Yangi ulovli böldim. Oppoqqina “Lasetti”mni katta köça betida töxtatib, dökonga kirib çiqsam, ançadan beri körişmagan tört-beş jöralarim peşvoz çiqib qoldi. Soğinişib qolgan ekanmiz, gapimiz heç tugamadi. Ularga:
– Hoy oğaynilar, köçada turaveramizmi? Bahona bölsa bor, mana “yangi toyçoq”, yuvamiz. Suhbatni çoyxonada davom ettirsak bölmaydimi? – dedim.
– Şunday demaysanmi? Şu yangi maşina senikimi? Menikining turişini qara. “Neksiya”yam maşinami?! – darrov dardi hol qilib qoldi Zafar. Men mağrurlanib qöydim. Axir “oting zör” desa, har qanday çavandoz quvonadi.
– Maşoyixlar qöşnining tovuği ğoz körinadi degan. Qöy, şu gaplarni, seniyam maşinang yaxşi. Yur, undan köra, oşxonaga kiraylik. Mingta siz-bizdan, bitta jiz-biz yaxşi, – har doimgi donoligini işga soldi Jasur. – Uning ustiga bahonamiz tayyor. Ketdik, oğaynilar! Armonda qolma!
Jöralarga bu maʼqul böldi. Şu atrofdagi oşxonaga kirib, taom buyurdik.
– “Oqçoy”ning yaxşisidan bormi? – dedi bir örtoğimiz ofitsiantni töxtatib.
– Qöysang-çi şuni, hammamiz “rul”da bölsak, – dedi Qudrat norozi ohangda.
– Nega qöyarkanmiz, olib keling öşaning yaxşisidan, “toyçoq”ni yuvmasak bölmaydi, – dedi boşqalari jör bölib.
Ovqat keldi, keyin içkilik keldi, neçta keldi, sanamay qöydik. Xullasi, maşinaning aytilmagan-u, eslanmagan joyi qolmadi.
Bir zamonlar turdik, köçada ham bir soat xayrlaşdig-ov. Hamma öz yöliga ketdi. Maşinaga ötirdim, “Boş joyida, demak, maşina haydasak böladi”, – sarxuşlanib öyladim men. Maşinada biroz yurgan ham edim, dard ustiga çipqonday gala “GAI”lar reyd qilib turgan ekan, şartta töxtatişdi:
– Leytenant Avvalboyev. Içganmisiz? – dedi ulardan biri “olatayoğ”ini sehrlidek silkitib. “Yöq” degandek boş çayqadim. “Puflang-çi!”, u yuzimga qölini közaça qildi, pufladim.
– Uf-fu, – qölini siltab bir nimalarni haydadi u yuzidan. – Çökib ketibsiz-ku. Toçno “01”. Iya, maşina ham yap-yangi ekan-a. Uvol-a. Qani ketdik narkologiyaga.
– Nega? Nima uçun? Iltimos, şu maşinani “yuvgandik”, jöralar qöymadi-da.
– Qança içganingizni aniqlaymiz. Rasmiyatçilik uçun, tuşing maşinadan, narigi tomondan ötiring, – dedi Avvalboyev ovi öngidan kelgan ovçiday xursand bölib.
U joyimga, men esa tentirab-tentirab uning yoniga ötirdim.
Bunaqa paytda “GAI”lar çaqqon bölib ketarkan, birpasda “ğiz” etib, narkologiya dispenseriga olib bordi. Yetaklaşib kirdik. Qabul bölimida oq xalatli şifokor qoğoz titkilab ötirardi.
– Botir aka, bu kişi içgan ekan, rasmiylaştiriş kerak, – dedi Avvalboyev uning yoniga ötirarkan. Şifokor menga bir öqrayib qaradi. “Bu işlar köp çöziladi, şekilli” deb öyladim. Yonimdagi böş örindiqqa çökdim.
– Ötirma, hoy, mol, moldan ham battarsan, stulni rasvo qilasan, – vajohat bilan öşqirib berdi şifokor.
– Kimni mol deyapsiz? Muomalangizni töğrilang, – unga tanbeh berdim turayotib.
– Nima? – şifokor burgadek sapçib tuşdi. – Vey, moldek bökib içgansan, yana aql örgatasan.
Indamadim. Lekin bu gaplar örma qamçidek tegardi. “Şoşmay tur, jöjani kuzda sanaymiz-a”. Sabr etişda davom etdim.
– Bular şunday, içaveradi-içaveradi, molga öxşab, – kimdir uning asabini buzib qöygan, şekilli, alamini mendan oliş uçun jahl otini qamçilab qoldi u. – Içiş qanaqa bölişini senga körsatib qöyaman hali!
U şaxt bilan turib boşqa xonadan qanaqadir suyuqlik solingan uskuna kötarib kirdi. Menga uzatarkan, “pufla” dedi. Asta puflagandim:
– Qattiqroq, ey mol! – dedi şifokor, aftidan unga “mol” sözi köp yoqardi. – Rosa içibdilar-da, molga öxşab, a? – şifokor puflagan uskunaga işora qildi. Suyuqlik kökarib ketgan deng. Aslida, siyohrang bölişi kerak ekan, keyin tuşuntirişdi. Biz boya aroq bilan pivoni aralaştirib yuborgan edik-da. Ana tayyor kimyo darsi sizga. Şifokor qöllarini bir-biriga işqab, bayonnoma töldirişga tutingan Avvalboyevga qarab irşaydi.
– Ismlari, familiyalari?.. Yoş neçida, yoş?..
Hammasini birin-ketin yozdi.
– Iş joyimiz qayer endi, lavozimlari kim? – ikki nafar kun qahramonlari ham qarmoğining quloğini burayotgan baliqçidek oğzimga umidvor tikilişdi.
“Yayrasang, yayrayqol”, dedim içimda.
– Viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi bölim boşliği…
Halidan beri bizning savol-javobimizni zör iştiyoq bilan kuzatib turgan doktorning burgadek qisiq közlari kattarib ketdi, birpasda dami çiqqan koptokdek şalpaydi:
– Siz “oblzdrav”danmisiz? – dedi dovdirab.
– Ha, yozavering, yana qanaqa maʼlumot kerak edi?
– Siz ötiring, nega turibsiz, – dedi u mehribon ohangda, rangi ham özgardi, bir enlik eti köçib beçoraroq qiyofaga kirdi, – iltimos, mening joyimga ötira qoling.
Kir bosgan qalpoği-yu, yirtiq çöntagi aralaş stuliga bir qarab oldim. Keyin esa u:
– Örtoq Avvalboyev, sizni bir daqiqaga taşqariga mumkinmi? – dedi imo qilib. “GAI”ni olib çiqib ketdi.
Birozdan keyin xiyol egilgandek bölib, jilmayib kirib kelişdi.
– Örtoq boşliq, yaxşi ötiribsizmi? Hozir bitta qahva damlab beraman. Boş oçiladi, ha, yengil tortasiz-da, – dedi şifokor tavoze bilan.
– Yöq, qöyavering, savol-javob tugagan bölsa, bering imzolab beray, ketişim kerak.
– Uzr, tanimay qolibman. Bizni keçiring, iltimos.
– Heç narsa bölmadi, – dedim pinagimni buzmay.
– Iye, nima deganingiz bu, bu hujjat bir martalik-ku, yana nomerlangan, lekin mayli, bir imkonini qilamiz, – deya közlarini közimdan uzsa, men uni çaqib oladiganimday baqrayib “GAI” bola zör hafsala bilan töldirgan bayonnomani özining daftarlariga qöşib ğijimlay boşladi. Bizni kuzatib turgan Avvalboyev joyidan sakrab turdi.
– Özim, özim tuşuntiraman, özim hal qilaman, – dedi şifokor hovliqib. Avvalboyev jim bölib qoldi. – Örtoq boşliq, öziz keta olasizmi yo olib borib qöyaylikmi?
– Keta olaman.
Vraç atrofimda girdikapalak bölib aylanar ekan, maşinaga qarab yurdim. Uning kaftidan kalitimni olib maşinaga ötirib tezlikni oşirdim. Oynadan körib turibman, bukilgança qöllarini köksiga bosib taʼzim qilayotgan şifokor nuqtaga aylangunça ham joyidan jilmadi…
Döstbek Sulaymonov
1981-yili tuğilgan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan.
“Çöqqilarga intilib…” hikoyalar va “Salom qani?” hajviyalar töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


