Şoirning birgina şu misrasida xalqimizning butun qiyofasi aks etgan, desam, inkor etmaysiz, deb öylayman. Çunki barkamol farzandni tarbiyalaş, uning iqbolini köriş yurtimizda yaşayotgan har bir ota-onaning, oilaning orzusidir. Şu bois azal-azaldan ajdodlarimiz yoş avlod qalbiga maʼrifat, gözal fazilatlarni singdirişning samarali yöllarini izlab kelgan. Istiqlol yillarida bu borada yurtimizda salmoqli işlar amalga oşirildi. Oilaga, taʼlimga eʼtibor davlat siyosati darajasiga kötarildi.
Soğlom farzand soğlom ota-onadangina dunyoga keladi. “Soğlom” deganda faqat jismoniy emas, balki ruhiy salomatlikni ham nazarda tutamiz. Bola tarbiyasida pedagogik va psixologik taʼsirlarni taqqoslab köradigan bölsak, biz psixologik taʼsirlarni ertaroq boşlaşimiz ayon böladi. Çunki murğak qalb egasi bilan turli vaziyatda har xil hissiy holatlar orqali munosabatga kirişamiz va uning psixikasi şakllanişiga öz taʼsirimizni ötkazamiz. Masalan, jilmayiş, xömrayiş, norozilik bildiriş orqali hali gapirişni bilmaydigan bola bilan muomala qilamiz. Tarbiya va tartib meʼyorlari bilan esa u sal keyinroq, bosqiçma-bosqiç taniştirilib boriladi.
Bolada biliş jarayonlari, iroda, odatlar, feʼl-atvor, atrofga munosabat va qaraşlar vujudga kelişida oilaviy muhit kuçli taʼsir körsatadi. Taʼlim jarayoni köp hollarda bolaning bilganlarini yuzaga çiqarişga kömaklaşadi, xolos. Bolaning öz ota-onasi, yaqinlaridan faxrlana olişi, oilaviy qadriyatlar, anʼanalar, urf-odatlarni özlaştirişi uning maʼnaviy soğlom bölişida muhim örin tutadi. Şu bois har bir ota-ona “Men farzandimga qançalik örnak böla olyapman? Oilaviy muhitimiz öğlimga yoki qizimga nima beryapti?” singari savollarga javob kerak, deb öylaymiz. Xalqimiz orasida “Quş uyasida körganini qiladi” singari purmaʼno naqllarning paydo bölişi ham bejiz emas.
Şu örinda bir rivoyat yodga tuşadi. Qadimda yaşab ötgan ulus beklaridan biri huzurida ötirgan öğli va xos xizmatkorining farzandini savolga tutibdi. Bek avval öz öğliga yuzlanibdi: “Öğlim, bu ötar dunyoda sen nimalarni orzu qilasan, köngling nimadan rohat tuyadi?” Erka öğil heç ikkilanmay: “Hisobsiz molu mulkka ega bölmoqni, şuhrat qozonmoqni, ertadan keçgaça ayş-işrat qilmoqni orzu qilaman”, deb javob beribdi. Bek bu savolni xizmatkorning öğliga bergan ekan, u: “Rahm-şafqatli böliş, xalqqa xizmat etiş, jamiyatga foyda keltiriş – mening eng katta orzum”, deb javob qilibdi. Xulosa şuki, har bir farzand öz ota-onasida körgan aʼmolni özi uçun namuna deb biladi.
Biz soğlom, barkamol avlodni voyaga yetkazişni maqsad qilgan ekanmiz, avvalo, har birimiz özimizga közgu tutişimiz, öz xulq-atvorimizni davr ruhiga moslab olişimiz şartdir. Çunki yurtning, xalqning, millatning ertangi kuni soğlom bola tarbiyasiga boğliq. Şu bois, boşqa bir rivoyatda aytilganidek, farzand tarbiyasini beşikdan emas, balki u hali dunyoga kelmasidan boşlaşimiz, yaʼni bölğusi ota-onalarni yuksak maʼnaviyatli insonlar qilib tarbiyalaşimiz lozim böladi. Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan oila, yoşlar siyosatining mohiyatida şu teran haqiqat yotibdi. Zero, gözal xulqli ota-onalar – soğlom oila qörğonining ustunlari, soğlom farzandlarning murabbiyi bölib, soğlom bolalar esa jamiyatning barqaror, mustahkam tayançi hisoblanadi.
Xurşida TILLAXÖJAYEVA,
Özbekiston davlat jahon tillar universiteti öqituvçisi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


