“Yoşlik” jurnalining ötmişi, dastlabki kezlari haqida gapiradigan bölsam, sözlarim bugungi döstlarimizga, yoşlarga eriş tuyulişi ham mumkin. “Keksalar öziça vahima qilaveradi-da. Hozir gazeta-jurnal oçiş ham, yopiş ham heç gap emas. Törtta odam birlaşadi, allaqaydan – ğoyibdanmi, tört söm pul tuşadi, ana sizga jurnal, ana gazeta!” Biz eslayotgan davrda esa bitta jurnalning tuğilişi, lof bölsa ham, kiçkina bir olamning tuğilişi bilan barobar edi.
Mening amakim adabiyot muallimi bölgan. U kişi “Şarq yulduzi” jurnalining sonlarini qoldirmay yiğib yurardi. Adabiyotni yaxşi körganimdan şularni titkilab ötirardim. Jurnalning 1959-yilgi bir soni qölimga tuşgan. Qança böldi bunga – oltmiş yillardan oşgandir. “Yozuvçilar soyuzida mana bunday majlis böldi (u vaqtlar uyuşma emas, soyuz deyilardi), falonçilar sözga çiqdi va yoşlar jurnalini taşkil qiliş töğrisida fikr bildirdi. Adabiyotimizda yoşlar ijodini yoritadigan bir jurnalga ehtiyoj borligi taʼkidlandi”.
Ana şu gapdan yigirma uç yil ötib “Yoşlik” taşkil etildi. Biz buni adabiyotga kirib kelgan paytimizdan orzu qilardik. “Şarq yulduzi” yirik jurnal bölgani bilan unga yaqinlaşolmasdik. U kezlar oqsoqollarimiz katta-katta ğiştday qilib roman yozar, jurnal şulardan ortmasdi. Bizning qissa-hikoyalarimiz qayerda çiqsin? Masalan, mening uçtagina – bir turkum hikoyam yarim yil navbat kutgan. Sondan songa ötkaziladi, siğmay qoldi, deydi. Şuning uçun ham yoş ijodkorlarga alohida jurnal zarur edi. Lekin buni biz özimiz hal qilolmasdik. Buning hisob-kitobi Moskva degan joyda edi.
Bir kuni gap tarqaldi: yoşlar jurnali taşkil etilarmiş! Qanday atalişi nomaʼlum. Biz özimizça nom töqiymiz: “Yoşlik”, “Ösmirlik” (“Yunost” degandek), “Surur”… Keyin dangal “Yoşlik” deya atalib, mana şu jurnal taʼsis etildi. Unga Erkin Vohidov boş muharrir etib tayinlandi. Bunga heç kim ajablangani yöq. Çunki Erkin aka çinakam yoşlik kuyçisi edi. Öşa kezlar u kişi özini “men ham yoş şoir” derdi. Vaholanki, yoşi qirq beşlarda edi. Hozir endi törtta şeʼri çiqqan-çiqmagani ham katta şoirlik daʼvo qiladi. U vaqtlar “Sen qayoqqa ketyapsan? Kimsan özi?” deb söraydigan bor edi-da. Hozir unaqa odam tuyoq ostida qolib ketadi…
Keyin eşitdim, iş boşlaşdan oldin Erkin aka biz qölida saboq körgan ustozimiz Asqad Muxtordan maslahat söragan ekan. “Guliston” Asqad Muxtor muharrirlik qilgan 70-yillarda matbuotimizning eng peşqadam naşrlaridan edi. U kişining qölida işlaganlarning deyarli hammasi yangi jurnalga köçib ötdi – Abdulla Şer-u Sulaymon Rahmon deysizmi, Xayriddin Sulton-u Saʼdulla Siyoyev, Saʼdulla Ahmad-u Nosir Muhammad deysizmi! Ha ana, bizni ham qöşsa bölar. Asqad akaning özi “Guliston”dan ketgandan keyin Erkin aka maslahat söraganida, şu yigitlardan foydalansangiz böladi, degan ekan. Bular jurnalga havaskor bölib kelgan emas, ularning hammasi nomi çiqqan şoirlar, adiblar, maktab körgan, qölidan iş keladigan odamlar edi.
Jurnalning dastlabki kunlari. Unda Yozuvçilar soyuzi avvalgi Puşkin köçasining boşidagi uç qavatli qadimiy binoda edi. Jurnal taʼsis qilindi, boş muharrir belgilandi, lekin ötiradigan joy yöq. Şunda uyuşmaning majlislar zali ştab qilib berildi. Endi bizni körgani keladigan odamni ayting! Töğrisi, u zamonlar havas kuçli edi. Hozir heç kimni heç narsa bilan ajablantirolmaysiz. Hammaning qölida bittadan telefon, boşqa heç narsa kerak emas.
“Yoşlik” jurnalining taşkil qilinişi juda katta madaniy voqea edi. Uzoq-uzoqlardagi odamlar ham eşitgan: yangi jurnal taşkil bölibdi-ya, qarang! Çunki bu yigirma yillik orzu edi-da. Yangi naşrga respublika rahbari Şarof Raşidov, Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sarvar Azimov sözboşi yozganlar. Jurnal şularning oq fotihasi bilan oçilgan.
U vaqtlarda Moskvadagi “Yunost” jurnali biz uçun namuna edi. Bir-ikki yildan keyin Erkin aka meni Moskvaga, “Borib körib keling”, deb şu jurnalga xizmat safariga jönatgan. Ularda tartib-intizom butunlay boşqaça ekan. Bizdagi uyuşqoqlik, bir oiladek bölib iş yuritişlar ulardan farq qilarkan. Hammasi uyda ötirib işlar ekanmi-yey, allaqayerlarga ketar ekanmi-yey, muharrirlari ham çetdan, şartnoma bilan işlaydi. Bizda esa rasmana idora usuli tatbiq etilgan, hamma tahririyatda ötirib işlaşi kerak.
Ana şunday qilib, jurnalning dastlabki sonini tayyorlaşga kirişdik. E, juda qiyin bölgan! Dastlabki sonda çiroyli bir qissa, yangi hikoyalar beraylik, yoş yozuvçiniki bölsin, deyildi. Nişona son. Material köp tanlangan, xöb saralangan. Yaxşi bir yozuvçimizga qissa buyurtma qilganmiz. Nasr bölimidan Xayriddin Sulton ikkalamiz oyoği sinib yotgan Şukur Xolmirzayevning uyiga har kuni qatnaymiz. U kişi vatanparvar, isyonkor yoş örmonçi haqida qissa yozib beraman, deb vaʼda qilgan. Kunda boramiz-u yozilganini olib kelib moşinkada köçiramiz. Şunday qatnab yurdik-yurdik-da, ammo asardan yozuvçining köngli tölmadi. U kişining şunday odati bor edi, yozib turib birdan sovib qolardi. Biz ham qarasak, majbur qilyapmiz. Xullas, bölmadi.
Keyin… Birinçi songa Xayriddinning “Saodat sohili” degan hikoyasi möljallangan edi. Erkin aka bizni çaqirdilar-da, “Şuni sal boyitib, qissaga aylantirsa bölmasmikan?” dedilar. Hikoya Hofiz Köykiy degan olimning Hindistonga, Bobur ziyoratiga borgani haqida edi. Töğri, içida boşqa gaplar ham köp. Endi buni qanaqa qilib qissaga aylantiray, deb muallifning boşi qotgan. Böldi şu iş. Binoyiday qissa qoğozga tuşdi. Birinçi sonda çiqdi. Demoqçimanki, jurnalda saralaş juda qattiq edi. Yoşlar esa köp, “E-e, “Yoşlik” çiqibdi! Mana endi yoziş bizdan!” deya qölyozma kötarib kela boşlagani qança!..
Nişona sonni tayyorlaş hamişa qiyin böladi. Hamma ilk sonni zör çiqaraylik, eng zör asarlar beraylik, deydi. Ammo har doim ham iloji bölmaydi. Çunki hammaning şu sonda çiqqisi keladi. Baʼzan böş narsalar, baʼzan “yuqori”dan yuborilgan qoralamalar böladi. Lekin biz “Guliston” maktabini körgan xodimlar edik-da, boşliğimiz Erkin aka “Mana şuginayam keta qolsin” deganida ham, “Yöq, böş narsa ekan, bermaymiz”, deya talaşib-tortişardik. Keyin özim muharrir bölganda bildimki, köçada duç kelgani ham “Assalomu alaykum, aka, bir şeʼr yozib edim, bir hikoya yozib edim, şuni jurnalingizda çiqarsangiz”, deb qölingizga tutqizaveradi. Siz uning haminqadarligini bilasiz, ammo xodimlarga berasiz-da: “Juda yaxşi yigit, salom-aligi joyida, şuni bir amallanglar, tahrir qilinglar, odambaşara qilib beraqolinglar”, deya ötinib ötirasiz.
Erkin aka donği çiqqan odam edi. U kişiga yoşlar qolib, keksa ğazalxon çollargaça “Mana şu siz boşliq tabarruk jurnalga juda mos, çiqarib bergaysiz”, deya maşqlarini kötarib kelardi. Bu yoqda esa biz öjarvoylar sira ötkazmaymiz. “Yana bir qaranglar-çi”, deb biror vaj aytib qöyardilar Erkin aka. “Yöq, bölmaydi”, deb turib olardik biz.
Xullas, ana şu qatʼiyatda qoldik. Xudo rahmat qilgur Erkin akamiz ham bunga köndilar. Bora-bora jurnal nega bunçalik yaxşi çiqadi, deb söralganida, u kişi aytardilarki, buning bir yöli bor – hadeb xodimlarning işiga aralaşavermaslik. Undan ham muhimi – xodim tanlaş, işlaydigan odamni topiş. Didli yigit-qizlar töplansa, u yoğiga qöyib beriş kerak, ularning özi biladi nima qilişni.
Haqiqatan ham, öşa vaqtdagi jurnal xodimlari katta ijodiy maktabni körgan qalamkaşlar edi. Yana nomlarini eslagim keladi. Murodjon Mansurov degan yozuvçi – köp yaxşi odam edi, Erkin akaning muovini bölgan. Materiallarni töliq şu kişi öqir, tahrirni ham şu kişi qilar edi. Biz talaşib-tortişadigan odam ham şu kişi! Erkin aka örtada qozilik qilardilar köpinça. Maşhur hajvçi yozuvçi Saʼdulla Siyoyev publitsistika bölimini boşqarardi. Endi birov kelib, birov ketib turadi-da jurnalda, ularning hammasini sanab berişim qiyin. Keyin, boya aytganim, Nosir Muhammad, Abdulla Şer, Sulaymon Rahmon, Saʼdulla Ahmad – bular bilan biz “Guliston”da ham birga işlaganmiz. Hammasi şundaygina köçib ötgan. Keyinçalik şeʼriyat bölimiga Gulçehra Jörayeva, Şavkat Rahmon keldi.
Şunday qilib, kamina nasr bölimining boşliği edim. Bizning bölimda Xayriddin Sulton, Nurilla Otaxonov, Nabijon Boqiy işlagan. Şu örinda aytay, dastlabki iş faoliyatini bizning bölimda boşlagan marhum Anvar qori ham universitetni bitirib, xonamizning bir burçagidan joy olgan edilar. Qori aka, mehnat daftarçasida bormi şu desak, bor-bor, deb qöyardi rahmatli. Qarang, şunday tabarruk odam bilan ham xizmatdoş bölganmiz.
Endi men nima deyin, biror-bir asarni, keling, şugina ham çiqib ketsin, demasdik. “Guliston” jurnalida rahmatli ustozlarimizdan biri – mohir tarjimon Vahob Rözimatovdan örganganimizdek, bironta materialni şunçaki öqimas edik. Albatta qölimizga ruçka olib, xatosini qidirardik, judayam usta bölib ketgan edik bu işga. Bölimdagi döstlarimiz bilan özimizni tamoman tahrir işiga bağişlaganmiz. Nima zaril ekan deng? Qölyozma kelsa, hammamiz muk tuşib öqib çiqar, goho muallifning familiyasigina qolar edi, asar nominiyam özgartirib yuboraverardik. Axir, xöb malakali yigitlar edi-da! Xayriddin Sultonning qanaqa muharrirligini hamma biladi. Qolaversa, tepasida mirğazab bölib biz turibmiz. Agar qölyozma böyalmagan bölsa, tuzuk işlamabsiz-da, deb taʼna qilamiz. Şunday qoida bilan işlardik. Bitta-yarim ortiqça sözsiz, bexato, tekis-ravon çiqardi matnlar.
Jurnalning har soniga moşinkada terilgan 200 sahifa material berişimiz kerak. Qolgani boşqalarniki: şeʼr va publitsistika. Jurnalning asosiy yukini proza kötarardi. Qanday qilib tayyorlardik buni? Bir qismini men, bir qismini yigitlar uyiga olib ketadi. Goho biznikida töplanib, öttiz betdan bölib olib, keçasi bilan ötirib tahrir qilib çiqardik. Özimizça katta bir adabiy qahramonlik qilayotgandek edik. Buni, albatta, qadrlaydigan odamlar bor edi. Qarang, jurnal şu qadar talabçanlik bilan, baland saviyada, bexato çiqyapti, deb olqişlaydiganlar ham kam emas edi. Lekin norozilar ham bölgan. Norozilarki, materialini qaytib berganlarimiz; hadeb tahrir qilib çiqaraverib, jurnalni maʼlum bir darajaga kötarib qöygan edik-da. Göyoki jurnalda faqat yaxşi narsalar çiqişi şartdek. Keyin bildik, dunyosi özi aralaş-quralaş ekan. Zörlarining içida böşroği ham çiqsa, osmon uzilib tuşmas ekan. Biz esa xuddi qasam berganday, naşrni maʼlum bir darajada tutib turişga intilardik. Bunda bir ğaraz yöq edi, bari beminnat. Sözga sadoqat sabab, jurnalni yaxşi körib, Erkin akamizning yuzi, obrösi uçun u kişining atrofida birlaşib işlaganmiz. Keyinroq tuppa-tuzuk bir yozuvçimiz Erkin Aʼzam bilan uning atrofidagilar mening asarimni rosa böyab taşlagan, deb yozib ham çiqdi. Koşki şu “böyaş” menga kerak bölsa! Balki asar maʼlum bir qolipga solişga harakat qilingandir, lekin bu iş azbaroyi yaxşilik yölida bölgan.
Ana şunday norozi bölgan mualliflar ham topilardi. Xurşid Davronning bir gapi bor: “Aslida Erkin Aʼzamning duşmani yöq, agar bor bölsa – tahririyatdan asari qaytganlardir. Köp odamning qölyozmasini bölmaydi deb qaytarib, norozi qilgan. Ana öşalar uning duşmani”. Bilmadim endi, bu gap qançalik töğri. Lekin şunisi aniqki, bizning jurnalni yaxşi, sifatli çiqarişdan boşqa muddaomiz yöq edi. Qölimizdan kelgança işladik va… bir kuni tarqalişdik. Jurnal boşqa qöllarga ötdi-yu, özimizni aziz bolasini birovning qöliga taşlab ketgandek sezardik. Keyin bunday qarasak, jurnalda birin-ketin huv ilgari biz qaytargan materiallar çiqa boşladi. Bir vaqtlar közi möltirab, hikoyamni bosing deb turgan odamlar u yerda hukm yuritmoqqa tuşdi… Biz “Yoşlik”dan uzoqlaşgan böldik.
Qaçonligini aniq aytolmayman, yaqin ötgan yillarda “Yoşlik” tahririyati bir anjuman ötkazdi. Öşanda eslandi – jurnal qanday taşkil bölgani, unda kimlar işlagani. Hayron qolganman, butunlay jurnalda işlamagan odamlar çiqib gapirgan. Dod degim kelgan: ana, bor-ku, falonçini çaqiringlar, falonça hali bor. Yöq! Boşqalar… Özi dunyoning işlari şunday ekan. Bunga ajablanmaslik kerak. Şukr, xudo umr bergan ekan, mana, men aytib turibman. Xayriyatki, gapimni tasdiqlaydigan, ha, rostdan şunday edi, deydigan tört-beşta odam – tengqur, davradoş döstlar bor. Bölmasa, bu ham köça afsonasiga aylanib, boşqaça bir talqin olib ketişi mumkin.
…Men jurnalga oçilganining ertasi kelgan emasman, uning taşkil etilişida bevosita qatnaşganman. Boşqalar qatori Erkin aka kaminani ham çaqirgan; öşanda “Guliston” jurnalidan böşab uyda ötirgan edim. Erkin aka “Yoşlik” qanday jurnal bölişi kerakligi haqida könglidagi mulohazalarini aytaturib, nasr bölimini siz boşqarasiz, dedi. Keyin, bir odam sizni yaxşi körar ekan, şuni xodimlikka olasiz, deganlar. Xodimki, men bölim mudiri, u kişi muharrir. Özim hali işga ötganim yöğ-u, boşqa odamni olsam maylimi, deb sarkaşlik qilganman. Erkin aka aytgan kişi nomi çiqqan yozuvçi edi. Ammo yozuvçilik boşqa, tahririyatda ötirib qölyozma saralaydigan, tahrir qiladigan odam – boşqa…
Köpinça kap-katta yozuvçilar ham bu işni eplayolmaydi yoki böyni yor bermaydi. Buning xos odamlari bor. Tahrir nima deganda, özingiz qanday yozsangiz, şunday qilib töğrilab çiqiş deyilsa, u boşqaniki-ku, degan ekan kimdir. Birovning asarini, birovning matnini olib, uni adabiy meʼyorlarga solib, yaxşilab sayqallaş – tahrir böladi. Bugun endi hayron bölaman-da, şunça hafsala, sabr-toqat qaydan kelgan ekan? Qiyin-ku begona birovning yuz ellik-ikki yuz betli asarini sözma-söz körib çiqiş, köz nurini tökib tuzatiş… Albatta, şuning örniga özimning narsamni yozsam bölmasmidi, degan xayol ham ötadi-yu, keyin aytamanki, yöq, öşa vaqtda şunga burçlimiz deb bilganmiz. Buni birov ölçab yo tarozida tortib, isbotlab berolmas, ammo harholda öşa saviya, matnga öşanday eʼtibor keyinçalik ommalaşdi. Bizning qölyozmaga, muallifga munosabatimizni körib, şundan xulosa çiqarganlar paydo böldi.
Bugungi adabiyotimizda şakllangan matn madaniyatida öşa “Yoşlik”ning ham hissasi bor deb öylayman.
Erkin Aʼzam,
Özbekiston xalq yozuvçisi
2023-yil 6-son
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


