruğ dunyoni,
Bu olamda neki bor,
Bari tortar havasim;
Lolalar qahqahasi,
Çeçaklarning handasi,
Ğunçalar yuzidagi
Sal uyatçan tabassum…
Tabiat gözalligini, tiriklik nashʼu namosini, insonning köngil javhari – odamiylikni, maʼnaviy-intellektual körkini kuylaş, uluğlaş orqali hayot gözalliklarini tasdiqlaş şoirning boş estetik prinsipini belgilaydi. Yuqorida parçasi keltirilgan “Bir tomçi quyoş öynar” şeʼri uşbu xususiyatlarni yorqin namoyon etgan programm asardir.
Aytiş mumkinki, ötgan asrning 60-yillari oxirida şakllana boşlagan mazkur tamoyil şoirning ilk ijod davri, xususan, 50-yillar şeʼrlarida detallar tarzida mavjud edi. Uşbu jarayonni kuzatişda şoir poeziyasidagi obrazli tafakkur (metaforalar) bizga yaqindan kömakka keladi. 1950-yillar örtalaridagi şeʼrlarida köp qöllaydigan tasviriy vosita, usullardan metafora, yaʼni öxşatiş zimmasiga qöşimça estetik vazifa yuklangan obrazlilik ustunlik qilardi. Garçand minglab öquvçilar mehrini qozongan bu xildagi şeʼrlarda metaforalar bir planli, aytiş mumkinki, bir tusli bölib qolgan edi.
Garçi şunça mağrur tursa ham,
Piyolaga egilar çoynak.
Şunday ekan, manmanlik neçun,
Kibru havo nimaga kerak?
Kamtarin böl, hatto bir qadam
Ötma ğurur ostonasidan.
Piyolani inson şuning-çun
Öpar doim peşonasidan.
Mazkur “Kamtarlik haqida” şeʼri 1956-yili yozilgan. Ayni şu davrda yaratilgan “Pölat”, “Fursat – oltin…”, “Çumoli”, “Gözallik”, “Yöq, halovat istamayman” singari qator şeʼrlarida inson tirikligi, umrning mazmuni, yaşaş falsafasi ğoyat rangin maʼno qirralari bilan jilolanadi.
“Kamtarlik haqida” şeʼrida inson feʼli-faoliyatidagi manmanlik, kalondimoğlik belgilari qoralanadi. Kamtarlik, olijanoblik fazilatlari insonni komillikka yetaklaydi, degan maʼno ustuvor. Çoynak bilan piyola badiiy detallari esa ana şu boş ğoyani obrazli ifodalaşga xizmat qilayotir. Badiiy fikr umumlaşmasi öquvçini öylaşga, öz umrining keçiş tarzidan, ötayotgan damlardan muayyan xulosa çiqarişga undaydi. Şeʼrdan közlangan ibratli maʼnoni lirik qahramonning özi aytayapti, öquvçining ixtiyoriga qoldirilayotgani yöq.
Inson umri – bamisoli oqar suv. Erkin Vohidovning 1960-yillar boşidagi izlanişlarida oqib ötguvçi va ana şu oniy lahzalarda odamlarning bahri-dilini oçguvçi, bir umr yodda saqlanib qolguvçi damlarning hikmatini öqiş, uqiş va satrlar bağriga singdiriş yetakçi xususiyatlardan biridir. Bu borada keçinmali holatlar, kayfiyatlar, manzaralar ifodasi orqali boş ğoyani oçişga muvaffaq bölinadi.
Tiriklik – insonga berilgan benazir imkoniyat. Undan qay tarzda foydalaniş har kimning sajiyasiga, maʼnaviy-aqliy saviyasiga boğliq. Bu narsa vaqt va tarix deb atalmiş buyuk sinov oldidagi insoniy burçini ado etiş masʼuliyati hamdir. Burç va masʼuliyat hissi insonning maʼnan komilligini namoyon etuvçi xususiyatlardan biri. Şoir pand-nasihat yoki daʼvat orqali emas, obrazli holatlar tasviri vositasida öquvçini fikrlaşga undaydi. Ibratli xulosalar çiqarişi uçun asos yaratadi.
“Pölat” şeʼrida badiiy maʼno özgaça talqinda tajassum topadi.
Pölat dastavval oybolta böldi;
Söng zambarak bölib quyildi.
Qiliç ham u, miltiq va nagan.
U bomba ham bölib portlagan”.
Lekin olgan jahonni faqat
Pero bölib quyilgaç pölat.
Inson aqli-tafakkuri çeksiz qudratga, hadsiz imkoniyatlarga ega. Oyboltani yasay olgan, zambarakni, bombalarni kaşf etgan ham inson. Oddiygina pero ham inson tafakkurining möjizasi. Demak, uruş-janjallar, qirğin-barotlar yöli bilan emas, tinçlik hamjihatlikda yaşab ham inson olam sir-sinoatlarini anglab yetişi, özlaştirişi mumkin ekan. Şoirning oddiygina pölatni badiiy obrazga aylantirişidan, unga ramziy maʼnolar yuklaşidan biz şu taxlit ibratli fikr öqiymiz.
Köramizki, Erkin Vohidov ilk izlanişlaridayoq olamni, odamni köriş, anglaş hamda anglatişidagi öziga xos ifoda usullari orqali öz şeʼriyatini yaratdi. Lirik miniatyuralaridagi (törtlik, sakkizlik, oltilik, ruboiy) falsafiy muşohadakorlik köproq psixologik holatlar, kayfiyatlar hamda öyçan manzaralar orqali zuhur etdi (“Gözallik”, “Oydin keça…”, “Surat”, “Manzara” va hokazo).
1970-yillarga kelganda faqat metaforalargina emas, şoir şeʼrlarining obrazlar qurilişi, hissiy-emotsional asosi ham kengaydi. Tuyğular tabiati yanada taranglik, keskinlik kasb etdi. His-tuyğular junbuşi yanada teranlaşdi, musiqiylik ortdi (tabiat ranglari tasviridan ajib musiqiy sado oqadi); inson ruhiy dunyosidagi murakkab jarayonlarning psixologik tahlili kuçaydi.
Erkin Vohidovning ilk ijodiy uslubida namoyon bölgan keçinmali öyçanlik yoxud fikrçan psixologizm şoir lirikasining janrlar tabiatini kengaytirib yubordi. Bu narsa, birinçidan, xilma-xil janrlarda (qasida, ballada, elegiya, şeʼriy ertak, ğazal, muxammas, ruboiy, törtlik, sonet va hokazo) hamda poetik şakllarda (oltilik, sakkizlik, lirik lavha, uçlik, ikkilik singari) inkişof topgan bölsa, ikkinçidan, lirikaning muayyan janrlari (qasida, ğazal, ballada) tarkibida zuhur etgan sifat özgarişlaridir.
Şoirning lirik miniatyuralarida kuzatilgan sifat özgarişlarini alohida taʼkidlaş joiz. Bu keçinma va badiiy fikrning namoyon böliş şakllari, xususan, holat, kayfiyat va manzaralarga lirik qahramonning munosabati masalasidadir. Şoirning ilk izlanişlarida ana şu munosabatning hayrat va eʼtirof şakli yaqqol körindi. XX asr oxiri – XXI asr boşlari lirikasida esa tasdiq, inkor, iqror singari munosabat ifodasini seziş mumkin. Xususan, bu jihatlar şoir lirikasining janrlar sistemasini latifa, ertak, rivoyat, naql, ruboiy kabilar hisobiga boyitib, kengaytirib yubordi. “Tirik sayyoralar”, “Donişqişloq latifalari”, “Yaxşidir aççiq haqiqat”, “Qumursqalar jangi” singari turkumlari misolida kuzatadigan bölsak, şoir şeʼriyati keyingi yillarda ijtimoiy-falsafiy tahlil hisobiga yanada teranlik, kölamdorlik kasb etdi.
Fazolarning qay burçagiga
Fikri bilan yetadir inson.
Ammo ne bor öz yuragida,
Bilmay ötib ketadir inson.
U yaşaydi tilsimlar aro,
Har kaşfiyot yangi marradir.
Uning özi sirli bir dunyo,
Dunyo esa faqat zarradir.
Erkin Vohidov ijodida köngil közgusida aks etgan ijtimoiy voqelik, borliq öz mohiyati, falsafasi, ruhiyati bilan yaşaydi. Bu hol şoir şeʼrlarining aksariyati syujetli bölişini taqozo qilgan. Hayotbaxş didaktika davr ruhini idrok etgan holda umrni ezgulikka bağişlaş, gözalliklar yaratiş fikrini ilgari suradi. Köngil maʼrifati, dil erkinligi ğoyalari şoirning keyingi yillar ijodida özak mağzni taşkil etadi.
Butun hayoti va ijodini millatning maʼnaviy-axloqiy, intellektual xislat-fazilatlarini uluğlaşga, başariy qadriyatlarni tarannum etişga, tasdiqlaşga bağişlagan Erkin Vohidov şeʼriyati madaniy hayotimizda gözallik hodisasi bölib qolajak. Zotan, maʼnaviy-intellektual kamolotga xizmat qilgan gözallikning umri uzoq bölgusi.
Nömon RAHIMJONOV,
filologiya fanlari doktori, professor
1945-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan.
“Davr va özbek lirikasi”, “Şoir va davr”, “XX asr özbek poemasining taraqqiyot jarayoni”, “Asqad Muxtor poetikasi”, “Mustaqillik davri özbek şeʼriyati”, “Badiiy asar biografiyasi”, “Istiqlol va bugungi adabiyot” monografiyalari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


