“Yoşlik”ning qadrli öquvçilari!
Sizlarga baʼzi savollar bilan murojaaat qilmoqçiman.
Biror-bir asar qahramoni bilan “döstlaşganmisiz?”
Biron roman yoki qissa qahramonini “sevib” qolganmisiz?
Qaysi asar qahramonlarining gaplarini eşitganmisiz?
Umuman, şunday holatlar sizda bölganmi?
Şular haqida heç öylab körganmisiz?
Masalan, menda şunday böladi…
Bu haqda keyinroq gaplaşamiz…
…Kitob nima uçun va qanday öqiladi? Kimdir şunçaki, vaqt ötkaziş uçun öqiydi, yana birov nimadir örganiş niyatida, boşqasi esa ilmiy iş qiliş maqsadida öqiydi. Ustoz Asqad Muxtor kitob öqiş men uçun mehnat, degan. Şu fikrning mağzini çaqadigan bölsak, kitobning buyukligi, ha, aynan buyukligi, qadri nihoyatda balandligi ayon böladi va öz-özidan unga hurmatimiz oşadi. U şunçaki qoğoz emas, balki turli yoşdagi, turfa xarakterli, turli zamon va jamiyatda yaşagan, har xil kasbdagi önlab, yuzlab insonlar jamlangan maskan ekanini anglaymiz. Ha, şunday. Bu “maskan”da bugungi kun odamlarini ham, ötgan asr, undan oldingi, hatto bir neça yuz yillar ilgari yaşagan insonlarni ham uçratamiz. Ularning turmuş tarzi, feʼl-atvori bilan tanişamiz. Bu möjizami? Albatta, möjiza! Olloh taolo insonga ato etgan uluğ, bebaho neʼmat – tafakkur mahsuli bular. Kitobning fazilatlari, qudrati xususida teranroq öylaganimiz sari uning yangi-yangi qirralari namoyon bölaveradi. Unga oşno bölib, uni yaxşi körib qolganimizni özimiz ham bilmay qolamiz. Buning natijasida öşa oddiy varaqlar qatidagi odamlarni köramiz, ularning özaro suhbatlarini eşitamiz, qaddi-qomati, kiyinişi köz öngimizda namoyon böladi. Şu asnoda öşa odamlardan qaysi biriga havas qilamiz, qaysi biridan nafratlanamiz, qay biri bilan döstlaşib, birovini sevib qolamiz.
Masalan, menda şunday böladi. Özim yaxşi köradigan, qayta-qayta öqiydigan kitoblarim qahramonlarini inson kabi tasavvur qilaman, nainki, gap-sözlarini, hatto qadam tovuşlari-yu nafas olişlarini ham eşitaman.
Baʼzi misollar keltiraman. “Ötkan kunlar”dagi Yusufbek hojining nuroniy çehrasi, oğir-vazmin gaplari, Özbekoyimning faqat özini öylab aytadigan örinli-örinsiz sözlaşlari yoki Otabekning sirtdan bosiq, ammo içki şiddati, mulohazakor gaplari (Abbos Bakirov, Maryam Yoqubova, Ölmas Alixöjayev ijrosida emas, yöq, mening tasavvurimdagi Yusufbek hoji, Özbekoyim, Otabek) köz oldimda namoyon böladi, quloqlarim ostida jaranglaydi.
Ölmas Umarbekovning “Sevgim, sevgilim” qissasini öqib, Oypopukni yaxşi körib qolgandim. Bu haqda yozuvçiga xat yozgan edim. Hamletni qadrdon döstimdek köraman. Uning iztiroblariga açinaman, onasini böğib taşlagim, amakisini öldirgim keladi. Goratsio kabi uning yonida turişni xohlayman. Anna Kareninani “sevib” qolganman. Ha, töğri taʼkidladingiz, Anna axloqiy jihatdan notöğri qadam bosadi, ammo uning içki dardi bor, vijdoni bor. Qilayotgan işi notöğri ekanini ham biladi. Lekin işq degan sehrli neʼmat oldida özini tiya olmaydi. Ayni çoğda vijdon azobiga bardoş berolmay, özini poyezd tagiga taşlaydi. Işq kimlarni asir etmagan. Loaqal, Şayx Sanʼonni eslang.
Endi öylab köring, nega ayrim kitoblarni öqisak, yiğlaymiz, baʼzi kitoblarni öqib, kulamiz. Nega şunday? Abdulla Qahhorning bir hikoyasi qahramoni yarim keçasi xotinidan nosim qayerda, deb söraydi. Xotini nima qilasiz, deydi. Minib bozorga borib kelaman… Nima qilardim nosni, çekaman-da, deydi er.
Xöş, şu satrlarni öqiganda kulmaysizmi? Men keçasi yolğiz özim öqiyotgan edim, beixtiyor baland ovozda kulib yuborganman va özimning ovozimdan özim hayratga tuşganman…
Bular qançalar zavq, qançalar rohat bağişlaydi insonga. Heç narsa bilan qiyoslab bölmaydi. Kitob öqimagan odam şunday bebaho neʼmatlardan bebahra qoladi.
Umr ötaveradi. Kitob öqimay ham yaxşi, töq, kitob öqigandan köra badavlat yaşaş mumkin, deguvçilar bor. Afsuski, ularga eʼtiroz bildiriş qiyin. Sababi – körib turibmiz, umrida birorta kitobni oçib ham körmagan qança-qança odamlar danğillama uylarda yaşamoqda, xorijiy maşinalarda yurmoqda, dam-badam dunyoning maşhur dam oliş joylariga boradi. Ammo inson hayoti faqat yeb-içiş-u ayş-u işratdan iboratmi? Olloh ato etgan eng buyuk neʼmat – umrni samarasiz ötkaziş töğrimi? Axir odam bolasi bu dunyoda özidan nimadir qoldirişi kerak emasmi?
Bilaman, bu gaplar bugun köpçilikning ensasini qotiradi. Lekin odamga alam qiladi, nega bunaqa bölib qoldik, nima uçun mol-u dunyoga mukkamizdan ketyapmiz? Nega ilmimizni oşirişga, dunyoqaraşimizni kengaytirişga, bu dunyoda madaniyat, maʼrifat, gözallik, nafosat, insof, diyonat, alaloqibat vijdon degan narsalar ham borligiga ahamiyat bermaymiz, eʼtiborsiz, hatto bepisand qaraymiz? Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz bunday bölmagan-ku! Ular danğillama uylarda yaşamagan bölsalar-da, insofli, diyonatli, mehr-oqibatli bölişgan. Bizning bolalik yillarimizda (1950-60-yillar) qişloğimiz odamlari oqşom bir joyga yiğilib xalq dostonlarini öqişardi (ayniqsa, qiş kunlari). Töğri, hamma ham öqişni bilmasdi. Öqiydiganlar öşa dostonlarni öqir, qolganlar sel bölib tinglar, közlaridan jimillab yoş oqardi…
Farovon yaşaşga, zamonaviy uy-joylar qurib, eng sönggi rusumdagi avtomobillarda yurişga heç kim qarşi emas, jumladan, men ham. Aksinça, qöllab-quvvatlaymiz, xursand bölamiz, xalqimiz şunday tökin-soçin zamonda yaşayotganidan Ollohga şukronalar aytamiz. Bizga şuyam bölaveradi, deb elektri, gazi yöq paxsa uylarda kun keçiradigan zamonlar ötdi. Xalqimiz barça şaroitlar yaratilgan uylarda yaşaşga, zamonaviy maşinalar minişga haqli, allaqaçon şunday bölişi kerak edi.
Şu bilan birga, ilmni, adabiyot va sanʼatni unutişga ham heç kimning haqqi yöq. Bularsiz inson hayoti tökis bölmaydi, insonning boşqa maxluqlardan farqi qolmaydi. Kitob öqigan odam fikr yurita oladi, tafakkur olami kengayadi, madaniyatli, maʼrifatli, odobli böladi. Holbuki, ayrimlarimiz oddiy madaniyatni ham bilmaymiz, eng yomoni, bilişni istamaymiz. Masalan, kiyiniş, ovqatlaniş, muomala, davralarda ötirib-turiş, izdihomda özini qanday tutiş kabi yuzaki qaraganda oddiy, aslida, juda muhim masalalar bular. Gapirsangiz, nima deydi? Ha, ota-bobolarimiz şunday qilgan, şunday yurgan. U holda kostyum-şim kiymaylik, salla örab, çoponda yuraylik, ovqatni qoşiq-sançqida emas, qölda yeylik. Yaratganga şukrlar bölsinki, bugun dunyo bilan gaplaşyapmiz, manaman degan davlatlar bilan hamkorlik qilyapmiz. Demak, har taraflama öşalar qatorida bölmoğimiz zarur. Bizning kimdan kam joyimiz bor? Heç kimdan! Buyuk ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qöşgan ulkan hissalarini esdan çiqarmaylik. Ular bilan maqtaniş yaxşi, ammo öşa bobolarimizga munosib bölişimiz kerakligini ham unutmaylik. Buning uçun özimiz özimizni tartibga solib, tez-tez közguga qarab tursak, bas.
Qudratli vosita
Kitob katta qudratga ega. U inson tafakkurini kengaytiradi, oq-qorani tanişga, har bir voqea-hodisani tahlil qilişga örgatadi. Şular qatorida muallif mansub millatning urf-odatlari, tarixi, öşa yurt tabiati, boyliklari haqida hikoya qiladi. Stendal, Mopassan, Balzak asarlari fransuz xalqining, Puşkin, Lev Tolstoy, Dostoyevskiy, Gersen kitoblari rus xalqi turmuşining inʼikosi emasmi?! Şoloxov asarlari bölmaganida Don kazaklari şu qadar maşhur bölarmidi! Abdulla Qodiriy, Çölpon, Ğafur Ğulom, Oybek, Asqad Muxtor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov asarlari xalqimiz tarixi, çekkan azob-uqubatlari, orzuumidlarining badiiy ifodasi emasmi?!
Şu örinda bir voqea esimga tuşdi. Bir döstim Doğistonga borgan ekan. “Maxaçqalʼada avtobusda ketayotsam, bir rus kişi asabiy holda sökinib ketyapti. Ora-sira Rasul Hamzatovni ham qöşib qöyadi. Hayron bölib yoniga bordim-da, nega bunça asabiylaşyapsiz, hatto Rasul Hamzatovni ham haqorat qilyapsiz, dedim. Ha, aynan şu Hamzatovni sökyapman, dedi u. Nega, nima böldi, deb söradim qiziqib. Men şu Rasul Hamzatov asarlarini, ayniqsa, “Mening Doğistonim” kitobini öqiganimdan söng şu yurtni köriş istagi paydo böldi. Juda havasim keldi. Qanday gözal joylar ekan, albatta, boraman Doğistonga, deb pul yiğdim, mehnat taʼtili oldim. Keldim, Maxaçqalʼani ham, boşqa joylarni ham kördim, erinmay aylandim. Ammo biror möjiza körmadim. Şu özimizdagiga öxşagan köçalar, uylar, toşlar… Favqulodda yangi, gözal narsani uçratmadim. Vaqtimga, pulimga içim açiyapti, dedi”.
Döstimning hikoyasi meni uzoq öylantirdi. Rasul Hamzatovga havasim keldi. Öz yurtini, vatanini bu qadar köklarga kötargan, dunyoning havasini keltira olgan yozuvçilar bor. Rasul Hamzatov ularning eng oldingi safida bölsa, ajab emas.
Boşqalarga havas qilamiz, ularning ibratli işlaridan hayratlanamiz. Ammo ulardan örnak olib özimiz şu işlarni qilişga hafsalamiz kelmaydi. Gruzinlarda kelin-kuyov nikohdan ötayotganda Şota Rustavelidan öqib berişi, kelinning sepida “Yölbars terisini yopingan pahlavon” kitobi bölişi şartligini bilamiz, havas va hayrat bilan gapiramiz, lekin özimiz amal qilmaymiz. Nikohdan ötayotgan yoşlarimiz Navoiydanmi, Bobur, Maşrabdanmi, zamondoş şoirlarimizdanmi bir ğazal yoki şeʼr öqib bersa, qanday gözal iş böladi. Kelinlarimiz sepida falon mamlakat mebeli-yu piston yurtning qimmatbaho kiyim-keçaklari qatoriga Alişer Navoiyning bironta kitobini qöşib qöyiş qiyinmi? Axir yor vasfini, işqni Navoiydan oşirib taʼriflagan şoir bormi? Kuyov kelinga:
Jondin seni köp sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni köp sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq bölmas,
Ondin seni köp sevarmen, ey umri aziz,
desa, naqadar maroqli, yoqimli böladi.
Bunga öxşagan misollarni köplab keltiriş mumkin.
Kitob bezak emas
Yoşi uluğ öquvçilar yaxşi biladi, sobiq şöro zamonida obuna bölib olinadigan kitoblar bölardi. Moskvada naşr etiladigan bu kitoblar rus va jahon klassik yozuvçilarining köp jildliklari edi. Mazkur kitoblarga obunani raykompartiya berar, şu bois, piyodalar u yoqda tursin, unça-munça otliq ham ololmas edi. Kitoblar nihoyatda çiroyli bezatilib, sifatli qoğozlarga bosilardi. Afsuslanarli joyi şunda ediki, bu kitoblarga obuna bölganlarning köpçiligi kitob öqimas, kitoblarni uyining körinarli joyiga terib qöyardi, göyo kitob uyning bezagi. Şunday xonadonlardan bir-ikkitasini körganman. Kitobning haqiqiy muxlislari uçun bu köpjildliklar orzu edi. Şörlik kitoblar çiroyli javonlarda yillab oçilmay turar edi. Bu holat menga “oltin qafasdagi bulbul” kabi tuyilardi. Köryapsizmi, kimdir kitobga zor, kimningdir qölida kitob xor. Ilmga, gözallikka taşna qança-qança odamlar, ayniqsa, yoşlar şu kitoblardan loaqal bittasini olib öqigisi keladi, ammo iloji yöq edi.
Demak, kitobni haqiqiy egasiga yetkaziş juda muhim. Zero, kitobga jonli mavjudot sifatida qaramoq kerak. Axir ularning sahifalari qatida yuzlab insonlar öz dardini tökib, özining çinakam döstini kutib yoxud sevgilisi vasliga intizor bölib yotibdi. Ularni qiynamaslik lozim, ularga şafqat qiliş zarur.
Keyingi yillarda mamlakatimizda kitobga eʼtibor kuçaydi. Kitob naşr etiş, kitobat sanʼatimiz xalqaro talablar darajasiga çiqdi, desak xato bölmaydi. Asosiysi, kitobxonlikni, kitobga mehr qöyişni taşkil etiş tizimi yaratildi. Kitoblarni öz egalariga, yaʼni haqiqiy kitobxonlarga yetkaziş çoralari körilmoqda. Yozuvçilar uyuşmasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va boşqa taşkilotlar bilan hamkorlikda joylarga kitob karvonlari jönatdi va bu iş davom etmoqda.
Quvonarli jihati, odamlarni kitobga qaytariş, mutolaaga örgatiş işlariga eng yuqori darajada ahamiyat berilmoqda. Prezidentimizning bu boradagi qarorlari qabul qilindi. Yoş kitobxonlar tanlovlari ötkazilmoqda. Ğoliblarga turli qimmatbaho sovğalar, birinçi örinni egallaganlarga avtomobil berilayotir. Yana qaysi davlatda kitob tarğibotiga, kitobxonlarga, yozuvçilarga şu darajada eʼtibor bor? Masalan, men bilmayman.
Şu örinda savol tuğiladi: joylarga yetkazilayotgan kitoblar öqilyaptimi yoki qayerdadir javonlarda saf tortib turibdimi? Masalaning mana şu tomonlari ham monitoring qilib borilsa, maqsadga muvofiq bölar edi. Zero, har bir işning natijasi muhim.
Yoş kitobxonlar tanlovlarida ğolib bölib, mukofotlar olganlarning keyingi taqdiri qanday keçmoqda? Hozir ham kitob öqiyaptimi? Hayotda öz örnini topdimi? Jamiyatga, el-u yurtga qanday xizmat qilayotir? Yoki eng katta orzusi avtomobil olişdan iborat bölib, izlanişdan, öqib-örganişdan töxtadimi? Şular haqida, yaʼni yoş kitobxonlar tanlovi ğoliblarining keyingi faoliyati, ular yana qanday yutuqlarga erişayotgani töğrisida matbuot, ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam maʼlumotlar berib borilsa, yaxşi bölardi. Bu yoşlar uçun öziga xos motivatsiya beradi. Aks holda, odamlarda turli örinli-örinsiz fikrlar, qaraşlar qalqib çiqadi.
Kitobxonlik nimaningdir ilinjida bölmasligi kerak! Agar asosiy maqsad tanlovda ğolib çiqiş va qimmatbaho sovğa oliş bölsa, u haqiqiy kitobxon bölmaydi. Kitob öqiş köngil ehtiyojiga aylanişi kerak. Yaşaş uçun ovqat yeyiş qançalar zarur bölsa, kitobxonlik, mutolaa ham şu darajadagi zaruriyatga aylanişi lozim.
Maktabda öqituvçilarimiz kitobni yodlab olmanglar, derdi. Baʼzi öquvçilar berilgan vazifani yoddan aytib berardi. Öqituvçimiz bundan qaytarardi. Öqiyotgan narsangning maʼnosini tuşun, mazmunini çaq, derdi. Öqigan kitobining maʼno-mazmunini özi tuşungança aytib beradigan öquvçilarga yuqori baho qöyardi.
Darhaqiqat, maʼnosini tuşunmay yodlab olgan odamda kitobga qiziqiş uyğonmaydi, aksinça, kitobdan bezadi. Agar muayyan asarning içiga kirsa, özi bilmagan holda voqealar iştirokçisiga aylanadi. Şunda asar qahramonlari bilan gaplaşadi, qaysidir qahramon bilan döst tutinadi, kimdandir ğazablanadi, kimnidir sevib qoladi.
Xayrli iş tizimli bölsin
Kitob tarğiboti, odamlar, xususan, yoşlar kitob öqişi uçun turli vositalardan foydalanilmoqda, har xil çoralar körilmoqda. Prezidentimiz rahbarlar özi öqigan maktabga kitoblar sovğa qilsin, degan taklifni aytdi. Şundan keyin kitob tarqatiş kampaniyasi boşlanib ketdi. Vazirlik va idoralar rahbarlari, hokimlar maktablarga kitoblar olib bordi. Bu işlar televizorda körsatildi, vaqtli matbuotda, ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi. Qanaqa kitoblar olib borildi, ularning saviyasi qanaqa, kitoblar maktab öquvçilariga mosmi-yöqmi, degan masalalarga eʼtibor berilmadi. Holbuki, har bir kitobning öz öquvçisi böladi. Aytaylik, “Dekameron” kabi kitoblarni maktab öquvçilariga tavsiya etiş mumkin emas.
Şu kampaniyani kuzatib, bir fikr kelgan edi xayolimga. Maktablarga kitoblar sovğa qilayotgan ayrim rahbarlar bu işni xuddi topşiriqni bajarayotganday, majburiyat yuzasidan qilayotganday taassurot qoldirgan. Vaholanki, özi taʼlim olgan maktabga, umuman, öquv muassasasiga kitob olib boriş vijdon işi, şarafli vazifa bölmoği kerak. Davlatimiz rahbarining bu taşabbusi zamirida ezgu, juda olijanob maqsad mujassam: vazir, hokim yoki boşqa rahbar özi öqigan maktabga kitob olib borsa, öşa maktab öquvçilariga motivatsiya böladi. Yaxşi öqisam men ham vazir, hokim, prokuror, xullas, el taniydigan odam bölaman, degan havas, orzu paydo böladi ularda.
Afsuslanarlisi, bu işlar bir muddat davom etdi, söng töxtadi. Mana şuning özi kitob tarqatiş işlari muayyan kampaniya bölganini körsatib turibdi. Hozir biror rahbar özi öqigan maktabga kitob olib boryaptimi? Agar şunday bölganida televizorda körsatilardi, ijtimoiy tarmoqlarda surati bilan qöyilar edi. Yöq! Çunki kampaniya tugadi! Kitob sovğa qiliş, kitob tarğiboti, kitob öqiş, deylik, paxta teriş kampaniyasiga öxşagan mavsumiy iş emas, u uzluksiz davom etişi, tizimli bölmoği zarur. Zero, yangi-yangi kitoblar çiqyapti. Naşriyotlar har yili neça önlab kitob naşr etmoqda.
Darvoqe, naşriyotlar haqida. Hozir naşriyotlar köp, aksariyati xususiy. Bu yaxşi. Butun mamlakat yozuvçi va şoirlari tört-beşta naşriyotning oğziga qarab ötirmaydi. Har bir narsaning öziga xos yaxşi-yomon tomoni bor. Bundan xususiy naşriyotlar ham mustasno emas. Bugun kitob çiqariş oson bölib qoldi, ayniqsa, puldorlar uçun. Naşriyotga pulini tölab, oppoq qoğozlarda çiroyli bezaklar bilan çiqaradi kitobini. Xususiy naşriyotlarning ayrimlari kitobning saviyasiga, maʼno-mazmuniga eʼtibor bermaydi. Oqibatda yaxşi kitoblar bilan birga sayoz, öquvçi didini, saviyasini oşirişga emas, aksinça, didsiz bölişiga xizmat qiladigan kitoblar ham çiqib qolayotir. Bu adabiyotga, sözga, maʼrifatga, alaloqibat millatga, uning kelajagiga xiyonat. Litsenziyasi bor naşriyot çiroyli muqovalarda çop etgan. Ana şu didsiz, mazmunan sayoz (badiiyligini qöya turaylik), hatto tarbiyaviy nuqtayi nazaridan nomaqbul kitoblarni öqigan yoş kitobxon fikri şu tarzda şakllanadi, rivojlanadi. Bunga befarq qaraş, jarayonga loqaydlik qiliş mumkin emas. Oqibati xunuk böladi. Zotan, bu işlar millatimiz, xalqimiz, Vatanimiz taqdiri va kelajagiga daxldor masala.
Gap özani adabiyotşunoslikka qarab ketmoqda. Adabiy tanqidçilarimiz, adabiyotşunoslarimiz nega öşa sayoz kitoblar töğrisida bong urmaydi? Indamagan sari bunday kitoblar bemaza qovunning uruğiday köpayib ketaveradi-da. Tanqid heç kimga yoqmaydi, deymiz. Töğri, vazirga ham, hokimga ham yoqmaydi tanqid. Yozuvçi va şoirlar ham, noşirlar, matbaaçilar ham bundan mustasno emas, ularga ham yoqmaydi. Ammo bugun zamon boşqa, talab boşqa. Katta-katta vazirliklar, hokimliklar, nufuzli idoralar tanqid qilinmoqda-ku. Buni Prezident talab qilayotir. Tanqiddan xoli heç bir soha, biror kimsa yöq. Tanqidsiz taraqqiyot bölmaydi.
Ustoz adiblarimiz, tanqidçi va adabiyotşunoslarimiz ijodiga nazar solsak, qanday keskin munozaralar, tanqidlar bölganini köramiz. Ğafur Ğulom, Uyğun, Ğayratiy kabi şoirlarni ham ayaşmagan. Ozod Şarafiddinovning 1962-yilda çiqqan “Zamon. Qalb. Poeziya” kitobini bir varaqlab köring-a. Ğafur Ğulomning Lenin haqidagi şeʼri tanqid qilingan. Eʼtibor beryapsizmi, şöro zamonida, Leninga bir oğiz ham til tekiziş mumkin bölmagan davrda u haqda şeʼr yozgan akademik şoir tanqid qilingan! Ana jasorat, ana mardlik, ana adabiyotga, kitobxonlarga sadoqat, fidoyilik. Tanqid Ğafur Ğulom yoki Uyğunga yoqqanmi? Mirmuhsin, Ötkir Raşid, Nazarmat, Jumaniyoz Jabborov kabi şoirlar Ozod Şarafiddinov tanqididan xursand bölganmi? Adabiyotni, millat taqdirini, yoşlar kelajagini öylab beğaraz, xolis tanqid qilingan ularning şeʼrlari. Zotan, tanqid beğaraz, adolatli, xolis bölsa, millat, el-u yurt manfaati nuqtayi nazaridan yozilsa, heç kimga malol kelmaydi. Qolaversa, tanqid va tahlil muayyan asar yoki kitobning öziga xos tarğiboti hamdir. Gazeta-jurnaldami, radio yoki televideniyeda, ijtimoiy tarmoqlardami biror-bir yangi asar haqida fikr aytilsa, kitobxonlar yangi kitob çiqqanidan xabardor böladi. Şu bilan birga, öquvçilar, ayniqsa, yoşlar kitob tanlaşida tanqidçi va adabiyotşunoslarning fikri yordam beradi. Binobarin, oq-qorani ajrata oliş darajasiga yetmagan yoşlar qöliga tuşgan kitobni öqiyverişi mumkin. Xudo körsatmasin, ularning qöliga yengil-yelpi, milliy mentalitetimizga yot kitoblar tuşib qolsa nima böladi?!
Tamasiz, beminnat döst
Bu dunyoda eng qadimiy, aytiş mumkinki, ölmas narsalardan biri kitobdir. Insoniyat paydo bölibdiki, kitob bor. “Gilgamiş”, “Odisseya”, “Iliada”, “Şoh Edip” kabi asarlar yaratilganiga neça asrlar böldi. Ular hamon “tirik”, hamon insoniyat ardoğida. Özimizning buyuk ajdodlarimiz Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Farğoniy, Xorazmiy, Imom Buxoriy, Termiziy, Uluğbek, Navoiy, Lutfiy, Atoiy, Bobur kabi allomalarimizning ilm-fanning turli sohalariga bağişlangan kitoblarini, ğazallari va dostonlarini hanuz öqiymiz, örganamiz. Bu kitoblar insoniyat bor ekan, öqiladi, örganiladi. Zero, kitob heç qaçon “ölmaydi”.
Yaxşi kitob uçun na siyosatning, na tuzumning, na davrning ahamiyati bor. Umri boqiy kitoblardan har bir zamon kişisi özi uçun kerakli narsalarni olaveradi.
Kitobning yana bir xislati – u beminnat, tamasiz döst, sabrli suhbatdoş. U bizga olam-olam bilim, maslahat beradi, yöl-yöriq körsatadi, ezgulikka boşlaydi, imonli-eʼtiqodli, ahil-inoq bölişga, xayrli amallar qilişga daʼvat etadi. Ammo evaziga heç narsa söramaydi.
Ana şunday buyuk qudratga ega tamasiz döstlarimizni ardoqlaylik, qadriga yetaylik. Kitoblar qatida yaşirinib yotgan mard, jasur, el-yurt uçun jonidan ham keçgan fidoyi insonlardan örnak olaylik, ular bilan döstlaşaylik, fikrlaşaylik, maslahatlaşaylik…
Aziz öquvçi! Kitob qahramonlaridan döstingiz bormi? Kitob içidagi gözallardan kimnidir “sevib” qolganmisiz?
Agar şunday bölsa, siz baxtli odamsiz…
Mamatqul HAZRATQULOV, Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist
1947-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Oqquş”, “Çöli iroq”, “Hayotning bir parçasi”, “Intizor”, “Quyoş men tomonda”, “Qöziçoqning köz yoşlari”, “Jurʼat”, “Eşiklar oçiq”, “Çiroq öçmagan keça”, “Kökköl” kabi hikoya va qissalar töplamlari, “Mehr köp körgazdim”, “Mehmon”, “Qadrim”, “Afandining yangi sarguzaştlari” nomli pyesalar muallifi.
2023/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


