* * *
Dölona,
ey vazmin, xayolçan qarindoş,
Titrama,
bu menman, kel, erkam, salomlaş.
Sen qadar yaqinmi menga tut yo olça?
Silkib qolmadilar izimdan römolça…
O, nega xomuşsan, holsizsan, dölona?
Çiroyli qizlarday yolğizsan, dölona…
Qaşşoqman.
Menda na qaddingdan vassalik,
Na kibor kaslarga qölingdan hassalik
Taraşlaş maqsadi bölmagan –
Qaşşoqman.
Na sozbop nafislik izlagan maşşoqman…
Sen esa xomuşsan, holsizsan, dölona?
Çiroyli qizlarday yolğizsan, dölona…
Bu çöqqi yuklidir,
Sen – tönğiç iztirob.
Osmonning közidan içarsan mayi nob.
Hammadan balandsan!
Neçuk ğam, neçuk ğaş?
O, neçun şamolni timdalaş, nimtalaş?
Bas, nega xomuşsan, holsizsan, dölona?
Çiroyli qizlarday yolğizsan, dölona…
Yovlardan qöriymiz,
Yovlarga elana-elana,
Jayron ham nomusday gap axir, dölona…
Quyida
Toşlarga işqalab badanin,
Ayiqday yotibdi yarador
Vatanim…
Şungami… Xomuşsan, holsizsan, dölona,
Çiroyli qizlarday yolğizsan, dölona…
* * *
Töxtamadi köz yoşlaring,
“Zam, zam!” dedim,
“Zam, zam!” dedim.
Keyin mayli, yiğlaşlaring
Malham dedim,
malham dedim.
Gardni Zamzam yutar tilsim,
Xumni tomçi olar çölğab.
Bor-e, olam toza bölsin,
Ummonga bor,
suvga yiğla!
Öşal bahri ğamda, gulim,
Ölsam, dedim, ölsam, dedim.
Ölmadim,
vo, bu ne ölim?!
Mulzam dedim, mulzam edim.
Kimki sarxuş holda ölsa,
Dözaxiydir.
Men köksima
Urdim, işqim ado bölsa,
Öldim nima,
Qoldim nima?!
Közlarimni yopib baʼzan
Körsam, dedim, körsam, dedim.
Qurib yölda “Bayt ul-hazan”,
Xursand edim, xursand edim!
Yozğirdilar; “Bu ne minnat,
Ne xusumat, ne malomat?”
Qöying, ofat sarvim mening,
Firoqi xuş, dardi lazzat!
Bu lazzatda şu holatda
Qolsam, dedim, qolsam, dedim.
Visol qasdin qiyomatda
Olsam dedim, olsam dedim.
Töxtamadi köz yoşlaring,
“Zam, zam!” dedim,
“Zam, zam!” dedim.
Alqissa
Na majnunman,
na sahro bor,
na tegramda kuçuklar,
na uyğoqman,
na uxloqman,
na qalbimda uçuqlar.
Morbozimning noni tujjor ketmonida çopildi,
Dodxolarim pora oldi,
“yopdi-yopdi” – yopildi.
Manam oğzimni yopdim…
Şeʼr bor dedim,
hassa niqtab quvdi keksa hassoslar,
“Munday sevin,
munday soğin”,
gap örgatdi – hissozlar.
Baqqollar-u dallollar-u ğassollar-u vosvoslar
Kiyiknusxa könglimni köp quvdi-quvdi halloslab,
Manam çöqqiga çopdim!..
Böri bilan böza içdim, ohu bilan oğular,
Mani çol deb sernasihat kuy boşladi çolğular,
Kel, ey sarxuş, közamiz böş,
“xöş-xöş” dema, sendekman,
Faqirman deb oyga boqdim,
yalt etdi u – tentakman,
Manam tillani topdim…
Yoqma, balki, bu körpaning çin xojasi burgadir?
Qaysi botir soyasining doyasidan hurkadir?
Kim xatarda hurpaymasa, pati yuluq kurkadir.
Haqim qoldi tişlarinda.
Birga-birmi?
Birga-bir!
Manam kuçukni qopdim!
Kuraş –
qöldan kelgani şu,
savil ğurur xastamas,
Kuraş –
qöldan ketgani şu,
qasos borar qasdma-qasd.
El qatori uydan çiqib isyon ila har nafas –
“Mana senga!
Mana senga!”
(şamşirimda basma-bas)
Manam şamolni çopdim…
Qaydaki, özbek bor…
(Afğonistonlik millatdoşim Haşim Hamdamga bağişlanadi)
Qaydaki, raqib bor – rafiq topilgay,
Qaydaki, taʼqib bor – tavfiq topilgay,
Qaydaki, malʼun bor – dardlari bölsin,
Qaydaki, mardum bor – mardlari bölsin!
Qaydaki, ifrot bor – töğon tilarman,
Qaydaki, şarrot bor – imon tilarman,
Qaydaki, manhus bor – quzğun şerikdir,
Qaydaki, nomus bor – qasos tirikdir!
Qaydaki, mazlum bor – tarafdoriman,
Qaydaki, mahkum bor – najotkoriman,
Qaydaki, ğazo bor – yorgunman özim,
Qaydaki, Muso bor – Horunman özim!
Qaydaki, toşqin bor – bandi buzilgan,
Qaydaki, qoçqin bor – qölman uzalgan.
Qaydaki, zindon bor – zamondoşiman,
Qaydaki, afğon bor – fiğondoşiman!
Qaydaki, Maşrab bor – dor unda hosil,
Qaydaki, işrat bor – öynar Azozil,
Qaydaki, özbek bor – özagim boğliq,
Köksiga tiğ botsa, köksimda oğriq…
Qaydaki, iğvo bor – urçiydi qobon,
Qaydaki, ğavğo bor – erk sözi tobon.
Qaydaki, arzon bor – zargari yöqdir,
Qaydaki, sarson bor – sarvari yöqdir!
Qaydaki, ifrot bor – töğon tilarman,
Qaydaki, şarrot bor – imon tilarman,
Qaydaki, malʼun bor – dardlari bölsin,
Qaydaki, mardum bor – mardlari bölsin!
Şahriyor ŞAVKAT
1998-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti talabasi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan
“Birinçi kitobim” ruknida “Ruhim quşlari” şeʼrlar töplami naşr etilgan.
2021/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida