4 daqiqada öqiladi

127 marta körilgan

“Yoşlik”ning sururi boşqaça

Köngil munavvar bölsin

Qaşqadaryo vohasining Qamaşi tumani mamlakatimizning çekka hududlaridan sanalsa-da, bu zamindan bugungi kunda milliy adabiyotimizning rivoji uçun xizmat qilayotgan önlab talantli ijodkorlarning yetişib çiqişida “Yoşlik” jurnalining örni beqiyos. Bunga misol qilib marhum adabiyotşunos olim Poyon Ravşanovning “Temur muhri”, Şarofat Aşurovaning “Quduq”, Nazar Eşonqulning “Uruş odamlari”, Abdusattor Jumanazarning “Tiriklik yombisi”, Abdulla Boboyorovning “Muhabbatning qirq kuni”, Bayram Alining “Poçça”, Şarifjon Ahmadning “Hollivudda özbek aktyori” va Faroğat Xudoyqulova, Risolat Jumanazarova, Şuhrat Rustamovlarning hikoya, qissa, esse va badialari, şeʼriy turkumlari ilk bora şu jurnalda çop etilganini aytiş lozim.

– U paytlarda bugun yoşi oltmiş-yetmişni qoralayotgan avlod vakillari uçun “Yoşlik” jurnalining qadri juda baland edi, – deya sözlaydi şoira Momoxol Elmurodova.

– Çunki 1982-yildan ardoqli şoirimiz, Özbekiston Qahramoni Erkin Vohidov boş muharrirligida naşr etila boşlagan bu jurnal qisqa fursatda mamlakatimiz yoşlarining eng sevimli naşrlaridan biriga aylanib ulgurgandi. Maktab öqituvçisi va adabiyotning muxlisi sifatida men ham kunlarning birida şeʼrlarimni oddiy poçta konvertida jurnal tahririyatiga jönatdim. Oradan köp ham ötmay jurnalning 1984-yilgi 2-sonida yozganlarim eʼlon qilindi. Öşa onlardagi quvonçimni söz bilan ifodalab bölmaydi. Jurnalning bosmaxona böyoği ufurib turgan yangi sonini qölimga olgan daqiqalar men uçun haqiqiy bayram bölgan, hatto bolalarimning xarxaşasi-yu, uydagi adoqsiz taşvişlar – barçasini unutgandim.

* * *

– 1987-yili “Yoşlik” jurnalining 8-sonida “Voris” deb nomlangan qissam çop etilgan edi, – deya xotirlaydi adib, “Qamaşi” gazetasi muharriri Temirpölat Tillayev. – Şundan söng mamlakatimizning turli burçaklarida yaşayotgan jurnalxonlardan köplab maktublar oldim. “Mening hayotimni yozibsiz, öşa “voris” menman”, – deb yozgandi ulardan biri, surxondaryolik Meliqul ismli yigit.

1988-yili markaziy matbuotda atoqli adib Odil Yoqubovning “Karvon qönğiroği” deb nomlangan maqolasi çop etildi. Adib 1987-yilda mazkur jurnalda eʼlon qilingan qissamga yuqori baho bergandi. Şu yili Yozuvçilar uyuşmasida ötkazilgan sarhisob yiğilişida ham taniqli adiblar “Voris” haqida ança iliq fikrlar bildirişdi. Şu bois, yigirma sakkiz yoşimda Yozuvçilari uyuşmasiga aʼzo bölib, viloyat yoşlar qömitasi mukofotiga sazovor böldim. Töğri, bundan keyin ham yana qissalarim – “Ölim öpqoni” va “Turnalar ohi” nomi ostida poytaxtdagi naşriyotlarda bir neça bor çop etilgan bölsa-da, men hamon öşa “Yoşlik” bergan surur va işonç tufayli qölimdan kelgança yangi asarlar yoziş harakatida yuribman.

* * *

–Bolalikdan adabiyotga, ayniqsa, şeʼriyatga havasim baland edi, – deya sözlaydi tumanning Xontuşdi qişloğidagi 19-örta maktabda “Özbek tili va adabiyoti” fanidan dars beruvçi oliy toifali öqituvçi, sobiq afğonçi Xudoyberdi Çorşanbiyev. – Bir kuni özimda içki bir jurʼat topib, maşqlarimdan beş-oltitasini “Yoşlik”ka yubordim. Buni qarangki, oradan bir neça oy ötib, törtta şeʼrim suratim bilan jurnalning 1991-yil 8-sonida çop etildi. Eh, öşanda kaminaning yuriş-turişini bir körsangiz edi. Göyo yerda emas, osmon-u falaklarda uçib yurardim. Çunki çekka qişloqda yaşovçi oddiy muallimning ijod namunalari “Yoşlik”day nufuzli naşrda çiqişi öşa yillarda men uçun, ayniqsa, katta voqea bölgandi-da…

* * *

Rahmatli hajvçi adib Tursunboy Boymirov kirişimli, ayniqsa, katta amaldorlar bilan til topişişga usta odam edi, – deya xotirlaydi faxriy jurnalist va adib Abdulla Boboyorov. – Kunlarning birida akaxon kötarinki kayfiyatda tuman gazetasi tahririyatiga keldi va:

– Oğaynilar, akangizni tabriklang, nihoyat, ikki yil deganda “Yoşlik”ni ham zabt etdik, – degança qölimga jurnalning 1989-yilgi 8-sonini tutqazdi.

Men jurnalni bir varaqlab kördim-u, lekin u kişining ismi-şarifini topolmay hayron böldim. Mening bu holatimni körgan Tursunboy akaning biroz jahli çiqdi.

– Gazeta muharriri bölsangiz ham, munça soddasiz, bilmasangiz, bilib oling, kuraşda ham polvonning zöri maydonga oxirida çiqadi. Jurnalda ham şunday.

Men şoşa-pişa jurnalning sönggi sahifasini oçdim va akaxonning “Koptok” degan şapaloqdekkina hajviyasiga közim tuşdi.

Tuşdan söng Tursunboy aka yana xonamga kirib keldi va şunday dedi:

– Jurnalni olib töğri rayispolkom raisi Raşid Bozorovning qabuliga bordim-u, uç yildan beri qimirlamayotgan maşinaga turgan navbatimni kelasi oyga oladigan qilib töğriladim, – dedi bamaylixotir ovozda.

Darhaqiqat, oradan bir oy ötib-ötmay Tursunboy aka yap-yangi sutrang “Moskviç”da yana tahririyatga keldi. Qölida öşa jurnal. Keyin esa bizlarga qarab:

– Aylanayin “Yoşlik”dan, şu tufayli akangiz moşinli böldi, – dedi tantanavor ohangda…

* * *

– Qarşi davlat universitetining Filologiya fakultetida öqib yurgan paytimda bir kuni ta­vakkal dedim-da, “Yoşlik” jurnalining telegram manziliga şeʼrlarimni yubordim. Kunlarning birida kursdoş döstlarimdan biri qölida jurnalning 2023-yil 8-sonini körsatib, meni tabrikladi.

Men közlarimga işonmay jurnalni varaqladim va ijod namunalarimni körib “ura” deya yoş boladek sakrab öyinga tuşib ketgandim öşanda…

Kim nima desa desin-u, biroq “Yoşlik” ulaşgan zavq va quvonçning gaşti boşqaça bölar ekan, – deya sözlaydi tumanning Esaboy qişloğida tuğilib voyaga yetgan yoş ijodkor Bahodir Jovliyev.

Ha, taşkil topganiga qirq yildan oşgan “Yoşlik” jurnali bugun qirçillama yoşda. Biz sevimli naşrimizning bundan keyin ham mamlakatimiz yoşlarining eng ardoqli va sodiq hamrohi bölib qolişiga işonamiz.

Örolboy QOBIL

1955-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning Tarix fakultetini tamomlagan. “Keçikkan karvon qönğiroği”, “Adir ortidagi qişloq”, “Jonbözsoyliklar” kabi kitoblari çop etilgan.

 

2025/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)