Bolta Ötkiroviç unça-bunça muharrirlardan emas. Tahrirçilikda, tanqidçilikda uning oldiga tuşadigani yöq. Tunov kuni ham şeʼriyatga talabgorlardan şekilli, yoş yigitça eşik qoqdi.
– Kirsam maylimi, domla?
– Birinçidan, kirib böldingiz. Ikkinçidan, domlaçangiz öqişda böladi. Ustoz! Uçinçidan, nega savol söroq ohangida emas?
Talabgor yoş bölişiga qaramay, Ötkiroviç kabilardan unça-bunçasini körib qöygan şekilli, qilt etmay turdi-da, birdan bidirlaşga tuşdi:
– Birinçidan, eşik ortidan turib ruxsat söralmaydi. Çunki ovozimni eşitmaysiz. Ikkinçidan, siz hali meni tanimaysiz-u, qanday qilib ustoz bölişingiz mumkin. Uçinçidan, gapimning oxirida söroq belgisi bor edi. Demak, u söroq gap.
Ötkiroviç bu yaqin orada öziga bunday ters gapirgan mahmadanani uçratmagan edi. hali bu gapi boşiga balo bölişini qayerdanam bilsin bu tirrança!
– Oldingizga şeʼriy maşqlarimni olib kelgandim. Körib berolasizmi?
– Köramiz, qoğozda ham şunday şeryurakmisiz…
Yigitça tutqazgan qoğozlarni yulqib olar ekan, şoşilibgina öqişga kirişdi. Maşqlarga bir-ikki nazar taşladi-yu, tezgina soatiga qarab söz boşladi.
– Anʼanaviylikdan qoçiş kerak, inim. Şeʼrlarda faqat hissiyot, faqat tuyğu. Nuqul muhabbatni kuylab şeʼr yozaversangiz, yozaversangiz, mulohaza qilişga, öylaşga undaydigan şeʼrlarni kim yozadi, axir?
“Ajoyib nutq böldi-da öziyam!” – yigitçaning ensasi qotdi.
“Bopladimmi? Sen terakçaning zumda şoxingni sindirib qöyiş qölimdan keladi. Ja, böylari osmonga tegay deb turuvdi-ya. ha, essiz-a!” Muharrir muğombirona iljayib turardi.
Biroq talabgor rostdan ham çatoqroq çiqib qoldi.
– Birinçidan, şeʼr insonning yuragiga muammoni emas, gözallik, ezgulik tuşunçalarini olib kirişi kerak, tuşundingizmi, domla? Ikkinçidan, men abadiy va adabiy mavzularda şeʼr bitaman…Hay, hay, hay! Bu talabgorni oyoğini osmondan qiliş oson emasga öxşaydi-yov!
– Uçinçidan, – yigitçaning ohangi bilan davom etdi Ötkiroviç, soatiga tezgina qarab olib. – Siz va sizga öxşagan “ijodkor”lar keçqurun uyqusirab çala-çulpa şeʼr yozib, ertalab tahririyatga yugurasizlar. Sariq çaqaga arzimaydigan satrlaringiz hali şeʼr böladimi, yöqmi? Oldin şuni öylab körmasdan, halitdan abadiyat taşvişi tuşib qolibdimi?
– Endi… general bölişni orzu qilmagan askar askar emas, deganlaridek, men abadiy yaşab qoladigan şeʼrlar bitişni orzu qilaman.
Ammo bizning muharrir temirni qiziğida bosadiganlar xilidan. Bu “askar”chaning javobini tezda bermasa, abadiyat uçun jangga kirib ketişdan toymaydiganga öxşaydi.
– Unda hozirça sizga ruxsat, askar! Şeʼrlarni yana bir-r-r öqib, keyingi kelganingizda javobini aytarman.
“Askar” heç narsa bölmagandek bemalol örnidan turdi-yu, mağrur çiqib ketdi.
Bolta Ötkiroviç hikoyanavis! Neça oydan buyon bitmay yotgan hikoyani tonggaça amallab bitirdi-yu, ertalab işga kela solib muharrirga kiritib yubordi.
– Sizni boşliq çaqiryaptilar!
Kotiba qizning xonada tomdan taraşa tuşgandek şanğillagan ovozi xayollar ummonidagi Ötkiroviçni qalqitib yubordi.
– Tinçlikmi? – arang söradi u.
– Notinçlik… Nega u kişining öğlini xafa qildingiz?
– A?
Vazira IBROHIMOVA,
ÖzDJTU talabasi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

