(Ilmiy-fantastik hikoya)
Ajoyib kunlarning birida Örtayer dengizida joylaşgan orollardan biri – Nikosiya nomli kiçik şahar ahli barça şifoxona, klinika va dorixonalarni yöq qilişga ahd qildi.
Şahar meri bu haqda kotibasi tomonidan köçalarda odamlar namoyişga çiqa boşlaganini aytganidagina xabar topdi. U derazadan taşqariga qaradi va çindan ham yölaklarda olomon şaharning şarqiy tarafidagi boş şifoxona sari yöl olayotganlarining guvohi böldi. Ularning qöllarida panşaxa, bolta, bolğa va şu kabi uylaridan topilgan asbob-uskunalar bor edi.
Mer bugun nimalar bölayotganini anglolmasdi. Ğalati şaharning rahbari özi edi. Bu şarmandali holatga qarşi çiqolmayotganini öylab tutoqdi. Agar OAV uning şahar nazoratini qöldan boy bergani haqda bong ursa nima böladi? Butun dunyoga kulgi bölgan siymoga aylansa-çi? U telbalanib özini yöqotib qöydi. Boş inspektorga qönğiroq qildi, lekin iş joyida emas, şekilli, javob bölmadi. Merning ğazabi qaynadi. Söng prezident, bir neçta ministrlar bilan boğlanişga urindi, ammo natija bölmadi. U mansabga ötirgandan beri ilk marta özini yolğiz his qildi.
Hokimiyat binosidan uç kilometr naridagi umumiy şifoxonadan odamlarning şovqini eşitildi, bu ğalati istaklari ortidan allaqaçon sement devorlarni ağdara boşlaşgandi. Mer kabinetidan şoşib çiqib kotibasining xonasiga otildi, ammo u yerda heç kim yöq edi. Hokimiyatda heç zoğ körinmasdi.
Taşqariga çiqqaç öz xodimlarining Mustaqillik maydoni sari ketayotganlarini kördi, göyoki körinmas duşmanni mahv etmoqçidek şaştlari bor edi. U birdan Uçinçi reyx va uning rahbariga itoat qiliş haqida öylab qoldi. Çunki bu yerda heç kim xalqni murosaga keltirolmayotgandi. Nazarida, qandaydir jamoaviy ongosti boşqaruv kuçi ularni nazorat qilayotgandi.
Ularning asbob-uskunalari-çi? U sassiz oyparastlar bilan yonma-yon ketarkan, şu haqda öylardi. Ular safida baland poşnali tufli kiyib olgan va qölida yaqindagina boğbondan sotib olgan oğir çökiçni kötarib xotini ketib borardi. Qizi ham şu yerda – sal oldinroqda. Mer navbatga tizilgandek yurib borayotgan odamlar orasini yorib ötib boşlaniş qismiga yetib olişga urindi, saf boşida yölboşçi bormi-yöqmi, bilmoqçi edi. Yugurar ekan, heç kim unga eʼtibor qaratib söz qotmadi. U odamlarning qölidagi temir buyumlardan endi çöçimasdi. Mer ularning sukut saqlaşi va tobe nigohlaridan dahşatga tuşardi.
Balki, bu bir neça oydan beri kelayotgan milliy boğdagi ildizlar haqidagi minglab şikoyat xatlari bilan boğliqdir? U deyarli har bir xonadondan anomal hodisa haqda xabar qilinganini esladi, hatto xonadonlardan qönğiroqlar bölgan, maktublar yöllaşgan va bu ğalati qizil ildizning uy trubalari orqali ösib çiqib gultuvaklarni böğayotgani haqda aytişgandi. Şahar ahli atrofda ösimliklar sölayotganidan noligan.
Mer park oralab, narigi köçaga ötib oldi. Boğda barça ösimliklar ölgan, ğalati qizil ildiz ularni böğib qöygandi. Birdan u ildizlarning harakatsiz emasligini payqadi. Ular sekinlik bilan kengayib borar, diqqat bilan kuzatilsa, köz ilğaşi mumkin edi. U yölakda turib öng va çapga qaradi. Barça ildizlar şahar markazidagi Mustaqillik maydoni tomon quloç yozib borardi, bu bahaybat qurtsimon ildizlar sekinlik bilan, ammo sezilarli kengayardi. Harakatlari unumli keçar, ildizlar kengaygan sari ğalati geometrik şaklga kirib borardi, göyo nimanidir qamrab olgandek. U alangladi. Devor ortidagi manzarani körib dong qotdi.
* * *
Körganlaridan şoşib, bir daqiqa qimir etmay turdi. Nikosiyaning markazida, eski şahardan bir yarim kilometr uzoqlikda joylaşgan venetsian devor içida, ildizlar ulkan kub bölib qad rostlagandi. Ular yuqorilab viqorli şakl hosil qilgan, maʼnisiz ideogrammalar tepaga intilişardi. Ular özga sayyoraliklar edi. Meni qölga olişdi, öylardi mer. Bejizga ikki oy davomida xonamda mixlanib ötirmabman, qizim va xotinim qönğiroq qilsa ham kötarmagan ekanman.
U ildizlarga tegib ketmaslikka harakat qilib yugura boşladi. Yordam beradigan kimnidir topişga urindi. Agar hamon yolğiz ötiraverganida ildizlarning kub şaklini yakunlaşlariga imkon bergan bölardi.
* * *
Uç kun avval…
Şahar ahli birma-bir kasalxona palatalari va dorixona omborlariga kirib, xaltaga dorilarni töldirib olib çiqib ketişardi. Ildizlar esa ön bitta xandaqdan ösib çiqib devorlarni oşib eski şaharga kirişga urinardi. Boş kasalxona, dorixona va klinikalardagi şifokor va hamşiralarning körsatmasiga binoan odamlar dorilarni tartib bilan terib çiqişdi. Avvaliga ular barça antibiotiklarni oçib xandaqlardagi ildizlarga otişdi. Xandaqdan quyuq sariq tuman gupura boşlab ildizlar qimir etmay qolgaç, odamlar xursandçilikdan qiyqirişdi. Ammo keyin ildizlar şişa boşladi. Odamlar agar ildizlar şişib portlab ketsa, yaxşi bölardi, deb umid qildi. Eng semiz ildiz qad rostlab turardi. Şunda boş şifokor ildizga psixotrop va narkoz preparatlaridan ukol qilişga buyurdi. Bu suyuq dori orqali ildiz hamla qilmay turib uni tinçlantirib uxlatib qöyişmoqçi edi. Ular qöllaridagi barça ukollarni ildizga urişdi – barbiturat, benzodiazepin, galotan, nitrus oksidi va morfinni ham.
Ildizning ğurrasi çindanam murosaga kela boşladi. Tinçlantiruvçi nur yuborilgaç ular kiçraydi. Qizil, yöğon, yerga töşalgan gilamdek bölib turgan ildizlar asta xandaq içiga singdilar. Odamlar oxirigaça kuta boşlaşdi. Işonçsizlik bilan. Hali heç kim xotirjam tortmagandi. Ildizlar hamon tirik edi-da.
Bir daqiqalik ölik sukunatdan söng sariq tuman qizara boşladi va yanada quyuqlaşdi. Bir soniyadayoq ola bulutlar şahar osmonini qoplab oldi. Bu tuman emas, mitti zarralar edi. Avvaliga ular yiğilganlarning burni orqali içiga kirib olişdi. Odamlar qimir etmay qoldi. Harakatsiz.
Ular gipnozlangança qizil zarralar Eski şahar sari suzib ketayotganini tomoşa qilib turişardi. Qadimiy hammom yonida, markazda kiçik ösimlik bor edi. Bu Iuda daraxti bölib, u zarralardan oziqlangaç tez ösa boşladi. Bir neça soat içida u şunçalik katta bölib ketdiki, hammom uning soyasida körinmay qoldi. Ular millionlab ğunça tugdi va oçildi. Bu haqiqiy möjiza edi.
Öziga tortuvçi sirli kuç şahar ahli nazoratini qölga oldi. Ayrim odamlar daraxtga yaqinlaşişga kuç topib, uni kuçli anestetiklar, desfluran galotani, analgetiklar bölmiş gidrokodon, paratsetamol bilan söndirişga harakat qilib körişdi, dorilarni litrlab daraxtga yönalgan vodoprovod va kanalizatsiyaga quyişdi, lekin daraxt ular kutgandek portlab ketmadi, hujumga qarşi turoldi.
Aynan öşanda ildizlar Iuda daraxti atrofida öşa ulkan Kubni qurişga kirişişdi. Ildizlar naqş kabi tör töqirkan, aslan bu dunyoga tegişli emasdi. Ular qandaydir özgaça şaklda, qadimiy körinişga ega bölib, naqşlarda donolik majassam, puxta öylangan çiziqlar tortişar, ierogliflardan kitob yozayotgandek taassurot qoldirar, lekin bu harflarni odamzod öqiy olmasdi. Şu ondan boşlab barça fuqarolar esini yöqota boşladi. Ularga şifoxonalarni, klinikalarni va dorixonalarni yöq qiliş buyurildi. Iuda daraxti va kub buning uddasidan çiqardi.
* * *
Mer unga yordam bera oladigan biror kimsa topolmadi. U xotini va qizi haqda qayğurardi. Nega ulardan ajralib qoldi? U qöliga biror buyum olib marşga qöşilişni istadi. Ildizlarga teginib kördi va çuqur nafas oldi. Lekin ildizlar va tuman uning ongini zaharlamadi. Ildizdan bir çimdim yulib tatib kördi. Heç nima. Balki, unda immunitet bordir? Bu dahşatning özi. Bu yerda yolğiz özi sevimli şahrini qutqarişi kerak.
U eski şahar sari çopdi. Devor oşib ulkan kubga yaqinlaşdi. Umumiy manzarasini çamalaş uçun yuz metr naridan kuzatdi. Birdan tuşundiki, oyoq ostida yer yöq ekan, bu qizil ildizli töşama edi. Ildizlar unga zarar yetkazolmasligiga amin bölgaç kubning yoniga borib sinçiklab qaradi. Uning asosida ulkan daraxt borligini payqadi. Uning diametri oltmiş metrça bölib, atrofidagi barça inşootlarni buzib taşlagandi. Böyi esa tört yuz metrdan oşgan va hamon ösib borardi.
Mer uning markaziga kirib olişga urindi, ammo biror tirqiş topolmadi. Söng ierogliflarni örganişga kirişdi. Ğalati tilda çiroyli husnixat bilan yozilgan mitti harflarni qöli bilan uşlab kördi. Kub qarşilik qilmadi. Balki, şu harflar kalitdir. Şahar rahbari va daraxt örtasida heç qanday boğliqlik yöq edi, faqat örtadagi mana şu kitob ularni boğlaşi mumkin, ammo mer uni öqiy olmaydi.
Şahar ahli klinika va şifoxonalar atrofida yiğilişdi. Ular bino yölaklari, devorlar, pollar, tomlar va yertölalarni vayron qila boşlaşdi. Qalin devorlar odamlarning qölidagi temir buyumlarning urilişi oqibatida zaiflaşib yiqilar, ulkan sement bölaklar gursillab yerga qulardi. Devor bosib qolgan odamlar til tortmay ölardi, ammo oğriqni his qilişmasdi. Ular haşarot kabi şifoxonani bosib olişdi.
Mer osilib kubning çöqqisiga çiqa boşladi. Markazdagi teşik ikki metr enlikda oçiq edi, ammo ildizlar darhol uni yopişga kirişdi. Mer şoşilib teşik içiga sakradi. U qalin şoxlar va ulkan gulbarglarga kelib urilib pastga şönğirdi. Nazarida, sira yerga yetib kelmasdi. Şunga boşqa olam ölçovida ekanini sezdi. Nazoratini tiklab, biror novdani uşlab qolişga urindi. Eng tagiga borişi kerakligini tuşunardi, öşanda çora topiladi. U uşlab olgan novda yuqorilab, merni taşqariga çiqarib yubormoqçi bölardi. Özini itarayotgan sirli kuçga qarşi çiqib, kubning içkari devorlarini tomoşa qilişga kirişdi. Nikosiya uzra nur soçayotgan quyoş bu yerda ham ğira-şira tölqinlanib turardi. U eʼtibor bilan kuzatdi. Mana. Taşqaridan ieroglif kabi köringan harflar bu yerda töğri turardi. Sözlardan tuzilgan gaplar, sarlavhalar yuqoridan pastga qarab yozib çiqilgandi. Bu juda katta matn edi.
Ikki abzasni öqirkan, satrlar unga Injilni yodga soldi. U qadimiy yunon tilida, Apokalipsis Ioanna uslubida yozilgandi. Bu jumlalar u öqigan kitoblar – “Taqdir fariştasi”, “Ot mingan tulpor”dan farq qilardi. U turib qoldi.
“Oçil”, dedi baqirib.
Söng pastga qaradi. U zaminga yaqin turardi. Oxir-oqibat kubning tubsiz emasligini angladi. Uning tagida, yuzlab metr pastda osoyişta Nikosiyani kördi. Odatiy şahar şovqini yangrayotgan köçalar, öz manziliga oşiqayotgan maşinalar, işdan çiqib uyga şoşayotgan odamlar. U şaharga hayrat bilan qarardi. U yerda şifoxonalar, klinikalar, dorixonalar yöq edi. Kubning içida muqobil real hayot hukm surardi. Yaxşi hayot.
U savqi tabiiylik bilan boşqa butoqlarga qaradi. Bu yerda yolğiz emasdi. Şoxlarda köplab odamlar ötirardi. U şaharni qutqarib qolaman deb yolğiz özi kuraşmagani ayon böldi. Bu yerdagi hamma odam şunaqa öylagan: qurollangan va gipnozlangan odamlardan ajralib şaharni qutqarişga kirişgan. Ular şoxlarda ötirgança pastdagi – tepadan köra baxtliroq yaşayotgan öz “men”lariga havas bilan qarab turişardi. Mer ular içida xotini, qöşni şahar prezidenti, qizaloği, şifokorlar va hamşiralarni kördi.
Bu yer dözax, quyi esa jannat edi.
U xotini va qiziga qarab hayqirdi, lekin ular eşitişmadi. Balandroq novdada tirmaşarkan, çöntagida mobil telefoni turganini payqadi. Qöliga oldi. Yoqişi bilan feysbuk tarmoğidan xabarlar kela boşladi. Ular oxirgi oy davomida yiğilib qolgandi. Yangiliklar tasmasida esa qizi beş daqiqa avval otasi bilan tuşgan suratini joylaganini kördi. Göyo şaharda heç nima bölmagandek. U sönggi bor baqirdi: “Agar men hozir köçada bölsam, bu yerda ham bölsam, pastda ham bölsam, bu Apokalipsis bölsa, unda men kimman?”
Uning telefoni notaniş kuy taratib jiringladi.
Xristos Sayelis
1974-yilda Kiprning Nikosiya şahrida tuğilgan. Millati grek. Hikoya va şeʼrlari turli tillarda xalqaro jurnal va töplamlarda çop etilgan. Köplab adabiy tanlovlar ğolibi. “Ekei sto Than” nomli şeʼriy töplami Xalqaro badiiy akademiya tomonidan taqdirlangan. “Şaxmat doskasidagi suyaklar”, “Yaşil ajrim”, “Kloto yuzasi”, “Non” kabi nasriy kitoblari çop etilgan.
Ingliz tilidan Nodirabegim Ibrohimova tarjimasi
2021/8
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


