Asqad Muxtor intellekti baland, dunyoqaraşi keng şoir, yozuvçi, tarjimon va muharrir. Umrini milliy adabiyotimiz va madaniyatimizning ravnaqiga, jahon adabiyoti durdonalarini özbek xalqiga yetkazişga bağişlagan atoqli adib va jamoat arbobidir.
Atoqli adib qariyb oltmiş yillik ijodiy faoliyati davomida adabiyotimiz xazinasini boyitgan, yuksak badiiyatli asarlari bilan kitobxonlar qalbidan mustahkam joy egallagan.
Asqad Muxtorning öziga xos salmoqli nasri, betakror şeʼriyati qator xorijiy mamlakatlarda ham adabiyot muxlislari köngliga kirib borgan, desak, aslo mubolağa bölmaydi.
Adibning adabiyotimiz va umuman milliy madaniyatimiz ravnaqi yölidagi ulkan xizmatlari munosib taqdirlangan. Asqad Muxtor – Özbekiston xalq yozuvçisi, Davlat mukofoti laureati, “Döstlik” ordeni sohibidir.



“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


