Hikoyada çuqur öylangan, muşohada qilingan mavzu ilhom bilan qalamga olingani yaqqol körinib turibdi. Tafsilotlar yaxşigina. Obrazlar quyuq. Voqealar taʼsirli…
Toğli qişloq ahli şarros yoqqan yomğir, sel, özanidan toshib, atrofidagi yerlarni yuvib oqayotgan soy bois maʼlum muddatga taşqi dunyodan uzilib qoladi.
Bunday vaziyatda muallifda olomon psixologiyasini kuzatiş uçun ajoyib imkoniyat paydo böladi va muallif bu imkoniyatdan unumli foydalanadi.
Darhaqiqat, aynan oğir şaroitlarda kimning aslida kimligi ayon böladi, maʼlum maʼnoda, bunday vaziyatlar odamlarni qattiq sinovdan ötkazadi ham. Muallif şu jarayonni mahorat bilan tasvirlagan.
Şuningdek, hikoyada milliy öziga xoslik, yaʼni otalar va bolalar örtasidagi iliq munosabat samimiyat bilan qalamga olingan. Xususan, qahramonning otasi haqida “…umrini odamlar deb yaşayotgan çinakam insonga ham qarilik, kasallik soya solganiga, quvvatini tortib olganiga açinaman. Tabiat barçaga birday – sen yaxşi, sen yomon deb ajratib ötirmaydi. Öz işini qilaveradi” qabilidagi öylarga borişi ham işonarli, ham taʼsirçan.
Umuman, Muyassar voqelikka teran nigoh bilan qaraşni, qahramonlarining ruhiy holati bilan birga taşqi körinişini uyğunlikda tasvirlay olişni örniga qöya olgan. Jumladan, xasta qizçaning: “…qölçalari suvsizlanib, terisi xuddi kir yuvgan ayolning qöllariday burişib ketgandi”, deya tasvirlanişining öziyoq öquvçi köz oldida bemor obrazini gavdalantiradi.
Yoxud otaning “Menga bir narsa bölsa, öligimni köçada qoldirsang, qoldir, lekin heç kimni çaqirma. Bolalaringni, özingni avayla. Gapim gap. Sizlarga bir nima bölsa, men joyimda tik turaman”, deya öziga xos vasiyat qilişi ham haqiqiy mard, tanti, olijanob, farzandi uçun jonini qurbon qilişga tayyor otaga nisbatan öquvçi muhabbati va çin ehtiromini oşiradi.
Muyassar Tilovova yoş bölişiga qaramasdan özining uslubiga ega bölişga harakat qilayotganligi, bu yölda közga taşlanarli yutuqlarga erişganligi uning uşbu hikoyasida körinib turibdi. Muyassarni bu yutuq bilan qutlagan holda, kelajakda undan yanada sermazmun, yanada taʼsirçan asarlar kutib qolamiz.
Zulfiya QUROLBOY qizi
2021/5
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


