1 daqiqada öqiladi

52 marta körilgan

“Men-men”çi yoxud supermen

Özimning çoyçaqam

Zukko jurnalxonlar yaxşi bilişadiki, ustoz yozuvçi Erkin Aʼzamning “Meni saylang, meni saylang…” degan ajoyib fiqrasi bor. Unda bundan yigirma yillar muqaddam deputatlik daʼvosi bilan maydonga çiqqan nomzodlarning saylovoldi taşviqot-tarğibotlari haqida gap boradi.
Fiqradagi voqealarga köpdan buyon guvoh bölmadik. Siz ham bu hangomalar “huv olis bir zamonda qolib ketdi”, deb yurgan çiqarsiz. Şunday bölsa qani edi! Avaz Oxun “yangisidan bor”, deganidek, voqealar ham yangi mazmun bilan hamon elaro yaşab, boyib borayotganiga nima deysiz?!
Tunovgi kuni bir qalamkaş bilan suhbatlaşib ong-u tafakkur özgarmas ekan, inson özgarmasligiga, inson özgarmas ekan, jamiyat özgarmasligiga yana bir bora işonç hosil qildim!
Keça “meni saylang, meni saylang…” deganlar endi “meni öqing, meni öqing…” deb yaşayapti ekan. Odam özi haqida, yozganlari haqida bunçalar maroq bilan, zavq bilan gapirişini körib hayron-u lol qolasan kişi. Har bir gapi “Mening asarlarimda…”, “Men yozganman…”, “Meni taklif qilişmadi”, “Menga berişganida…” deb boşlanadi.
Ijodkor birinçi galda özini, söngra jamiyatni taftiş qilişi kerakligi, insonning maʼnaviy-ruhiy olamini tasvirlaşi zarurligini, şu orqali öquvçi qalbini poklaşi, bu esa kitobxonda olamga va odamga çeksiz bir muhabbat uyğotişi haqida gapiramiz. Bunday jarayon ijodkordan çuqur bilim va keng dunyoqaraş, yuksak ijodiy mahorat hamda bağrikenglikni talab qiladi.
“Men-men”çilar bölsa “Mening asarlarimni öqisang”, “Mening yozganlarimni tarjima qilsang, mukofotlayman”, “palon million pul beraman”, deb yuribdi. Öziga kibrdan bino qöygan kişilarning bu mazmundagi eʼlonlariga közingiz tuşganda adabiyot, avvalo, farosat ilmi ekanini tuşunişmaganidan oğrinasan. Şu damda Erkin Vohidov satrlari tilingga köçadi: “Kibr-u havo nimaga kerak? Kamtarin böl, hatto bir qadam Ötma ğurur ostonasidan…”
Xöş, “men-men”çilik bilan biror natijaga erişib böladimi?! Agarki, bölganida Iskandar-u Dorolar şu zamonda siz-u bizga zamondoş bölmasmidi?!

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)