Uni taqdir şamoli ona yurtidan uçirib kelib, ota Turkiston tuproqlariga qadagan. Maqsud Şayxzoda 1908-yili 25 oktyabrda Ozarbayjonning Oqdoş şahrida tavallud topdi. Hayotining asosiy qismini esa Özbekistonda yaşadi. Özbekning öz öğloniga aylandi.
Ğoyatda kamtar, çuqur bilimdon, çin ziyoli inson Maqsud Şayxzoda özini özbek xalqining asl farzandi deb bildi va elimizning baxt-saodati uçun fidoyilarça mehnat qildi. Bir şeʼrida “köçat köçirib keltirilgan tuproq – uning vatanidir” deb yozgandi. Şoir şu yurt bergan tuzni samarali ijodi bilan oqladi.
Şayxzodaning jöşqin şeʼrlari, şekspirona ruh bilan suğorilgan dramalari, teran fikrlar va nozik kuzatişlarga boy ilmiy-tanqidiy asarlari, kuyunçak publitsistikasi, yuksak did bilan amalga oşirilgan tarjimalari heç qaçon qimmatini yöqotmaydi.



“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


