1 daqiqada öqiladi

170 marta körilgan

“Seni yaxşi köramiz, Özbekiston!”

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Uyuşma tavsiyasi bilan çop etilgan “Seni yaxşi köramiz, Özbekiston!” töplamining taqdimoti bölib ötdi. Taqdimotni Özbekiston xalq yozuvçisi, Uyuşma raisi Muhammad Ali olib bordi.

Uyuşma rahbari öz mulohazalarini bildirar ekan, kitobni “Yoş ijodkorlarning Vatanga heç bir iddaosiz mehr-muhabbati jam bölgan töplam”, deb baholadi. Çindan ham “Osmonim tinç, parvozga şayman”, “Vatan içra möjaz vatan”, “Quyoşli yurt odamlari”, “Yurgan daryo” kabi bölimlardan tarkib topgan töplamda samimiy yozilgan maqolalar jam bölgan, deb bemalol aytiş mukin.

Taqdimotda sözga çiqqan Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo, taniqli munaqqidlar Suvon Meli va Adhambek Alimbekov, “Yoşlik” jurnali boş muharriri Nodir Jonuzoq uşbu töplam yurtimizda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, yurtdoşlarimizning asrlar davomida barça millat vakillariga örnak böla oladigan fazilatlari, xalqimiz boşidan ötgan oğir va sinovli davrlar, bugungi tinç va osoyişta kunlarning qadr-qimmati haqida yoş ijodkorlarning qaraşlari töplanganini aytib ötdilar.

Taqdimotda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, “Birinçi kitobim” mualliflari, “Yoşlik” klubi aʼzolari hamda ijodkor talabalar qatnaşdi.

“Seni yaxşi köramiz, Özbekiston!”

“Seni yaxşi köramiz, Özbekiston!”

“Seni yaxşi köramiz, Özbekiston!”

“Seni yaxşi köramiz, Özbekiston!”

“Seni yaxşi köramiz, Özbekiston!”

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (36)