3 daqiqada öqiladi

106 marta körilgan

Millatni anglagan odamni asraşimiz kerak

Rauf Parfi

 ***

Şeʼriyat Alloh odamni yer uçun yaratgani kabi qadimiydir.

***

Şeʼriyat insonning ilkin nafasidir, poyonsiz nafasning moddiylikka aylanişidir, balki.

***

Şoir hamma vaqt sirli hodisa. Uni ilmiy istilohlar bilan isbotlab bölmaydi…

***

Şoir dunyoni öz közi bilan öziça köradi, birovlarga taqlid qilmaydi, birovlarning darajalarini közlamaydi. Özining darajasini, Özini izlaydi.

***

Şeʼriyat içkin, bilgisiz tafakkur titramasi, Tabiat va Insonning uyğunlikdagi sözga aylangan inʼikosidir…

***

Şeʼriyat – bizning imonimizni saqlaydigan kuç!

***

Şeʼriyat çeksizlikdir, ammo şeʼriyatning osmoniga boqib, çeksizlikning ham çeki bor, deb öylaysiz.

***

Yolğon yozgan şoirning ruhi öladi.

***

Şoir yöl ahlidandir. Yöl tuyğusi – Gözallik va Nafosat tuyğusini yuragidan ötkazadi va bu yöl özlik va Kamolot sari boriladigan oliy manzil ekanini çuqur idrok etadi.

***

Şoir bu yoruğ dunyoda yaşayotgan insonning çeksiz-çegarasiz keçinmalarini söz bilan ifoda qilguvçi şaxsdir. Şoir moddiy dunyoni közga ilmay, maʼnaviy dunyoga qadam qöygan darvişdir.

***

Öttiz asrlik Özbek adabiyoti, xususan, özbek şeʼriyati dunyoviy hodisadir. Bu hodisani tadqiq qiladigan akademiyalar, institutlar, assambleyalar, forumlar kerak.

***

Jahon adabiyoti tubsiz va çeksiz bir ummondir, unga har kim öz şaxsiy piyolasi bilan boradi.

***

Özbek millati jahon tamaddunini bir poğona baland kötargan buyuk millatdir. Özbek bölib tuğilgan, özbek degan nomni muqaddas bilib, tan-u ruhida asragan inson naqadar baxtli insondir.

***

Sözni tuşuniş kerak.

***

Sanʼat – örganiladigan, maşq bilan hosil qilinadigan narsa.

***

Mutolaa qilayotgan asaring senga allaqanday sinoatli tuyilsa, yaxşi böladi. Yöqsa, kitobning boşidanoq nima haqidaligini bilib qolasan.

***

Oq qoğoz – şoirning joynamozi. Oq qoğozi bölmagan şoir iymonidan ayriladi, Allohni unutadi. Sanʼatning barça turlari: musiqami, rassomlikmi, şoirlikmi – barçasi Allohga munojot şaklidir. Şeʼr yoziş poklaniş degani.

***

Har qanday odam qilayotgan işidan zavq olmasa, köngli xijil böladi. Zavq oliş ijodiy jarayonni boşdan keçiriş degani. Zavqlaniş jarayoni qiziq. Zavqning oxiri qiziq emas.

***

Insonlarning yuragini oğritadigan narsalar bor ekan, bilingki, şoirga tinçlik yöq, omonlik yöq.

***

Yangi şeʼriyat yangi ijtimoiy ruh bilan keladi.

***

Millatni anglagan, dunyoni tuşungan odamni asraşimiz kerak.

***

Inson ozod yaşaşi, ozod-erkin fikrlaşi bilangina Inson!

***

Sanʼatkorning miyasida olam fojiasi aylanadi.

***

Ruhsiz odam qul böladi. Içida Alloh qörquvi bor odam erkindir. U hamma narsadan erkin. Xudosiz odam qafasdagi odamdir. Ular özlarini özlari qafasga solişgan. Toki Allohni topmagunlariça bu qafasdan çiqolmaydilar.

***

Şoir yolğondan, yuzaki, soxta qöşiq aytişdan qörqadi. Aniqroği, şoirning içidagi isteʼdod qörqadi yolğondan. Çunki yolğon isteʼdodning kuşandasi.

***

Şeʼr yozişdan nafratlangan paytlarim bölgan. Rosti, bölgan. Şeʼr yozolmay qolgan damlarda şunday his keçgandir. Ammo köngilda uyğongan ilhom nafratni yuvib ketardi. Dunyoda şoirlar köp,katta-katta kutubxonalar bor, şularni öqib bemalol yaşasa böladi-ku. Nega men şeʼr yozişim kerak? Miyada şubhali savollar köp. Ammo Tvardovskiyning gapi bor: «Tolstoy bölsang özingga, men ham şoirman».

***

Şeʼr köp, ammo şoir oz…

Şeʼrlarimdagi vido haqida aytadigan bölsam, şeʼr har bir şoirning oxirgi xati. Ertaga u öladi. Ölayotib, şoir yolğon gapirmaydi, şoir şuning uçun ham rost gapirişi kerak. Şoir har kuni öladi.

***

Şakl bor, mazmun yöq.

***

Yonimga keladiganlar asosan şoirlar. Ularning heç gunohi yöq, lekin badiiy farosatlari odamni hayratga soladigan darajada turliçadir. Tabiiy, har kim özining maʼnaviy savlatiga qarab fikrlaydi.

Rauf PARFI,

Özbekiston xalq şoiri

 

 

Tayyorlovçi: Muhiddin ABDUSAMAD

 

“Yoşlik” / 2025 / 9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)