2 daqiqada öqiladi

449 marta körilgan

Adiblar bir kuni

Adiblar bir kuni

Yaqinda “Şarq” naşriyotida taniqli yozuvçi Şodmon Otabekning “Dörmon hangomalari” töplamining töldirilgan naşri bosmadan çiqdi. Kitobni öqirkanmiz, ijodkorlar nafaqat adabiy uslublari bilan, balki öziga xos feʼl-atvori, hozirjavobligi bilan ham ajralib turişini köramiz. Hangomalarni öqib, yuzimizga tabassum yuguradi.

Quyida uşbu kitobga kirmagan ayrim yangi hangomalarni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Ustozga ehtirom

Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo yoşlik davrida bir kuni poytaxtga kelib, şeʼrlarini tahririyatlarga tarqatgaç, şaharni aylanib tomoşa qiladi, Beşyoğoçdagi Ğafur Ğulom uy muzeyiga boradi, keyin hozirgi Milliy teatrga yöl oladi. Sörab suriştirsa, spektakl keçqurun bölarkan, u esa Farğonaga qaytib ketişi kerak edi. Ikkilanib turganida şundoqqina yonginasiga oq moşina kelib töxtab, undan hamma şeʼrlarini yod bilgan, ösmirlik paytidan katta ixlos qöygan maşhur şoir Erkin Vohidov tuşib keladi. Havaskor şoir közlariga işonmay angrayib qoladi. Yoniga yaqinlaşib, dastxat söraşga, tanişib olişga botinolmaydi. Qişloğiga borib Erkin akani kördim desa, heç kim işonmasligini alam bilan öylaydi.

Oradan köp yillar ötgaç, Iqbol öşa ilk uçraşuvni ustozga aytadi. Şunda Erkin aka öziga xos bir mutoyiba bilan hazil qiladi:

– Şart borib, yengimdan tutib, menga qarang, men Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzoman desangiz, quçoq oçib körişardim.

Şogird ham ustozga munosib javob beradi:

– Yengingizdan tutardim-u, ammo qölim band edi, avvalroq etagingizdan tutgandim.

“Xotin olib bering”

Taniqli şoir va tarjimon Mirpölat Mirzo “Jahon adabiyoti” jurnalini ança vaqt boşqargaç, pensiyaga çiqib, özining “kamtarona” eʼtirofiça, uyida “jahon adabiyotini endi özi yaratib” yurgan kezlar edi. Kunlarning birida “Özbekiston” naşriyotining direktor örinbosari, taniqli yozuvçi Aşurali Jörayev şoirni huzuriga çorlab, şunday taklif qiladi:

– Mirpölat aka! Sizning köp yillik noşirlik tajribangiz bor. Sizni şartnoma asosida işga olsak nima deysiz?

– Qanday bölarkin?

– Yaxşi böladi.

– Unda bir-ikkita şartim, yöq, iltimosim bor.

– Xöp, ayting.

– Menga matn yoziş uçun alohida kompyuterçi ajratasiz.

– Xöp.

– Vyorstkaçi ham kerak.

Şunda Aşurali şoirga ajablanib qaraydi.

– Bu ketişda, balki, xotin olib bering, ham dersiz?!

Ikkita bölgani yaxşi, ammo…

Özbekiston xalq yozuvçisi Tohir Malik tobi qoçib, şifoxonaga tuşadi. Jarrohlik amaliyotidan keyin arang xuşiga keladi.

– Endi közingizni oçing! – deydi vraç. Bemor közini oçadi.

– Boşingiz aylanyaptimi? – deb söraydi vraç.

– Şunaqaga öxşaydi… tepamda turgan xotinim ikkita bölib körinyapti.

– Xotin ikkita bölsa yaxşi-ku! – vraç hazil qiladi.

Gapirişga ham majoli qolmagan hazilkaş adib bu gapni javobsiz qoldirmaydi:

– Ikkita bölgani yaxşi-ku, ammo ikkalasi bitta xotin-da…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (16)