Ming töqqiz yuz töqson törtinçi yili bölsa kerak, talaba edik, yotoqxonada yaşardik. Bir kuni saboqdoş döstim, vaxşivorlik şoir Zarif Qurbonning xonasiga kirsam, qalinligi 12 varaqli daftardekkina, biçimi şu daftarning teng yarmiça keladigan bir kitobni öqib ötirgan ekan. Meni körib joyidan sakrab turdi, qölidagi kitobçani havolatib “Manavini qarang, manavini”, deydi. Közlari hayratdan çaqnab ketgan, hayajoni içiga siğmaydi. Qarasam, qölidagi Sirojiddin Sayyidning “Kuydim” degan kitobi ekan. Zarif uni varaqlab-varaqlab, bir sahifasini oçdi va barmoqlarini tört-beş bandli şeʼrning birinçi bandining oxirgi qatoriga olib bordi:
“Bir hökizga xotin bölding sen, Raʼno”.
Öqib bölişi hamona yana qah-qah otadi deng. U şeʼrning sarlavhasi ham, boşqa satrlari ham hozir esimda yöq. Lekin şu satrlari haliyam yodimda: “Bir hökizga xotin bölding sen, Raʼno”.
Akalar, bu muhabbatiga erişolmagan yigitning aççiq va alamli hayqiriği! Yanayam kuçaytirib aytadigan bölsak, hijron, çorasizlik va umidsizlikni bildiruvçi nido. Tamom, boşqa sözga hojat yöq! Lekin şuni bu darajada aniq aytiş ham unça-munçasiga nasib etmaydi! Biz bekorga hayajonlanmaganmiz. Qalbimizda şunga öxşaş tuyğular tuğyon uradigan yoşda edik-da. Demak, şoir biz kutgan gapni şu şeʼrida aytgan va biz uni topganmiz!
Bu şeʼr keyinçalik şoirning boşqa kitoblariga kiritilganmi-yöqmi, oçiği, bilmayman. Ammo internet sahifalarida bir-ikki joyda közim tuşganday böldi – öşa söz özgartirilibdi – “Bir bedardga xotin bölding sen, Raʼno”. Balki töğri qilingandir, ehtimol noziktaʼb muharrirlarning tahriridir bu. U yoği menga qoronği. Töğri, “hökiz” degan söz nafis şeʼriyat uçun biroz qöpolday, lekin şoirning jaydari, dalli-devoni kayfiyati bor edi-da unda. Mayli, şakl özgargani bilan maʼno öşa-öşa-ku, deb qöyamiz-da endi.
Eng eʼtiborli jihati, maşhur hofiz Şerali Jörayev maromiga yetkazib kuylagan “Kuydim”ning matnini ham birinçi marta şu kaftdekkina kitobçada öz közlarim bilan öqiganman. Oçiğini aytiş kerak, şeʼr – zör, juda baland pardalarda yozilgan. Daromadi ham, avji ham satrlarning özi bilan quyulib kelgan. Klassika!
Men işq elining nola-yu afğonida kuydim,
Köngil uyining otaşi armonida kuydim.
Mehrin tilabon ötsa agar oşiqi zorlar,
Mehrimni berib men esa tovonida kuydim.
Şeʼrni öqiysiz-u, ovozingiz beixtiyor qöşiqqa aylanib ketayotganini sezmay qolasiz. Keyin xayolan fiğon çekayotgan hofizga jör böla boşlaysiz:
Dunyoyi azalning ğazaliy matlaʼi buldur:
Boşlab hama işni ani poyonida kuydim.
Örni kelganda aytay, Şer akaning uşbu qöşiğini eşitib yiğlagan örtoqlarni bilaman. Öz közlarim bilan körganman. Garçi şeʼr jimitdek bölsa-da, qöşiqning hajmi ançagina katta. Şunçaki kuylanmagan, şoir uni yozayotganda nimalarni his qilgan, qanday hislar oğuşida yaşagan bölsa, hofiz ham şunday holatga tuşa olgan. Bu qöşiq oxiriga yetgunça boşqa qöşiqlarning ikki-uçtasi tugab ketadi. Lekin buning çözilgani zarraça bilinmaydi. Aksinça, qayta-qayta eşitasiz.
Aytmoqçi, “Kuydim” Sirojiddin Sayyidni hazrat Navoiy darajasiga kötargan. Bu gap meniki emas, köpçilik eşitgan, “Navoiyning şu ğazali boşqaça-da”, deganga öxşaş gap aytgan ekan bittasi. Bilmaganlar haliyam şunday deb öylab yurgandir, balki. Akaning ijodida bunday umrboqiy aşʼorlar köp. Haqiqiy şeʼrlar bisyor.
Qaldirğoçlarga ber ayvonlaringni
yoki
Singiljon, ekaver rayhonlaringni.
Bunga öxşagan samimiy satrlarni şoir ijodining har qadamida uçratiş mumkin. Sirojiddin Sayyid şeʼriyati – busamimiyat ovozi.
Radioda işlab yurgan paytlarimda Sirojiddin akadan bir-ikki intervyu olişga töğri kelgan, unda rais emasdi. Aniq esimda, Alişer Navoiy tavalludining neçidir yilligiga bağişlangan katta anjumanda akaga mikrofon tutganman. “Hazrat Navoiy bunday anjumanlarga aslo muhtoj emas, biz muhtojmiz”, degan edi öşa intervyusida.
Bor gap şu, boşqa yuzma-yuz kelmaganmiz.
Xullas, şaxsan tanişlik joyim yöq. Yolğon bölmasin, bir-ikki oy oldin xizmat yuzasidan telefon orqali gaplaşişga töğri keldi va bu suhbat menda ijobiy kayfiyat uyğotdi. Hammasi oddiy va samimiy böldi. Muxbirning dardi nima bölardi, intervyu söradim-da. Aka yaqinda kasalxonadan çiqqan ekan. Ammo yöq demadi. Uşbu (syomkasiga özim bormaganman) intervyu efirga ketgaç, telefon qilib, bir oğiz rahmat aytişni ham unutmadi. “Singillarim kördi-da”, dedi beğuborlik bilan. Samimiyatni qarang, falonçi aka kördi, deb emas, singillarim kördi, mening soğ-omon ekanligimni bildi, degan xursandçilik edi bu! Singillardan olisda yaşovçi akaning çeksiz soğinçi bor edi bu sözlarda. Aka men öylagandan, men tasavvur qilgandan ming barobar samimiy ekan. Içida ziğirdekkina bölsa ham kibr yöq!
Endi gapning oçiğini aytaman – akaning davrida Yozuvçilar uyuşmasi katta-katta natijalarga erişdi. Davlat rahbarining badiiy ijodga favqulodda ğamxörligi tufayli Uyuşma alohida binoga ega böldi. Bino bölganda ham nihoyatda öziga xos, Adiblar xiyoboni deb atalmiş gözal boğning qoq örtasida (xiyobonning özi alohida mavzu).
Şu yillarda köplab adiblarga imtiyozli şartlar asosida Uyuşma yaqinidan uy qurib berildi, ijod uylari köpaydi va hokazo. Bilmadim, bunday ğamxörlik oldin bölganmi-yöqmi, ammo-lekin Sirojiddin Sayyid rahbar bölib turganda şunday işlar qilindi.
Eng asosiysi, men bu gapni oldin ham bir davrada aytgan edim, yana qaytaraman: Sirojiddin Sayyid raisligi davrida Uyuşma tomonidan çop etilgan kitoblarni butun adadi böyiça bittama-bitta, orasida oçiq joy qoldirmasdan terib çiqilsa, Toşkentdan Kundajuvozgaça yetadi!
Bu – katta gap.
Vali Ğofurovning men 1988-yilda öqigan “Vafodor” romanigaça qayta naşr etildi. Esingizda bölsa kerak, igna bilan yozilgan bu roman. Vali Ğofurov uruşda ikki közidan ayrilib, yurtga qaytganidan keyin yozgan uni.
Yana qança yozuvçi va şoirlarning saylanmalari çiqdi. Hatto ötib ketgan yozuvçilar ham eʼtibordan çetda qolmadi. Tohir Malik, Şarof Boşbekov, Maşrab Boboyev… Bu röyxatning özi uç-tört quloç bölib ketar-ov. Bunga endi qançadan-qança yoşlarning birinçi kitoblari naşr etilganini ham qöşing.
Şu-da işlaş, şu-ku fidoyilik.
Kim biladi, deysiz, balki Uyuşma kömagi bilan olingan xonadonlar yoki Uyuşmaga qaraşli ijod uylarida bugun davrimizning eng durdona asarlari yaratilayotgandir. Uyuşma tomonidan naşr etilgan kitoblar şu kunlarda millat daholarini tarbiyalayotgandir.
Bu yoğini endi vaqt körsatadi.
Xoliyor ABDIYEV
2025/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


